Biznes huquqi. Mustaqil ish



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə4/5
tarix14.03.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#102453
1   2   3   4   5
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga

Xulosa:


Shartnoma – bu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (jismoniy yoki yuridik mulk shaklidan qatʼi nazar) oʻzaro iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishning huquqiy vositasidir. Shartnoma bitimning bir turi boʻlib, uning maʼnodoshi sifatida “kontrakt” soʻzi ham qoʻllaniladi.
Shartnoma, fuqarolik huquqida ikki yoki undan ortiq shaxslarning huquq va burchlarini vujudga keltirish, belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi oʻzaro kelishuvidir. Bunday kelishuvning mazmuni yozma tarzda aks ettirilgan hujjat. Taraflardan biri shartlashilgan muddatda biznes faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish majburiyatlarini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladigan kelishuv biznes shartnomasi deyiladi. OʻzR FKning 1-moddasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkin ekanligi fuqarolik huquqining asosi sifatida taʼriflanadi.
Biznes shartnomalari tuzilishi asosiga shartnoma predmeti, birinchi tarafning
shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari, ikkinchi tarafning shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari, taraflarning oʻz majburiyatlarini bajarish muddatlari, taraflar majburiyatlarini bajarish joyi, taraflar majburiyatlarini bajarish usullari kiradi. Shartnoma taraflarining javobgarligi shartnomada aks ettirilishi kerak, lekin koʻp hollarda amalda shartnomada javobgarlik choralari koʻrsatilmasdan qoladi. Bunday holda qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun OʻzR “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25- 33- moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan boshlab, oʻzining tashqi munosabatlarini mustaqil belgilab oldi, Chet el davlatlari bilan teng huquq asosida hamkorlik oʻrnata boshladi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi bayon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonun muxim huquqiy hujjat boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi yangi tahrirda 77-II-sonli 2000-yil 26-mayda qabul qilingan Qonuni tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishning zaminini yaratdi, shuningdek ushbu Qonunning asosiy vazifalari sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish deb belgilandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat shartnoma tuzish orqali olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar boʻlmagan taqdirda, qoʻllaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan nizolari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

Xulosa
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari oʻz aksini topgan:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat shartnoma tuzish orqali olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar boʻlmagan taqdirda, qoʻllaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga muvofiq belgilanadi.


Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə