Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 172,5 Kb.
səhifə1/8
tarix29.04.2023
ölçüsü172,5 Kb.
#107670
  1   2   3   4   5   6   7   8
Sharq adabiyotida Iskandar timsoli






Sharq adabiyotida Iskandar timsoli
mavzuidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


M U N D A R I J A:


TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI


KIRISH........................................................................................................... 3



  1. BOB. ISKANDAR HAQIDAGI ASARLAR VA SHOH OBRAZINING EVOLYUTSIYASI


    1. Iskandar timsoli yunon adabiyotida........................................................... 8




    1. Iskandar timsoli o‘rta asr sharq olimlari nigohida............................. 15




  1. BOB. ISKANDAR TIMSOLI SHARQ ADABIYOTIDA


    1. Iskandar Firdavsiy va Nizomiy talqinida........................................ 25




    1. Iskandar Jomiy va Navoiy talqinida................................................... 33



XULOSA........................................................................................................ 51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..................................................... 56

TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Ko‘p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat istiqlol tufayli tubdan o‘zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma’naviy qadriyatlariga e’tibor kuchayib, ularning mavqeini tiklash, xalqqa asl holida yetkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha yondashish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. O‘tmishda yashab ijod qilgan shoir va adiblar merosini xolisona o‘rganish va munosib baholash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”1.
Shu nuqtai nazardan istiqlol tufayli saroy adabiyoti, shohlar faoliyati va obrazini o‘rganish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Istiqlol asriy an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Ma’naviy-madaniy boyliklarimizni tiklash, badiiy merosimizni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda ijod qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Ma’lumki, adabiy jarayon hodisalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, estetik baholash adabiyotshunoslik ilmining asosiy vaziflaridan biridir. Badiiy adabiyot har narsadan oldin inson qalbining eng nozik jihatlarini tadqiq etadi. Sir emaski, sho‘roviy mafkura tazyiqi ostida adabiyotshunoslik bir necha yillar davomida o‘zining asosiy vazifasi qolib, uning ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga xizmat qildi. Bu jarayon istiqlolgacha davom etdi. “Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy natijasi o‘laroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo‘lganini qayd etish lozim, – deya ta’kidlaydi davlatimiz rahbari Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. – Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo‘lishi va qandaydir g‘oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o‘tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to‘laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi”.1
Shu nuqtai nazardan adabiyotimizning shu paytga qadar yetarli o‘rganilmagan tomonlariga aniqlik kiritish, tahlil qilish, uning adabiy jarayonlardagi o‘rnini belgilash imkoniyati vujudga keldi. Shunday ekan, o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini sharq adabiyoti va jahon adabiyoti namunalari bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilish, unga xolisona baho berish, shuningdek, tahlilda dunyo adabiyotshunosligi erishgan yutuqlari va tajribalaridan foydalanish zamonaviy adabiyotshunosligimizning muhim vazifalaridandir.
XX asrning 80-yillarigacha Sharqning G‘arbga nisbatan madaniy rol o‘ynagani xususida fikr yuritish imkoni yo‘q edi. Yevropalik olimlarning ko‘plari esa Sharqning ta’sir etuvchilik rolini inkor etib, unga past nazar bilan qarardilar. Ayrim sharqshunoslar boshqa millat vakillari bo‘lsalar-da, adabiy jarayonlarga xolisona baho berganlar ham bo‘lgan, albatta. Masalan, Amerika olimlaridan Draber “Ovruponing aqliy taraqqiyot tarixi” asarida Ovrupo qo‘lidagi bugungi mash’ala musulmonlar yog‘dusidan maydonga kelganini yozgan edi 2. Mustaqillik tufayli bizda Sharq va G‘arb adabiyotini taqqoslash, adabiy ta’sir hodisalarini real baholash va xolis xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mustaqillikdan so‘ng vujudga kelgan bir qator tadqiqotlar buning isbotidir.
Yunonistonda tug‘ilib, dunyoning yarmini zabt etgan mashhur jahongir Aleksandr Makedonskiy Sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu tarixiy shaxs Sharq adabiyotida afsonalarga o‘ralib, tasvirlanadi. Tarixni xalq emas, shaxslar yaratadi deganlaridek, Iskandar timsoli butun dunyo adabiyotida yaratilgan. Biz mazkur ishda Iskandar timsolining yunon va Sharq adabiyotidagi timsolini tahlil qilishga harakat qildik.
Bu fikrlar mazkur mavzuning nihoyatda kam o‘rganilgani va uning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 172,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə