Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar



Yüklə 455,6 Kb.
səhifə6/7
tarix20.09.2017
ölçüsü455,6 Kb.
#635
1   2   3   4   5   6   7

Bob yuzasidan xulosa

Makdabdagiacha yoshdagi bolalarning o’zini-o’zi anglash jarayoni oila muhiti bilan bog’liq tarzda empirik jihatdan o’rganish bizga quyidagi empirik xulosalar chiqarishga imkon beradi:

1. Bolalarning o’zi uchun ahamiyatga ega bo’lgan kattalar tomonidan baholanishi ko’proq differensiyalangan bo’lib, har bir bola o’z ota-onalarini ularga nisbatan o’ziga xos munosabatdadir deb hisoblashadi, onaning bahosi bola uchun o’z bahosidan biroz pastroq ahamiyat kasb etadi.

- o’zini o’rtacha baholaydigan ota-onalar o’z bolasini “sog’lik, chiroy, aqlva xaqrakter” ko’rsatkichlari bo’yicha ham, “omad va baxt” ko’rsatkichlari bo’yicha ham o’ziga nisbatan yuqori baholaydi. Otalar va onalarning o’z bolasini baholashlari baribir nisbatan o’xshash bo’lib, bu holat nukler oilaga juda xosdir;

- o’zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan ham baholanishi yuqori bo’lgan bolalar o’z ota-onalarining har qanday bahosini, hatto tanqidiy bahosini ham qabul qiladi, ularning fikriga qo’shiladi, bundaylarda o’ziga o’ziga ishonch hissi mavjud va ota-onalar bilan yaqinlik hissi saqlanib qolgan bo’ladi;

- o’zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan baholash o’rtacha bo’lgan bolalar o’zini baholashda ota-onasining o’zi haqidagi fikri bilan emasligini biladi. Bunday bolalar o’zi to’g’risida shakllanayotgan obrazini o’rtacha namoyish qiladi, bu esa ota-onalar bahosini passiv idrok qilishini keltirib chiqarib, natijada kelajakda o’ziga salbiy munosabatni shakllantiradi;

- o’zini baholash o’rtach ota-onalar tomonidan baholash o’rtacha bo’lgan bolalarda ham ko’proq noadekvat munosabatlar shakllanadi, hissiyotlari keyinchalik uncha aniq namoyon bo’lmaydi, men obrazida noaniq syujetlar bo’ladi;

- o’zini baholash o’rtacha va ota-onalar tomonidan baholash yuqori bo’lgan bolalar ota-onalarining o’zi kutayotgan bahoga nisbatan balandroq baholashi, kelajakda bolaning ijobiy “Men” obrazini shakllantirish uchunqulay muhit yaratadi. Yani aynan shunday holat ko’proq xolis munosabat hamda adekvat o’zini anglashga zamin bo’lishi mumkin.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkazgan muloqotlarimizda o’ziga nisbatan bahoda o’zini u yoki bu jins vakili sifatida o’z ota-onasi bilan identifikatsiya qonunlari ham ko’zga tashlanadi. Nominativ tasavvurlar, ya’ni o’z ismi, uning ma’nosi atrofidagi tasavvurlar ham mavjud bo’lib, ular shu yosh uchun yuqori darajada shakllangan; qadriyatlar identifikatsiyasi esa endi rivojlanish bosqichida ekanligi ma’lum bo’ldi;

- tadqiqotimiz o’z ismini qabul qilish davri bolada 5-6 yoshga borib tugashini va shaxsning rivojlanishi natijasida shaxsiy ismini qabul qilish ro’y berishini tasdiqlaydi. Qabul qilingan ism “Men”konsepsiyasi asosini tashkil qiladi va uning atrofida ism bilan bog’liq bo’lgan ko’plab shaxsiy xarakterli xususiyatlar va o’zi to’grisidagi ijobiy obraz shakllanadi;

-maktabgacha bo’lgan katta yosh, bizningcha, bolaning jinsiga aloqador rollar tizimida o’zini tasvvur qilishi uchun maqbul davr bo’lib, o’zini anglashning rivojlanishidagi asosiy yo’nalish esa jinsiy o’zini anglash jarayoni hisoblanadi. Shakllanayotgan jins konsepsiyasi bu davrdagi asosiy yangilikka aylanadi, uning shakllanish darajasi mos keluvchi aynan bir xillikning shakllanganlik darajasi kabi mazkur yosh davrida “Men” konsepsiyasi rivojlanishining umumiy darajasini tavsiflaydi va unibaholash mezoni bo’la oladi.

3. Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarda ijtimoiy rollar va ular bilan bog’liq ustanovkalar ham shakllanishi boshlanadi, bunda oiladagi qadriyatlar va ota-ona qadrlaydigan sifatlarning roli katta:

- maktabgacha bo’lgan katta yoshdagi bolalarda oilaviy qadriyatlar va ular ta’sirida shakllanadigan “Men” konsepsiyasining pastligi aniqlandi;

- oilaviy qadriyatlar nafaqat oilaning ma’naviy-psixologik muhitiga ta’sir ko’rsatib, er va xotin o’rtasidagi munosabatlarning xarakterini belgilaydi, balki tadqiqotda isbotlanishicha, ular shu oilada voyaga yetgan bolaning ijtimoiy tasavvurlari tizimini, jumladan, o’ziga nisbatan shakllanadigan munosabatining mazmunini ham belgilaydi. Bunda, ayniqsa, tanlangan oilalardagi ota-onalarning er-xotin sifatidagi rollarining adekvatligini ta’minlovchi qadriyatlari tizimi alohida o’ringa ega;

- otalar va onalarning o’z ota-onalik rollariga nisbatan baholaridagi muvofiqlikning darajasini o’rgangan yuqori, deb tavsiflash mumkin. Bunday holat farzandlarning ijtimoiy rollariga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantiradi;

- umuman olganda onalarning farzandlar bilan identifikatsiyasi otalarnikiga nisbatan tahlil qilinganda anch yaqin va oxshashdir.

4. Maktabgacha bo’lgan yoshda yosh bo’yicha aynan bir xillik jarayoni umuman olganda yakunlanish bosqichiga o’tgan bo’lishi, ya’ni o’z yoshi va unga oid tasavvurlarning shakllanganlik darajasi o’rtachadan baland bo’lishi ishimiz mobaynida aniqlandi;

- lekin shunga qaramay, bolada o’zini o’rtab turgan ijtimoiy muhit to’g’risidagi tushuncha va tasavvurlarining shakllanganlik darajasi o’rtachadan past bo’ladi. Bu bolaning o’z jinsi bilan bog’liq rollar to’g’risidagi tasavvurlarning shakllanganlik darajasi ham pastdan yuqoriga qarab o’zgarishini anglatadi;

5. Bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari shakllanishida oiladagi er-xotinlik munosabatlari:

- bolaga ota-onaning munosabati qanchalik muhim bo’lsa, ularning er-xotin sifatidagi rollarini bajarishdagi muvofiqligi bola shaxsining shakllanishi va “Men” obrazining teran va o’z vaqtida shakllanishiga shunchalik maqbul sharoit hisoblanishi ishimiz mobaynidaamaliy ifodasini topdi;

Aynan nikoh juftligidagi er-xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurida bilvosita ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo’lib, shu sababli bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan o’zgarishlarga turtki bo’ladi;

- bolaning ota-onasiga bo’lgan munosabatlari, ularni aynan ota va ona, deb idrok qilish orqali o’z tasavvurin boyitishi, avvalo, uning kelajakdagi obrazini, katta yoshdagi shaxs sifatidagi obrazni shakllantiruvchi tamal toshi bo’lib xizmat qiladi.

Shu nuqtayi nazardan bolaning ko’z oldida kundalik tabiiy oilaviy vaziyat, oiladagi kattalar o’rtasida mazmuniy jihatlarga boy o’zaro munosabatlar, ota-onaning faol ijtimoiy va ma’naviy hayoti silsilasi voqea-hodisalarga maksimal darajada boy bo’lgani holda bolaning ham faolligini uyg’otib, uning shaxs sifatida rivojlanish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi;

- oiladagiichki munosabatlar va ota-onaning bolaga munosabati ta’siri ostida shakllanuvchi birlamchi o’ziga munosabat, o’zini identifikatsiyalashning barcha ko’rinishlarida va komunikativ faoliyat subyektiv sifatida bolaning birlamchi kichik ijtimoiy guruh sifatida oilada o’zini anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omil hisoblanadi. Bunda nafaqat er-xotin – ota-ona o’rtasidagi munosabatlar va ularning bolaga bo’lgan munosabati, balki aynan shu munosabatlarning bevosita u bilan muloqotda aks ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, bizning fikrimizcha, bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari kamdankam hollarda neytral, bahosiz xarakterga ega bo’lib, o’ziga emotsional-qadriyatli munosabat bilan bog’liq bo’ladi. Bu esa maktabgacha bo’lgan yosh davomida “Men” konsepsiyasining asosan affektiv, emotsional-qadriyatli tarkibiy qisimlari shakllanishi va faqat bu davrning oxiriga kelibgina kongnitiv soha rivojlanishi boshlanishidan darak beradi.


XULOSA

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’zini-o’zi anglashiga oiladagi ma’naviy muhit, jumladan, ota-ona va bola munosabatlarining hamda er-xotinlik munosabatlarining hamda er-xotinlik munosabatlarining ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotimiz normal va to’liq oiladagi sog’lom o’zaro munosabatlar bolaning shaxs sifatida kamol topishi va o’zi to’g’risida adekvat munosabatda bo’lishiga bevosita ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligini tasdiqladi. Zero, davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, oiladagi sog’lom ma’naviy muhit bolaning har tomonlama barkamol voyaga yetishining muhim omili, shu bilan birga “Oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”.3

O’tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijasida biz bola shaxsi ontogenezining turli bosqichlarda o’zini-o’zi anglash jarayoni turlicha kechishi, lekin maktabgacha tarbiya yoshi ushbu bosqichlar orasida o’ziga xos ahamiyat kasb etuvchi davr ekanligini, bunda turli ijtimoiy institutlar orasida oila va undagi sog’lom munosabatlar muhitining ahamiyati katta ekanligini asosladik. Bunda oilani tashkil etuvchi asosiy sub’yektlar – erkak va ayolning ota-onalik hamda er-xotinlik rollari va maqomlari boladagi eng asosiy ijtimoiy tasavvurlar, jumladan, o’zi haqidagi tasavvurlar va yaxlit “Men” konsepsiyasining shakllanishida alohida o’ziga xos rol o’ynashi isbotlandi.

Ya’ni bolani o’zini-o’zi anglash jarayoni, uning rivojlanishi, avvalo, o’zini-o’zi anglash subyektlari sifatida ota-onalarning o’ziga xos xulq-atvoriga bog’liq bo’ladi. Ota-onalarning maskulinlik-femininlik darajasi, ularning jinsiy o’zini-o’zi anglashi va oilaviy rollari adekvat – mos bajarilishi boladagi o’z jinsi va unga oid bo’lgan barcha tasavvur va tushunchalarning paydo bo’lishida muhim omildir. Bunda onaning o’ziga yarasha maqomi bo’lib, eng avvalo, boladagi o’z “Men”iga oid barcha ekspressiv, effektiv va emotsional xususiyatning namoyon bo’lishi onaning bolaga hissiy-emotsional yaqinligi bola jinsidan qat’i nazar yetakchi rol o’ynaydi.

O’tkazilgan empirik tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolaning “Men” konsepsiyasi shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari nuklear oilada yaqqolroq ko’rinishini, bunda birlamchi kichik referent guruh sifatidagi oilaning o’rni, undagi er-xotin hamda ota-ona va bolalar o’rtasidagi munosabatlar turli oilada turlicha bo’lishiga qaramay, muayyan aynanlik va muvofiqliklar mavjudligini ko’rsatadi va umumiy ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligini isbotladi. Birinchidan, shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning o’zi to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari tizimining shakllanishida oila omilining roli shundaki, bunda asosiy shakllantiruvchi mexanizm rolini, eng avvalo, oiladagi ma’naviy-ruhiy muhit, tashkil etuvchi ota-ona va yaqinlarning o’zaro munosabatlaridan tashqari ota-onaning farzandga bo’lganmunosabatlari, bola ongida shakllantiriladigan kognitiv fikr-tushuncha va g’oyalar katta rol o’ynaydi. Bu o’rinda tadqiqotimiz ota-onalarning o’zlari hamda o’z farzandlari haqidagi baholari, y’ani ijtimoiytasavvurlari turlicha bo’lishi, lekin onalarning baholari otalarnikidan yuqoriroq ekanligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, ota-onaning o’zaro munosabatlari ta’sirida maktabgacha yoshdagi bola ijtimoiy tasavvurlari tizimida shakllangan “Men” konsepsiyasi besh tarkibiy qismdan iborat bo’lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar konsepsiyasi, yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins konsepsiyalari kiradi va ular o’ziga xos iyerarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog’liq tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchibo’ladi. Biz o’rgangan toifada nominatsiya, jinsga oid konsepsiyalar qadriyatlar konsepsiyasiga nisbatan rivojlanganroq ekanligi ma’lum bo’ldi.

Uchinchidan, maktabgacha yoshdagi taraqqiyot bosqichida jinsiy o’zlikni anglash konsepsiyasi, y’ani shaxsing qaysi jins vakili ekanligiga oid tasavvurlar ustuvor bo’lgani uchun ham ota-ona va ular o’rtasidagi jinslararo munosabatlar o’zlikni anglash jarayoning bosh yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Yosh nuklear oilalarda otaning ustuvorligi tan olinsa-da, jinsiy o’zlikni anglashda bola uchun onaning hissiy yaqinligi ta’sirchandir.

To’rtinchidan, maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining tuzilishi, uning ayrim unsurlari, ularning o’zaro nisbati va ontogenezning turli bosqichlaridagi mazmunni, shuningdek, ularning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi oilaviy munosabatlar bilan o’zaro aloqasi, avvalo,oiladagi munosabatlar va ota-onaning o’zlikni anglash darajasi bilan belgilanadi,nuklear oilalarda erning ham, xotinning ham o’ziga nisbatan munosabatlari darajasi yuqori, aksariyatida o’rtachadan yuqori bo’lgani sababli, ularning bolaga ko’rsatadigan ta’siri ham sezilarlidir.

Beshinchidan, o’zinibaholashning shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, u bolaning o’z “Men”ini baholashi va ota-onaning real bahosi o’rtasidagialoqani namoyish qilib, bolaning istiqbolidagi psixik rivojlanishini bashorat qilishga imkon beruvchi mexanizmdir. Bunda bolaning ota-onasidan kutayotgan baholar o’rtasidagi farq boladagi adekvat yoki noadekvat bahosi uchun ijtimoiy psixologik turtkidirki, tadqiqotimiz ushbu jarayonda onalar baholarining ancha adekvatligi va farzandlarning ham ular ta’sirida bo’lishini isbotladi.

Istiqbolda biz o’tkazgan tadqiqotning davomi sifatida ushbu jarayonlarni noto’liq oilalar misolida yoki to’liq, ko’p avlodli oilalar misolida ham tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir.

“Oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi o’zini-o’zi anglashning ijtimoiy psixologik omillari” mavzusida o’tkazilgan ijtimoiy psixologiktadqiqot natijalarini umumlashtirib, ularni amoliyotda joriy etish borasida quyidagi tavsiyalarni berish mumkun.

1) Bola shaxsi o’zini-o’zi anglashning komponentlari, eng avvalo, oilada shakllanar ekan, ota-onalar o’z farzandlarining ijtimoiy munosabatlariga to’g’ri kirishishlariga yordam ko’rsatuvchilari uchun xizmat qiladigan asosli ma’lumotlarni ish natijalaridan olishlari;

2) Ota-onalar ishning natijalaridan ota-onaning farzandiga munosabatida bolalikning dastlabki davrlaridayoq o’ziga ishonchni, mustaqillikni, atrofdagilar bilan munosabatda faol va vazmin bo’lish, vaziyatni tahlil etish ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida foydalanishlari;

3) MTM psixologlari ish ma’lumotlari va metodikalari asosida bola shaxsi o’zini-o’zi anglash konponentlarining shakllanish darajasini aniqlashlari hamda ularga individual yondashib tegishliko’rsatmalar berishlari;

4) Boshlang’ich ta’limga o’quvchilarni qabul qilish jarayonida,shunindek, maktab psixologlari boshlang’ich sinf o’quvchilarining psixologik qiyofalarini aniqlashda va ularni mavjud ijtimoiy muhitga moslashishlari uchun tavsiyalar, metodologik ko’rsatmalar ishlab chiqishlarida ish metodlari hamda empirik natijalaridan foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.

5) Oilaga psixologik xizmat ko’rsatuvchi amaliyotchi-psixologlar, ishning xulosalaridan kelib chiqadigan tavsiyalarni maktabgacha yoshli farzandlarni tarbiyalashda qo’llash mumkinligini inobatga olishlari maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilganadabiyotlarro’yxati

1. O’zbekistonRespublikasiKonsitutsiyasi: O’nikkinchichaqiriqO’zbekistonRespublikasiOliyKengashiningo’nbirinchisessiyasida 1992 yil 8 dekabrdaqabulqilingan. T,: O’zbekiston, 2003.-40b.

2. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi: Rasmiy nashr-O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: Adolat, 2007 – 192b.

3. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. 29 avgust 1998 yil. T.: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 1998. – 76b.

4. O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni//Xalq so’zi. – 2004. – 26 may.

5. I.A. Karimov Yuksak ma’navyat – yengilmas kuch. – T: “Ma’naviyat”, 2008. – 176 b.

6. I.A.Karimov yoshlarimiz – xalqimizning ishonch va tayanchi. – T: “Ma’naviyat” 2006. – 94 b.

7. I.A.Karimov O’zbekiston XXI asrga intilmoqda: Prezident Islom Karimovning Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining o’n to’rttinchi sessiyasida ma’ruzasi. 1999 yil 14 aprel. – T: “O’zbekiston”, 1999. – 94 b.

8. I.A.Karimov O’zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. – T.: “O’zbekiston”, 1999. – 74 b.

10. I.A.Karimov Milliy davlatchilik istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to’g’risida. – T.: “O’zbekiston”, 1999. – 545 b.

11. I.A.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlikshartlari taraqqiyot kafolatlari. – T.: “O’zbekiston”, 1997. – 432 b.

12. I.A.Karimov Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T.: “O’zbekiston”, 1996. – 380 b.

13. I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyost, mafkura. – T.: “O’zbekiston”, 1996. – 362 b.

14. I.A.Karimov O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 1992 – 78 b.

15. I.A.Karimov O’zbekiston kelajagi buyuk davlat: O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi o’n birinchi sessiyasida so’zlagan nutq. 1992 yil 8 – 10 dekabr. – T:.“O’zbekiston”, 1992. – 62 b.

16. Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq.-T:.“O’quvchi”, 1992-160 b.

17. Abu Homid G’azzoliy “Kimyoi Saodat”, - T.: Adolat, 2005. – 412.b

18. A.Navoiy “Lison-ut tayr” – T.: “Fan”, 1991. – 464 b.

19. Avdeeva.N.N, Elagina.M.G, Mesheryakova.S.YU. Развитие личности на ранних этапах детства Сб. Психология личности. – СПб,2000.-С. 213. 222.

20. Ananeva.B.G. O проблемах соврименного человекознанияю – М, ин-т практ. Психологии, 1997. – 380 b.

21. Andreeva.G.M. Социальная психология. Учебник для высших учебник заведений Г.М.Andreeva. – 5-eизд-е., испр. И допю – М . Аспект пресс, 2003 – 364 с.

22.Andreeva.NРоль семьи на разных социализации индивида. Динамика изменения положения женщины и семья. – М “Наука”, 1972-с. 4-7.



Илова

Er-xotinning oilaviy qadriyatlarini tadqiq etish



Oilaviy qadriyatlar shkalasi

Ko’rsatkichlar ball hisobida

t

Ayol

Erkak

M±m

M±m

1.

Jinsiy munosabatlar

5,27±0,67

4,82±0,58

t=0,45

2.

Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqlifi (idenfikatsiyasi)

7,26±0,54

8,74±0,65

t=2,41 p≤0,41

3.

Ota-ona-tarbiyachi

7,14±0,82

7,85±0,96

t=0,57

4.

Ijtimoiy faollik

6,43±0,56

7,08±0,58

t=0,73

5.

Tashqi jozibadorlik

8,84±0,61

7,12±0,43

t=2,32

Yüklə 455,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə