Bismark xukumatining tashqi siyosati



Yüklə 18,8 Kb.
tarix28.05.2022
ölçüsü18,8 Kb.
#88228
Bismark xukumat-WPS Office


Bismark xukumatining tashqi siyosati.

165
Bismarkni tashqi siyosati Yevropada Germaniya imperiyasini mavqeini
kuchaytirishni ko’zlardi. 1873 yilda Rossiya, Avstriya-Vengriya bilan maxfiy
shartnomalar tuzilib Uch imperator ittifoqi vujudga keldi. 1879 yilda Bismark
Avstro-Vengriya bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzdi. 1882 yilda Uchlar ittifoqi
vujudga keldi. 1887 yilda Rus-German maxfiy shartnomasi tuzildi va Sug’urta
shartnomasi nomini oldi. XIX arsning 80 yillaridan Germaniya mustamlakalarni
bosib olishga kirishdi. 1882 yilda «Germaniya mustamlakachilik ittifoqi tashkil
etildi. Buyuk davlatlar o’rtasidagi qarama-qarshilikdan foydalanib Bismark ikki
yilda german mustamlakachiligi asosini yaratdi. 1884 yilda janubiy-g’arbiy Afrika
qirg’og’i (Bremenlik savdogar Lyuderits) imperiya ximoyasiga o’tganligi e`lon
qilindi. Shu yil Tunisdagi Germaniya konsuli Naxtigol’ Togo va Kamerun
(Gamburglik kemasoz Verman) Germaniya protektorati deb e`lon qildi. Shu yili
Karl Piters aldov yuli bilan Sharqiy Afrika erlarini egallab German
mustamlakachilik jamiyatini tuzdi. 1885 yilda bu jamiyatga Imperiya ximoya
yorlig’i berildi. Ammo Bismark Yevropada mustaxkamlanishga, Frantsiya va
Rossiyani buysindirishga intilar edi.
1888 yilda imperator Vilgel’m I vafot etdi. 100 kundan keyin Fridrix III
o’limidan so’ng, taxtga 29 yoshli Vil’gelm II chiqadi. U Bismarkni tashqi siyosatda
cheklanganlikda ayblaydi,1890 yilning martida Bismark istefoga chiqadi. Vilgel’m
II shuxratparast, nomukammal inson edi, u Bismark bilan tenglasha olmas edi.
Vilgel’m II o’zining demagogik Xristian sotsializm siyosatiga kat`iy ishonar edi.
Frantsiya-Rossiya ittifoqini yaqinlashuvi, Bismarkni tashqi siyosatdagi
mag’lubiyati edi. Pruss generali L. Kaprivi 1894 yilgacha kantsler lavozimini
egallab Vilgel’m II siyosatini olib bordi. U yakshanbani dam olish kuni, ayollar
uchun 11 soatlik ish kuni, 13 yoshgacha bolalar mexnatini taqiqlash qonunlari bilan
cheklandi. Rossiya bilan shartnomalar tuzilib, boj to’lovlari kamaytirildi. Oqibatda
agrarlar Kaprivi siyosatiga qarshi chiqdilar. Natijada Kayzer 1894 yilda o’zining

166
tog’asi katta er egasi Gogenloe-Shillingsfyurstani kantsler etib tayinlashga majbur


bo’ldi. Gogenloe aqlli kishi bo’lib, uning xukumati sanoatchilar va agrarlarni
birlashtirish siyosatini olib bordi, sotsialistik xarakatga qarshi repressiyalar
kuchaytirildi.
1891 yilda erfurt shaxrida GSPD s`ezdi bo’lib o’tdi, sotsialistik jamiyat qurish
asosiy maqsadga aylandi. Armiya o’rniga xalq militsiyasi tuzish, 8 soatlik ish kuni,
daromad solig’i tashkil etish, 20 yoshdan umumiy saylov xuquqi, xokimiyatni
ishchilar qo’liga berish talablari qo’yildi. 1892 yilda Germaniya kasaba
uyushmalari bosh komissiyasi tashkil topdi. GSPD 1898 yilda Reyxstagda 56 o’rin
olishga erishdi. Bernshteyn kapitalistik jamiyatini o’sib sotsialistik jamiyatga o’tish
(evolyutsiya) g’oyasini ilgari surdi.
1891 yilda o’ta agressiv va reaktsion tabaqalar Pangerman ittifoqini tuzdilar,
ular Germaniya chet el ekspansiyasini ilgari surdilar. 1900 yilda imperiya kantsleri
bo’lgan Berngard fon Byulov bu g’oyaning yorqin namoyondasi edi. U Biz
o’zimizga quyosh nuri tushadigan joyni talab qilamiz so’zlari bilan «dunyo
siyosati» kursini boshlab berdi. Germaniya iqtisodiy yo’l bilan siyosiy, xarbiy
ekspantsiyani qo’shib olib bordi. Bu ishda xarbiylar katta rol’ uynadilar. General
fon Shliffen Rossiya va Frantsiyaga qarshi ikki frontda urush olib borish rejasini
ishlab chiqdi. 1898 yilda 20 yillik katta dengiz dasturi reyxstagda qabul qilindi.
Germaniya asosiy e`tiborni Xitoyga qaratdi. 1897 yilda Germaniya Tszyao-chjouga
xarbiy dengiz desanti tushirdi. 1898 yilda Xitoy Tszyao-Chjouni 99 yilga
Germaniyaga ijaraga berdi. Buyuk davlatlarning Xitoyga agressiyasida Germaniya
faol qatnashdi. 1885 yilda Germaniya Marshall orollarini egalladi. 1899 yilda
Ispaniyadan Karolin, Marian, Palau orollarini 17 mln markaga sotib oldi.
1888 yilda Nemis banki Turkiyadan Anatoliya temir yo’llarini qurish uchun
birinchi kontsessiyasini oldi. 1898 yilda Vil’gel’m II Falastin va Damashqda bo’lib,
300 mln. musulmonning do’sti ekanligini e`lon qildi. U Sultondan Berlinni Bosfor,

167
Kichik Osiyo, Fors ko’rfazi bilan bog’lovchi Bog’dod temir yo’lini qurishga


nemislarga kontsessiya berishni so’radi. Bu shartnoma 1903 yilda imzolandi.
XX asr boshlarida Germaniyaning sotsial iqtisodiy rivojlanishi
1900-1903 yillardagi iqtisodiy krizis, sanoat va bank kapitalini yanada
kontsentratsiyalashuviga olib keldi. Germaniya ishlab chiqarishda AQSHdan so’ng
ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Ayniqsa Germaniya og’ir industriyasi: tog’-kon,
metallurgiya, mashinasozlik sanoati rivojlanib, aralash kontsernlar vujudga keldi.
Kurdorf, Krupp, Stinnes, Tissen industriya ustidan o’z nazoratlarini o’rnatdilar.
1904 yilda Po’lat tresti 1905 yilda Yuqori Sileziya Po’lat eritish Zavodlari
Ittifoqlari tashkil topdi. 6 ta ximiya kartellari 2 ta yirik monopol guruxlarga
birlashdi. elektrotexnika sanoatida 2 ta kontsern Simens Gal’ske va Simmens
Shukkert va Umumiy elektr jamiyati xukmronlik qildi. 1 jaxon urushi arafasida 6 ta
yirik bank: Nemis banki, Xisob jamiyati, Drezden banki, Darmshtadt banki,
Shafgauzen bank ittifoqi, Berlin savdo jamiyati vujudga keldi. XX asr boshida
finans oligarxiyasini monarxiya va yunkerlik bilan ittifoqining marksistlar Yunker
burjua imperializmi deb atagan edilar. Yunkerlar administratsiya, armiya,
diplomatiya ustidan nazorat o’rnatgan edilar.
XX asr boshlarida Germaniyada siyosiy vaziyat xukmron doiralarning sotsial-
demokratlarga qarshi german monopolistik kapitali va yunkerlarni birlashtirish
siyosatini, dunyo siyosatini amalga oshirishga intilish bilan xarakterlanadi. Nemis
konservativ partiyasi Kayzerni shaxsiy xokimiyatini kuchaytirish, demokratik
erkinliklarni tugatish yo’lidan borib, davlat apparatida muxim o’rin egalladi.
Markaz katoliklar partiyasi xristian sotsial reformalarni, polyaklarni, elzasliklarni
milliy qiziqishlarini ximoya qilish, ishchilar qonunlarini rivojlantirish talablari bilan
chiqdilar. Ammo xukumat siyosatini yoqlab, sotsial-demokratlarga qarshi turdilar.
Milliy liberal partiya, Pangerman ittifoqi, militaristik, millatchi tashkilotlar bilan
yaqinlashish yo’lidan bordi. Ular 1904 yilda Sotsial-demokratiyaga qarshi kurashda

168
Imperiya ittifoqini tuzdilar. «Erkin fikrlovchilar xalq partiyasi», «Erkinfikrlovchilar


birlashmasi» va «Nemis xalq partiyasi» liberal reformalar o’tkazish kerak degan
g’oyani ilgari surdilar. Bu 3 ta partiya 1910 yilda Taraqqiyot xalq partiyasiga
birlashdilar. Ammo bu partiyalar kuchli ta`sirga ega bo’lmadi.
Sotsial-demokratlarga qarshi kurashish uchun imperiya kantsleri Byulov
(1900-1909yillar) barcha xarakatlarni birlashtirdi. Oqibatda «Byulov konservativ-
liberal bloki» tashkil topib, milliy g’oyalar va isloxotlar o’tkazish va`dasi bilan turli
partiyalarni birlashtirib, 1907 yilda sotsial-demokratlarni mag’lubiyatga uchratdi.
Bu blok xukumat tayanchiga aylandi. Ammo konservatorlar va liberallar o’rtasidagi
kelishmovchiliklar tufayli bu blok tarqalib ketadi. Kantsler Byulov o’rniga Betman-
Gol’veg tayinlandi. U tipik pruss byurokrati bo’lib, «er chuvalchangi» deb atalgan.
Yangi xukumatni soliq isloxoti, saylovni demokratlashtirishga qarshi chiqishi
ketma-ket namoyishlarni boshlab berdi. Ish tashlashlar, namoyishlar avj oldi. 1912
yilgi Ruur xavzasidagi konchilar ish tashlashida 200 ming odam qatnashdi.
Tashqi va ichki muammolarni qilishda Germaniyada 2 gurux vujudga keldi:
1.konservatorlar, milliy liberallar, katta er egalari-pangerman Prussiya guruxi. Ular
konstitutsion erkinliklarni tugatish, urushga tayyorlanish, kayzer xokimiyatini
kuchaytirish, demokratik xarakatlarni bostirish g’oyasini ilgari surdilar.
2. Liberal-monarxiyachi, Markaz, milliy liberallar, taraqqiyotparvarlar esa
imperiyani liberal-demokratik isloxotlar yuli bilan mustaxkamlash va tinch
ekspansiya siyosatini qo’llab quvvatladilar.
Germaniyaning “jaxon siyosati”.
Kuch siyosatini birinchi g’alabalari German xukmdor doiralarini intilishlarini
yanada kuchaytirdi. 1899 yilda reyxstagda Byulov Kuchsiz, kuchli armiya va flotsiz
Germaniya muvaffaqiyatga erisha olmaydi deb e`lon qildi. Jaxon siyosatida ikki
oqim vujudga keldi. 1. Yunkerlar va og’ir sanoatchilar, Pangerman ittifoqi. Ular
boshqa xududlarni kuch bilan buysundirish g’oyasini olg’a surdilar. 2. Ximiya,

169
elektrotexnika, tayyor buyumlar sanoatchilari, ekspansiyasini Germaniya


boshchiligidagi o’rta Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi g’oyasini ilgari surdilar. Germaniya
imperializmi Tinch suqulib kirish usulidan xam keng foydalandi. 1899-1902
yillardagi ingliz bur urushlarida Germaniya burlar tarafini olib, Rossiya va
Frantsiyani Angliyaga qarshi demarshga undadi. 1905 yilning 31 martida Vil’gel’m
II Marokashning Tanjer portida Germaniya Marokash masalasida boshqa
mamlakatlar bilan teng xuquqliligini e`lon qildi. Oqibatda birinchi Marokash krizisi
yuz berib, Germaniya diplomatik mag’lubiyatga uchradi.
1908-1909 yilgi Bosniya krizisida Germaniya Avstro-Vengriya tarafini olib,
Rossiya bilan munosabatlari keskinlashdi. Avstro Vengriya Bosniya va
Gertsogovinani anneksiya qildi va jaxon urushi tomon muxim qadam tashlandi.
1909 yilda Germaniya va Frantsiya Marokashni iqtisodiy ezishga teng xuquqli
shartnomasini tuzishdi. 1911 yilda Frantsiya qo’shinlari Marokash poytaxti Fessni
egallagach, Germaniya Agadir portiga xarbiy kemalarini yubordi. 2-Marokash
krizisi qurolli to’qnashuv xavfini vujudga keltirdi. Frantsiya-Germaniya, Angliya-
Germaniya munosabatlari keskinlashdi. Muzokaralardan so’ng Germaniya
Marokashni, Frantsiya protektorati ekanligini tan oldi. Frantsuz Kongosidan bir
qism er Germaniyaga berildi. Bu krizis Germaniyani Xalqaro maydonda
izolyatsiyalanishini kuchaytirdi.
Bog’dod temir yo’lini qurilishi Angliya, Frantsiya, Rossiya tomonidan qat`iy
qarshilikka uchradi. Yaqin Sharqda bu 4 ta davlatning strategik, siyosiy, iqtisodiy
maqsadlari to’qnash keldi. Turk sultoniga Nemis qurollarining kirib kelishi,
Usmoniylar imperiyasini avsto-german blokiga yaqinlashtirdi. Germaniyaning 1914
yil iyuldagi Angliya blok muzokaralari xam Angliyani neytral davlatga
aylantirishga yordam bermadi.
Xulosa

170
Angliya - Germaniya raqobati ayniqsa qudratli german xarbiy dengiz flotini


bunyod etilishi bilan keskinlashdi. XIX asr oxirida Germaniya xarbiy floti mudofaa
floti bo’lib, Yevropada 5-o’rinda turgan bo’lsa, 1898 yildagi birinchi, 1900 yildagi
2-dengiz qonuni (admiral Terpits) Germaniyada dengiz qurolli poygasini
shakllantirdi. Germaniya kelajagi dengizda shiori ostida flot qurilishi olib borildi.
Yuqori og’ir korabllar qurilib qudratli artilleriya bilan qurollantirildi. Germaniya
Angliya ustunligini engdi. 1912 yilda reyxstag qo’shimcha qonuniga ko’ra
Germaniya xarbiy dengiz floti avvalgiga nisbatan 60%ga ko’paytirildi. Angliya
bunga javoban 1 ta nemis kemasiga 2 ta ingliz kemasi siyosatini olib bordi.
Urush arafasida Germaniya xarbiy sanoati Antanta potentsialidan qolishmas
edi. Agar Angliya Germaniyani Rossiya va Frantsiya bilan bo’ladigan urushida
betaraf tursa, dengiz qurollarini cheklashini e`lon qildi. Ammo Angliya bunga yo’l
qo’yolmas edi. 1911 yilda Italiya-Turkiya urushida Germaniyani Italiyaga yordam
bermaganligi Italiyani uchlar ittifoqidan uzoqlashtirdi. Germaniyani xalqaro
axvolini og’irlashuvi, 1-2-Bolqon urushidagi mag’lubiyatlari Antantaga qarshi
urushni tezlashtirdi.
Tayanch so’z va iboralar
Imperiya, kantsler, kayzer, bundesrat, Reyxstag, kartel, yunker, grossbauer,
landtag, demogog, repressiya, militaristik, konservativ, liberal.
Nazorat savollari
1. Germaniya imperatori qanday xuquqlarga ega edi?
2. Germaniyani tezlik bilan yuksalish sabablari nimada?
3. Otto fon Bismark tashqi siyosatini o’ziga xos xususiyatlarini ta`riflab bering?
4. Germaniyaning qaysi sanoat soxalari yuksaldi?
5. Germaniyaning kelajagi dengizda shiorini sharxlab bering.
6. Nima uchun Italiya-Turkiya (1911y) urushida Germaniya Italiyagayordam
bermadi?

171
7. Bog’dod temir yo’lini qanday axamiyati bor?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov. I. A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». Toshkent. Sharq. 1998 yil.
2. Yurovskiy.E.E, Krivoguz.I.M: «Novaya istoriya stran Yevropi i Ameriki» 1,2-
period. Moskva. «Visshaya shkola». 1998 god.
3.Burjuaznie revolyutsii XVII-XIX vekov v sovremennoy zarubejnoy
istoriografii.M, Visshaya shkola ,1986.
4. Yurovskiy.E.E. «Sbornik dokumentov po istorii novogo vremeni stran Yevropi i
Ameriki (1640-1870)». Moskva. «Visshaya shkola». 1990 god.
5.Istoriya diplomatii v v 5-ti tomax.M,Nauka 1959-1960
6.Galkin I.S Sozdanie Germanskoy imperii.M,Visshaya shkola,1986
7.Bismark O.Misli i vospominaniya.V 3-tomax. M,Gospolitizdat,1940-1941.
8.Mixaylov M.I Problemi germanskoy revolyutsii 1848.M,Nauka,1985
Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatalari 1871-1918 yillarda.
Reja:
Kirish
1. AQSH ning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.
2. Tashqi siyosat.
3. XX asr boshlarida AQSH ning iqtisodiy , ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti.
4. Xududiy ekspansiya.
Xulosa
Kirish.
Fuqorolar urushida sanoatlashgan shimolning galabasi gomsted aktini qabul
qilinishi, Yangi konlarning ishga tushirilishi AQSHda kapitalizm taraqqiyotini
kuchaytirib yubordi. 1870-1900 yillarda cho’yan eritish sakkiz marta (13,8 mln,t),
po’lat eritish bir yuz ellik marta (mln.t), ko’mir qazish o’n marta (212,mln.t) o’sdi.

172
Umuman yalpi maxsulot ishlab chiqarish olti marta o’sdi. Temir yo’llar uzunligi


190 mil (dunyodagi jami temir yo’llarning 50%)ga yetdi. Chet el kapitali 3,4
mlrd.dollarga yetib, AQSH transporti va sanoatiga kiritildi. 1870 yilda axoli soni
o’sib 50 mln. kishiga yetdi, 30 yil davomida AQSHga dunyoning turli
mamlakatlaridan 14 mln. emigrant ko’chib keldi. 1890 yilda ular AQSH axolisini
33%ini tashkil etdilar. Ishchi kuchi yetishmayotganligi tufayli, tadbirkorlar Yangi
texnika texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etdilar .
1870-1890 yillarda 440 ming ixtirochilik patenti berildi. Neftni qayta ishlash ,
elektro energetika , ximiya, avtomabilsozlik , rezina kabi Yangi sanoat tarmoqlari
rivojlandi. 1882 yilda T.Edison birinchi Issiqlik Elektr Stantaiyasini qurdi, 1900
yilda IESlar soni 2800 taga etdi. AQSHda ilk yirik sanoat monopoliyalari :
1870yilda D. Roqfellyer «Standart oyl», Karnegi «Po’lat», « Amerikan shugar
rifayning kompani» , «Djeneral elektrik» tashkil topdi. Kontsentratsiya banklarni
xam qamrab oldi. Rokfellyer, Morgan, Mellon banklari turli korxonalarni mablag
bilan ta`minlar edi. Axolini 1% da AQSH milliy boyligining 50% to’plangan edi.
AQSHning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti .
«Yaramas muvaffaqiyatga so’zsiz ta`zim qilish-bizning milliy
kasalligimizdir» deb yozgan edi faylasuf U. Djeyms. « Amerikacha orzu» g’oyalari
qaror topdi. O’rta va mayda fermerlar tabaqasi AQSH qishloq xo’jaligini
rivojlantirdi. Qishloq xo’jaligida band axoli soni 6,2 mln kishidan, 10,4 mln.kishiga
etdi, xaydaladigan yerlar 2,2 marta o’sdi, qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab
chiqarish 2 marta o’sdi. AQSH oziq ovqat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi va
eksport qiluvchi yirik mamlakatga aylandi. Mayda ishlab chiqaruvchilar yirik
xo’jaliklar tomonidan siqib chiqarildi. 1900 yilda 1mln. yirik xo’jaliklar 43% yerga
egalik qilib, jami maxsulotni 50% ini ishlab chiqarar edilar.
AQSHning iqtisodiy xayotidagi chuqur o’zgarishlar siyosiy xayotga xam
kuchli ta`sir ko’rsatdi. Fuqorolar urushidan so’ng, Respublikachilar xokimiyatini

173
to’la egallab olishdi. Ular sharqning yirik burjuaziyasi manfaatlarini ximoya


qildilar. 1876 yilda Xeys (respublikachi) prezident bo’lgach , janub
rekonstruktsiyasiga barxam berdi. Ta`riflar, pul muammolari, trestlar masalasi
asosiy o’rinda turdi. Respublikachilar «yuqori ta`riflar - yuqori ish xaqi» shiorini
ilgari surib, 1890 yilda kongress Makkenli-Oldrich qonunini qabul qilib , chet el
maxsulotlariga 49,5% soliqlar joriy qildi. Xukumat dollarni to’la oltin standart
tartibini joriy etdi.
Trestrlarning barcha soxalarga kuchli ta`siri keng xalq qatlamlarining
noroziligini kuchaytirdi. Xukumatning kelishtiruvchilik xarakati, 1887-1890
yillarda chiqargan qonunlari xech qanday natija bermadi. Oqibatda turli ijtimoiy
xarakatlar vujudga keldi. 1867 yilda greynjerlar xarakati vujudga keldi, ular temir
yo’llar shtatlar xukumati nazoratiga qat`iy olinishini talab qildilar. Ammo bu
talablar bajarilmadi. 1875 yilda grinbekerlar xarakati keng yoyildi, ular pullarni
«arzonlashtirish, qadrsizlantirish» g’oyasini ilgari surdilar. 1892 yilda fermerlik
al’yanslari birlashib, «xalq partiyasini» tuzdilar. Ular yerni xalqqa berish, oltin
tangalarni cheksiz zarb qilish, davlat mulkini xususiy mulk qilib berish, 8 soatlik
ish kunini joriy qilishni talab qildilar. 1890 yilga kelib bu partiya demokratlarga
qo’shilib ketdi.
AQSHda proletariat tezlik bilan o’sdi. 1870 yilda ishchilar soni 8
mln.kishidan, 1900 yilda 9,4 mln.kishiga o’sdi. Ishchilarning 50% ini emigrantlar
tashkil qilgan. Individualizm, qo’nimsizlik , ekonomizm ishchilarni o’zligini
anglashida to’sqinlik qildi. 1870-1880 yillarda norozilik xarakatlari keng tus oldi va
birinchi marta federal xarbiy qo’shinlar bu qo’zgolonlarni bostiradilar. Ishchilar
xarakati birlashmaganligi uchun maglubiyatga uchradi. Ishchilar xarakatini
birlashtirish uchun 1869 yilda «Mexnat ritsarlari ordeni» tuzilib, Yollanma mexnat
qulligini tugatish uchun kurashdi. Ular ishchilar ongini yuksaltirish masalasini
birinchi o’ringa qo’ydilar. 1890 yilda bu orden tarqalib ketdi.

174
1886 yilda Amerika Mexnat Federatsiyasi tashkil topdi. Ishchilar kasbiga,


yashash joyiga qarab birlashdilar. AMFga yuqori malakali ishchilar kirdilar. AMF 8
soatlik ish kuni uchun qat`iy kurashdi. 1886 yilnig 1 may kunidagi ish tashlashlar
markazi Chikago shaxri bo’lib, ish tashlashlarda 350 ming kishi qatnashgan. Ish
tashlashlar bostirilib , raxbarlari A.Fisher, A.Shpislar qatl etilgan. Ammo ish
soatlari 8 soatga keltirilgan. AQSHda sotsialistik xarakat xam keng yoyilgan. 1876
yilda Sotsialistik Ishchi Partiyasi (raxbari D.de. Leon), 1897 yilda Sotsial
Demokratik Partiyalar tashkil topdi. Bu partiyalar asosan parlamentda xokimiyatni
egallash uchun kurashdilar.
Tashqi siyosat.
Yirik tadbirkorlar Yangi bozorlar va xom ashyo xududlarini faol talab qila
boshladilar. Militaristik guruxlar armiya va xarbiy dengiz flotini kuchaytira
boshladilar. 1869-1890 yillarda AQSHda Amerika davlatlari konferentsiyasi
chaqirilib, Amerika Respublikalari Xalqaro Ittifoqi tashkil topdi. AQSH davlat
kotib R. Olni 1895 yilning 20 iyulida: «Amerika xududidagi Yevropa nazorati
mantiqqa zid» deb e`lon qildi. AQSH Amerika va Yevropa davlatlari o’rtasidagi
ziddiyatlardan o’z manfaati uchun unumli foydalandi. AQSH Amerika davlatlari
ichki ishlariga faol aralashdi. Ayniqsa Lotin Amerikasi xududida faol siyosat olib
bordi. Uzoq Sharqda Yaponiya va Koreya bilan, 1876 yilda noteng shartnomalar
tuzilib, 1882 yilda bu davlatlar ustidan AQSH barcha soxalarda katta xuquqlarni
qo’lga kiritdi. 1884 yilda Gavaida AQSH xarbiy dengiz bazasi qurilib, 1893 yilda
Gavai qirolichasi taxtdan ag’darilib, 1898 yilda Gavai AQSHning ajralmas
xududiga aylandi. 1889 yilda AQSHning Samoa orolida bitta xarbiy dengiz
bazasini qurildi.
Karib xavzasida xukmronlik qilish uchun Kubaga asosiy e`tibor berildi. 1895
yilgi Kubadagi qo’zg’olon ayni muddao bo’ldi. 1898 yilning 15 fevralida, Gavana
portida AQSHning Men kreyserining portlatilishi AQSH - Ispaniya urushiga

175
baxona bo’ldi. 19 aprelda AQSH Ispaniya xukumatidan Kubaga ozodlik berishni


talab qildi. 23 aprelda Ispaniya AQSHga qarshi urush e`lon qildi. 1898 yilning 1
mayida Manilada Ispan floti, 3 iyunda Santyagoda Ispan floti mag’lub etildi. 1898
yilning 10 dekabrida Parij tinchlik sulxi tuzildi. Ispaniya Kubani mustaqilligini tan
oldi, ammo Kuba AQSHga buysinmadi.
AQSH ekspaniyasiga demokratik kuchlar qarshi chiqdilar. AQSHda
ekspansionizm g’oyalari keng eyildi. Mutafakkirlar B.Adams, G.Lodj, D.Barjes,
A.Mexenlar bu g’oyaning namoyondalari edilar. Xalq orasida: boshqa xalqlar
taqdirini belgilash burchi, sivilizatsiya tarqatish burchi g’oyalari keng yoyildi. Bu
g’oya namoyondalari xukmron tabaqalar bilan yaqin aloqa bog’lagan edilar.
XX asr boshlarida AQSHning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyoti.
1901-1903 yillardagi, 1907-1908 yillardagi, 1913 yillardagi krizislarga
qaramasdan, AQSH XX asrga yetakchi sanoatlashgan davlat sifatida qadam qo’ydi.
1913 yilda AQSHda 33 mln. tonna po’lat, 31 mln tonna cho’yan, 517 mln tonna
ko’mir qazib chiqarildi. 80% sanoat maxsulotini yirik korporatsiyalar ishlab
chiqardi. Morganni «Po’lat tresti» 1,5 mln dollar mablag’ga ega bo’lib, 60%
cho’yanni ishlab chiqarar edi. Konsentratsiyalashuv kuchaydi. Fan va texnika
taraqqiy etib, ishlab chiqarishning o’zviy qismiga aylandi. Injener F.Teylor
«Injenerlik sotsiologiyasi» faniga asos soldi. Bu g’oya ishlab chiqarishning qat`iy
intensivlashtirish, tadbirkor va ishchi o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatishni
maqsad qilib qo’ygan edi. Bu g’oyani G.Ford birinchi bo’lib, o’z avtomobil
zavodlarida qo’lladi. Oqibatda bitta avtomobil narxi 950 dollardan 290 dollarga
tushdi. 1900 yilda AQSHda 8000 dona, 1913 yilda 1,2 mln dona avtomobil bor
edi. Boston va N’yu Yorkda birinchi metropolitenlar qurildi.
Qishloq xo’jaligi xam rivojlandi. 1914 yilda 17.000 dona traktor, 15.000 dona
yuk mashinasi bo’lgan bo’lsa, ularning soni 1919 yilda 158 ming dona traktor va
111 ming dona yuk mashinasiga yetdi. Axoli soni o’sib 98 mlnga yetdi.

176
Urbanizatsiya jarayoni kuchaydi. 1900-1915 yillarda AQSHga 14,5 mln


immigrantlar ko’chib bordi. Eksport importdan o’zib ketdi. 1897-1914 yillarda chet
el investitsiyasi 5 marta o’sib, 3 mlrd 513 mln. dollarga etdi. Ishchilar soni 17
mlnni tashkil etdi. AQSH sanoatida bir yilda 2 mln baxtsiz xodisa yuz berib, xar 16
minutda bir ishchi xalok bo’ldi. Ish xaqi 30% ga, soliqlar esa 3,5 barobar narxlar
esa 32% ga oshib, real ish xaqi 9% ga kamaydi. Amerikalik ishchidan yapon
ishchisi 1,5-2 marta kam, ayollar erkaklardan 50% kam ish xaqi olar edi
(diskrimiantsiya). Uy joy muammosi keskinlashdi.
Amerika madaniyatining yirik namoyondalari: T.Drayzer, L.Steffens,
D.London va boshqalar o’z asarlarida Amerika mexnatkashlarining og’ir xayotini
tasvirladilar. Makreykerchilar Amerika xayotini tasvirladilar, ammo jamiyatni
qayta qurish g’oyasini ilgari surmadilar. Xukmron doiralar xam isloxotlar
zarurligini tushunib etdilar. T.Ruzvelt isloxotchi, dono siyosatchi, keng fikrli,
taraqqiyparvar inson edi. Ruzvelt korruptsiya, bosslar, monopoliyalariga qarshi
kurashgan. Uning davrida oziq ovqat va dori darmonlar ishlab chiqarish va sifati
ustidan, temir yo’llar va mexnat sharoiti ustidan kuchli davlat nazorati o’rnatildi.
Ruzvelt «trestlarni buzuvchi» nomini oldi. U mamlakatni tabiiy boyliklarini asrash
soxasida xam katta ishlarni amalga oshirdi.
1902 yilda g’arbdagi yerlarni sug’orish to’g’risida qonun qabul qilindi. Tabiiy
zaxiralarni asrash milliy komissiyasi tuzuldi. Davlat iqtisodiy xayotga faol aralasha
boshladi. Ruzvelt o’rniga kelgan U.Taft konservativ siyosat olib bordi va yirik
monopoliyalar manfaatini ko’zladi. Protektsionizm g’oyalari keng norozilikni
vujudga keltirdi. 1912 yilgi saylovlarda demokratlardan V.Vilson (Nyu Djersi
gubernatori, xuquq va tarix fanlari professori) g’olib chiqib, «Yangi demokartiya»
dasturini ilgari surdi. Bu dastur 3 ta g’oyaga: individuallik, shaxs erkinligi, raqobat
erkinligi g’oyalariga asoslangan edi.

177
Bojxona soliqlari 42% dan 27%ga tushirildi. Federal rezerv sistemasi tuzilib,


kredit va bank soxasi markazlashtirildi, tadbirkorlik krediti kengaytirilib, foizlari
kamaytirildi. V.Vilsonning bu dasturi xukumatning yirik kapital bilan aloqasini
mustaxkamlandi. XX asr boshlarida ishchilar xarakatining Yangi ko’tarilish davri
bo’ldi. Pensilvaniya, Michigan, Virginiya, Alabama shtatlarida ish tashlashlar keng
yoyildi. AMF 1,5 mln ishchini birlashtirdi va ish tashlarga, kasaba uyushmasi
xarakatiga raxbarlik qildi. 1905 yilda Jaxon Industrial Ishchilari tashkiloti tuzuldi.
Bu tashkilot ishchi va tadbirkor, mulkdor manfaatlari qarama qarshi, xech qanday
umumiylik yo’q degan g’oyani ilgari surib, yirik ish tashlashlarni uyushtirdi.
Sotsialistik g’oyalarni keng tarqalishi tufayli, 1901 yilda Sotsialistik Partiya tashkil
topdi.
Yüklə 18,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə