Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

 
xarf
 
mavjudligi ta`kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so`g’d yozuvi 
yodgorliklarida xarflarning umumiy sonida farqlar bor. So`g’d yozuvining milodning boshlariga 
oid qadimgi na`munasi Samarqand yaqinidagi Toli barzu degan joydan topilgan. 
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti 
Xvariazm («Avesto»da), Xvarizmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon) 
asarlarida yozib qoldirilgan. 



So`g’diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi, 
Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. YOzma manbalarda u 
Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. YUnon–rim 
mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan 
Massagetlar
– Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. 
VI – IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar xaqida fanda xar xil 
qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, Massagetlar nomi «muso» — «baliq» so`zidan 
kelib chiqqan bo`lib, «baliqxo`rlar» ma`nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida 
massagetlarning «mae», «saka» va «ta» so`zlaridan iborat bo`lganligi va saklarning katta 
uyushmasi degan ma`noni bildirishi aniqlangan. YUnon tarixchisi Gerodotning ta`riflashicha, 
massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, otlarning ko`kraklariga sovut kiydirganlar. 
Massagetlar o`z podshosi
To`maris boshchiligida eron bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Mil. 
av.gi VI asrda ular o`z erlarini boshqa qabilalar xujumidan himoya qilish maqsadida harbiy 
qabila ittifoqiga birlashganlar. 
Saklar
— milodan avvalgi I ming yillik va milodning boshlarida O`rta Osiyo va SHarqiy 
Turkistonning shimoliy — SHarqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Qadimgi fors 
manbalarida saklar uch guruhga bo`linganligi ko`rsatilgan: 
1) saka — xaumovarka; 
2) saka — tigraxauda; 
3) saka — tiaytaradarayya. 
Saklar forslar armiyasi tarkibida yunon—fors urushlarida qatnashgan. Aleksandr 
Makedonskiy, so`ngra salavkiylar o`zlarining O`rta Osiyodagi mulklariga xavf solgan saklarga 
qarshi kurash olib borganligi manbalarda qayd qilingan. Mil. avv. II asr o`rtalarida saklar boshqa 
ko`chmanchi qabilalar bilan birga Parfiya podsholigi erlariga bostirib kirganlar. Ammo ular 
qattiq qarshilikka uchrab Darang’iyonga siqib chiqarilgan. Saklar Darang’iyonada o`troq 
joylashganligi uchun unga Sakiston, ya`ni Saklar mamlakati deb nom berilgan. 
Day
— mil. av.gi V — IV asrlarda Sirdaryoning quyi oqimlari atrofida yashagan sak 
(shak) qabilalaridan ayrim manbalarda ularning daxlar, toxarlar deb ham atashgan. Spitamen 
Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo`shin to`plagan. Mil. av.gi 
IV asr oxiri — III asr boshlarida Sirdaryoning o`rta va quyi oqimida yashagan saklarning Qang’ 
davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarning Qang’
davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib 
kirishga majbur bo`lishgan. Mil. av.gi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda 
Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatta asos soldilar. SHundan so`ng bu 
o`lkaning nomi Toxariston deb atala boshlagan. 



O`rta Osiyodagi davlat birlashmalari shakllanmasdan oldingi davr 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə