Blackcurse


Alizarin — ruyan o`simligi ildizidan olinadigan yoki sun`iy yo`l bilan tayyorlanadigan  bo`yoq modda.  Al’kogol



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Alizarin
— ruyan o`simligi ildizidan olinadigan yoki sun`iy yo`l bilan tayyorlanadigan 
bo`yoq modda. 
Al’kogol
— molekulalari tarkibiga kislorod va vodorod atomlari guruhi kiritadigan 
birikmalar, spirtlar. 
Uyg’onish davri (XIV — 
XVI
asrlar)da ilmiy va falsafiy dunyoqarashning o`sishi, 
iqtisodning yuksalishi avval lotin, keyin yunon tilidagi atamalarning ko`payishiga olib keldi. 
Lotin tili o`rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlari uchun ilm va maorif sohasida 
xalqaro til bo`lib o`z ahamiyatini to XVII — XVIII asrlargacha saqlab keldi. Hozirda meditsina, 
ximiya, biologiya, zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, matematika, fizika, falsafa, 
ijtimoiy — tarixiy fanlar, siyosat, san`at va texnikada lotin
 
va yunon tilining leksik elementlari 
saqlanib qolgan. 
Uyg’onish davridagi Italiya san`ati Yevropaning boshqa hududlariga ital’yan tilining 
yoyilishiga olib keldi. Ital’yan atamashunogligidagi musiqa, teatr, me’morchilik, san`at, dengiz 
va harbiy san’at, bank ishidagi atamalar boshqa tillarga ko`chdi (Masalan, soprano, kantilena, 
batal’on, soldat, sal’do va boshqalar). 
XVII — XVIII asrdagi xalqaro leksikaga golland tilidagi dengiz va kemasozlik atamalari 
kirib keldi (Ver’f, dok va xokazo). Bu esa o`sha davrda Gollandiyaning dengiz va kemasozlikda 
mashxur bo`lganidan dalolat beradi. Harbiy atamalar frantsuzchadan (mina, garnizon, sapyor), 
nemischadan (shtab, lager, plan) inglizchadan (miting, lider, import, eksport, sport, boks) kabi 
so`zlar kirib keldi. XX asrda texnik so`zlardan blyuming, kryoking, tank kabi so`zlar kirib keldi. 
Oktyabr to`ntarishidan so`ng kolxoz, sovxoz, bol’shevik, sovet kabi yangi ruscha atamalar kirib 
keldi. 
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr: 
v
Kаrimоv I.А. Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo’q. T., 1998. 
v
Kаrimоv I.А.Bаrkаmоl аvlоd оrzusi. T., 1999. 
v
Entsiklоpеdichеskiy slоvаr. M., 1987. 
v
O’z.ME. 1-2 jild. T., 2000. 
v
Mаhmudоv E. Tаriхiy аtаmаshunоslik. // Mа’ruzаlаr mаtni., 2002. 
 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə