Biznes huquqi. Mustaqil ish


Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari va ularning turlari



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə2/5
tarix14.03.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#102453
1   2   3   4   5
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga

2. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari va ularning turlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqiy holatini yoritish va ularni turlarga boʻlish muhim ahamiyatga ega Tashqi iktisodiy faoliyat subyektlarining huquqiy holati va vakolatlari doirasiga qarab quyidagicha boʻlish mumkin:
Tashqi iqgisodiy faoliyat subyektlari maʼlum bir mulkka ega boʻlishi va shu asosda tadbirkorlik faolshpini yuritish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi yoki tashqi iqtisodiy faoliyatini qonuniy olib borishlari, shuningdek huquq va majburiyatlarga ega bulishlari va mustaqil mulkiy javobgarlikni amalga oshirishlari mumkin:
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar,
2. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyekti boʻlib korxona, tashkilotlar va turli xidsagi jamiyatlar hisoblanadi. Ammo aksionerlarning tashqi iqtisodiy faoliyat subyekti boʻlishi masalasi bahslidir, chunki aksionerning qoʻlidagi aksiya birinchidan aksionerlar jamiyatining boshqaruvida qatnashish va ikkinchidan aksionerga foyda (dividend) olish huquqini beradi Aksioner bevosiga tashqi iqtisodiy faoliyatni oʻz nomidan olib bora olmaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida aksionerlik jamiyati qatnasha oladi. Xuddi shunday tartibda davlat tashkilotlari ham tashqi iqgisodiy faoliyatni olib borishlari uchun mulkdordan tadbirkorlik faoliyatini yuritishga rozilik olishlari kerak. Shundagina ular tashqi iqtisodiy faoliyat yuzasidan olinadigan daromadlarini belgilangan tartibda tasarruf qilishlari mumkin. Tadbirkorlik fuqarolar va korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatning subyektlari boʻlishi uchun tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtib oʻz faoliyatini yuritish uchun ruxsat olgan boʻlishi lozim.
Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti boʻlgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar oʻz faoliyatlarini ustavi (Nizomi), “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqgisodiy faoliyati toʻgʻrisida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgrisida”, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda bitimlari asosida yuritadilar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi yuridik shaxs oʻz faoliyatini olib borish uchun maxsus huquq layoqatiga ega boʻlishi kerak.
Yuridik shaxslarning huquqiy layoqati uning ustavi yoki nizomi tasdiqlangan vaqtdan eʼtiboran, basharti u mazkur turdagi tashkilot haqidagi umumiy nizom asosida harakat qilish lozim boʻlsa, tashkil etilishi toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan qaror chiqarilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 7-modsasida belgilab berilgan. Unda shunday deyiladi:
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
- qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqgisodiy aloqalardagi oʻz ishtirokining turlari, shakllari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilashi, oʻz xohishiga koʻra tashqi iqtisodiyotni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq toʻlab yoxud toʻlamasdan jalb etish huquqiga ega. Tashqi iqgisodiy faoliyatning har bir subyekti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni gasarruf etishga haqlidir. Oʻz qaroriga koʻra, iqtisodiy faoliyat natijalariga egalik qilish, jismoniy shaxslarga oʻtkazishi yoxud ularga ishonib topshirishi mumkin. Hu- quqlar ana shu tarzda oʻzgaga oʻtkazilgan taqdirda tomonlar oʻzaro munosabatlarini shartnoma (bitim) asosida tartibga soladilar. Oʻzbekiston Respublikasining 11-dekabrya 2003-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunida Oʻzbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish asoslari belgilab berilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari maʼlum bir faoliyatni amalga oshiradigan boʻlsa shu faoliyat albatta qonunga muvofiq boʻlishi kerak. Tashqi iqgisodiy faoliyat toʻgʻrisida qonunda tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlari belgilab berilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning faoliyati ana shu obyektlar doirasida boʻlishi lozim. Bunday obyektlar oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblangan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatdor qogozyaar, valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiklik energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, transport vositalariga nisbatan boʻlgan iqgisodiy faoliyat hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyati, chet el investitsiyalarini jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati shaklida olib boriladi.
Tashqi iqgisodiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikdir. Respublikamizning tadbirkorlari bu turdagi tadbirkorlikda xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish, moliya, bank va sugʻurta faoliyati, taʼlim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sogʻliqni saqlash, ilmiy -texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro foydali aloqalarni oʻrnatish va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradilar. Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan tovarlarni eksport va import qilish yoʻli bilan tashqi savdo faoliyati keng rivojlanmoqda.
Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, ularni qayta olib kirish majburiyatini olmasdan, olib chiqib ketilishi eksport, deb eʼtirof etiladi.
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga, ularni qayta olib chiqib ketish majburiyatini olmasdan, olib kirish import deb ataladi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlarning ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.
Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur boʻlgan tovarlar ayrim turlarining roʻyxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar eksportini amalga oshirayotganida nazorat hrnatilishi mumkin. Eksport nazoratini oʻrnatishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro majburiyatlarga rioya etishni taʼminlashdir. Eksport nazoratiga tushadigan tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlarining roʻyxati, shuningdek ularni olib chiqish yoki tranzit tarzida olib oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tegishli davlat idoralari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq eksport, import taqiqlanishi hamda cheklanishi mumkin. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklanishning asosiy maqsadi fuqarolar hayoti va sogʻligʻni muhofaza qilish, hayvonot va oʻsimlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish; Oʻzbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saklash, mada- niy boyliklarni qonunga zid tarzda olib chiqish, olib kirish va ularga boʻlgan mulk huquqlarini boshqacha oʻtkazishdan himoya qilish, respublikaningtoʻlov balansini saklab turish; Oʻzbekiston Respublika- sining xalqaro majburiyatlarini bajarish; tiklab boʻlmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə