Blackcurse


-mаvzu. O’rtа Оsiyodаgi dаvlаtlаrning tаriхiy аtаmаlаri (qаdimgi dаvrdаn аrаblаr



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

2-mаvzu. O’rtа Оsiyodаgi dаvlаtlаrning tаriхiy аtаmаlаri (qаdimgi dаvrdаn аrаblаr 
bоsqinchiligigаchа) 
 
Rеjа: 
1.
 
O’rtа Оsiyodаgi Qаdimgi dаvlаtlаr tаriхigа оid siyosiy аtаmаlаr. 
2.
 
Qаdimgi O’rtа оsiyo tаriхigа оid iqtisоdiy аtаmаlаr. 
3.
 
Qаdimgi O’rtа Оsiyo mаdаniyatigа оid mаdаniy аtаmаlаr. 
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston ulkan tarixiy o`tmishga ega. O`lkamiz ushbu
tarixni o`z ajdodlari qo`li bilan uzoq ming yilliklar davomida yaratdiki, bu esa uning 
insoniyatning paydo bo`lib o`z tsivilizatsiyaviy hudud barpo etganidan dalolat beradi. 
O`rta Osiyoning ilk davlatlarida tarixiy atamalar og’zaki nutqning shakllanishi hamda 
Qadimgi xorazm, so`g’d, baqtriya hamda turkiy tilning kelib chiqishi bilan shakllandi. O`rta 
Osiyo hududida tarixiy atamalarning shakllanishida forsiy (Eron) atamalar ham ta`sir etgan. 
Bundan tashqari VIII —IX asrlarda arab tilidan o`zlashgan atamalar, garchi ular O`rta Osiyo 
atamashunosligida etakchi, aniqlovchi o`rin egallamagan bo`lsa ham keng qo`llanib kelingan. 
Ba`zi atamalarning paydo bo`lishi O`rta Osiyoga XVI — XVII asrlarda ko`chmanchi 
o`zbeklarning kirib kelishi bilan bog’liqdir. Avvalo O`rta Osiyo hududida qadimgi davrlardagi 
atamalarga to`xtalsak. 
Mil. av.gi IX — VIII asrlarda O`zbekiston hududida ilk temir asriga o`tish boshlangan. 
Temirning xo`jalikda keng qo`llanishi natijasida hunarmandchilik, savdo taraqqiy etib, ilk 
shaharlar, davlatlar vujudga kelgan. Davlatlar vujudga kelishi mil. av.gi VII — VI asrlarga 
to`g’ri keladi. Bu davrda O`zbekiston hududida so`g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va 
massaget kabi elatlar yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan 
shug’ullangan ko`plab aholi istiqomat qilgan. YOzma manbalarda bu hudud So`g’da 
(«Avesto»da), Sug’uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Kurtsiy Ruf, Strabon asarlarida 
Sug’diyona deb nomlangan. 
Bu hududda yashagan aholi so`g’diylar deb atalgan. Ularning o`z yozuvlari hamda tili ham 
mavjud bo`lgan. 
So`g’d yozuvi
— miloddan oddingi ming yillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib 
chiqqan. Arab yozuvi singari o`ngdan chapga qarab yozilgan va o`qilgan. Qadimgi manbalarda 
so`g’d alifbosida 25

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə