Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Katta 
yuechj:i
», Nan’shan toglarida qolganlari esa «
Kichik YUechji
» nomini oldilar. Keyinroq 
YUechjilar butun Baqtriyani ishg’ol qildilar va o`zlarining konfederativ davlatini tuzdilar. Bu 
konfederatsiyalar: 
1. Xyumi (Syumi) 
2. SHuanmi 
3. Guyshuan’ 
4. Xisi. 
5. Xuanmi 
Qang’li
— turkiy qabilalar uyushmasi O`rxun—Enisey yozuvlarida «
kanxaras
» deb 
atalgan, xitoy manbalarida Qang’ davlati Qang’yuy deb atalgan. Qang’lilar mil. av.gi III asr 
oxirlarida Sirdaryo bo`ylarida yirik Qang’ davlatini tuzganlar Poytaxti — Qang’dez bo`lib, mil. 
av.gi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. X asr oxirlarida 
ularning katta bir qismi shimoliy — g’arbga siljib, emba va Ural (YOyik) daryolari oralig’ida 
joylashgan. XI asrda ularning ko`pchiligi Kichik Osiyo, Bolgariya va Vengriya erlariga o`tib 
mahalliy aholiga, ayrim guruhlari esa Volga bo`ylariga kelib boshqird, tatar xalqlariga qo`shilib 
kelgan. XI asrning oxiri — XII asrning boshlarida Qang’lilarning katta guruhi Sirdaryo 
bo`ylariga qaytib kelganlar. O`rta asrlarda qang’lilar O`rta Osiyo davlatlarining ichki siyosatida 
faol ishtirok etganlar. Qang’lilar yarim o`troq holda yashab dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. 
Ular bir necha urug’larga bo`linishgan Jumladan, sariq — qang’li, qora—Qang’li, qizil— 
Qang’li, bobo—Qang’li, olmish—qang’li, bo`ka—qang’li va xokazo. 
Kushon podsholigi
– milodiy 1 asrning boshi yoki o`rtalarida YUechjilarning Kushon 
(Xitoychada Guyshuan) podsholigining kuchayishi natijasida paydo bo`lgan. «
Kushon
» atamasi 
sulola yoki qabila nomidan kelib chiqqan. Kushonlarning ilk hududlari shimoliy Baqtriya
Tojikiston, O`zbikistonning janubida joylashgan. Podsholikni asoschisi YAbg’u (qirol), keyinroq 
esa podsho nomini olgan Kudzula Kadfiz (Kadfiz I) davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston va 
Tojikistonning kattagina qismini bosib oldilar. Uning vorisi Vima Kadfiz davrida kushonlarga


10 
Xindistonning kattagina qismi buysunadigan bo`ldi. Kanishka I davrida Kushon podsholigi 
o`zining rivojlangan pallasini boshidan kechirdi. O`rta Osiyoda kushonlarning shimoliy 
chegaralari O`zbekiston janubidagi Xisor tog’ tizmalaridan o`tgan, hamda tog’li dovon 
(Darband) da chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida turli eralar mavjud bo`lgan. 
(Salavkiylar, Vikroma, Saka eralari va boshqalar). SHuningdek, Kanishka I hukmronligi davrida 
Kanishka erasi boshlangan. Ushbu era dlvrida quyidagi podsholar hukmronlik qilgan: 
Kanishka I — 1—23 yillar, 
Vasishka — 24—28 yillar, 
Xuvishka — 28—60 yillar, 
Kanishka 11—41 yil; 
Vasudeva (Kanishka III) – 64—98 yillar. 
Kushon davlati teokratik davlat bo`lib, podsho mamlakachning bosh 
kohini bo`lib ham 
hisoblangan. Podsholik satrapliklarga bo`linib, satraplar birmuncha mustaqil siyosat olib 
borganlar. Kushon podsholigi quldorchilik davlati bo`lib, aholining asosiy qismi qishloq 
aholisidan iborat bo`lgan. Diniy siyosatda kushon podsholari erkinlikni ta`minlaganlar, chunki 
davlat hududida buddizm, zardo`shtiylik keng tarqalgan bo`lsa, davlatning boshqa joylarida 
xind, eroniy, yunon va misr dinlari tarqalgan. Pul munosabatlari savdo va hunarmandchilikning 
keng rivojlanishi bilan shakllangan. Pul tizimi oltin va mis tangalardan iborat bo`lgan. III asrning 
birinchi yarmi yoki o`rtalarida Kushon davlati tugatiladi. Baqtriya — Toxariston sosoniylar 
qo`liga o`tib, sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Ular esa o`z navbatida Kushonlar 
nomi ostidagi yorliq bilan davlatni idora qilganlar 
Ilk o`rta asrlarga oid tarixiy atamalarga nazar tashlaydigan bo`lsak, avvalo eftallar 
atamasiga duch kelamiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə