Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Komediya
(yunon komodia) — drama janrlaridan biri bo`lib, undagi qaxramonlar komik 
(kulgili) tarzda namoyish etilardi, tragediyaning aksi. 
Tragediya (
yunon tragodia — echki qo`shig’i) drama turi bo`lib, tragik (fojea)
qaxramonlar ishtirokida namoyish etiladi. Tragediyaning asosini jamiyatdagi keskin ziddiyatlar
inson hayotining muammolari, shaxslar o`rtasidagi to`qnashuvlar tashkil qiladi. 
Tragediya odatda bosh qaxramonnning o`limi bilan yakunlanadi. Tragediyaning klassik 
janri Qadimgi Rimda esxil, Sofokl tomonidan yaratilgan. 
Amfiteatr 
(yunon Amphitheatron) — Antik davr tomoshagoxi bo`lib, o`rtada saxna 
atrofida esa tomoshabinlar uchun zinasimon o`rindiqlar bo`lgan (masalan Rimdagi Kolizey 
amfiteatri). 
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr: 
v
Аbdiеv V.I. Qаdimgi Shаrq tаriхi. T., 1964. 
v
Аbdullаеv N. Sаn’аt tаriхi. T-1. T., 1987. 
v
Bоbоеvа M.K. , Qurbоnаliеvа R.S. Qаdimgi dunyo tаriхidаn izоhli lug’аt. T., 1992. 
v
Entsiklоpеdichеskiy slоvаr. M., 1987. 
v
Qаdimgi dunyo tаriхi. 1-2 jild. T., 1995. 
v
O’z.ME. 1-2 jild. T., 2000. 
 


16 
4-mаvzu. IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining tаriхiy аtаmаlаri 
 
Rеjа: 
1.
 
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining siyosiy аtаmаlаri 
2.
 
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаrining iqtisоdiy аtаmаlаri 
3.
 
IX-XVIII asrlar O’rtа Оsiyo davlatlarining tashqi aloqalariga doir atamalar 
4.
 
IX-XVIII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo dаvlаtlаri mаdаniyatigа оid аtаmаlаr 
 
Islom dinining paydo bo`lishi va O`rta Osiyoda tarqalishi. 
VII asrning ikkinchi yarmi — VIII asrning boshlarida O`rta Osiyoga arablarning xujumi 
ko`chaydi va natijada ko`plab hududlar arab hukmronligi ostiga o`tdi. Arablar O`rta Osiyo 
xalqlarini yangi din — Islomga kiritdilar. Xuddi shu davrdan arab tili va yozuv keng tarqaldi. 
Natijada tilimizga arab to`xtalar ekanmiz, istilochilarning Movarounnahrda o`rnatilgan siyosiy 
hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta`minlash uchun Islom dinini targ’ibotini 
va uni erli aholi o`rtasida ijtimoiy tabaqalardan qat’iy nazar, kengroq yoyishga ahamiyat 
berdilar. Bir nechta majusiy dinlarga topinuvchi va o`z diniga e`tiqodi kuchli bo`lgan 
Movarounnahrni e`tiqodli aholisini uzil — kesil buysundirishda yagona dinga — Islom diniga 
birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini arablar yaxshi tushunardilar. Islom dini boshda 
zo`rlik bilan aholi o`rtasida targ’ib qilindi. Islom dinining kirib kelishi, shubhasiz, O`rta Osiyo 
xalqlari hayotida yangi davrni boshladi. 
Islom arab dunyosida paydo bo`lgan bo`lsada, uning huquqiy asosi O`rta Osiyoda 
shakllandi. Qur`onga sharhlar (Tavsir), Xadis ilmi va fiqx (Islom xuquqshunosligi) kabi Islom 
dinidagi alohida sohalarning paydo bo`lishi va taraqqiyotiga O`rta Osiyolik olimlar, ulamolar 
hissa qo`shdilar. Buni butun Islom olami ham e`tirof etib kelmoqda. 
Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: «
Men faxr bilan aytishim mumkinki, 
xalqimizning butun tarixi davomida xech qanday nizo, odamlarni millati va diniy mansubligiga 
qarab ayirish hollari bo`lmagan va biz xech qachon yo`l qo`ymaymiz
». Aytish mumkinki, bu 
dinlararo bag’rikenglik — tolerantlikning ko`rinishidir. 
Tolerantlik
(lot Tolerantia — sabr) boshqalarning fikr, e`tiqod va erkinliklariga 
bag’rikenglik va sabr–toqat bilan munosabatda bo`lishdir. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə