Biznes muloqot va akademik yozuv


Tinglash va gapirish uchun odamlarga berilgan vaqt ularda o`z-o`zini hurmat qilish hissini yaratadi



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə28/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Tinglash va gapirish uchun odamlarga berilgan vaqt ularda o`z-o`zini hurmat qilish hissini yaratadi.

Oraliq masofa. Har bir muloqotchi oʽzi atrofida shaxsiy hududini koʻrgan boʻladi va muloqot mobaynida agar soʽzlovchi va tinglovchi munosabat yaqin boʻlmasa, bostirib kirishlariga imkon bermaydi. Edvard T. Xoll inson munosabatlarini 4 turdagi masofa turlari vositasida tasvirlaydi:


  1. Yaqin – jismoniy aloqa 18 dyuymgacha (≈45sm)


  2. Shaxsiy – 18 dyuym 4 futgacha (≈120 sm)


  3. Ijtimoiy – 4 futdan 12 futgacha (≈365 sm)


  4. Ommaviy – 12 futdan koʽz ilgʻaguncha va eshitishguncha



Bu 4 hududlarning har birida savollarsiz, muloqot faoliyatining turi va sifati oʽzgaradi. Ammo biz bu hududlarni shaxsan belgilashimizni va oʽzimizning turgan joyimizni oʽzgartirish bilan ularni oʽzgartira olishimizni yodda tuting. Shunday qilib, ular har birimiz uchun oʽzgachadir. Masofa bir madaniyatdan boshqasida oʽzgacha boʻladi. Oraliq masofa ba’zan noto‘gʻri talqin etiladi hamda muloqotga va xabar mazmuniga ta’sir koʻrsatadi. Biroq, bo‘rttirilgan ongning emotsional holatida normal masofa pisand qilmasligi mumkin. Proksemikaga kishilarning muloqot davomida bir-biriga qarab, moslab ish tutishiva oraliq masofani tutishi kiradi:



Ovoz. Ovoz quyidagi xususiyatlarga ega: ohang – ovozning sifati. Balandlik notiq va tinglovchi oʻrtasidagi masofa va auditoridagi odamlar soniga ongli ravishda moslashtiriladigan balandlik yoki mayinlikdir. Juda ham baland gapirish oʽzini tuta bilish kamligi yoki qo‘pol tabiatini namoyon qiladi. Chastota (balandlik) shkaladagi baland yoki past nota. Baland notadagi ovoz koʻpincha yoqimsiz, kamolotga yetmagan yoki emotsional kasallik fikrini uygʻotadi, qo‘rqqan shaxs yuqori chastotada gapiradi. Mayinlik bilan, past chastotada va talab qilingandek balandlikni ko‘tarish yaxshiroq boʻladi.

Tezlik. Tezlik nutq omilidir. Tez nutq hayajonlanishni bildiradi. Biz qiziqarli hikoyani aytishda gapirish tezligini oshiramiz va qiyin fikrni tushuntirish uchun tezlikni kamaytiramiz.

Talaffuz. Talaffuz soʽz aytilishining qabul qilingan standart yoʻlini anglatadi. To‘gʻri va aniq talaffuz muhim va soʽzlovchining diqqat-e’tiborliligini va auditoriyaga fikri borligini koʻrsatadi.

Aksent. Odamning tildagi tovushlarni talaffuz qilish uslubi aksent boʻladi. Har bir tilning tovushlarni shakllantiruvchi oʽz usuli bo`ladi, biz boshqa tilga oʽz ona tilimizning aksentini oʻtkazamiz. Yangi tilda yaxshi aksent til egalarini eshitish orqali oʻrganiladi.

Sukut saqlash. Sukut saqlash muloqotning samarali yoʻli boʻlishi mumkin. Sukut saqlashga qodir boʻlish oʽz-oʽzini nazorat qilish va oʽziga ishonch –muloqotning qiyin metodi hisoblanadi. Qisqa sukut yoki tin olishlar soʽzlarga urgʻu berishda juda samarali. Muayyan soʽzdan oldin qilingan tin olish soʽzlarni boshqalaridan ajratadi. Mohirlik bilan qilingan pauza(tin olish) tinglovchini sergaklantirish kuchiga ega. Ammo ba’zilari, masalan, telefon orqali muloqot kabi hollarda samarasiz boʻlishi mumkin, bu shaxs boshqasining yuz ifodasini koʻra olmagani uchun muloqotda toʻsiqlarga sabab boʻlishi mumkin.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə