Blackcurse


Diplomatiyaga oid tarixiy va zamonaviy atamalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
13. Tarixiy atama maruza

Diplomatiyaga oid tarixiy va zamonaviy atamalar. 
Diplomatiya
(fr. diplomatic) — 1) davlat boshliqlari, shuningdek ularning maxsus 
organlarning davlatni tashqi siyosat sohasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish 
sohasidagi, chet ellarda davlat, uning idoralari va grajdanlarning xuquq va manfaatlarini himoya 
qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. Diplomatiya davlat tashqi siyosatining muhim vositasidir. 
Muzokaraalar, yozishmalar va davlatning chet eldagi kundalik vakilligi shaklida amalga 
oshiriladi 
Diplomat
(fr. diplomate) — 
1) O`z davlatining chet eldagi davlatlar bilan rasmiy siyosiy aloqalar qilib turish bo`yicha 
vazifalarni amalga oshirib turuvchi mansabdor shaxs. Diplomat tashqi ishlar bilan 
shurullanuvchi idora yoki davlatlarning chet eldagi vakillarida mansabdor shaxs bo`lishi 
mumkin; 
2) Muzokaralar olib borish san`atini biladigan, kishilar va ustalik bilan muomalada 
bo`luvchi shaxs. 
Diplomatik immunitet
— chet el diplomatik vakolatxonalariga va ana uiy vakolatxona 
xodimlariga beriladigan engilliklar, imtiezlar va afzalliklar: binolarning va harakat qilish


62 
vositalarining daxlsizligi, shaxsiy daxlsizlik, jinoiy va grajdanlik ishlari bo`yicha sudga 
tortilishdan ozod qilish, soliqlar va boj soliqlaridan ozod qilish, o`z xukumati bilan xabarlashib 
turish erkinligi, vakolatxona binosiga bayroq va gerb osish xuquqi va xokazolar yigindisi 
diplomatik immunitet diplomatik vakolatxonalar xodimlarining oilalariga ham taalluqli. 
Davlatning savdo vakolatxonasi va ularning xodimlari ham diplomatik immunitetdan 
foydalanadi. 
Diplomatik korpus — 
1) biror davlatda akkreditlangan chet el diplomatik 
vakolatxonalari boshliqlarining yig’indisi; 2) keng ma`noda — diplomatik vakolatxonalarning 
barcha diplomatik xodimlari va ularning a`zolari. Diplomatik korpus xuquqiy shaxs makomiga 
ega bo`lgan uyushma, tashkilot emas. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə