Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

farroshboshi
. Mehmonlarni kutib olish, dasturxon 
yozish, taom keltirish bilan shurullanuvchi
dasturxonchi, 
amir otxonasini boshqaruvchi
 
miroxur,
jamoat tartibini saqlash va uni tashkil etuvchi
 mirshab
kabi mansablar ham bo`lgan. 
Mirshablar boshlig’i —
 mirshabboshi
deyilgan. 


49 
Beklik
— Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma`muriy hudud. Buxoro 
amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo`lgan. Bek — O`rta Osiyo xonliklarida 
shahar yoki viloyat boshlig’i. Bek o`zi boshqaradigan beklikda cheksiz huquqqa ega bo`lib, u 
faqat amipra bo`ysungan. SHuningdek, bek so`zi aslzoda, hukmdor, janob, ma`nolarida 
ishlatilgan. 
Xivada xon Devoni bir necha tarmoklarga bo`lingan.
 Bosh vazir va vazirlar, qushbegi,
otaliq, rais, kozi kalon, shayxulislom, mirzaboshi, to`pchiboshi, inok, devonbegi, 
xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, yasovulboshi, maxramboshi
kabi mansablar 
shaxsan xar tomondan tayinlangan. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar—
 inoq, otalik va 
biy
mansablari bo`lgan. 
Qo`qon xonligida ham bir necha saroy unvon va mansablari bo`lgan Oliy darajali unvon va 
mansablar:
 otalik, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inok, eshikorasi, parvonachi, 
dodxox, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, korovulbegi, tunqator, qushbegi.
O`rta darajadagi unvon va amallar:
kitobdor, risolachi, bakovul, mirzaboshi, 
sarmunshi, maxtari zakotzona, miroxur, shirovul.
Past darajadagi mansablar:
 salomoga, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, 
dafchi, chovkuchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə