Blackcurse



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə4/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Brugge, Ipr, Gent, Lill, Due, Arras kabi Flandriya shaharlari ingichka movut ishlab chiqarish bilan mashhur bo’lgan va Evropaning ko’p mamlakatlarini ta’minlagan. Bu hududda kamdan-kam hollarda shaharlar eski rim manzilgohlari o’rnida paydo bo’lgan. Saharlar bu yerda asosan yangidan paydo bo’lgan. Keyinroq, XII-XIII asrlarda feodal munosabatlar rivoji sekin borgan shimoliy hududlarda, Reyn orti Germaniyasida, Skandinaviya mamlakatlarida, Irlandiya, Vengriya, Dunay knyazliklarida ham feodal shaharlar paydo bo’ladi. Bu erda hamma shaharlar yangi “savdo joylari” va portlardan o’sib chiqqan edi. Shimoliy va O’rta Italiyada, Flandriya va Brabantda shaharlar nisbatan qalin joylashgan. Boshqa hududlarda ham katta-kichik shaharlarning miqdori shunday bo’lganki, dehqon qishloqdan bir kunda shaharga borib-kelishi mumkin bo’lgan. Shaharlarning o’rni, paydo bo’lish vaqti va sharoitiga qaramasdan hammasi umumiy iqtisodiy jarayonning-hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ijtimoiy mehnat taqsimotining va uning asosida tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasi edi. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlov shaharlarda to’planib faqat shaharlarning emas, balki qishloqlarning ham ishlab chiqaruvchi kuchkari rivojlanishida katta o’rin tutgan. Dehqonlarning natural xo’jaligi tovar munosabatlariga tortilib boradi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashuvi, alohida hududlarning va xo’jalik tarmoqlarining ixtisoslashuvi (dehqonchilik, chorvachilik, konchilik, hunarmandchilikning turli sohalari) asosida ichki bozorning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. O’rta asr shaharlari aholisining asosiy qismini ishlab chiqarish sohasida va tovar muomalasida band bo’lgan kishilar tashkil qilgan. Turli sohadagi hunarmandlar bir vaqtning o’zida sotish bilan ham shug’ullanganlar Shu bilan bir qatorda aholining katta qismi xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatgan: savdo kemalari matroslari, yuk tashuvchilar, oshona xodimlari, sartaroshlar, karvonsaroy xizmatkorlari va boshqalar. Shaharliklarning ko’pchiligi shahar ichkarisida va tashqarisida dala, poliz maydonlari, chorva saqlaganlar. Bu XI-XIII asrlarda qishloq xo’jaligining etarlicha tovar xo’jaligiga aylanmaganligini ko’rsatadi. Sekinlik bilan shaharlarda mahalliy aholi orasidan maxsus savdogarlar etishib chiqadi. Bu yangi ijtimoiy qatlam bo’lib, faqat tovar ayirboshlov bilan shug’ullangan. Ilk o’rta asrlarning sayyor savdogarlaridan farq qilib, ular ichki savdo bilan shug’ullanganlar va shahar bilan qishloq o’rtasida ayirboshlov olib borganlar. Savdogarlik faoliyatining hunarmandchilikdan ajralishi navbatdagi ijtimoiy mehnat taqsimoti edi.


Siyosiy-ma’muriy markazlar hisoblangan katta shaharlarda feodallar o’z xizmatchilari bilan, ruhoniylar, qirol ma’muriyati vakillari yashashgan. G’arbiy Evropa o’rta asr shaharlari unchalik katta bo’lmay, odatda 1,5 yoki 3-5 ming kishini tashkil etgan. XIV-XV asrlarda 20-30 ming aholiga ega bo’lgan shaharlar katta hisoblangan. Faqat Parij, Milan, Venetsiya, Florentsiy, Qurdoba, Seviliya kabi shaharlargina 80-100 mingdan ortiq aholisi bo’lgan. O’rta asr shaharlari atrof qishloqlardan aholisi gavjumligi va tashqi qiyofasiga ko’ra farq qilgan. Bu shaharlar baland minorali, mustahkam darvozali baland tosh yoki yog’och devorlar bilan o’ralgan. Atroflari ba’zida mudofaa maqsadida chuqur xandaklar bilan to’sib olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan tuzilgan xalq qo’shini navbat bilan qorovullik qilgan. Shahar darvozalari tunda yopib qo’yilgan.Vaqt o’tishi bilan qurilishlar ko’payib shaharni o’rab olgan devor ichiga sig’may qoladi. Shundan keyin hunarmandlar shahar atrofida joylasha boshlaganlar. Odatda bir xil buyum tayyorlovchi hunarmandlar bir ko’chada yashaganlar. Shahar atrofida joylashgan bunday dahalar o’z navbatida yana devor bilan o’rab olingan. Bozor maydoni shaharning markazida joylashgan bo’lib, uning yonida sobor va ratusha o’rin olgan. Shahar devorlaridan tashqarida shaharliklarning poliz maydonlari, yaylovlari, erlari joylashgan. Mayda chorva ayrim hollarda (qo’y, echki, cho’chqa) shaharning o’zida boqilgan. Shahar devorlari hamma qurilishlarni sig’dira olmagani uchun ko’chalar juda tor bo’lgan.

Shaharlarning feodal – sen’orlar bilan kurashi


O’rta asr shaharlari feodallarning erida paydo bo’lgani uchun unga bo’ysunishi kerak edi. Shaharliklarning aksariyati azaldan shu erda yashab kelgan yoki qochib kelgan dehqonlardan iborat edi . Shahar sholisining hammasi feodalga tobe edi. Shahar savdosi va hunarmandchiligi qo’shimcha daromad keltirgani uchun feodal o’z erida shaharlar paydo bo’lishidan manfaatdor edi.

Paydo bo’lgan shaharlarda qishloqlardan kelib yashayotgan sobiq dehqonlar o’zlari bilan jamoa munosabatlari, urf-odat va an’analarini olib kelishgan. Bu tartiblar ilk o’rta asrlarda shahar boshqaruvini tashkil qilishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Biroq vaqt o’tishi bilan ular shahar jamiyatining ehtiyojlariga va talablariga mos keladigan shakl oladi. Feodallarning shaharlardan iloji boricha ko’proq foyda olishga intilishi shaharliklar va sen’orlar o’rtasida to’qnashuvga sabab bo’ladi. X-XIII asrlarda G’arbiy Evropa davlatlarida bunday kurash ko’plab shaharlarni qamrab olgan edi. Shaharliklar avval feodal zulmning og’ir ko’rinishlariga qarshi, feodal to’lovlarni kamaytirish uchun va savdoda imtiyozlar qo’lga kiritish uchun kurash olib borganlar. Keyinchalik bu olishuv shahar boshqaruvida qatnashish uchun siyosiy kurashga aylanadi. Tarixiy adabiyotlarga bu kurash “kommunal harakat” deb nom olgan. Bu kurashning qanday tugashi shaharlarning feodal sen’orga nisbatan mustaqillik darajasini, uning iqtisodiy yuksalishini va siyosiy tuzumini belgilagan. Ayrim hollarda shaharlar erkinlik va imtiyozlarni pulga sotib olishgan. Shundan ktyingi munosabatlar shahar xartiyasida qayd qilingan. Boshqa hollarda imtioyzlar, o’z-o’zini boshqaruv huquqi uzoq davom etgan qurolli kurash tufayli qo’lga kiritilgan.

Kommunal harakatlar Evropaning turli mamlakatlarida ularning tarixiy rivojlanishidan kelib chiqib har xil ko’rinishda sodir bo’ladi va har xil natija bilan tugaydi. Shimoliy va O’rta Italiyada, Janubiy Frantsiyada IX-XII asrlarda kuchli markaziy hokimiyat bo’lmagani uchun shaharliklar shu asrlardayoq mustaqillikni qo’lga kiritganlar. Shimoliy va O’rta Italiyaning ko’pgina shaharlari – Venetsiya, Genuya, Florentsiya, Siena, Lukka, Ravenna, Bolonya, Milan va b. shahar-davlatlarga aylanishgan.

XII-XIII asrlarda Germaniyaning Lyubek, Gamburg, Bremen, Nyurnberg, Augsburg, Frankfurt – Mayn kabi shaharlari mustaqil bo’lib, ular “erkin shaharlar” deb atalgan. Ular nomiga imperatorga bo`ysungan, haqiqatda mustaqil shahar-respublikalar hisoblangan. Bunday shaharlar burgomistr rahbarligidagi shahar kengashi tomonidan boshqarilgan. Ular mustaqil urush e’lon qilish, sulh tuzish, pul zarb qilish huquqiga ega bo`lganlar. Shimoliy Frantsiyaning Amen, Sen – Kanten, Nuayon, Suasson, Lan kabi, Flandriyaning – Gent, Brugge, Ipr, Lill , Due, Sent – Omer, Arras kabi shaharlari o`zlarining sen’orlari bilan uzoq kurash orqali o’z-o’zini boshqaradigan kommunalarga aylangan. Ular o’z oralaridan shahar kengashini, uning rahbari – merni va boshqa amaldorlarni saylashgan, o’zlarining shahar sudiga, harbiy qo’shini, moliyasiga va soliq tizimiga ega bo’lishgan. Shahar kommunalar sen’orga barshchina va obrok to’lovidan ozod bo’lganlar. To’lov va majburiyatlar evaziga shaharlar feodalga belgilab qo’yilgan pul to’lashgan va urush vaqtida harbiy qo’shin etkazib berganlar. Shahar kommunalar shahar atrofida yashayotgan dehqonlarga nisbatan kollektiv sen’or bo’lishgan, ikkinchi tomondan shaharlar ma’lum qaramlikni saqlab qolgan holda o’z sen’orlarining kollektiv vassali hisoblangan.

Ayrim katta va boy shaharlar kuchli markazlashgan hokimiyatga ega bo’lgan davlatlarda o’z-o’zini boshqarish huquqini qo’lga kirita olmaganlar. Bu ayniqsa qirollik erlarida joylashgan shaharlarga xosdir.

Bu shaharlar ayrim imtiyoz va erkinliklarga ega bo’lganlar, shahar bodhqaruv organlarini saylashgan, lekin boshqaruv qirol yoki sen’or tayinlagan amaldor bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatgan. (M. Parij, Orlean, Burj, Lorris, Shartr-Frantsiyada, London, Linkoln, Ipsvich, Oksford, Kembridj, Gloster, Norij, York-Angliyada) Boshqarishning bunday shakli Irlandiyada, Skandinaviya mamlakatlarida, Germaniyaning ba’zi hududlarida va Vengriyada tarqalgan. Shaharlar olgan imtiyozlar immunitet imtiyozlarga o’xshash bo’lib, feodal xarakterga ega edi. Ko’plab shaharlar etarlicha kuchga va kurashish uchun mablag’ga ega bo’lmay, to’la sen’or ma’muriyati boshqaruviga bo’ysunganlar.



Kurashlar natijasida shaharliklar krepostnoy qaramlikdan qutulishgan. O’rta asr Evropasida qaror topgan tartibga ko’ra, shaharga qochgan krepostnoy ma’lum muddat yashagach, (Germaniya va Angliyada 1 yilu 1 kun) erkin hisoblangan. “Shahar havosi kishini erkin qiladi” – degan maqol paydo bo’lgan edi. Shaharlarning o’sishi, shaharlarning shakllanishi, hunarmandchilik va savdo korporatsiyalarining kengayishi va shaharliklarning kurashi jarayonida o’rta asr Evropasida alohida shaharliklar tabaqasi yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan bu yangi tabaqa hunarmandchilik-savdo faoliyati va mulkchilik munosabatlari bilan bog’langan edi. Siyosiy-huquqiy jihatdan bu tabaqaning hamma a’zolari bir qator imtiyoz va erkinliklarga ega edi. (shaxsan erkin, shahar sudiga murojaat huquqi, shahar qo’shinida ishtirok etish), ya’ni to’la huquqli fuqarolik maqomiga ega hisoblanganlar. Dastlab bu tabaqa vakillari “burger” tushunchasi bilan ifodalangan. (bu vaqt barcha shaharliklarni “burger” deb atashgan, german tilidan “burg” –shahar, frantsuzcha “bourgeoisie – shaharlik) Ijtimoiy va mulkiy ahvoliga ko’ra o’rta asrlarning shaharliklar tabaqasi yaxlit emas edi. Ular shahar patrisiatiga, mulkdor savdogar va hunarmandlarga va nihoyat shahar plebsiga ajralgan. Bu toifalarning rivojlanishi bilan “burger” atamasi o’z ahamiyatini o’zgartiradi. XII-XIII asrlarga kelib bu atama shaharliklaning to’la huquqli, boy, shahar boshqaruvida ishtirok etadigan fuqarolariga nisbatan ishlatilgan. XIV-XV asrlarda esa burger atamasi shaharliklarning boy savdo hunarmand toifasiga nisbatan qo’llanilgan. Bu toifadan keyinchalik burjuaziyaning vakillari etishib chiqadi. Feodal jamiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotida shahrliklar alohida o’rin tutgan. Keyinchalik shaharliklar toifa-vakillik majlislarida muhim rol o’ynaydilar. O’rta asr shaharlari aholisi yagona ijtimoiy qatlam bo’lmasada, ular shaharliklar toifasi degan maqom olgan. Shaharlarda korporativ tuzum mavjudligi ularning tarqoqligini mustahkamlagan.

Evropada savdo va kredit ishlarining rivojlanishi.
XI-XV asrlarda G’arbiy Evropada shaharlarning o’sishi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaharlar qishloq okrug bilan ayirboshlov qilinadigan mahalliy bozorni shakllantirgan va shu asosda yagona ichki bozorni paydo bo’lishiga sharoit yaratgan. Rivojlangan feodalizm davrida ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan savdolar olib boradigan vositachilik savdosining salmog’i yuqori bo’lgan (hajmi va qiymatiga ko’ra) XIII-XV asrlarda bunday hududlararo savdo Evropaning ikki joyida jamlangan edi. Ulardan birinchisi O’rta Er dengizi zonasida bo’lib, Ispaniya, Frantsiya va Italiyani o’zaro, hamda ularni Vizantiya va Sharq mamlakatlari bilan bo’lagan. XII-XI-XIII asrlarda, salib yurishlaridan keyin vizantiyaliklar va arablar bu savdoda ahamiyatlarini yuqotadilar, Genuya, Venetsiya, Marsel, Barselona savdogarlari ularni o’rnini egallayshadi. Ziynat buyumlari, ziravorlar, g’alla sharq mamlakatlaridan keltirilgan. Sharqqa metall buyumlar va qullar sotilgan. Evropa savdosining 2-markazi Boltiq va Shimoliy dengizlarni o’z ichiga olgan. Bu avdoda Rusning shimoli-g’arbiy viloyatlari (Novgorod, Pskov, Polotsk), Boltiqbo’yi himoliy Germaniya, Skandinaviya davlatlari, Flandriya, Brabant, Niderlandiya, himoliy Frantsiya, Angliya ishtirok etgan. Bu rayonda keng iste’mol mollari bilan savdo qilganlar: baliq, tuz, mo’yna, jun, movut, mum, zig’ir, smola, o’rmon (ayniqsa kemasozlik uchun), XV asrdan boshlab g’alla bilan savdo qilganlar. Xalqaro savdoning bu ikki rayonini bog’lab turgan yo’llar Alp davonlari va Reyn orqali o’tgan va Reyn bo’yidagi ko’plab sharlar bu vosita savdosida bog’langan edi. XII-XIII asrlarda Frantsiya, Italiya, Germaniya va Angliyada paydo bo’lgan yarmarkalar savdoda katta ahamiyatga ega bo’lgan. XII-XIII asrlarda Frantsiyaning Shampan grafligida yil bo’yi davom etadigan yarmarkada Evropaning ko’plab mamlakatlaridan savdogarlar qatnashgan. Venetsiya va Genuyaliklar sharq tovarlarini keltirib sotganlar. Flamandlar va Florentsiyaliklar – yaxshi movut, Germaniya savdogarlari – zig’ir, matolar, chexlarcharm, metall, Angliyaliklar – jun, qalay, temir, qo’rg’oshin va b. sotganlar. XIV-XV asrlarda Evropa yarmarka savdosining markazi Brugge shahriga ko’chadi. Tovar xo’jaligi va savdoning rivojlanishiga qaramay bu davrda hali qishloqlarda natural xo’jalik hukmronligi, feodal tarqoqlik savdo aloqalarini rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan edi. Ko’prikdan, daryo kechuvlaridan yoki bir feodal yeridan boshqa feodal eriga o’tagnda savdogarlardan har xil to’lovlar undirilgan. Ritsarlar, qaroqchilar hujumlari ham savdo karvonlariga jiddiy xavf solib turgan. Tovar – pul munosabatlari va ayirboshlovning rivojlanishi savdogar va sudxo’rlar qo’lida pul kapitalining to’planishiga olib keladi. Pul almashtirish operasiyalari ham pulning ma’lum kishilar qo’lida to’planishiga olib keladi. O’rta asrlarda qirollar, sen’orlar, episkoplar va shaharlar hammasi o’z pullarini zarb qilganlar. Pullarning bunday turli tumanligi pul almashtirib beruvchilik bilan shug’ullanuvchilarga ehtiyoj yaratgan. Bunday kasb bilan mashg’ul kishilarni sarroflar deyishgan. Sarroflar faqat almashtirish bilan emas, pul ko’chirib berish bilan ham shug’ullanganlar. Shu asosda kredit operasiyalari paydo bo’ladi. Pul almashtirish va ko’chirish operasiyalari maxsus bank idoralarini tuzilishiga olib keladi. Birinchi bank Shimoliy Italiyada – Lombardiyada paypaydo bo’ladi. O’rta asrlarda “lombardiyalik” iborasi sudxo’r va bankirga sinonim sifatida qo’llanilgan. XIV-XV asrlardagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishi tufayli shaharlarning yirik savdogarlari qo’lida katta pul mablag’ to’planib, savdo kapitali paydo bo’ladi. Savdo kapitali ishlab chiqarish sohasiga kirib boradi. Savdogar xom-ashyoni yalpisiga sotib olib, hunarmandlarga sotgan, keyin ulardan mahsulotni sotib olib, chekka hududlarda narxinu oshirib sotadi. Bularning natijasida kam ta’minlangan hunarmand savdogarga qaram bo’lib qoladi, endi mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi emas, o’z ustaxonasida ishlaydigan yollanma ishchiga aylanadi. Savdo sudxo’rlik kapitalining ishlab chiqarishga kirib borishi hunarmandchilik ishlab chiqarishda kapitalistik manufakturalar paydo bo’lishining manbai bo’lgan. Shaharlarda kapitalistik manufakturalar paydo bo’lishining boshqa kurtagi – usto bo’lishiga imkoni bo’lmagan shogird va xalfalarning doimiy yollanma ishchilarga aylanishi hisoblanadi. Lekin XIV-XV asrlarda kapitalistik munosabatlar faqat yirik shaharlardagina va ishlab chiqarishning rivojlangan tarmoqlaridagina paydo bo’ladi (asosan movutsozlikda). Shuning uchun bu davrda kapitalistik ukladning qaror topganligini ta’kidlash qiyin. Savdo va sudxo’rlikdan to’plangan kapital asosan ishlab chiqarishni kengaytirishga emas ,er sotib olishga sarflangan. Yer egalari shu yo’l bilan hukmron sinf safiga qo’shilganlar .

Shaharlar tovar ishlab chiqarishining markazi sifatida qishloqlarga har tomonlama ta’sir ko’rsatgan. Qishloqlarda shahar hunarmandlari tayyorlagan keng iste’mol mollari xarid qilingan: poyafzal, kiyim, metall buyumlar va h. G’alla, vino, jun, chorva kabi qishloq xo’jalik mahsulotlari ham savdo muomalasiga kirib boradi. Natijada ko’plab mahalliy bozorlar vujudga kelishi keng ichki bozorning qaror topishiga asos bo’ladi. Shu asosda mamlakat hududlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar mustahkamlanadi. Dehqon xo’jaliklari bozor aloqalariga kirib borgan sari ular orasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish kuchayadi. Dehqonlar orasidan boylari va kambag’allari, ba’zida umuman ersiz, boy dehqonlarga yoki feodallarga yollanib ishlaydigan batraklar ajralib chiqadi. Kambag’allardan bir qismi shaharlarga ketib qolib, shahar plebsi safiga qo’shiladi. Ba’zi boy dehqonlar shaharlarga ko’chib kelgan va to’plangan mablag’larni savdo sohasiga sarflaganlar. Dehqon xo’jaliklari bilan bir qatorda feodallarning domen xo’jaliklarini ham tovar-pul munosabatlariga tortilishi ular orasidagi o’zaro munosabatlarga o’zgarish kiritadi. Evropaning ko’p davlatlari – Italiya, Frantsiya, G’arbiy Germaniya, qisman Angliyada XII-XV asrlarda feodal rentasini kommutasiya qilishga-ishlab berish (barshchina) va mahsulot obrogini pul to’lovi bilan almashtirganlar. Etishtirish va sotish tashvishlari hammasi dehqon zimmasiga yuklatilgan. Rivojlanishning bunday yo’li XIII-XV asrlarda domenning yuqolishiga, feodalning yerlarini dehqonlarga ijaraga berilishiga olib keladi. Dehqonlarning asosiy qismini shahsan qaramlikdan xolos bo’lishi ham domenning yuqolishi va feodal rentasining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, bu Evropaning ko’p davlatlarida XV asrda nihoyasiga etadi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlari orqali tashqi bozor bilan aloqa qilish imkoniyati yaratilgan ba’zi hududlarga bunday aloqaga faqat yirik feodallarning imkoniyati bo’lgan (Janubi-Sharqiy Angliya, Markaziy va Sharqiy Germaniya). Shuning uchun rivojlanish boshqa yo’l bilan boradi: bu erda feodallar aksincha, domenlarini kengaytirishadi, bu esa barshchinani ko’paytirib, dehqonlarni krepostnoylikka tortishga urinishni kuchaytiradi.
Salib yurishlari


  1. Salib yurishlarining shart – sharoitlari va uning xarakteri.

  2. Salib yurishlari boshlanishi va sharqda salibchilar davlatlarining paydo bo’lishi.

  3. Salib yurishlari tugashi sababi. Salib yurishlarining oqibatlari.

Salib yurishlari G’arbiy Evropa feodallarining Sharqiy O’rta Yer dengizi mamlakatlariga deyarli ikki asr mobaynida uyushtirgan harbiy yurishlari bo'lib, 1096 yildan 1270 yilgacha davom etgan. Yurishlarning tashkilotchisi katolig cherkovi bo’lgan, shunga ko’ra salibchilar harakati diniy tus olib, “muqaddas joylar” uchun xristianlarning musulmonlar bilan urushi niqobi ostida olib borilgan.

G’arbiy Evropa feodallarning Sharq mamlakatlariga ommaviy yurishlari rivojlangan feodalizmga o’tilish davridagi Evropa va yaqin Sharqdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar natijasi edi.

Savdoning rivojlanishi va shaharlarning o’sishi bilan feodallarning ehtiyojlari ham oshadi.

Qaram dehqonlarning to’lovlarini oshirish evaziga bu ehtiyojni qondira olmasdan, boylik orttirishning manbaini tashqaridan izlay boshlaydilar.

Sharqdan erlar qo’lga kiritilib o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilgan katolik cherkovi ham bu yurishlardan foyda izlaydi. Bu vaqtda G’arbiy Evropada ko’plab “ortiqcha” ritsarlar to’planib qolgan edi. Harbiy lenlar miqdori chegaralangan bo’lib, ritsarlarning kichik o’g’illari er ololmasdan harbiy xizmatga o’tib, yoki urushlar orqali boylik to’plab, o’z toifasiga mos keladigan hayot kechirishga harakat qilganlar. Sharq mamlakatlari nimasi bilan G'arbiy Yevropa feodallarini qiziqtirgan?

Bu vaqtlarda Yaqin Sharq o’zining moddiy va ma’naviy taraqqiyot darajasiga ko’ra Evroradan uzib ketgan edi. Sharqdan va Vizantiyadan Evropaga qimmatbaho mollar, ziynat buyumlari keltirib sotganlar. Natijada Yevropaliklar nazdida Sharq dunyosining yerdagi jannat ekanligi haqidagi tasavvurlar shakllangan. Sayyohlar, savdogarlar Sharq shaharlarining afsonaviy boyligi haqida so’zlab yurgan. Shuning uchun bu erlarni qo’lga kiritish feodallarni va ritsarlarni maqsadiga aylanadi.

XI asr oxiriga kelib yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyat bu bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga to'la qo’l kelgan. Turk-saljuqlar 1055 yili Bog’dodni egallashadi. 1071 yili esa Mansikert jangida (Armaniston hududi) Vizantiya qo’shinlarini engib Kichik Osiyoni, Suriya va falastinni Quddus shahri bilan egallashadi. Quddus shahrida esa xristianlarning asosiy muhaddas joylari joylashgan. “Payg’ambar qabrini qutqazish” bahonasi bilan katolik cherkovi musulmonlarga qarshi urushni targ’ibot qila boshlaydi. Vizantiyaning yordam so’rab G’arbiy Evropa davlatlariga muroojati tashviqotning muvaffaqiyatlariga yordam beradi. Vizantiya XI asr oxirida juda bir murakkab vaziyatni boshidan kechirayotgan edi. Chunki saljuqiy turklar Shimolga siljishda davom etib, deyarli Bosfor bo'g'ozigacha borib, Konstantinopoldan 100 km.dan ham yaqinroq bo'lgan Nikeya shahrini egallab, uni poytaxtga aylantiradilar. Bu ma'lum darajada xristianlarning muqaddas joylarga ziyoratini qilishlarini qiyinlashtirib qo'yadi. xristianlarning Italiyaning janubidan normannlar ham Bolqon yarim oroliga kirib kelib Epir va Daraxiyni egallashadi, Makedoniya va Fessaliyani esa vayron qiladilar. Bir ilojini qilib imperator Aleksey I Komnin ularni quvib chiqarishga erishgan bir paytda shimoldan pecheneglar va poloveslar Konstantinopolga bostirib kiradilar. Turklar amiri Chaxa ular bilan birgalikda Konstantinopolni bosib olish haqida muzokara boshlaydi. Bular bari Vizantiya imperatori Aleksey I Komninni harbiy yordam so’rab papa va Evropa qirollariga murojaat qilishga undaydi. Imperatorning murojaati feodallarning va cherkovni ko’zlab yurgan maqsadlarini amalga oshirishiga bahona bo’ladi.

Salib yurishlarida dastlab feodallar bilan birga aholining keng qatlamlari qatnashadi. Ularni barchasini xristianlarning muqaddas joylarini qutqazish shiori birlashtirsa-da, har birining ianfaat va maqsadlari turlicha bo'lgan. Feodallar, ritsarlar uchun erlar egallash, boylik orttirish bu yurishning asosiy maqsadi edi. Yirk sen’orlar sharqda mustaqil knyazliklar tuzishga harakat qilganlar. Ko'p sonli ritsarlar istilo qilingan mamlakatlarda lenlar olishni ko’zlagan. Ruhoniylar cherkovning daromadli lavozimlarini va yerlar olishni umid qilganlar. Papa bu yurishlarning tashkilotchisi va yagona rahnamosi vazifasini bajarib, bir tomondan cherkov erlariga tahdid solib turgan ritsarlarni Evropadan yuqotish, boshqa tomondan esa katolik cherkovi ustidangina emas, balki butun g'arb davlatlari ustidan hukmronlikni mustahkamlashga harakat qiladi. Shu bilan bir vaqtda yaqinginada yagona cherkovdan ajralib chiqqan sharqiy provaslaviya ustidan ham papa ta'sirini o'rnatishni maqsad qiladi. Papa Grigoriy VII davridayoq (1073- 1085 yy.) «muqaddas joylar»ni zabt etish va shuning asosida provaslaviya va katolik cherkovini birlashtirish rejalashtirilgan edi. Bunday sharoitda musulmon mamlakatlarida provaslaviya emas, katolik yo'nalishi tarqalishiga papa umid bog'lagan.

Sharqda yangi davlatlar va cherkov egaliklari tashkil qilish evaziga papa xazinasiga yangi daromad manbai topish ham bu rijaga kirgan.

O’z mamlakatlarida feodal zulmdan qiynalgan dehqonlar “dengiz orti”da ozod bo’lib olishni, er olishni, boyib ketishni ko’zlaganlar. Lekin bu umidlar booshdanoq chippakka chiqib, keyingi salib yurishlari kambag'allar orasida avvalgidek qiziqish uyg'otmagan.

Yurishlarda Venetsiya, Genuya, Piza kabi Shimoliy Italiya shahar-respublikalari savdogarlari ham qatnashadi. Ular Levant savdosida o’z mavqeini mustahkamlash va kengaytirish, yangi savdo bazalari yaratish, Sharqiy O'rta Yer dengizida koloniyalarga asos solishga uringanlar. 1095 yil noyabrda papa Urban II Klermonda sobor chaqirib qirollarni, feodallarni va hammani qo’liga qurol olib Sharqqa “payg’ambar qabrini qutqazish” uchun urushga da’rat qilib, urush qatnashchilarining gunohlaridan ozod qiladi. Aholini keng jalb qilish uchun yurish qatnashchilarining cherkovga qarzlaridan kechish va'da qilinadi, mulklarini saqlab turishga va’da beradi. Salibchilar cherkovning alohida homiyligiga olinadi. Birinchi bo'lib yurishga chiqqan Fransiyalik va G’arbiy Germaniyalik kambag’allarga Pyotr (Amyen shahridan) va kambag'allashib qolgan risar Valter Golyak boshchilik qiladi. Ular shoshilinch ravishda arzonga mulklarini sotib, yo’lga kerakli yarog va buyumlar qimmatga sotib olishadi. (Cherkov shuni kutgandi ham) Ba’zida oilasi va kichik bolalarini ham o’zlari bilan olishadi. Yo’lda har xil to’dalar evaziga qatnashchilar ko’payib boradi. Salibchilar yo’lda qishloqlarni talab, evreylarni qaqshatib, 1096 yil yozida Konstantinopolgacha etib kelishadi. Qatnashchilarning yarmigina (40 mingga yaqin) etib kelgandi, qolganlari to’qnashuvlarda, kasallikdan va ochlikldan o’lib ketadi.

Vizantiya imperatori Aleksey I Komnin ularni risarlar kelgunicha ushlab turish kerakligini anglasa-da, ular orasida vahshiylarcha talonchilik boshlanganini ko'rib, bu vahshiylar to’dasini Bosfor orqali Kichik osiyoga o'tkazib yuborishni afzal ko'radi. Kichik Osiyoga o'tgan salibchilar Nikeyaga borishda 1096 yil oktabrida saljuq-turklar bilan birinchi to'qnashuvdayoq deyarli hammasi qirib tashlanadi.

Shu yil yozda Sharqqa qarab Evropa feodallari yo’l oladi. Ritsarlar erlarini sotib yoki qarovga berib yaxshi qirollanishadi. Bu erlarni episkoplar, abbatlar sotib olib cherkov erlarini kengaytiradi.

Gersog Godfrua Bulonskiy boshchiligidagi Iotaringiya feodalari birinchi yo’l olishadi. Janubiy Italiya normann ritsarlariga Boemunt Tarent boshqaradi. Janubiy Frantsiya ritsarlarini Raymund Tuluzalik, Shimoliy va O’rta Frantsiya ritsarlarini gersog Robert Normandiyalik, Graf Et’en va graf Robert II Flandriyalik yo’lga boshlaydi. Bu ritsarlar otryadlari har xil yo’llar bilan alohida borishadi. 1096 yil oxiri – 1097 yil boshlarida salibchilar Konstantinopolga etib kela boshlashadi. Ular Vizantiya odatlarini oyoq osti qilib, mahalliy aholini talay boshlaydi.

Imperator Aleksey I ritsarlarni Kichik Osiyoga o’tkazib yuboradi. XI asrda kichik osiyoda bir-biriga dushman kayfiyatda bo’lgan saljuq davlatlari salibchilarga qarshi birlashmaydi.

1098 yil boshida Balduin Flandriyalik Edessani qolga oladi va birinchi salibchilar davlati - Edessa grafligini tuzadi. Shundan keyin Suriyadagi Antioxiya shahri qattiq qarshilikdan so’ng qolga olinadi va Boemund Tarent boshchiligida ikiinchi salibchilar davlati – Antioxiya knyazligiga asos solinadi. Suriyadan salibchilar Falastinga o’tishadi. 1099 yil yozida ular Quddusni qo’lga oladilar. Faqat bosh machitning o’ziga 10 ming musulmon qirirb tashlanadi. Quddusdan keyin salibchilar Sharqiy O’rta Er dengizi sohillarini egallaydilar. Venetsiya, Genuya, Pizaliklar floti yordamida port shaharlari qo’lga olinadi. Baron va ritsarlar katta er egaliklari egasiga aylanadi. Dehqonlar engil shartlar bilan er olishadi, ba’zilariga ritsarlik unvoni beriladi. XII asr boshida Sharqda to’rtta salibchilar davlati qaror topadi: Quddus qirolligi, Tripoli grafligi, Antioxiya knyazligi, Edessa grafligi . Salibchilar davlatida asosan Frantsiyadagi Tartiblar qaror topadi . Feodal huquqi “Quddus assizlari” bilan belgilanadi. Quddus qiroli oliy sen’or hisoblanib, qolgan uch davlat hukmdori uning vassali bo’lgan. Baron va ritsarlar feodlar uchun qirolga harbiy xizmat o’tashlari kerak bo’lgan. Quddus qiroli “Oliy palata” bilan kelishgan, sulh tuzgan. Mahalliy aholi krepostnoylarga aylantirilgan, barshchina o’tab, 1G'3 hosilni mahsulot obrogi sifatida hukmdoriga bergan. O’zlari qo’lga kiritgan erlarni mudofaa qilish va kengaytirish uchun tamplierlar (xram) va ioanniylar (gospital’erlar) ruhoniy – monax ordenlari tuziladi. Keyinchalik nemis ritsarlarining tevton ordeni tuziladi. Tampliyerlar qizil xoch tushirilgan oq xalat, gospitalyerlar aksincha, oq xoch tushirilga qizil xalat, tevton risarlari qora xoch tushirilgan oq xalat kiyib yurishgan. Xalat ostida risarlik anjomlari kiyib, doim jangga tayyor turishgan. Ordenning rahbari bo’lgan “Buyuk Magistr” to’g’ridan-to`g`ri papaga bo’sungan.

XII asr boshida musulmon knyazliklari birlasha boshlaganlar va salibchilar qo’lga kiritgan mulklaridan mahrum bo’la boshlaydilar. 1144 yil Mosul hukmdori Edessaniegallaydi, Bunga javoban ikkinchi salib yurishi tashki qilinadi. (1147-1149) Abbat Klervo bu yurishni. Tashkil qiladi. Frantsuz qiroli Ludovik VII nemis qiroli Konrad III boshchilik qilgan bu yurish mag’lubiyat bilan tugaydi. Nemis salibchilarini kichik osiyoda saljuqlar tor-mor keltiradi Frantsuzlar Damashqni ololmasdan qaytib ketishadi.

XII asr o’rtasida O’rta Yer dengizida o’z hukmronliklarini o’rnatishga uringan Evropa qirollari o’rtasida va ular bilan Vizantiya O’rtasida jiddiy kelishmovchiliklar paydo bo’ladi.

XII asr II yarmida Misr va Suriya bilan Mesopotamiyaning bir qismi birlashadi. Bu davlatning hukmdori sulton Salohiddin edi. U salibchilarni yengib, Quddusni egallaydi. Bu 3-salib yurishlariga bahona bo’ladi. (1189-1192) Yurishda Frantsuya Germaniya va Angliya feodallari qatnashadi. Yurishga German imperatori Fridrix I Barbarossa, Frantsiya qiroli Filipp II Avgust, Angliya qiroli Richard I Sheryurak rahbarlik qiladi. Fridrix I Barbarossa Vizantiyaga dushman kayfiyatda bo’lgani uchun uning dushmani Ikoniya sultoni bilan bitimga boradi. Bunga javoban Vizantiya Germaniya dushmani Misr sultoni Salohiddin bilan ittifoq tuzadi. Nemis ritsarlari Kichik Osiyoning Kilikiya yaqinida daryodan o’tish paytida Fridrix I Barbarossa cho’kib ketadi. Nemis ritsarlari Germaniyaga qaytib ketadi. Frantsuzlar va inglizlar yurish vaqtida murosaaga kela olmaydilar. Richard I O’rta Er dengizida mustahkamlanishga va Sitsiliyani egallashga urinadi, lekin frantsuz va nemis qiroli yo’l qo’ymaydi. Richard Kiprni ishg’ol qilib, Akrani qaram qilgandan keyin frantsuzlar va inglizlar o’rtasida adovat yana kuchayadi. Filipp vataniga qaytib inglizlar bilan urush tayyorgarligini ko’ra boshlaydi. Richard Quddusni ololmasdan Salohiddindan uch yil ziyoratchilar va savdogarlar Quddusga kelib-ketish huquqini olish bilan cheklanadi. Angliyaga qaytish chog’ida Richard o’z raqibi, yangi nemis qiroli Genrix IV ga asir tushib, 1,5 yildan so’ng katta to’lov evaziga xolos bo’ladi.

Papa Innokentiy III tashkil qilgan 4-salib yurishi salib yurishlarining haqiqiy mazmunini to’laroq aks ettirdi. Innokentiy III Sharqiy cherkovni Rimga bo’ysundirish va papa teouratiyasini o’rnatishga harakat qiladi.

Tayyorgarlik vaqtidayoq salibchilar Falastinga dengiz orqali borishga qaror qildilar. Ularga kemalarni Venetsiya respublikasi 85 ming kumush marka hisobiga ijaraga berishni zimmasiga oldi.

Salibchilar ijara haqida to’liq bera olmasdan, Venetsiyaning talabiga binoan uning asosiy savdo raqobatchisi Vizantiyaga qarshi urush boshlashga majbur bo’ldilar. Bunda asosiy bahona Vizantiyaning qonuniy imperatori Isak II ni taxtda tiklash bo’ldi. Natijada salibchilar xristianlarga qarshi urush boshlab, 1204 yil Konstantinopolni ishg’ol qildilar. Salibchilar talonchiligidan faqat savdogarlar, shahar aholisi aziyat chekib qolmasdan, ibodatxonalar ham ship-shiydon qilindi. Shahar uch kun davomida yong’in girdobida qoldi. Salibchilar hatto Muqaddas Sofiya ibodatxonasini ham talashdi. Qimmatbaho buyumlar sindirilib, bo’lishib olindi. Salibchilar Vizantiya hududining yarmiga yaqin yerlarda yangi davlat – Lotin imperiyasini tuzdilar. Faqat Nikeya imperatori Mixail VIII tomonidan Vizantiya imperiyasi 1261 yilda qayta tiklandi.

4-salib yurishidan keyin katolik cherkoviga yangi salib yurishlari tashkil qilish qiyinlashib qoladi.

XIII asrda bir necha salib yurichlari tachkil qilinadi, lekin ular muvaffaqiyatsiz chiqadi. 5-salib yurishida (1217-1221y) nemis, ingliz, golland va vengr ritsarlari qatnashadi. Salibchilar Nil daryosi bo’yidagi Damietta qasrini qo’lga oladilar, lekin yana qaytarishga va Misrni tashlab ketishga majbur bo’ladilar.

1228-1229 yillarda nemis imperatori Fridrix II 6-salib yurishini tashkil qiladi. Unda nemis, frantsuz, ingliz, ital’yan ritsarlari ishtirok etadi. Misrning Damashq sultoni bilan janjalidan foydalanib, Fridrix Misr sultoni bilan shartnoma tuzadi va unga ko’ra Quddusni va Falastindagi bir qator shaharlarni oladi. 1244 yil musulmonlar Quddusni butunlay qaytarib oldilar.

7 va 8-salib yurishlari frantsuz qiroli Lyudovik IX tomonidan tashkil qilindi. Janubiy Fransiya shaharlari savdo alokalari olib boradigan Urta Yer dengizi hududi va Shimoliy Afrikada mustahkam mavqeni egallash yurishning asosiy maqsadi edi. 7-yurish vaqtida (1248-1254y) fransuz qiroli Misr sultoniga asir tushib qoladi va katta o’lpon evaziga ozod bo’ladi.

8-yurish ham Lyudovik IX tomonidan tashkil qilinadi (1270 y). Tunis sohilida salibchilar orasida kasallik tarqaladi va qirol ham shu kasallikdan o’ladi.



Salibchilar harakati to’xtashining sabablari. Bu muvaffaqiyatsizliklar salib yurishlarining samarasiz ekanligini ko'rsatdi. XIII asrning oxirlariga kelib salib yurishlari harakati to’xtadi. G’arbiy Evropada yuz bergan jtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar buning asosiy sababi edi. Ishlab chiqarish kuchlari va ish qrollarining o’sib takomillashuvi tabiiy ofatlardan keladigan talofatlarni kamaytirib, hosildorlikning ortishiga olib keldi. Dehqonlarning yersizlangan qismi toboro yuksalayotgan shaharlarga o’tdi.

Qirol hokimiyati kuchayishi bilan risarlar bilan olib boriladigan o'zaro feodal urushlar kamayib ketdi. Risarlar uchun o'zaro urushlarda ishtirok etishdan ko’ra qirol gvardiyasida xizmat qilish afzal bo’lib qoldi. Bundan tashqari, nemis risarlari Laba va Odrabo'yi slavyanlarini, Sharqiy Boltiqbo'yi qabilalarini bo'ysundirish bilan band bo'lganlar. Fransuz risarlari XIII asr boshlarida Langedok va Ispaniya mavrlariga qarshi urush uyushtirganlar. Angliya feodallari Uels va Irlandiyadagi ichki urushlar bilan ovunib qolganlar.

Va nihoyat, savdogarlar ham salib yurishlarida ishtirok etishni istamay qo'yganlar. Venesiyalik, Genuyalik, provansal va kataloniyalik savdogarlar salibchilardan yordam so'rashdan ko'ra, musulmon savdogarlari bilan savdo bitimlari tuzishni afzal ko'rganlar.




Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə