Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar


Oilaviy munosabatlar tizimida bolaning o’zini – o’zi anglash jarayoni



Yüklə 455,6 Kb.
səhifə2/7
tarix20.09.2017
ölçüsü455,6 Kb.
#635
1   2   3   4   5   6   7

1.2. Oilaviy munosabatlar tizimida bolaning o’zini – o’zi anglash jarayoni

Oilaviy turmush inson xayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalarga nisbatan munosabat ham oiladagi shaxslararo turli tuman muammolarda, muloqotda, fikr almashinuvida, munozaralarda, o’z ifodasini topadi, binobarin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar mustahkam bo’lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob xarakter hislarini, bolada yuksak ma’naviy hislarni shakllantirishga bog’liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson qilib tarbiyalashdek yuksak va mas’uliyatli vazifa ota-onaga, oiladagi kattalarga yuklatilgandir.

Oilaviy turmushda odamlarga, mexnatga narsalarga va o’z-o’ziga bo’lgan nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari tarkib topa boradi. Shuning uchun oila jamiyatning boshlang’ich buguni sifatida yosh avlodning axloqi, qobiliyati, aql zakovati xulqi yurish-turishi, xatti-harakati, muloqoti, e’tiqodi, va dunyoqarashlariga yuqori darajada tarbiyaviy ta’siri ko’rsatish imkoniyatiga ega.

Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyatsifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o’chog’i bo’lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila» yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi o’z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo’ldi va ularda yurtga, Vatanga,yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs

tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini kanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi.

O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. (Avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko’ra).Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir.Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi.Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi.Uningmohiyati - aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni suhbatdosh o’rniga turib, o’zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko’rinyapman?») – refleksiyadir.

Rus tadqiqotchilarining ko’pchiligi oilada ota-onaning bolalar munosabatlariga yoki juda keng, yoki bolaning psixik rivojlanishi umumiy nuqtayi nazardan juda tor manoda yondashadilar. Masalan, ular asab buzilishlari paydo bo’lishi, ruhiy holatlarning namoyon bo’lishi, himoya mexanizmlari shakllanishiga tasiri jihatlaridan o’rganib chiqqan.

Ko’plab psixologlar fikriga ko’ra, inson shaxsidagi yetakchi sifatlarining shakllanishi va “Men” konsepsiyasi asoslarining yaratilishi aynan ontogenezning dastlabki 5-6 yilida ro’y berad. O’zini-o’zi anglash masalalariga bag’ishlangan adabiyotlar tahlili bizga o’zgaruvchilarning kattagina qismi kichik ijtimoiyguruhsifatida hayot tarzini oilada aks ettiruvchilarni tashkil qiladi, deyishimizga imkon beradi. Tadqiqotchilar buni bolalarda “Men”konsepsiyasining shakllanishida ota-onalarning o’zaro munosabatlari muhim biromil ekanligi bilan bog’laydilar. Ota-onalarning bola bilan o’zaro munosabati va uning o’zini anglashi o’rtasidagi o’zaro aloqa, o’zini tartibga solish shakli sifatida, bola xulq-atvorini boshqarish usullari va ota-ona munosabatlarini namoyon etuvchi model sifatida ochib beriladi.

Ilmiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda bolaning o’zini-o’zi anglashi interiorizatsiya usuli bo’yicha ota-ona bilan muloqotning to’rt xil turini ajratish mumkin.


  1. O’ziga munosabat yoki “Men” obrazini bevosita yoki bilvosita xulq-atvor orqali singdirish.

  2. Xatti-harakat standartlari va da’volar, ijtimoiy kutishlar darajasining shakllanishi orqali bolaning o’ziga munosabati shakllanishi.

  3. Bola xulq-atvori ustidan nazorat, bunda bola tomonidan bir vaqtning o’zida o’zini-o’zi nazorat qilish usullari va ko’rsatkichlari o’zlashtirib olinadi.

  4. Bolaning o’zini baholashi ko’rinishini o’zgartirishga qodir bola xulqini yo’lga solmoq, bunda bolaga ota-ona tomonidan o’tkaziluvchi “Men” obrazi va o’ziga munosabatining ijobiy va salbiy ma’noga ega bo’lishi mumkinligi tabiiy, albatta.

Shu tariqa, bolada shakllanuvchi “Men” ijobiy obrazi ham atrofdagilarning salbiy baholashga duch kelganda o’zgarishi mumkin, ya’ni uning barqarorligi bu bosqichda shak-shubhasiz emas va boshqalarning, birinchi navbatda, onaning munosabatiga bog’liq bo’ladi: ona esa o’z navbatida, o’ziga ijobiy munosabatda bo’lishi lozim, chunki aks xolda u bola uchun namuna bo’la olmaydi. Ona “Men”ini qo’llab-quvvatlash bola “Men”ini shakllantirishni yengillashtiradi va bolaning ona bilan munosabatlari oiladagi uchlik munosabatlari bilan almashgan xoldagi rivojlanish bosqichidagina bola qatiy chegaralarga muhtojlik seza boshlaydi. Bu zarurat muhabbat va nafrat mojorosini ishlab chiqish va uning asosiy tendensiyalari bolaning otaga yo’nalganlikka asoslanuvchi hamda bolaning onaga yo’nalganlikka tayanuvchi tendensiyalari bilan bog’liq.

Ota-ona bolaga nisbatan haddan ziyod g’amxo’rlik (giperproteksiya) e’tibor ko’rsatilgan oilada bola “Meni sevishadi va men kerakman, ular meni deb yashashadi”, degan tasavvur mavjud bo’ladi. Bunday oilada bolalar o’zlarining borligidan, tug’ilganligidan mag’rurlanib yashaydi va shuning uchun har qanday tilak va xohish amalga oshishiga ishonadi. Odatda bunday bolaning tug’ilishini ota-ona uzoq vaqt kutgan bo’ladi va buni ular hadeb bolaga eslataveradi, shuning uchun ham bola juda egoist bo’lib ulg’ayadi.

Yuqoridagi holatning aksi, yani bolaga nisbatan e’tiborsizlik, mehrsizlik bo’lgan oilada bolaning tasavvuri quyidagicha bo’ladi: “Meni yoqtirishmaydi, lekin men o’zim harakat qilib, ularga yaqinlashishim kerak”. “Men yaxshi bola emasman”, degan tasavvur odatda bolada qator jiddiy salbiy sifatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Masalan, o’ziga bo’lgan bahoning pastligi, o’zini aybdor deb hisoblashning yuqoriligi, ko’p narsalardan hadiksirash, ayb ish qilib qo’yishdan cho’chish, kayfiyatning beqarorligi va shunga o’xshash.

Ota-onalar va farzandlar o’rtasida yuzaga keladigan nizolar. Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo’lib quyidagilar xizmat qiladi. Dunyoqarashlari orasidagi mavjud farqlarni hisobga olmasligi. Yoshlarning bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etilishi. Do’stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kuntalabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo’ldosh tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi. Ota-onalar ichkilikka ruju qo’yishi yoki or-nomusni yig’ishtirib qo’yib, buzuqchilik qilish. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o’rgatmaganlik va buning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o’rganib qolishi. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo’yish va hokazo. Ota-onalik psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar.

Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo’qoladi, o’rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto ichib kelib ota-onasiga qo’l ko’taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq fohishaparastlik borligi achinarli holdir.

Ota-onalarning ba’zilar bolalardagi 3,6,13,14, yoshlarda muqarrar ravishda bo’lib o’tadigan krizislarni bilishmaydi. Bu yosh bosqichlarda bola ruhiyatida yangi psixologik qo’shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar jumladan ota-onalar bilan bo’lgan munosabatlarda ko’zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar “bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo’lib qoladi”, deb o’ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o’zlaricha chora tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushuna olmay qoladilar. Bolaning ota-onalardan bezish xollari kuzatiladi.

Endi o’zini anglashning tarkibiy qisimlari, xususan, o’zini baholashning subyektiv psixologik holat- o’z qadrini xis qilishni ota-onalar munosabati hosilasi sifatida shakllantirish sharoitlarini ko’rib chiqish lozim. S. Kupersmit tomonidan o’zini past baholash ota-onalarning moslashuvchanlik xulq-atvori, yani moslashib olish qobiliyati tufayli erishilgan muvaffaqiyatning samarasiz bo’lib chiqishi bilan bog’liqligi, o’zini o’rtacha baholash ota-onaning iltifotlilik, chidamlilik va homiylik mavqeyi bilan izohlanadi: o’zini yuqori baholash ipidan ignasigacha batafsil ifodalangan qoidalar va o’zaro ishonch asosidagi munosabatlar bilan bog’liqligi isbotlangan. Ayniqsa, M. I .Lisinaning bu masaladagi yondashuvi yaqin bo’lib, u tarbiya xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bola o’zini-o’zi baholashining rivojlanish variantlarini tavsiflashda o’zini baholashnong shakllanishi adekvatligi bolaga ajratiluvchi vaqtning yetarli yoki yetarli emasligi, uning ota-ona tomonidan tengdoshlarga nisbatan umumiy yoki qisman baholanish darajasi, rag’batlarning bor yo’qligi, jazolarning tez-tezligiva asoslanganligi, kelajakdagi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning bashorat qilinishi kabilar bilan bog’liq holda aniqlanishini ko’rsatib o’tgan. E.V.Kucherova ham umumiy o’zini baholashning boshlang’ich genetik xarakteri va uning bola rivojlanishidagi ijobiy rolini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, kattaroq bo’lib qolgan bolalarda alohida sohaga aylangan o’zini anglashning barcha elementlari “Kognitiv Men”, “ekzestinsial Men” (o’ziga munosabat), “rolli Men”, (tartibga solish munosabati) yaxlit bir butun shaklda namoyon bo’lib, ularda hissiyotlar bilan birga hayotiy qadriyatlar to’g’risidagi fikrlar sohasi ustunlik qiladi.Bu soha mutloq ijobiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning o’zini anglash strukturasida alohida o’ringa ega.

Shunday qilib, biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ilk bolalik davrlarida bolada o’zini baholash va o’zini qabul qilish umumiy darajasi balandligiga (shaxsning bazaviy strukturasi va o’zini anglashning tayanch tarkibiy qismi sifatida) mos keluvchi “Men” konsepsiyasi yoki “Men” obrazi shakllanishining eng muhim elementlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish lozim.


  1. Ota-ona o’z bolasini qanday bo’lsa shundayligicha, barcha shakllanayotgan shaxsiy sifatlari doirasida qabul qilishiga yo’naltirish.

  2. Ota-ona tarbiyasida axloq normalarining munosib o’rniga ega ekanligi, yani bola xulqini intizomlashtiruvchi asoslarning qatiyligi:

  3. Bolaga xos bo’lga subyektiv qabul qilish xususiyatlari bilan birga, ota-onalarning o’zini baholash darajasi yuqoriligi.

  4. Ota va onaning tarbiya mezonlari va talablarida o’zaro uyg’unlikning mavjudligi kabilar.

Yosh avlod ijtimoiy turmushning barcha soxalari, xususiyatlari bilan oila quchog’ida tanishadi.

Oilaviy munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan tarkib mustaqillik, istiqbolga nisbatan sodiqlik, vatanparvarlik, qat’iylik qadr-qimmat hissi kabi yuksak insoniy hislar shakllana boshlaydi. Asta-sekin tug’ishganlargab g’amxo’rlik, aka-ukalik va opa-singillik mehri, ota-onaga muhabbat va shavqat singari teranlik tuyg’ulari namoyon bo’la boradi. Oilaviy turmushdagi samimiy va oqilona munosabatlar, ilk psixologik muhit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, ko’ngilchanlik, sabrlilik, yaxshilik, uyatchanlik, yumshoqlik, dilkashlik, mexribonlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, mexnatga ma’suliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik, tejab-tergashlik kabi shaxs hislatlari tarkib topadi. Agarda oilaviy turmush munosabatlari qo’pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo’lsa u xolda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayishlik, pismiqlik, jamoatchilik ma’qullagan narsalarni va ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti-xarakat qoidalarini sezmaslik, yalqovlik,mas’uliyatsizlik, shuhratparastlik, mag’rurlik, o’zini katta olish, dimog’dorlik kabi illatlar yuzaga keladi. Har bir oila ijtimoiy tizim stuktura sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi.

Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir tomonda jamiyatning oilaga ta’siri, ikkinchi tomonda esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o’rnini, oilaning xal qiladigan ijtimoiy funksiyalarini hisobga olish lozim. Insoniyat taraqqiyotining xozirgi bosqichida xozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin. Iqtisodiy reproduktiv, tarbiyaviy komunikativ, regulyativ, fe’liyositologik kabilar. Oilaning iqtisodiy funksiyasi eng asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Oila iqtisod byudjet daromadni rejali sarflash, kundalik xarajatga zarur buyumlarga pul ajratish bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejab ro’zg’or yuritish, er-xotinning tajriba malakaga ega bo’lishlariga bog’liq. Shuningdek, oilada o’sayotgan bola ham mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borish zrurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o’rgatib borish lozim. Oila o’zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta foyda keltirgan. Oilaning reproduktiv funksiyasi – jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish funksiyasidir. Oila faqatgina yangi avlodni boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uni bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun xar bir oilada nechta farzand bo’lishini nazarda tutadi.

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – tarbiyalash eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, tarbiyasiga oilada asos solinadi. Mustaqillika erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz bu borada katta ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning ham ta’siri bor. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish oilaning asosiy vazifasidir.

Ko’rib turganimizdek, ota-ona bola oldida birlamchi ijtimoiy ko’zgu vazifasini bajaradi hamda u bilan muloqotda muhabbat, hurmat va ishonch hislarini namoyon qilgan xolda shu tariqa bolaga o’zi haqida ushbu hissiyotlarga loyiq bo’lgan subyekt haqidagi tasavvurini singdiradi. Ular tomonidan tashqi nazoratning qattiqligi bolada o’zining ichki nazorat qilishni rivojlantiradi, aniq asoslangan talablar qatiy belgilangan va mos keluvchi “Men” obrazi hamda “Men” konsepsiyasining shakllanishiga xizmat qiladi. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan xolda xulosa qilib, avvalo, M.I.Lisina, V.A.Petrovskiy, I.S.Kon, A.A.Bodalev, V.V.Stolin, I.I.Chesnokova kabi psixologlarning “Men” konsepsiyasi tuzilishi va rivojlanish mehanizmlari haqida integrative kompleksli tuzilma va o’zini anglash jarayoni mahsuli sifatida, shuningdek, oiladagi ichki inter va intraindivid munosabatlarning “Men” konsepsiyasi ontogenezning maktabgacha yosh davrida shaxsning “Men” konsepsiyasi shakllanishi bilan o’zaro aloqasi haqidagi tasavvurlarini tahlil qilish asosida biz ishlab chiqqan konseptual sxemani keltirib o’tamiz.

U maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shaxsning o’zini anglash jarayonining kompliksli dinamik sxemasi bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: a)rivojlanayotgan bola shaxsining ijtimoiy borliq hamda uning vakili sifatida ota-onalar bilan munosabatlari faolligi orqali aniqlanadi.

b) birlamchi ijtimoiy guruh, yani oilada boshqa ahamiyatli kishilar- ota va ona bilan shaxslararo muloqot faoliyati orqali bog’lanadi.

v) natija sifatida strategik qadriyatlar yo’nalishi tizimiga bog’langan to`laqonli “Men” konsepsiyasiga ega bo’ladi.

g) “Men” obrazi – o’zi haqidagi bilim va o’ziga munosabat hamda o’ziga xos soha, o’zini baholash, tasavvurlar yig’indisi shaklida tayanch tarkibiy qismga defferensiyalanadi.

d) bunda o’zini anglash jarayoni sifatida refleksiyalovchi “Men” ga “Men” konsepsiyasi esa mahsulot sifatida refleksiyalovchi “Men” ga mansub hisoblanadi.


1.3. Shaxs bo’lib shakllanishda “Men” obrazi va o’z-o’zini baholash jarayonining eng muhum bosqichlari

«Men» - obrazi - shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obrazga aytiladi, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shaxsning o’zi haqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega.

Men” obrazining jinsiy identifikatsiya shakllanishi. Ilk bolalik davrida bola (3-4 yosh) o’zining ma’lum bir jinsga munosabati bo’lganligini tushunadi va atrofdagi odamlarning jinsini bemalol ajrata oladi. Garchi bolalar o’zining shaxsiy jinsni tashqi belgilari orqali – kiyim, soch uzunligi bilan umumlashtiradi. Biroq o’zining jinsiy identifikatsiyalashida bolada shu yoshda murakkablik yaratadi. Bola o’zining maskulin-feminin ko’rsatkichlarini baholashi bolalar orasida jinsiy rollari noaniqligi tufayli qiyinchiliklar bo’ladi. Bu muammoni yechishida u savolga javob qidiradi: “Sen kim bo’lishni istarding? Senga kim bo’lishi ma’qul? Qiz bolami yo, o’g’il bolami?deb savol berish va “Axloq eksperementlar” orqali, qachon bola erkak va ayol obrazlari va rollaridan birini tanlashi kerak.



O’g’il va qiz bolalar o’rtasidagi munosabatlar bolalar bog’chasida o’ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bog’chasi bola uchun faqatgina tashqi olamni bilish, dunyoni hissiy baholash emas, balki o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lish imkoniyatini beradigan joydir. Ayniqsa o’g’il bolalar bilan qiz bolalar o’rtasidagi munosabatlar o’ziga xos tarzda amalga oshadi. Bog’chada bolalar jamoasi shakllanadi. Kattalar bolaga o’g’il bola va qiz bola qanday bo’lishi kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, o’g’il bola yig’lasa “yig’lama, sen erkak bo’lishing kerak”, “qiz bolamisan”deb, qizlarga esa “daraxtga chiqma, sen qiz bolasan” kabi iboralar bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollar xulq - atvorlariga qarab ham o’zlarini qanday tutishni o’rganadilar. O’yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlarni namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilarning mahoratiga bog’liq, ya’ni mashg’ulotlarning to’g’ri tashkil qilinishi muhimdir.

Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir.Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi.

Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug‘at va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘pchilik psixologlar tug‘ilgandan voyaga yetgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo‘lining o‘rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o‘z-o‘ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og‘zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo‘la boshlaydi.

Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) yuzaga kela boshlaydi.

Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi.



Jinsiy differensial va jinsiy identifikatsiyalash psixologik nazariyalari.Uchta alternativ nazariyalar mavjud.

Idendifikatsiya (aynan o’xshatish) nazariyasi psixoanalitik asosga ega, hissiyotlar va o’xshatish ro’lini ta’kidlayapti. Taxmin qilishicha, bola beixtiyor o’z jinsi vakillarining axloqini takrorlaydi.

Jinsiy tipazatsiya nazaryasi ijtimoiy o’rganish konsepsiyasiga tayanadi va jinsiy idenfikatsiyasini tasdiqlash harakatlari orqali tushuntiradi; ota-ona va boshqa shaxslar o’g’il bolalarni “o’g’il bola” deb hisoblanadigan fe’l-atvor uchun rag’batlantirishadi va aksincha ular o’zlarini “qiz bola” tutganda koyishadi; qizlar esa femenin axloq uchun yaxshi so’z eshitishadi, va yomon so’z – maskulin axloq uchun salbiy tasdiq olishadi. Jinsiy tipizatsiya – bu jarayon avval bola jinsiga qarab farqlanuvchi fe’l-atvor qoidalarini bajarishga kiritadi.

Avtokategorizatsiya nazaryasi kongnitiv dunyoqarash bilan bog’liq bo’lib ushbu jarayonning bilish, o’rganish jihatlarini diqqat markaziga oladi: bola dastavval jinsiy idenfikatsiyani o’zlashtiradi, o’zini “o’g’il” yoki “qiz” sifatida aniqlaydi, keyin esa o’zining shu jinsiy tegishlikka muvofiq ravishda tutishga harakat qiladi.

Maskulin – erkak jinsiy belgilarining rivojlanishi.

Feminine – ayol jinsiy belgilarining rivojlanishi.

Jinsiy rolini afzal ko’rishi – faoliyatining va axloqini jinsiga nisbatan aniqlash.

Jinsiy o’z-o’zini aniqlash – o’zini qaysi jinsga tegishli ekanligini anglash.

Ushbu nazariy qarashlar L.A.Koxlberg keltirgan quyidagi misol orqali yaxshi tushuntirib o’tilgan. Masalan, jinsiy tipizatsiya nazaryasi nuqtayi nazardan bola “Men rag’bat xoxlayman”, “Men o’g’il bola harakatlarini bajarganimda meni tan olishardi. Shuning uchun “Men o’g’il bola bo’lishni xoxlayman”. O’zini kategoriyazatsiyalash nazaryasiga muvofiq. “Men o’g’il bolaman shuning uchun men “erkak” harakatlarini qilishim kerak (Kon.I.S 1981).

Demak, bolalik davri boshida bolaning birlamchi jinsiy idenfikatsiyalashi paydo bo’ladi. Kiyim va boshqa tashqi belgilari o’zgarishi bilan jinsi o’zgarmaganligi haqida bola tushunadi. Biroq ilk bolalik davridagi bolalar o’z diqqatini jinsiy ayirmalarga kam yo’naltiradi, qachon ular xal qiladi, kim “o’g’il bola” yoki kim “qiz bola” (xususan bu bolalarning rasimlariga xos). Maktabgacha yosh davridagi 4 – yoshdan katta bolalar nafaqat atrofdagilar jinsini to’g’ri ajrata oladi va jinsiga qarab odamlarga turlicha talablar ham qo’yilishini bilishadi. Bu bolalarning o’z kelajagi haqidagi tasavvurlaridan o’rin olgan shaxsiy senariylarida aks etadi.

Kattalarnig ko’pchiligi bolalarning faolligini chegaralaydilar va bu bilan o’z nuqtayi nazariga binoan bolaning xafsiligini ta’minlashadi, shuningdek, tartib-intizom va muvofiqlik tushunchalarini birinchi o’ringa qo’yishadi. Agarda bola ularning talablariga qarshilik ko’rsatsa, ixtiloflar vujudga keladi va ular, E.Eriksonning fikricha bolada o’ziga o’z kuchiga ishonchsizlik, o’z mustaqilligiga ishonmaslik tuyg’ularining paydo bo’lishiga olib keladi. Mustaqillik va o’ziga ishonmaslik alternativasi bolalik pallasini hal qiluvchi muammosi hisoblanadi. Ushbu krizis qanday xal bo’lishi shaxsning keyingi taraqqiyotida aks etadi.

Ushbu pallaning shaxsning shakllanishidagi ahamiyatini tasvirlar ekan, R.Berne ushbu yoshda bola atrofidagilarning qo’llab-quvvatlashiga va ruhiyatini ko’tarishga ayniqsa juda muxtoj bo’lishiga alohida e’tibor qaratadi. Unda paydo bo’layotgan mustaqillik tuyg’usi shunchalik rag’batlantirilishi kerakki, kattalarning ma’n qilishi bilan bog’liq ixtiloflar bolaning ortiqcha uyatchanlik va o’z kuchida shubhalanishiga olib kelmasligi kerak. Bolada o’zining boshqarishning rivojlanishi unda ijobiy o’z-o’zini baholashining shakllanishiga ziyon keltirmasligi kerak.

4 yoshdan boshlab bolada u qanday inson bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar paydo bo’la boshlaydi. Bolaning asosiy harakat kuchi shu yoshda energiya va intilish bilan olamni o’rganish faoliyati, va uni bosh harakat qilayotgan kuchi esa qiziquvchanlik bo’ladi. Bola endi erkinlik bilan harakat qiladi va yetarli darajada nutqi rivojlanib savol beradi va qabul qilgan javoblarni idrok qiladi.

Ota-ona bolaning o’rganish faoliyatini chegaralamasligi o’ta muhimdir, eng xaflisi, E.Eriksonga ko’ra, bolada o’zining qiziquvchanlik va faollik uchun ayibdorlik his-tuyg’ulari paydo bo’lishi mumkin. Keyinchalik bu bolada tashabbuskorlik hissini yo’qolishi chiqarishi mumkin. O’z navbatida, R.Berne bolalarda ijobiy o’z-o’zini baholashni shakllantirishga harakat qilayotgan ota-onalarga bolaning faolligiga o’z munosabatini shunday bildirishni maslahat beradi; unda o’z-o’ziga nisbatan kamsitilganlik munosabati va o’zini jazolash hissi paydo bo’lmasligi zarur.

Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologiknuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli



kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.

Yüklə 455,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə