Blackcurse


Ilk yrta asrlarda Xindiston va Xitoy



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə3/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ilk yrta asrlarda Xindiston va Xitoy


  1. Xindistonda Gupta davlatining tashkil etilishi

  2. Xindistonda arab va turklarning istilolalari.

  3. Xitoyda Suy sulolasining markazlashtirish siyosati.

  4. Xuan Chao kyzgaloni.

1.Xindistonda Gupta davlatining tashkil topishi.

Hindistonda diniy karashlar, ya'ni jamiyatning kastalarga bylinib yashash ilk yrta asrlarda xam davom etar edi.Aynan shu davrda tashkil topgan davlatlarda shu belgilar yakkol sezilib turar edi.Xindistonda juda kyp bylgan mayda sultonliklar bor edi. Ularni birlashtirish uchun Chandragupta 1 (320-340) juda kyp xizmat kilgan.U Gang daryosi xavzasidagi yerlarni birlashtirib,Gupta davlatini tashkil kildi.Uning vorislaridan xisoblangan Samadargupta (340-380) davlatni yana xam mustaxkamladi. Uning zamonida davlatning poytaxti Pataliputra shaxari xakikatdan xam rivojlandi. Savdo bilan birgalikda xunarmandchilik xam rivojlanib bordi.

Gupta davlati zamonida Xindistonning ijtimoiy tuzumida kulchilik munosabatlari mavjud edi.kullar nafakat xindlarning yzidan balki Afrika va Osiyodan keltirilar edi.Ayniksa Xind kastalaridan eng past xisoblangan shudralarning axvoli juda xam ogir edi.Xatto shudralarning xazarli kishilar degan guruxi mavjud bylib, ularga kullardan xam past nazar bilan karashar edi.Xar bir kishlokning xalk yiginlari eng muxim muammolarni xal kilar edi. Radjalar oksokollik vazifasi bilan birgalikda xarbiy boshlik va eng katta solik typlovchi xam xisoblanar edi. Lekin shu davrga xos bir xususiyat xind ijtimoiy tuzumida xam saklanib kolgan edi. Erkin jamoachi dexkonlar mavjud bylib, ular yzlarining mustakil ravishda foydalanganlar. Lekin ular yzlarining mustakilliklarini yykotish extimoli juda kuchli edi.

2.Xindistonga arab va turklarning bostirib kelishi.

Hind jamoasi Gupta davlatining inkirozidan keyin davlatni birlashtirishga xarakat kilgan podsholiklardan biri Xarasha podsholigi byldi. Lekin ularning xarakatlari turli boskinchilarning yurishlari bilan barbod byla boshladi. Xalkning ajnabiy boskinchilarga karshi kurashlari juda kattik kurashlar asosida ytdi va bu albatta iktisodiy tarakkiyotga xam ta'sir kildi.

VII asrning oxirida arablar kuchli xalifalik tuzish jarayonida edilar. Ular Eron va Afgonistonni bosib olganlaridan keyin Xindiston bilan chegaradosh bylib oldilar va bu yurtga xam bostirib kela boshladilar. Bundan tashkari Xindistonda arablar dengiz bilan, ya'ni Fors kyltigi bilan borib, Xind okeanidan xam xujum kila olar edilar. Chunki bu xindlarning eng zaif chegaralaridan biri edi. 712 yili Ummaviy sarkardalaridan bylgan Muxammad ibn kosim Basradan bosib bir Xindistonning Sind ylkasiga kirib bordi va u yerlarni kiska vakt ichida ishgol kildi.islom dinini tarakkiy kilish bilan birgalikda olib borilgan istilolar maxalliy xalkning kattik karshiligiga uchradi. Chunki ular xam yakka xudolik dinini targib kilar edilar. Shuning uchun xam arablar keyingi yn yilliklar davomida Xindistondan xaydab chikarildi. Fakat 1X asrga kelib musulmonlar yana Xindistonga kirib keldilar,ayniksa bu jarayon Maxmud gaznaviy (998-1030) zamonida juda tez davom etdi.gaznaviyning izchil siyosati juda kyp xind xalklarining islom dinini kabul kilishga sharoit tugdirdi. gaznaviy podsholik kilgan davrida Xindistonning turli ylkalariga yn yetti marotaba xujum uyushtirgan edi.Maxmud gaznaviy vafot etgan vaktida uning imperiyasi Gang daryosi xavzalariga yetgan edi. Ayniksa, shimoliy-garbiy Xindistonda (xozirgi Pokiston) juda katta muvaffakiyatlarga erishildi.

1175 yili gazna xukumdori Muxammad Guriy yana Xindistonga kyshin typlab keldi. 1190 yillarda Jamna bilan Gang daryosi yrtasidagikatta yerlarni ishgol kildi. 1206 yildan boshlab bu yerlarda Dexli sultonligi tashkil etildi.

3.Xitoyda Suy sulolasining markazlashtirish siyosati.

Umuman Xitoy xozirgiga yxshab markazlashgan davlat bylgan emas. Bu juda katta xududda bir-biriga karshi bylgan davlatlar mavjud bylgan. Dastlab Shimoliy Vey davlati V asrning yrtalarida xalklarning birlashtirishga xarakat kildi. Xitoydan kychmanchi kabilalar davlatni markazlashtirishga karshilik kilganlar. Ilk yrta asrlarda Suy sulolasi Xitoyning ma'lum ma'noda markazlashtira oldi. Bu sulolaning asoschisi Yanszyan xarbiy drujina boshligi bylib, 589 yilda janubiy va shimoliy Xitoyning birlashtira oldi.

Lekin Suy sulolasi vakillarining tashki siyosatdagi muvaffakiyatsizliklarni ishonchini kyzgatib bordi. Suy xukumatining Koreyani yziga byysundirish yylidagi urinishlari tamomila barbod byldi.Bu xam sulolani uzil-kesil maglubiyatiga olib keldi. 618 yilda Shimoliy garbiy Xitoyning podsholaridan biri Yuan xokimiyatini yzlashtirib oldi va yangi sulolaning boshlanishiga asos soldi.

4.Xitoyda Xuan Chao qo`zg`oloni.

Tan imperiyasi (618-907) davrida xam markazlashtirish siyosati davom etdi. Lekin xalkning noroziligi kundan kunga oshib borayotgan edi. Ayniksa dexkonlarning xaddan tashkari ogir xayoti 1X asrning yarmida ularning katta kyzgalon kytarishiga sabab byldi. kyzgalon 875 yili kytarilib, 884 yilgacha dovom etdi, undan tashkari kyzgolon juda uzok chyzildi va dexkonlar katta kuch gayrat bilan xarakat kildilar.kyzgalon Shandun va Xebey degan shimoliy viloyatlardan boshlandi. Keyin kyzgolon keng kuloch yoyib markaziy Xitoydagi Xenan viloyatiga xam tarkaldi.kyzgalonning dastlabki kunlaridayok Xuan Chao kyl ostiga 100 kishi typlandi. 679 yili Xitoyning asosiy shaxarlaridan bylgan Kanton kyzgalonchilar tomoniga ytgan edi. Lekin boshlangan muvaffakiyatlarni kyzgalonchilar orasida tarkalgan epidemiya tyxtatdi. Shu kasallikni tarkalishidan keyin kyzgalonchilar shimoliy viloyatlarga chekindilar. 880 yilga kelib kyzgalonchilarning soni 300 ming kishiga yetdi.

880 yili Xuan Chao Loyan ustiga yurish kildi,oz vakt ichida Chan'anni bosib oldi. Xatto yzini imperator deb e'lon kilgan Xuan Chao yz dasturini xam e'lon kilib ulgurdi. Uning asosiy maksadi: «xalkning farovon xayot kechirishiga yordam berish,xammaning teng ishlashi va yashashini ta'minlash» dan iborat deb kyrsatildi. Lekin Tan imperatori juda kyp kabilalarning yordami bilan yziga kyshin typlay oldi. Bu xavfning Xuan Chao sezgan bylsa xam kat'iy choralar kyrmadi. Natijada poytaxtga yakinlashib kolgan imperator kyshinlariga karshi armiya typlay olmagan Xuan Chao taxtni tashlab kochishga majbur byldi. Uning ketganidan keyin kyzgalon tarafdorlari juda kattik azobga solindi. Xuan Chao xam keyinchalik yzini yldiradi. Natijada xalkning xarakati boshka kyrinishlarda davom etdi. Eng kyrinarli tomoni shundan iboratki, xamma kytarilgan xalk kyzgalonlari Xuan Chaoning ishini davom ettiramiz deb qo`zg`olon boshlaydigan byldilar.

Ilk yrta asrlarda Xindistonda xam Xitoyda xam yerga egalik kilishning yangi usullari paydo bylayotgan edi.
T E K SH I R I SH S A V O L L A R I.


  1. Gupta davlatining geografik joylashish yrni kanday?

  2. Gupta davlati kaysi asrlarda mavjud bylgan?

  3. Arablar Xindistonga kaysi tarafdan va kachondan bostirib kira boshlaganlar?

  4. Xitoyda Xuan Chao kyzgaloni kachon bylib ytdi?

  5. Arablar istilosidan keyin Xindiston ijtimoiy-iktisodiy xayotida kanday yzgarishlar sodir byldi?

  6. Xindiston dini tarixiy rivojlanishda Gupta davlatining axamiyati kanday edi?

T A YA N CH T U SH U N CH A L A R .



  1. Kastalar-Xind jamiyatidagi ijtimoiy tabakalarga nisbatan kyllaniladigan atama.

  2. Budda-uning lugaviy ma'nosi-ma'rifatli tushunchasini bildiradi.

  3. Vakf-Xindistonda islom dini bilan birgalikda kirib kelgan tushuncha bylib,asosan madrasa masjid va boshka turdagi diniy mulklarga nisbatan ishlatiladigan tushuncha.



ILK O`YRTA ASRLARDA SLAVYANLAR

1.Slavyanlarning kelib chiqishi va joylashuvi.

2.Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli.

3.Slavyan davlatlarining tashkil topishi.

a)garbiy slavyаnlarр davlati.

v)Janubiy slavyanlar davlati.

s)Sharqiy slavyanlar davlati.
Qadimgi slavyanlar tarixining boshlanishi bronza davriga, ya'ni eramizdan avvalgi 3-2 mingyilliklarga to`gri keladi. Slavyanlar o`z tillari jihatidan hind –yevropa xalqlari deb ataluvchi xalqlarning juda katta gruppasiga kiradi. Slavyan xalqlarining Yevropa bo`ylab tarqalishi VI-VIII-asrlarga borib tugallanadi. Bu davrda slavyan qabilalari ilk urug`chilik jamoa uyushmalari tizimining tarqalishi hamda feodal munosabatlarning vujudga kelishini boshdan kechirmoqda edi. Sinf va davlatlar hamda alohida qabilalar ajralib chiqayotgandi.

Yozma manbalar juda chalkash berilgan. Antik avtorlar slavyan etnogenezi shakllanishi, mahalliy joylashuvi haqida kam ma'lumot berganlar. Slavyanlar g`arbda Laba(Elba) daryosigacha, shimolda-Baltika dengizigacha, sharqda Don va Okagacha borganlar. Ilk ma'lumotlar I-II asrlarda uchraydi. Bularni biz Rim tarixchilari bo`lgan katta Pliniy va Tasit va yana grek geografi Ptolomey asarlarida uchratamiz. Ularni ma'lumotlari juda qiska va uzuq-yuluq. Ular asarlarida slavyanlarni venedlar deb ataydi. Ularga nisbatan to`liqroq ma'lumotlarni V-VII-asrlarga oid asarlarda uchratish mumkin. Bu davrda slavyanlar sharqiy Rim imperiyasi tomon harakat qilgan hamda germanlar bilan to`qnash kelgan. G`arbiy Rim imperiyasini egallaganlar. Mana shu territoriyaga kirib kelish va germanlar bilan to`qnashish ular haqida to`liqrok bo`lgan ma'lumotlarning bo`lishiga olib kelgan.

Qadimgi slavyanlar haqida zarur ma'lumotlarni Sharqiy Rim tarixchilari asarlarida uchratish mumkin hamda gotlik xronikachi Iordan asarlarida ma'lumotlar berilgan. VI asrda Prokopiy Kesariyskiyning «Gotlar bilan urush» asarida slavyanlar haqida ma'lumotlar uchraydi. Unda slavyanlarning Bolqon yarim oroliga qilgan yurishlari haqida to`xtalib, shu bilan slavyanlarning ichki hayotining ma'lum bir tomonlarini ko`rsatib o`tgan. «Stratеgikon» asari noma'lum avtor tomonidan VI-VII asrlarda yozilgan. Asarda slavyanlarning рarbiy tartiblari рamda taktikalariga xarakteristika berilgan. Yo`l-yo`lakay ichki ishlab chiqarish munosabatlariga ham to`xtalib o`tilgan. Fiofilakt Silyukatga o`zining «TARIX» asarida imperator Mavrikiyning hukumronligi (582-602)davrida o`zaro to`qnashuvlar haqida yozadi. Suriyalik tarixchi Ioann Efesskiy (VI -asr) “Cherkov tarixi” asarida slavyanlarning imperiyaga ko`chib o`tishlari haqida hikoya qiladi. Nihoyat Iordan lotin xronikasi “Gotlarning kelib chiqishi hamda hayot tarzi haqida” asarida slavyanlarning aholisi joylashgan rayon haqida hamda IV asrda gotlar bilan urushlari to`grisida yozadi. Bu va boshqa ma'lumotlar bir xil oqimda bo`lib, slavyanlarning tashqi tomoniga ma'lumotlarni qaratgan. Ichki tomonga esa avtorlar faqatgina yo`l-yo`lakay to`xtalib o`tgan. Slavyanlar etnogenezini o`rganishda lingvistika va arxeologiya yetakchi o`rnini egallaydi.

Slavyanlar Yevropaning mahalliy aholisi, ya'ni avtoxtoni hisoblanadi. Ularning rivojlanib borish jarayoni uzoq hamda murakkab bo`lgan. Ular o`rab olinmagan joylarda yashagan. Boshqa qo`shni qabilalar slavyanlarning madaniyatiga kirib kelgan, o`z ta'sirlarini ko`rsatgan, shu bilan birga slavyanlarning ma'lum bir madaniyati qo`shni xalqlarga ham kirib borgan. Qadimda qabilalarning qo`shiluvi va aralashuvi ularning ta'siri ostiga tushib qolishga yoki aksincha holatining yuz berishiga sabab bo`lgan. Bularning hammasini slavyanlar etnogenezini o`rganish masalasida hisobga olish kerak. Yozma manbalarga asoslanib slavyanlar hayotini kartinasini to`lik tasvirlash mumkin emas. Bunda biz arxeologiya ma'lumotlari va tilshunoslik ma'lumotlariga suyanishimiz kerak.

Arxeologlar fikriga ko`ra slavyan etnogenezi eramizdan avvalgi III ming yillik oxirida va II ming yillik boshlarida markaziy, sharqiy Yevropada yashovchi qabilalar madaniyati bilan bog`lik bo`lgan. Slavyanlarning qolgan etnogenezi to`liq ma'lumotga kelmagan. Ilk territoriyasi, ma'lumotlarga qaraganda o`rta va qyyi Dnepr territoriyasida bo`lgan.

Eramizning I asrida slavyanlar o`rta Yevropada juda keng territoriyani, ya'ni o`rta Dnepr va yuqori Dnestr, Shimoliy Karpat orti va Visla havzasida shu territoriyalarni egallagan edi. Undan tashqari Oderning yuqori oqimida va Elbaning havzasida ham joylashgan.

VI-VII asrga oid slavyanlar Bolqon yarim orolida joylashgandan keyin uning mahalliy aholisi bo`lgan frakiylar va elliriylar aholi bilan qo`shilib, assimilyasiya sodir bo`lgan hamda janubiy slavyanlar qabilasining boshlanishiga asos bo`lgan. Janubiy slavyanlarga bolgarlik, makedonlik, serblar, xorvatlar, slavyanlar kirgan.Vened va slavyanlarning bir qismidan g`arbiy slavyan qabilalari kelib chiqqan. G`arbiy slavyan qabilalariga polyaklar, cheshlar, slovaklar, baltika orti qabilalari kiradi.

G`arbda - Elba bo`ylab kelgan chegaradan Sharqda Visla havzasigacha, Shimolda – Baltika dengizi qirg`oklaridan, Janubda –Dunaygacha bo`lgan territoriyada slavyanlarning g`arbiy tarmog`i deb atalgan ko`p sonli slavyan qabililari yashar edi. G`arbiy slavyanlarning o`zi uch gruppaga: Chexiya-Moraviya slavyanlari, Polsha-Visla slavyanlari va Polab-Baltika bo`yi slavyanlariga bo`linar edi.

Slavyan qabilalarining aholisi asosan VI va VIII asrlarda hali bir-biridan farqi unchalik sezilmagan. Shuning uchun ham Sharqiy Rim yozuvchilari qabilalar haqida yozgan ma'lumotlari barcha slavyan qabilalariga tegishli bo`lishi mumkin. Slavyanlar xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil qilgan. Bu haqda yozma manbalar, arxeologiya hamda har xil dehqonchilik ishlari haqida yozilgan slavyanlar kalendarlari bunga isbot bo`ladi. Slavyanlar bug`doy, tariq, so`li, yachmen va boshqa o`simliklar va ekinlar ekkanlar.Ular yerlarini haydagan, uchlari temirdan bo`lgan temir pluglar bilan yer haydaganlar. Haydashda ho`kizlarning kuchidan foydalanganlar. Hosilni o`roqlar va chalg`i o`roqlar bilan yig`ishtirib olganlar. Un tayyorlashda asosan qo`l tegirmonlaridan foydalanganlar. Arxeologlar qadimgi slavyanlarning yashagan joylarni-manzilgohlarni qazib, omochlarni, temir tishlarini, boltalar, o`roqlar, bronza va temirdan ishlangan qarmoqlarni, don saqlanadigan maxsus chuqurlardan ko`yib ko`mirga aylangan donlarni topganlar. Ot, sigir va qo`y suyaklari ham ko`p topilgan. Ko`pgina joylarda loydan qurilgan pechkalarning qoldiqlari, qo` charxida yasalgan, chiroyli shakldagi har xil sopol idishlar, bronza va kumushdan ishlangan zeb-ziynat buyumlari topilgan.

Dehqonchilikdan tashqari xo`jalikda asosiy rolni chorvachilik tashkil qilgan. VI va VIII asrlarda hozirgi kundagi uy hayvonlari o`sha paytdagi xo`jalikda uchraydi. Mayda va yirik shoxli mollar, ot va cho`chqa uchraydi. Bularning suyaklari arxeologik manbada uchraydi. Slavyanlarning xo`jaligida ovchilik va biliqchilik hamda dengizda yuk tashish hunarlari ham bo`lgan.

IX asrgacha slavyanlarda yozuv bo`lmagan. Ammo Sharqiy Rim saltana- tidagi tarixshunoslar slavyanlar to`g`risida ko`pgina muhim ma'lumotlarni qoldirishgan. Masalan, tarixshunos mana bunday deydi: ”Ularning xilma-xil chorva mollari va maxsulli, ayniqsa tariq va bug`doylari juda ko`p”. Nemis xronikachisi pomor qabilalari to`grisidagi gaplari bilan yuqorida aytilgan ma'lumotlarni to`latib berdi: ”Dengizda, daryo, ko`l va hovuzlarda baliq shu qadar ko`pki, bunga hech aql bovar qilmaydi. Mamlakatning hamma yerida bug`u, ohu, ayiq, yovvoyi chychqa juda ham serob. Sariyog`, qo`y suti, qo`y moyi, asal va xilma-xil sabzavotlar va meva daraxtlari oshib-toshib yotibdi”.

Slavyanlarning xo`jaligida uy hunarmandchiligi rivojlangan edi. Slavyanlar temirga pechlarda ishlov berganlar(tanli pechlar). Bolta, pichoq, baliq tutadigan qarmoqlar, nayza uchlari, qilichlar tayyorlaganlar, shu bilan birga ular rangli metallarga ishlov berishga usta bylganlar. Rangli metallardan hunarmandlar ajoyib zeb-ziynat buyumlarini yasaganlar. Bunday buyumlar qadrlangan, biror xavf tug`ilsa ularni ko`mib qo`yganlar. Qadimgi slavyanlar yashagan hududlardan ko`mib qo`yilgan buyumlar topilgan. Sopol buyumlar tayyorlash ham ancha taraqqiy qilingan. Shu sopoldan tayyorlangan idishlar ishlatilgan, ayrim joylarda slavyanlar suyaklardan mahsulotlar tayyorlashni bilganlar.Yog`ochdan idish-tovoqlar tayyorlaganlar.Uzoq turadigan, qattiq daraxtlardan qayiqlar yasaganlar, daryolarga suzish uchun, nafaqat daryolarda, balki dengizlarda suzishda ham mana shu qayiqlardan foydalanganlar. Asosan slavyanlar daryo qirg`oqlarida yashaganlar.Uylari asosan ikki xil qurilgan: yer ustida va yarim yer to`la shaklida qurilgan.O`rmon qalin joylarda, uylar yog`ochdan qurilgan. Yog`och yetishmaydigan joylarda esa toshlardan qurilgan. Toshlarni asosan daraxt va qamish bilan yopganlar. Uylari katta bo`lmagan, o`rtacha maydoni 20-30 m dan oshmagan.Ular asosan uy isitishda pechlardan foydalangan. Pechlar asosan toshlardan va loylardan qilingan.Uy yaqinida mahsulot saqlash uchun yerto`la bo`lmagan. VI va VIII asrlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tishga asos bo`lib xizmat qildi.

O`rmon –cho`l zonasida yashagan sharqiy slavyanlarning ma'lum bir qismi orasidagina II-V asrlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o`sha zamonga nisbatan yuqori darajada taraqqiy topgan edi: bu hol keyinchalik qonuniy suratda qadimgi Rus davlatining yadrosi bo`lib qolgan territoriyada sinflar paydo bo`lish prosessi boshlanganligi to`g`risidagina fikr yuritishga imkon beradi. Aktlarda rasm bo`lgan yer haydab dehqonchilik qilish (aktlar qadimgi omochdan ham, temir tishli plugdan ham foydalanganlar).VI-IX asrlarda shimolga qarab o`rmon zonasining ancha ichkarisiga kirib borgan. Masalan, Ctaraya Ladogoda topilgan temir tishli so`qa VII-VIII asrlarda yasalganligi ma'lum. Janubda ham, shimolda ham javdar, bug`doy, arpa, so`li, tariq ekish rasm bo`lgan. Sabzavot ekinlaridan sholg`om ekilgan. Texnika ekinlari (zig`ir, kanoplya)yetishtirilgan. O`rmonzor rayonlarda kundakov dehqonchilik usulidan foydalanish davom etgan, bu usulda daraxtlarni kesib va yondirib, keyin to`gridan-to`gri kulining ustiga ekin ekavergan. Buning natijasida dastlabki yillarda mo`l hosil olinar, keyin esa yer oriqlab qolar va tashlab quyilar edi. Sharqiy slavyanlar uy hayvonlaridan sigir, ot, qo`y, chychqa, echki boqqanlar.

Tekshirilayotgan davrning oxiriga kelib, hamma yerda hunarmandchilik rivojlandi. Mutaxasislar-temirchilar, zargarlar, keyinroq kulollar paydo bo`ldi. Hunarmandlar yashaydigan pasyolkalar maydonga kelib bordi. Kichik-kichik okruglarning markazi bo`lgan gorodishche-qishloqlarda hamda feodal shaharlarning kurtagiga aylanib borgan qabila «grad»larida hunarmandchilik ustaxonalari to`planib bordi. Rus yerlarining janubiy qismi bilan shimoliy qismi o`rtasida tarixan vujudga kelgan tafovut asta-sekin tobora ko`prok yo`qolib bordi.

VI-IX asrlar davomida urug` qabila munosabatlarining jadal suratlar bilan yemirila borishi davom etdi. Jamoalarda xususiy mulkchilik tartibi rivoj topib bordi. Tozalangan “chakalakzorga” va hokozolarga egalik qilish huquqi paydo bo`ldi. VI asrdan boshlab mulkka egalik qilish belgilarining maxsus sistemalari ishlab chiqarilib, qurol-yarog`, ot va boshqa mol-mulkka shu belgi(tamg`a)lar qo`yila boshlandi.

Vizantiyaga qilingan yurishlar slavyanlarda ibtidoiy jamoa munosabatlarining yemirilishiga yordam berdi, chunki bu yurishlar vaqtida unda qatnashgan ko`p kishilar va ayniqsa qabila zodagonlari, knyaz va boylari boyir edilar. Vizantiyaning VI-VII asrdagi manbalarida slavyanlarning IV-VI asrdagi knyazlarning nomlari saqlanib kelgan. Ba'zi bir hollarda knyaz otasining nomi ko`rsatilgan: bu esa hukumronlikning nasldan nasilga meros bo`lib o`tganini ko`rsata oladi. Muvaffaqiyatli urushlar knyaz va boylarning mavqeini mustahkamlagan. Qabila ichida doimiy drujina ajralib chiqib, bu drujina a'zolari iqtisodiy va sosial mavqeilari jihatdan o`z qabiladoshlaridan tobora ko`proq farq qila borgan.Vaqtincha yoki uzoq muddatli qabila ittifoqlarining vujudga kelishi natijasida slavyanlar jamiyatining strukturasi murakkablashdi.

Qadimgi slavyanlarning ijtimoiy tuzumi haqidagi ma'lumotlar juda ham kam: mana shu davrda slavyanlarda patriarxal munosabatlarning elementlari saqlanib qolgandi. Prokopiy “bu qabilalar, slavyanlar va antlar bir odam tomonidan boshqarilmaydi, lekin ular qadimdan teng huquqlilik asosida yashab keldilar”-deb yozgan.Ularning asosiy oliy organi xalq majlisi- veche bo`lgan. Hamma ishlari vecheda hal qilinadi (“velichat”,ya'ni “bilish”,”gapirish” so`zidan olingan).

P. Mavrikiy ham shuni aytib o`tgan : “Alohida boshliq bo`lmagan, lekin davlat hokimyati ular qo`lida bo`ladi” - deydi. Qadimgi slavyanlarning shunday urf-odatlari bo`lganki, eri o`lgan xotin o`zini o`zi o`ldirgan. Olimlar yerga kim egalik qilganligini “Ziroatchilik qonunlari”dan o`qib bilganlar. Bu VIII-asrda tuzilgan va slavyanlar joylashgandan keyin Sharkiy Rim saltanati tuprog`ida amal qilingan urf-odatlar to`plami bo`lib, slavyanlar janjallarini shu to`plam asosida tekshirganlar va shu asosda sud qilganlar.

VI-VIII asrlarda slavyanlar jamiyatida sinfiy munosabatlar tug`ila boshlaydi, mana shu davrda qo`shni jamoa (marka)ga o`tish prosessi sodir bo`lgan. Ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi va mehnat qurollarining takomillashishi oson bo`lib qoldi. Alohida oila bo`lib ishlashga, yashashga kuchi yetadigan bo`ldi .Oilalarning xususiy mulki vujudga keldi. O`rmonlar, yaylovlar yerlar ma'lum bir qo`shni jamoaning umumiy mulki hisoblangan. Qo`shni jamoaning yuzaga kelish sinfiy jamiyat shakllanishga olib keldi. Urug`chilik tartiblarining buzilishi arxeologik manbalarda ham kuzatiladi. Ba'zi bir joylarda qimmatbaho qurollar, idishlar, zeb-ziynatlarning qazib olinishi ma'lum bir kishiga tegishli ekanligi sinfiy xarakterni ko`rsatadi.

Slanvyanlarda patriarxol qulchilik mavjud bo`lgan. Ularning Sharqiy Rim imperiyasiga qilgan hujumlarida yuzlab, minglab aholini qul qilib asir olganlar. Slavyanlardagi qullarning ahvoli haqida tarixshunos bunday deb yozadi: «Slavyanlar qo`llarida asir bo`lib turgan kishilarni doim qul qilib olib qolmaydilar, ...erkin bo`lib, do`st bo`lib, shu yerda qolishni taklif qiladilar». Bu haqda Psevdo Mavrikiy ham aytib o`tgan. Slavyanlar asir olinganlarni qul qilib sotganlar. Bu dalillar sinfiy jamiyat vujudga kelganligidan xabardor qiladi. Minglab harbiylar o`zining drujinilari bilan birga imperiyaga qarshi turganlar. Imperiya bilan tez-tez to`qnashuvlar bo`lib turgan, bu esa harbiy hokimyatning mustahkmlanishiga olib kelgan. Harbiy boshliqlar o`zlarining hokimyatini merosiy qilib qoldirishga harakat qilganlar. Slavyanlarning afsonalarida ham knyazlar hokimyati haqida ma'lumotlar bor. Slavyan knyazlari haqida, ularning qilgan yurishlari natijasida zamondoshlar bunday deydi: «O`zlari bilan o`n minglarcha asir olib, hamma uy-uyiga ketdi», «Ular behisob ko`p o`lja: odam, har-xil mol va boylikni qo`lga kiritgan edilar».

Shunday qilib, qadimgi slavyanlar VI-VIII jamiyatning harbiy demokratiya bosqichidan davlat tuzilishiga o`tish davrini boshdan kechirdi va asta sekin slavyan davlatlari vujudga keldi. G`arbiy slavyanlar urug`chilik tuzumining tushkunlik bosqichini boshidan kechirayotgan bo`lib, VII-XI asrlar ichida o`zlarining qabilaviy ittifoqlarini tuzdilar, bu qabilaviy ittifoqlar vujudga kelayotgan davlat formalaridan biri edi. G`arbiy slavyanlar davlatining vujudga kelishida ichki sharoitlardan tashqari slavyan qabilalarining qo`shni xalqlarga qarshi kurashi ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.

Knyaz Samo davlati eng ilk g`arbiy slavyan davlati Bogemiya(yoki Chexiya) qabilalari ittifoqi bo`lib, bu ittifoq VII asrning o`rtalarida hukm surgan edi. Bu ittifoq slavyanlarning avarlarga qarshi olib borgan kurashi prosessida vujudga keldi. Avarlar turklarga mansub xalq bo`lib, Dunayga VI asirning ikkinchi yarmida keldilar. VI asrning oxirida VII asrning boshlarida ular bir qancha slavyan qabilalarning o`zlariga buysindirib, bu qabilalarga xiroj soldilar va ko`p kishini qul qilib oldilar. Slavyanlar avarlar hukmronligiga qarshi qo`zg`olon ko`tarib, ulardan ozod bo`ldilar va juda katta bir harbiy-qabilaviy ittifoq tuzdilar. Bu siyosiy ittifoqqa knyaz Samo bosh bo`ldi. «Samo davlati»ning chegaralarining aniq belgilash qiyin bo`lsada, slavyan qabilalari ittifoqi juda katta bo`lgan. Samo 35 yil idora qildi(623-658 y). Samo o`lgandan keyin qabilalarning ittifoqi tarqalib ketdi. Avarlar xavfi bu vaqtda endi u qadar qo`rqinchli emas edi. Ulug` Moraviya davlati g`arbiy slavyanlarning ittifoqlari ichida mustahkamrogi Ulug` Moraviya ittifoqi deb atalgan ittifoq edi, u ham bo`lajak Chexiya territoriyasida vujudga kelib, bir asr hukm surdi. Bu ittifoq sostaviga turli chex qabilalari kiradi. Lekin uning asosiy g`oyasi chexlarning o`zi emas edi, balki ularga qardosh bo`lgan moraviyalar edi. Bu ulug` Moraviya ittifoqi deb atalgan davlatga Moymir ismli bir knyaz (818-846) asos solgan bo`lib, kundan keyin Rostislav(846-870) va Svyatopolk(870-874) degan knyazlar idora qildi. Bu knyazlarning hammasi ham nemis feodallariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Ulug` Moraviya davlatiga Rostislav va Svyatopolk zamonida ayniqsa, katta muvavaffaqiyatlarga erishdi. Knyazlikning poytaxti Velegrad shahri edi. Ulug` Moraviya davlatiga morav va chex qabilalaridan tashqari yana serblar va Laba(Elba)bo`yidagi ba'zi slavyanlar, polyak qabilalarining bir qismi, Pannopiya, Slavakiya va ancha keyingi Galisiya slavyanlari ham kirgan edi. Slavyanlarga qisman katolik nemis cherkovi orqali kirayotgan nemislar ta'siriga qarama-qarshi o`laroq, Rostislav Vizantiya bilan aloqa bog`ladi, xristianlikni targ`ib qilish uchun u yerdan grek missionerlari Konstantin va Mefodiyni chaqirib keltirdi.

Kirill bilan Mefodiy Solun shahridan chiqqan greklar bo`lib, slavyan tilini yaxshi bilar edilar. Kirill 855 yillarda Solunda slavyanlar uchun alifbo tuzdi. Kirill bilan Mefodiy Moraviyaga 863 yilda kelib, dastlab muvaffaqiyat qozondi. Rostislav ularga har jihatdan yordam berdi. Bir necha ming moravlar va chexlarni grek ruhoniylari cho`qintirdi. Moraviyada nemislarning vositachiligisiz mustaqil slavyan cherkovi vujudga kela boshladi. Shu bilan birga Moraviyaning Vizantiya bilan hamda qardosh Janubiy slavyanlar bilan madaniy va siyosiy aloqasini yanada mustahkamlashga imkon tug`ila boshladi. Biroq, oradan ko`p vaqt o`tmay, Kirill va Mefodiy katta qiyinchiliklarga duch keldilar. Katolik nemis ruhoniylari ularning ishiga har qanday yo`llar bilan to`sqinlik qilishga urindi, buning uchun papaga ular ustidan shikoyat qildilar. Kirill bilan Mefodiy javob berish uchun Rimga borishga majbur bo`ldilar. Kirill sal vaqt ichida vafot etdi(869) Mefodiy Moravlar o`rtasida targ`ib ishlarini davom ettirishga papadan ruxsat oldi va Moraviyaga arxiepiskop qilib tayinlandi. Biroq Moraviya davlatidagi siyosiy ahvol boyagidek juda murakkab va ziddiyatligicha qolaveradi.

870 yilda Rostislavni o`z jiyani Svyatopolk nemislarning yordami bilan taxtdan tushirdi. Biroq oradan ko`p vaqt o`tmay, nemislar Svyatopolkni ham butun Moraviyani nemislar egallab oldi va uni idora qilish uchun nemislardan ikkita nemis-graf tayinlandi. Lekin Moraviya ittifoqiga kirgan slavyanlar 871 yilda nemislar zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`tardilar.Oxir oqibatda Germaniya koroli (Lyudovik Nemis)yon berdi. Va 874 yilda Svyatopolk bilan bitim tuzib, uni mustaqil Moraviya knyazi deb tan oldi. Svyatopolk Moravskiy o`lgandan keyin uning o`gillari bir-biri bilan urush olib borib, knyazlikni tezda zaiflashtirib qo`ydilar. Lekin Ulug` Moraviya davlatining halok bo`lishga, asosan IX asrning oxirida O`rta Dunayda vengrlarning paydo bo`lishi sabab bo`ldi, ular 906 yilda Moraviya davlatini g`oyat darajada xarob qildilar. Moraviyaning vengrlar tomonidan vayron va xarob qilinishi Moraviya ittifoqining parchalanib ketishiga sabab bo`ldi. U XI asrda Bolqon yarim orolining shimoli-sharqida vujudga kelgan Bolgariya davlati o`z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o`tdi. Dastlab, ya'ni VII-asrning birinchi yarmida Dunayning janubida yashovchi Dunay bo`yi slavyanlari (Dapivi) deb atalgan yettita slavyan qabilasining ittifoqi vujudga keldi, aftidan, yana bir slavyan qabilasi-Dunayning shimolida Transilvaniya chegaralarida yashagan shimolliklar (severyanlar) qabilasi ham bular bilan bog`langandi. Slavyanlarning Dunay ittifoqi Bolqon yarim orolining narigi cheti bilan bu chetidagi dushmanlarga- shimolda avarlarga va janubda Vizantiyaga qarshi qattiq kurash olib bordi. Taxminan xuddi shu vaqtlarda, ya'ni VII asrning birinchi yarmida Dunayga Azov bo`yidan yangi qabila bolgarlar keldi: bular slavyanlar bo`lmay, tiliga qaraganda qandaydir bir ilk turk yoki prototurk qabilalariga mansub edi: Bolgarlarning Dunay bo`yiga, so`ngra esa bevosita Bolqon yarim oroli territoriyasiga kelib joylashuvi Dunay bo`yi slavyanlari ittifoqining bundan keyingi rivojida katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Bolgar xoni Asparux Dunay ittifoqining knyazlari bilan maxsus shartnomalar tuzib, o`z drujinasi va fuqarolarining bir qismi bilan birlikda 679 yilda (yoki 681 yilda)Bolqon yarim orolining Dunaydan janubdagi territoriyasiga ko`chib kelib joylashgan. O`sha vaqtda yuz bergan vaziyatga qaraganda, bolgarlar bu yerga istilochi sifatida emas, umumiy dushman-avarlar va vizantiyaliklarga qarshi kurashda Dunay slavyanlariga ittifoqchi bo`lib keldilar. Ammo bu ittifoqda kelgindi bolgar qabilalari slavyanlardan birmuncha ustun bo`lib olganligi uchun mamlakat ham bolgarlar nomi bilan ataladigan bo`ldi.

Asparux vizantiya imperatori Konstantin IV bilan bolgarlar va slavyanlar uchun foydali shartnoma tuzishga muvofiq bo`ldi, bu shartnomaga muvofiq, Vizantiya imperiyasi Bolqondan kattagina bir qism yerni birlashgan «varvarlar»ga beradigan bo`ldi. Asparux yangi bolgar- slavyan davlatining bosh knyazi bo`ldi. Unga bu yerda qolgan mahalliy slavyan knyazlari buysunardilar. Slavyan aholisi Asparux va uning urug`i Dulo foydasiga xiroj to`lashsi lozim edi. Yangi davlatning poytaxti avvalgi Pliska shahri keyinchalik esa Prislava shahri bo`ldi.



VII-asrda Asparuxning vorisi davrida bolgarlar endi Vizantiyaning ichki ishlariga aralashadigan bo`lib qoldi. Bolqon tog` tizmalarining janubidan yangi yerlar oldi. VIII va IX asrlar davomida slavyanlar bilan bolgarlar juda tez yaqinlashib ketdilar, bolgarlar slavyanlardan dehqonchilikni, hunarmandchilikni, slavyan dini va urf-odatlarini, hattoki tilini ham o`zlashtirib oldilar. Feodal munosabatlar tarkib topa borgan sari yerli slavyan va kelgindi bolgar zodagonlari bitta hukmron sinf bo`lub qo`shilib ketdi.

IX asrning boshlaridayoq Bolgariya juda katta bir davlatga aylandi. Qudratli xon Qurum hukmronlik qilgan vaqtda(802-815) Bolgariya podsholigi sostaviga hozirgi Bolgariyadan tashqari, yana hozirgi Ruminiya hamda Vengriyaning katta bir qismi kirgan edi. Bolgariya IX asrning ikkinchi yarmida knyaz Boris(852-888) zamonida ham kengayib bordi. Boris zamonida bolgariya xristianlikni qabul qildi. IX asrda dastlab bir-biriga yot bo`lgan ikki etnik element bolgarlar va slavyanlar bir-biri bilan shu qadar yaqinlashib ketdiki, ”bolgarin” degan nom vizantiyaliklar bilan ruslar nazarida haqiqiy slavyan degan ma'noga ega bo`lib qoldi. Son jihatdan birmuncha ozchilikni tashkil etgan kelgindi bolgarlar mahalliy aholiga aralashib ketib, slavyan tilini to`la o`zlashtirib oldi. Bolgariya podsholigi podsho Simeon Buyuk (883-927)davrida juda qudratli podsholikka aylandi. Simeon “Sargrad”ga (Konstinapol)bir necha marta yurish qildi va uni bosib olishga urindi. Lekin u o`zining bu maqsadini amalga oshirolmadi.Sargradni egallay olmasa ham, 919 yilda Simeon “ barcha bolgarlar va greklarning podshosi va mustabid hokimi”degan dabdabali unvon oldi va shunday qilib, o`zini Vizantiya saroyidagilar ham Bolgariya podshosi bilan hisoblashishga majbur edilar. Simeon o`lgandan keyin Bolgariya tushkunlikka yuz tutdi. Simeon istilo qilib olgan yerlarning katta bir qismi Bolgariya qo`lidan ketib, qo`shnilari qo`liga o`tdi. Bolgariya hisobiga ayniqsa Vizantiya kuchaydi. Shu bilan bir vaqtda Bolgariyaning qolgan territoriyasi ham mahalliy bolgar feodallar –boyarlari hokimyatining kuchayishi natijasida siyosiy birligini yo`qotib bordi. Bolgariya g`irt tarqoq feodal davlatga aylanib bordi, podsho hokimiyati ham tobora zaiflashdi.Vizantiya Bolgariyadagi sosial ziddiyatdan foydalanib, X asrning o`rtalaridan qat'iy hujumga o`tdi. Simisxiy Bolgariya podsholigini katta qismini-Sharqiy Bolgariya deb ataladigan qismini Preslavldagi poytaxtiti bilan birga ishg`ol qilib, uni Vizantiyaga qo`shib oldi. Istilo qilinmay qolgan g`arbiy Bolgariyani markazi Oxrid shahri bilan Vasiliy II Bolgaroboysa(Bolgarkesar) o`ziga bo`ysundirdi.(“Bolgarboysa”-bolgarcha “bolgarlar qotili” deganidir).Vasiliy II bu laqabni bolgarlarga qilgan shavqatsizligi uchun olgan edi.U 1014 yilda o`zi uchun muvaffaqiyatli tugagan jangdan keyin asir olingan 15 ming bolgarning ko`zini o`yishga buyruq berdi. Bolgar podsholigi 1018 yilda batamom tugadi.Shu vaqtdan boshlab bolgariya uzoq vaqtgacha-deyarli XII-asrning oxirigacha Vizantiya asoratiga tushib qoldi. Serbiya va Xorvatiya davlatining tashkil topishi. VI-XI asrlarda Bolqon yarim orolining shimoliy g`arbiy qismida turli serb qabilalari o`rnashgan bo`lib, bular serblarga, xorvatlarga va slavyanlarga bo`linar edi. Bora-bora serb jamiyatida sosial tabaqalanish yuz berdi. Manbalarda VIII-X asrlardayoq serblarda qullar bo`lganligi tilga olinadi. Qo`shni davlatlar-Vizantiya,Vengriya va Bolgariya serb qabilalarini o`zlariga bo`ysundirib olishga harakat qildi, serb qabilalari bu davlvtlarga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash serblarda davlatning tashkil topishini tezlatdi. Serb qabilalarida davlat bir emas ,bir necha markazda tashkil topdi. Serb qabilalarining birinchi eng katta birlashmasini sharqiy serblar knyazi Vlastimr(836-843)tuzdi. Vlastimir qo`l ostidagi yerlar sostaviga Sharqiy serblarning asosiy territoriyasi bo`lgan Rashkadan tashqari Bosniyaning Rashka daryosi g`arbidagi katta bir qism ham kirdi. Vlastimirning avlodlaridan biri Cheslav Klonimirovich(932-960)dastlab Bolgariya podshosi Simeonning odami bo`lib, idora qildi. Biroq keyinchalik, Simeon o`lgandan keyin u bolgarlar hokimiyatidan qutilib, mustaqil knyaz byo`lib olishga va o`z qo`l ostidagi yerlarni g`arb bilan Sharqda anchagina kengaytirishga muvaffaq bo`ldi. Vlastimir bilan bir vaqtda Bela degan knyaz ham g`arbiy serblarni birlashtirishga harakat qildi. U keyin Vlastimir bilan siyosiy ittifoq tuzdi.

IX asrning o`rtalarida xorvatlar franklardan qutilib, ular ham mustaqil davlatni tuzdi. Bu davlatni ularning uz jyposhlari idora qildi. Bu jyposhlardan eng mashhuri Trpimir bo`lib, u 839-864 yillarda idora qildi. X-asrning boshlarida (taxminan 925 yillarda)buyuk Jupan Tolislav(910-930)zamonida Xorvatiya knyazligi korollikka aylandi. Bu korollik sostaviga Xorvatiyaning o`z yerlari va Dalmasiya kirdi. Biroq dengiz bo`yidagi Dalmasiya shaharlarini XI-asrning ikkinchi yarmida Venesiya bosib oldi. Serbiya davlatining o`zida IX asrda gegemonlik birmuncha vaqtgacha serb(diokleya)knyazlari qo`liga o`tdi. Bular ichida eng katta knyazlar Mixail(1051-1081) va Bodin(1081-1101) edi. Bodin qo`l ostidagi yerlar sostaviga Zeta (hozirgi Chernogoriya),Bosniya,Gersogovina hamda Sharqiy Serbiyaning bir qismi kirar edi. IX asrga kelib tashkil topgan (tarixchilar Kiyev Rusi ham deb ataydigan)qadimgi Rus feodal davlati birdaniga vujudga kelgan emas, balki juda uzoq davom etgan prosess-jamiyatning antagonistik sinflarga bo`lniishi prosessi natijasida vujudga keldi, bu prosess slavyanlarda eramizning butun I ming yilligi davomida yuz berib bordi.

XVI-XVII asrlardagi rus feodal istoriografiyasi Rusning ilk tarixini Sharqiy Yevropada yashagan va istiografiyasida ma'lum bo`lgan qadimgi xalqlar, ya'ni skiflar, sarmatlar, alanlar bilan sun`iy ravishda bog`lashga intilgan edi, rus nomi sarmat qabilalaridan bo`lgan roksalanlardan kelib chiqqan deb ko`rsatgan edi.

Qadimgi Rus davlati Sharqiy slavyanlar yashagan va yilnomachiga yaxshi tanish bo`lgan o`n beshta yirik oblastdan tashkil topgan. Kiyev ya`inida polyaklar yashagan. Yilnomachi polyaklarning yerini `idimgi Rus davlatining yadrosi deb hisoblagan va o`zi yashagan davrda polyaklarning rus deb atalganini ko`rsatib o`tgan.

IX-X asrlarga keliboq sharqiy slavyanlarning eng taraqqiy etgan oblastlarida feodal munosabatlarning asta-sekin yetila borish жараёни aniq va ravshan k0`rindi. Jamoa yerlarini bosib olgan urug` oqsoqollari va drujina boshliqlari feodallarga qabilalarning knyazlari feodal hukmdorlariga aylanib bordi, qabila ittifoqlari o`sib, feodal davlatlariga aylandi. Zodagonlar yer egalarining ierarxiyasi vujudga keldi.

Yilnomachi bir qancha knyazliklar-feodalizmgacha bo`lgan davrdagi qabilalar federasiyalari: Polyan, Drevlyan, Dregovich, Polosk, Sloven knyazliklarini tilga oladi. Ba'zi bir sharq yozuvchilari, Rusning poytaxti Kiyevdir, undan tashqari yana ikki shahar-Djervab(yoki Artaniya) va Selyabe shaharlari ham juda katta shuhrat qozongan, deb ma'lumot beradilar. Barcha manbalarda bir xilda Kiyev Rusning poytaxti deb atalgan.

Dastlabki yilnoma tekstidan «O`tmish yillar qissasi»da saqlanib qolgan parcha IX asrning birinchi yarmidan Rusning hajmini aniqlashga imkon beradi. Qadimgi Rus davlati таркибига ilgari o`z mustaqil knyazlariga ega bo`lgan quyidagi qabila ittifoqlari: polklar, severenlar, drevlyanlar, dregovichlar, polpchanlar Novgorod slavyanlari kirgan.

IX asrdagi va X asr boshlarida boshqa sharq yozuvchilari Rusdagi dehqonchilik, chorvachilik, asalarichilik to`grisida, ruslarning qurol-aslaha ustalari va yog`ochsozlari to`grisida, «Rus dengizi» (qora dengiz) bo`ylab safar qilgan boshqa yo`llar bilan Sharqqa ham kirib borgan rus savdogarlari to`grisida qiziq ma'lumotlar beradilar.

Feodal davlatiga aylanib borgan Rus qabila ittifoqi yoki qo`shni slavyan qabilalarini o`ziga bo`ysindirgan va janubdagi dashtliklar hamda dengizlardan o`tib, uzoq yerlarga yurishlar qilgan. VII asrda ruslarning Konstantinapolni qamal qilgani hamda ruslarning Xazariyadan o`tib, Darband yo`liga dahshatli yurishlar uyushtirgani tilga olinadi.VIII-IX asrlarda rus knyazi Bravlin Xazariya-Vizantiya Qrimida urushlar qilib, Surojdan to Korchevgacha(Sudokdan Kerchgacha)borgan. Rus davlati varyaglardan mustaqil ravishda jamiyatning qonuniy taraqqiyoti natijasida vujudga keldi. Shu davlat bilan bir vaqtda slavyanlarning boshqa davlatlar-Bolgariya podsholigi, Buyuk Moraviya davlati va boshqa bir qancha davlatlar ham vujudga keldi.

IX asrda Yevropadagi barcha dengizlarda izg`ib yurgan va Angliya, Fransiya, Italiya hamda boshqa mamlakatlarni vahimaga solgan varyaglar (normanlar) otryadlari rus yerlariga ham kirib kelgan, rus mamlakatlarining o`z boyliklari hamda Rusning Vizantiya bilan va Sharqdagi eng boy mamlakatlar bilan aloqada ekanligi ularni qiziqtirar edi. Varyag knyazlari Rusda hokimiyatni bosib olar edi. Lekin varyaglar Rusda tezda slavyanlashib ketar edi. Ular Shvesiyaga qaytganlarida, o`zlari bilan birga rus buyumlarini, ruslarning kulolchilikdagi texnika usullarini olib borardilar. Bir muncha keyinroq Shvesiya korollari Dono Yaroslav tangalariga o`xshagan tangalar zarb qildilar. Yevropadagi eng yirik feodal davlati-Rusning tashkil topishi, o`sha zamondagi barcha kishilarning diqqatini jalb etdi va uni o`sha vaqtdagi dunyoning hamma yerida ma'lum va mashhur qildi.



O’rta asr shaharlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi


  1. Ilk o’rta asrlar xo’jalik hayoti. Hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishi.

  2. Hunarmandchilik va savdo markazlarining paydo bo’lishi.

  3. Shaharlarning feodallar bilan kurashi.

  4. Evropada savdo va kredit ishlarining rivojlanishi. Kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi.

Ilk feodalizm davridan rivojlangan feodalizm davriga o’tish hunarmandchilik va savdoning markaziga aylangan shaharlarning paydo bo’lishi va tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bir davrga to’g’ri keladi. Feodal jamiyatidagi bu yangi hodisalaruning iqtisodiga, siyosiy tuzumiga va мa’naviy hayotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun g’arbiy Evropaning ko’plab davlatlarida shaharlar paydo vaqt ilk o’rta asrlar bilan (V-XI) rivojlangan o’rta asrlarning (XI-XV) chegarasi hisoblanadi. Evropada o’rta asrlarning dastlabki asrlarida natural xo’jalik hukmron edi. Dehqonlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini, hunarmandchilik mahsulotlarini, ish qurollari va kiyim-kechakni o’zlari uchun ham, feodalga obrok to’lash uchun ham tayyorlaganlar. Qishloq xo’jaligini hunarmandchilik bilan qo’shilib ketganligi natural xo’jalikning muhim belgisi hisoblanadi. Temirchilar, kulollar, charmdo’zlar kabi qishloq hunarmandlari qishloq xo’jaligi bilan ham shug’ullanganlar. Tovar ayirboshlov kamdan-kam uchragan.

Temir, qalay, mis, tuz, hamda sharqdan keltiriladigan shoyi matolar, Zargarlik бuyumlari, ziravorlik mahsulotlari bilangina savdo qilganlar. Bu savdoda vizantiyaliklar, arablar, suriyaliklar, juhudlar asosiy o’rin egallaganlar. Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik buyumlarini sotish uchun tayyorlash, ya’ni tovar xo’jaligi Evropada rivojlanmagan edi. Eski rim shaharlari tushkunlikka uchraydi, iqtisodiy hayotning markazi shaharlardan qishloqqa ko’chadi.

lk o’rta asrlarda shahar qiyofasidagi manzilgohlar bo’shab qolgan va vayron bo’lgan eski rim shaharlari o’rnida saqlanib qolgan edi. (Mian, Florensiya, Bolon’ya, Neapol, Amalfi, Parij, lion, Arl, K’yoln, Mayns, Strasburg, Trir, Ausburg, Vena, London, York, Chester, Gloster) Biroq, ular asosan ma’muriy markaz, qal’a yoki cherkov markazlari (episkop, arxiepiskoplar rezidensiyasi) bo’lib, hunarmandlar mazkur joy aholisi bilan savdo qilib, atrof qishloqqa ta’sir etmagan.

Shahar qiyofaidagi manzilgohlar Evropaning romanlashgan viloyatlarida ko’proq saqlanib qolgan. Masalan, Italiya, Janubiy Galliya, Ispaniya, Vizantiya V-VI asrlarda bu erlarda ham shaharlar tushkunlikka uchrashiga qaramay, ulardan ba’zilarida maxsus hunarmandchilik va bozorlar saqlanib qolgan edi. Italiya va Vizantiyadagi ba’zi shaharlar Sharq bilan vositachilik savdo olib boradigan markazlar edi. Lekin bu erda ham shaharlar feodalizm genezisiga sezilarli ta’sir etmagan. G’arbiy Evropa o’z taraqqiyotida hunarmandchilik va savdosi rivojlangan ko’plab shaharlarga ega bo’lgan Sharq davlatlaridan, hatto Vizantiyadan orqada qolgan edi. X-XI asrlarda G’arbiy Evropa xo’jalik hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ilk o’rta asrlarda feodal ishlab chiqarish munosabatlar qapop topishi bilan bog’liq holda ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sishi hunarmandchilikda ko’proq sezilgan. Bu esa hunarmandlar mahorati va texnikasining rivojlanishida, ijtimoiy ishlab chiqarishning kengayishi va ajralishida ifodalangan. Hunarmandchilikning ayrim tarmoqlari takomillashadi: metallga ishlov berish va eritish (temirchilik va qurolsozlik), to’qimachilik, charmdo’zlik, kulolchilik , tegirmonchilik va qurilish ishlari. Bundan tashqari, metall qazib olish, tuz, yog’och tayyorlash, baliqchilik, dengizchilik ham rivojlanadi. Hunarmandchilik buyumlari tayyorlash sekinlik bilan qishloq xo’jaligidan ajralgan holda alohida mehnat faoliyatiga aylanadi. Hunarmandchilik alohida sohaga aylanishi muqarrar bo’lgan vaziyat etib kelgan edi. Hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishining boshqa sharti qishloq xo’jaligining ham rivojlanishi edi. Ish qurollari takomillashuvi, temir pluglar bilan erga ishlov berishning yaxshilanishi, ikki va uch dalali almashlab ekish qishloq xo’jaligida hosildorlikni oshiradi, yangi erlar o’zlashtirilib, ekin maydonlari kengayadi. Polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik sohalarida muvaffaqiyatlarga erishiladi. Chorva zotdorligi va miqdori oshadi. Otlar transport vositasi sifatida va dehqonchilikda ishlatila boshlanadi. Bu o’zgarishlar tufayli qishloq xo’jaligida hosildorlik oshadi, mahsulot etishtirishga sarflanadigan vaqt qisqaradi. Dehqonlar mahsuloti o’z ehtiyojlaridan ortib qola boshlaydi. Ortib qolgan mahsulotni maxsus hunarmand buyumiga almashtirishga imkon yaralgach, dehqon o’zi buyum tayyorlash zaruriyatidan xalos bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan iqtisodiy shart-sharoitlardan tashqari I va II ming yillik arafasida shaharlar paydo bo’lishining ijtimoiy shart-sharoitlari ham paydo bo’ladi. Feodallarning hashamatli inshootlar qurishga berilishi ixtisoslashgan hunarmandlar ko’payishiga olib keladi. Dehqonlar feodal zulmdan qochib shaharlarga kela boshlaydi va shahar aholisi safiga qo’shila boradi.

X-XI asrlarda Evropada hunarmandchilikni qishloq xo’jaligidan ajralishi uchun Zaruriy shart-sharoitlar paydo bo’ladi. Hunarmandchilik qishloq xo’jaligidan ajralish jarayonida bir necha bosqichni o’taydi.

Avval buyum iste’molchi buyurtmasiga ko’ra tayyorlangan. Ba’zida buyum tayyorlash uchun xom-ashyo ham buyurtmachidan olingan. Bu bosqichda mahsulot bozorga chiqmaganligi uchun tovar xo’jaligining paydo bo’lishi haqida gapirish qiyin. Hunarmandchilik rivojlanishidagi ikkinchi bosqichda mahsulot ma’lum buyurtma uchun emas, balki bozorda sotishuchun tayyorlangan. Bu bosqishda bozorga chiqmasdan hunarmand faoliyat ko’rsatishi mumkin emas edi. Hunarmand endi tovar ishlab chiqaruvchiga aylanadi.

Qishloq xo’jaligidan ajralgan hunarmandchilikning paydo bo’lishi tovar ishlab chiqarishni va tovar xo’jaligi paydo bo’lganligini, shahar va qishloq o’rtasida ayirboshlov paydo bo’lganligini anglatar edi. Qishloqlarda hunarmandlarning mahsulotini sotilish imkoniyati kam bolgan va feodallar hokimiyati ularning mustaqilligini cheklagan. Shunga ko’ra tovar ishlab chiqarishning rivojlanish imkoniyati ham chtklangan edi. Hunarmandlar qishloqlardan ketib, mustaqil faoliyat uchun, xom ashyo olish va buyumini sotish uchun qulay joylarda yashay boshlaydilar. X-XIII asrlarda Evropaning barcha viloyatlarida yangi, feodal tipidagi shaharlar paydo bo’ladi. Bu shaharlar aholi tarkibiga ko’ra, mashg’uloti va ijtimoiy tarkibiga ko’ra qishloqlardan farq qilgan.

Hunarmandchilik va savdo markazlarining paydo bo’lishi Shaharlarning paydo bo’lish tarixiy yo’llari turli tumandir. Qishloqlardan ketib qolgan dehqon-hunarmandlar hunarmandchilik bilan shug’ullanishga qulay joylarda o’rnashadilar. Italiya va Frantsiyada bu ba’zida eski rim shaharlarida joylashgan cherkov, ma’muriy va harbiy markazlar bo’lgan. Ularning mustaqil himoyalanganligi hunarmandlarning xavfsizligini ta’minlagan. Bunday joylarda feodallar va ularning xizmatkorlari, ruhoniylar, ma’muriyat vakillarining, umuman aholi sonining ko’pligi hunarmandlar mahsulotining xaridorligini oshirgan. Ba’zi hollarda esa, masalan, Shimoli-g’arbiy va Markaziy Evropada hunarmandlar feodal egaliklari – votchinalar, qasrlar yonida (Augsburg, Strasburg, Brandenburg), ziyoratchilar to’planadigan monastirlar yonida (Sent Olbans, Sen-Jermen, Sant Yago) o’rnashganlar. Har kungi ziyoratchilar ularning buyumlarini xarid qilganlar. Hunarmandlar aholi gavjum bo’lgan joylarda: muhim yo’llar kesishgan chorrahalarda, ko’priklar yonida (Brugge – ko’prik) daryolarning kechuv joylarida (Oksford – ho’kiz kechuvi), kemalar to’xtaydigan gavan va qo’ltiqlar yonida, ya’ni qadimdan an’anaviy savdo joylarida joylashganlar. Ana shunday “savdo joylari” hunarmandlarning va aholining gavjumlashishi oqibatida shaharlarga aylangan.

Evropaning turli qismlarida shaharlarning paydo bo’lish vaqti farq qiladi. Birinchi bo’lib savdo va hunarmandchilik markazi sifatida shaharlar IX asrda Italiyada paydo bo’ladi. (Venetsiya, Genuya, Piza, Florentsiya, Bari, Neapol, Amalfi) X asrda Frantsiyaning janubida (Marsel, Arl, Narbonn, Monpele, Tuluza) Rivojlangan sinfiy jamiyatni boshidan o’tkazgan bu hududlarda (Rim imperiyasi) feodal munoabatlar rivoji asosida ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishiga, qishloqlarda siyosiy kurashning keskinlashuvi natijasida krepostnoylarning ommaviy qochib ketishlariga olib keladi.



Italiya va Janubiy Frantsiyaning Vizantiya va rivojlangan Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari ham shaharlarning erta paydo bo’lishi va o’sishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Va nihoyat bu hududda ko’plab rim shaharlari va qal’alari xarobalari saqlanib qolgan bo’lib, qochoqlar uchun boshpana vazifasini o’tagan. (An’anaviy bozorlar, rim munitsipial huquqi). X-XI asrlarda Shimoliy Frantsiya, Niderlandiya, Angliya, Germaniya hududida – Reyn va Yuqori Dunay bo’ylab shaharlar paydo bo’la boshlaydi.

Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə