Blackcurse


Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar. 


59 
Restitutsiya
(lot. Restitutio – tiklash) (xalqaro xuquqda) – urushayotgan davlat 
tomonidan dushman hududidan g’ayri qonuniy ravishda bosib olingan va olib chiqib ketilgan 
mulkni kaytarib berish. Restitutsiya tartibi tinchlik axdi yoki boshqa xuquqiy aktlar bilan 
belgilanadi. 
Kontsessiya
(lot Concessio – yon berish) – Davlatga tegishli tabiiy boyliklar, korxonalar 
va boshk.a ob`ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga ma`lum muddatga 
foydalanishga berish. 
Investitsiya –
sarmoyaning biron–bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirish. 
Inflyatsiya
— qog’oz pullarning qadrsizlanish va real tovar taklifiga nisbatan muomalada 
ularning ko`payib ketishi bilan bog’liq bo`lgan qobiliyatning pasayish jarayoni. 
SHop-styuardlar
— Angliyadagi fabrikalarda tsex etakchilari, korxonalarda ishchilar 
tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun ommaviy ishchilar 
harakatining tashkilotchilari. SHop-styuardlarning xarakatlari tred— yunionlarnikidan ko`ra 
keskinroq edi. 
Depressiya
(lot. Depiessio – tushkunlik) – ortiqcha ishlab chiqarish inkirozidan so`ng ro`y 
beradigan iqtisodiy turgunlik, tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan 
davr. 
Konsortsium
(lot. Consortium — qatnashuv, uyushma) — bir necha bank yoki sanoat 
kompaniyalarining karzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyixani 
birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuv. 
Standardtlashtirish
— xom—ashyo, ishlab chiqarish jarayonlarini, tayyor maxsulotlar va 
xokazolarga nisbatan davlat miqyosida yagona, qat`iy belgilangan me`yor va talablarni o`rnatish. 
Protektsionizm siyosati
(lot. Protectio — himoya, yashirish) – ichki bozorni chet
elliklardan eksportni oshirish va importni cheklash, katta bojxona soliqlarini belgilash va boshqa 
qator choralar vositasida himoya qilish siyosati. 
Embargo
(isp, embargo – xibsga olish) – biror mamlakatdan maxsulotlar, valyuta olib 
chiqib ketishni yoki biror mamlakatga maxsulotlar, valyuta olib kirishni ta`qiqlab qo`yish, 
shuningdek, ajnabiy davlatga tegishli bo`lgan kemalar, yuklar va boshqa mulklarni ushlab turish. 
Urush vaqtida embargodan dushman davlatlarga qarshi iqtisodiy sanktsiya uchun foydalaniladi. 
Tinchlik vaqtida davlatlar turli mamlakatlarga iqtisodiy va moliyaviy tazyiq o`tqazish uchun 
embargodan foydalanadilar. 
Protektsionizm
(fr. protectionnisme, lot. protectio dan — himoya, homiylik) – davlatning 
milliy xo`jalikni chet el raqobatidan muxofaza qilish yo`li bilan uni rivojlantirishga qaratilgan 
iqtisodiy tadbirlar sistemasi. Bunga, masalan, chet el maxsulotlariga katta boj solish, o`z 
mamlakatining sanoatiga subsidiyalar berish va xokazolar kiradi. Mamlakatga keltiriladigan 


60 
maxgulotlarga katta boj solib, burjua mamlakatlari ichkarisida monopol—yuqori baholarni 
saqlab qolishga va chet elga jahon bozoriga qaraganda ancha past baholarda mahsulot 
chiqarishga ko`maklashadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə