Blackcurse


Salib yurishlarining g’oyaviy raxbari va targ’ibotchisi bo’lgan Rim papalari XIII asrdan o’z siyosiy mavqeini yo’qota boshladi. Bunga G’arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarda qirol hokimiyatining k



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə5/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Salib yurishlarining g’oyaviy raxbari va targ’ibotchisi bo’lgan Rim papalari XIII asrdan o’z siyosiy mavqeini yo’qota boshladi. Bunga G’arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarda qirol hokimiyatining kuchayishi sabab bo’ldi.


XI asr oxiridan to XIII asrning uchinchi choragiga qadar davom etgan Yevropa feodallarining Sharqdagi bosqinchilik urushlari bo’lgan salib yurishlari shu tariqa tugadi.

Salib yurishlari Yevropa uchun ham ko'p talafotlar va vayronagarchiliklarga sabab bo'lgan. Ammo yurishlar G'arbiy Yevropadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirib, G'arbiy Yevropa taraqqiyotida ma'lum bir ijobiy rol o'ynadi. Ular g'arb davlatlarida savdo, hunarmandchilikning rivojlanishiga va tovar-pul munosabatlarining tarqalishiga zamin tayyorladi. Natural rentani pul solig'i bilan almashtirish jarayoni tezlashdi va bu holat dehqonlarning krepostnoy qaramligini bir oz yumshatadi.

Salib yurishlari G'arbiy Yevropa ba'zi davlatlarining siyosiy markazlashishini tezlashuviga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan. Jangovor feodallarning katta qismini uzoq yurtlarga ketishi qirol hokimiyatining mamlakatni siyosiy birlashtirish uchun kurashini osonlashtirgan.

Yuqori ma'naviy va moddiy madaniyatga ega bo'lgan aholi bilan uzoq vaqt munosabatda bo'lish sharqning xo'jaligidagi va maishiy turmushidagi yutuqlarni Yevropada ham tarqalishiga olib keladi. Yevropada XII-XIII asrdan ko'plab qishloq xo'jalik ekinlari-guruch, grechka, tarvuz, o'rik tarqaladi. Limon daraxtlari keltirildi. Qit’aning janubiy hududlarida shakarqamish ekish yo’lga qo’yildi. Damashqdan olib kelingan atirgul navi ko’plab mamlakatlarga tarqaldi. Salibchilar Suriyada birinchi marta ko’rgan shamol tegirmonlari XII asrdan Yevropada ham qurila boshladi. Hunarmandchilik sohasida Yevropaliklar qimmatbaho buyumlar tayyorlashni, ma'danlarni toblashni o'rganganlar. Sharq hunarmandlari to’qigan ba’zi nafis gazlamalar: “atlas” (arabcha so’z , chiroyli degani), muslim, damast va boshqalar Yevropaga keltirilib, ulardan liboslar tikila boshladi.

Arablardan XII asrda keltirilgan aloqa kaptarlaridan ko’plab mamlakatlarda keng foydalana boshladilar. Turmushda hammomlar, ichki kiyim almashtirish, dasturxon, ovqatlanishdan oldin qo'l yuvish kabi odatlar qo'llanila boshlandi.

Salib yurishlari O'rta Yer dengizi havzasidagi savdoda Yevropalik savdogarlar mavqeini mustahkamladi, xalqaro munosabatlarga ham jiddiy o'zgarishlar kiritdi, bu hududdagi savdoda Vizantiyaga o'nglab bo'lmas zarba berilgan edi. Sharqiy O'rta Yer dengizi hududlarida shimoliy Italiya shaharlari, ayniqsa Venesiya o'z mavqeini mustahkamlab oladi. Fransiya va Aragon ham bu yerda o'z mavqeini mustahkamlab oladi.


FRANSIYA XI – XIII ASRLARDA


  1. XI-XIII asrlarda Frantsiya qishloq xo’jaligi va dehqonlari.

  2. XI-XIII asrlarda shaharlar. Ularning frantsuz qishloqlariga ta’siri.

  3. Qirol hokimiyati va davlat boshqaruvi.

XI-XIII asrlarda Frantsiyada qishloq xo’jaligi rivojlanadi, uch dalali almashlab ekish tarqaladi. Qishloq xo’jaligi qurollari takomillashib, donli ekinlar ekish, ayniqsa bug’doy maydonlari kengayadi. Janubiy viloyatlarda iqlim va tuproq tarkibiga ko’ra ikki dalali al-mashlab ekish va engil plugdan foydalanilgan. Bu yerda donli ekinlar bilan bir qatorda uzumchilikka, texnik ekinlarga, mevali bog’larga katta e’tibor berilgan.

XII asrdan tashlab qo’yilgan va o’rmonli erlarni yoppasiga ekinzorlarga aylantira boshlanadi. Dalalarni o’g’itlash keng kirib boradi. Poliz ekinlarining yangi navlari tarqalib borgan. XII asr oxirida Normandiyada shamol tegirmoni paydo bo’lib, keyin boshqa viloyatlarga tarqaladi. Mehnat hosildorligi ayniqsa dehqon xo’jaliklarida o’sadi, chunki dehqon o’z xo’jaligida barshchinadagiga nisbatan yaxshiroq ishlagan. Feodallarga ham feodal rentasini barshchina korinishida emas, mahsulot ko’rinishida undirish foydaliroq bo’lib qoladi, shuning uchun feodallar domenlarini dehqonlarga merosiy huquq bilan taqsimlab beradilar.

Uzluksiz ichki va tashqi urushlar sababli frantsuz feodallari xo’jalik ishlari bilan kam shug’ullanganlar. Cherkov pomest’elari boshqarish yaxshi tashkil etilgan bo’lib, domen erlar uzoq vaqt saqlanib qolgan, xo’jalik ishlarni monax, ruhoniylarning o’zlari nazorat qilganlar. Biroq cherkov erlarida ham agrar munosabatlarda o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’rmonlarni tozalash ham mahsulot rentasi tarqalishiga sabab bo’ladi. Bunday ishlarda asosan dehqonlarning ahamiyati katta bo’lgan. Yangi yerlarni o’zlashtirgan dehqonlar mahsulot obrogi va pul to’laganlar. Ular shaxsan erkin kishilar (villan) bo’lib, feodalga yer va sud munosabatlariga ko’ra tobe bo’lgan. Dehqonlarning bir qismi XI-XII asrlarda krepostnoy holatda (servlar) qolganlar.

Barshchinadan mahsulot obrogiga o’tilishi dehqonlar xo’jaliklarini mustahkamlaydi, dehqonlar endi mavsum pallasida boshqa ishlarga jalb qilinmagan. Dehqonlarni obrokka o’tkazib, ularning to’lovlarini oshirishga intilish noroziliklarga, shaharlarga qochib ketishga, salib yurishlarida ishtirok etishga olib keladi. Qarshilik harakatlari, qo’zg’olonlarning ahamiyati katta bo’lgan, natijada to’lovlarni cheklashga erishganlar va dehqon xo’jaliklarini xonavayron bo’lishdan sarlab qolganlar. Feodalizm to’la qaror topgandan keyin tarqoqlik Frantsiyaning turli qismlarida o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari nisbatan to’la qaror topgan shimolda tarqoqlik ham to’la qaror topadi. Feodal ierarxiyasi murakkab ko’rinishga ega bo’lgan. Qirol faqat o’zining bevosita vassallarining sen’ori hisoblanadi. Bu yerda “Vassalimning vassali mening vassalim emas” – degan feodal huquqi taomilda bo’lgan.

Shimoldagi feodal tarqoqlikka o’zining alohida taqdiriga ega bo’lgan Bretan va Normandiyaning ham ta’siri katta b’lgan. Keltlar yashayotgan Bretan XV asr oxirigacha mustaqil qoladi. Normandiya 1066 yildan Angliya mulki hisoblanadi. Kapetinglar yerlari har tomondan mustaqil egaliklar bilan qurshalgan edi.

Janubda feodal munosabatlat to’la qaror topmaydi, ko’plab katta va kichik allodlar, tog’li hududlarda erkin jamoalar saqlanib qolgan. Shaharlarning erta rivojlanishi ham feodal munosabatlarining kuchsizlanishiga olib keladi. Natijada janubda feodal ierarxiyasi tugal shakl olmaydi. Bu yerlarda o’z mahalliy sulolalari mavjud bo’lib, Kapetinglar haqida ko’plar bilmagan ham. Janubning yirik egaliklari XI-XII asrlarda Angliya, Ispaniya, Sharqdagi salibchilar davlatlari bilan iqtisodiy jihatdan ko’proq bog’langan edi. Frantsiyaning shimoli-janubiy qismining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi farq hamda shimoliy frantsuz va janubiy frantsuz (provansal) xalqining mavjudligi tarqoqlikni yanada mustahkamlagan. Bu xalqlar o’zlarining mahalliy lahjalarida so’zlashganlar. XIII-XIV asrlarda Frantsiyaning shimoliy viloyatlari Langedoel, janubiy viloyatlari Langedok deb atalgan (ha so’zi shimolda – oel, janubda – ok deb qo’llanilgan). X asrdan hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishi asosida feodal shaharlari rivojlana bordi.

XI-XIII asrlarda shaharlar. Ularning frantsuz qishloqlariga ta’siri XIII asrda butun Frantsiyani katta-kichik shaharlar qoplab oladi. Janubiy va Shimoliy Frantsiya shaharlari o’rtasida ba’zi farqlar bor edi. Bordo, Tuluza, Albi, Monpel’e, Norbonna, Nim, Karkasson, Marsel va boshqa shaharlar XI asrdan paydo bo’lib, XII asrda kuchayadi. Salib yurishlari natijasida Levant bilan aloqa yaxshilanib, ular rivojlanadilar. Bu shaharlar Evropa davlatlari savdosida vositachilik qilganlar. Frantsiyaning O’rta Yer dengizi portlari orqali sharq, italyan, ispan buyumlari mamlakatga kirib kelgan. Savdo janubiy shaharlarda hunarmandchilik rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Janubiy Frantsiya shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining xususiyati – bu yerda tsexlar bo’lmaganligidadir. Janubda “erkin hunarmandchilik” hukmronlik qilgan, ya’ni, ular ustidan faqat shahar munitsipaliteti nazorat qilgan. Siyosiy jihatdan ham janubiy shaharlar qulay sharoitda bo’lganlar. Rim davridan boshlab ular o’z yurisdiktsiyasini va qisman eski munitsipial boshqaruv tartiblarini saqlab qolishgan. Shaharlarning urush yoki pul evaziga ozod bo’lishi ham janubda erta va qirol aralashuvisiz sodir bo’ladi. XIII asr davomida barcha janub shaharlarida Konsulat, ya’ni, dvoryanlardan, savdogar, hunarmandlardan saylanadigan konsullar boshqaruvi qaror topadi. U bilan to’la huquqli fuqarolardan saylanadigan Katta Kengash faoliyat olib borgan. Janubiy shaharlar Italiyadagi kabi shahar – respublikalar bo’lib qoladi. Janubda dvoryanlar ham savdo va xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar. Boy janub shaharlari tashqi va vosita savdosida faol bo’lib, o’zaro kam bog’langan. Shuning uchun hatto XII asrda janubda yagona iqtisodiy va siyosiy markaz yuzaga kelmaydi. Katta shaharlarning mustaqilligi feodallar hokimiyatini zaiflashtiradi.

Arras, Bove, Sanlis, Amen, Nuayon, Lan, Reyms kabi shimoliy shaharlar Frantsiyaning shimolida, rivojlangan chorvachilik hududlarida yuksaladi. Bu shaharlarda movutsozlik hunarmandchilikning asosiy tarmog’ini tashkil etgan. Hunarmandlar va savdogarlar o’z faoliyatida jiddiy to’siqlarga duch kelganlar, chunki shaharlar feodallarga, ayniqsa cherkov feodallariga qaram bo’lgan. Shaharliklar huquqqa ega bo’lmagan va sen’orlar bilan kurash ular faoliyatining dolzarb masalasiga aylanadi. XI asrdan Shimoliy frantsuz shaharlari pul to’lab erkin bo’la boshlaydilar. Sen’orlar tomonidan kelishilgan majburiyatlarning buzilishi shahar aholisining qurolli qo’zg’olonlarini keltirib chiqargan. Qo’zg’olonlarning g’alabasi tufayli shaharlar o’zo’zini boshqarish huquqini qo’lga kiritganlar. Birinchi kommuna, ya’ni o’z-o’zini boshqaradigan shahar huquqini 1077 yil Kambre qo’lga kiritadi. XII asr mobaynida Sen-Kanten, Bove, Nuayon, Lan, Amen, Suasson, Reyms, Sen-Rike va boshqa shaharlar kommunaga aylanadi. Kommynalar mer boshchiligidagi shahar kengashini saylagan, sud va soliq tizimlarini tuzganlar. Kommunaga aylangan shaharlar o’z sen’origa shartnoma asosida xartiyada belgilab qo’yilgan vassallik majburiyatlarini o’tashgan (ko’pchilik hollarda sen’or qirol bo’lgan).

Shaharlarning sen’orlarga qarshi kurshida qirollar ularni qo’llagan, chunki sen’or hokimiyatidan ozod bo’lgan shaharlar qirol hokimiyatini tan olganlar. Lekin o’ziga qarashli hududlarda joylashgan shaharlarga qirol kommuna huquqini bermagan. Bunday shaharlar qisman o’z-o’zni boshqarish huquqini olib, qirol tayinlagan amaldor bilan hamkorlikda shaharni idora qilganlar (Parij, Orlean, Burj va b.). Kichik shaharlar faqat soliq imtiyozini olgnlar.

Siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritish shaharlarning tez o’sishiga sharoit yaratadi. Usta va savdogarlarning daromadlari o’zlarida qolib, keng bozorga qaratilgan hunarlarmandchilik rivojlanadi, tsexlar o’rtasida mehnat taqsimoti kuchayadi. XIII asr o’rtasida Parijda 100 tsex ustavi (Et’en Bualoning “Hunarlar kitobi”) qayd qilingan bo’lsa, XIV asr boshlarida tsexlar soni 350 ga etadi. Hunarni bilgan va badal haqi to’lagan har bir kishi tsexga kira olgan. Shaharlarning o’sishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishini tezlashtiradi. Savdogarlar va ba’zi tsex ustalari juda boyib ketib, kommunalarda hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar. Ularga qarshi shaharlarda mayda savdogarlar va hunarmandlarning kurashi boshlanib ketadi. Bundan foydalangan qirollar XIV asr boshlarida Shaharlarni avvalgi huquq va imtiyozlardan mahrum qila boshlaydilar.

Erkin shaharlar atroflaridagi qishloq okruglarnio’zlariga bo’sundira boshlaydilar. Mustahkam devorlar va qurollangan qorovul feodallar tazyiqidan shaharliklarni himoya qilgan. XIII asrda Sena, Marna, Somma, Luara bo’yidagi shaharlar tez rivojlanadi. Shimoliy Frantsiyadagi bu shaharlarning yuksalishi savdoning va xo’jalik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Ayniqsa Parij yuksalib, XII asr oxirida bu yerda “Daryo savdogarlari ittifoqi” tuziladi.

XIII asrda dovrug’i oshgan Shampan yarmarkalari Marna va Somma daryolari va ularning irmoqlari bo’yida joylashgan shaharlarda o’tkazilar edi. 1284 yil Shampanning qirol domeniga qo’shib olinishidan keyin Parij bilan aloqasi kuchayadi va XII asr oxirida Parij butun Shimoliy Frantsiyaning iqtisodiy markaziga aylanadi. Bu vaqtda Parijda 70000 aholi yashagan.

Shunday qilib, Frantsiyaning Shimoliy viloyatlari o’rtasida iqtisodiy aloqalar erta qaror topadi. Hunarmandchilik uchun zarur bo’lgan xom-ashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlari almashinuvi bu aloqalarning asosini tashkil etgan. Shimoliy Frantsiya viloyatlarining erta ixtisoslashuvi ham o’zaro aloqalarni tezlatgan. Normandiya – tuz, movut, bo’z, temir, chorva, Shampan va Burgundiyada oliy navli vinolar va movut, Parij – sifatli hunarmandchilik buyumlari tayyorlashi bu hududlarni bir-biriga bog’lab qo’ygan. Shuning uchun bu viloyatlar aholisi mamlakatning siyosiy birlashuvidan manfaatdor bo’lgan va qirollarning yirik feodallarga qarshi kurashini qo’llagan. Bundan tashqari Sena va Luaradagi Parij va Orlean kabi shahrlar mamlakatda muhim strategik mavqega ega bo’lgan.

Shaharlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi sababli qishloqlarda pul rentasining ahamiyati ortadi. Natijada dehqon xo’jaliklari shahar bilan savdoga qizg’in tortilib, shahar bilan qishloq o’rtasida tovar-pul munosabatlari rivojlanadi. Bunday tovar aylanuvida feodalga ehtiyoj qolmaydi. Qishloqlarning dehqon xo’jaliklari orqali shahar bozori bilan aloqasi XIII-XIV asrlar Frantsiya iqtisodining muhim xususiyati hisoblanadi.

XIII asrda boshlangan krepostnoylarning o’z erkinligini sotib olishi, shaxsan qaramlikdan ozod bo’lishi, servlarning villanlarga aylanishi tovar-pul munosabatlari rivojlanishining natijasi edi. Frantsiyada dehqonning krepostnoylik holati quyidagi belgilarga ko’ra aniqlangan: 1)serv meros olish chog’ida bir qismini feodalga berish kerak bo’lgan, 2)boshqa sen’oriyadan bo’lgan kishi bilan nikoh tuzgani uchun to’lov, 3)tal’ya, 4)jon solig’i. Shu to’rt majburiyatni sotib olib, servlar villanga aylanishgan. Villanlarning yeri feodallarning mulki bo’lib qolavergan va u uchun feodal rentasi to’langan.

Dehqonlarning ozod bo’lish jarayoni XIII-XIV va qisman XV-XVI asrlarda kechadi va har xil shaklda ro’y beradi. Alohida kishi, oila, ba’zan butun qishloq pul to’lab ozod bo’lgan, to’lov miqdorini tomonlarning o’zlari kelishgan. Kelishuv yorliqda qayd qilingan. Erkin bo’lgan dehqonning majburiyatlari, to’lovlari “tsenziv” deb atalgan. Shaxsan ozod bo’lish, pul rentasiga o’tish va dehqonning shahar bozori bilan bog’lanishi, xo’jaligining iqtisodiy mustaqilligi frantsuz qishlog’idagi muhim va progressiv hodisalar bo’lgan. Erkinlik sotib olish uchun so’dxo’rlarga murojaat qilish ba’zida sudxo’rlarga qaram bo’lib qolishga olib kelgan. Dehqonlar feodal to’lovlardan tashqari, davlatga soliq to’laganlar.

Cherkovga ushr ham to’laganlar (chorva ushri ham bo’lgan) XIII-XIV asrlarda og’ir to’lovlarga qarshi bir qancha qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. 1251 yil Shimoliy Frantsiya va Flandriyada yirik dehqonlar qo’zg’oloni nisbatan keng quloch yoygan.


XII-XIII asrlarda qirol hokiviyati va davlat boshqaruvi
XII asrda Frantsiyada davlat markazlashuvi jarayoni boshlanadi. Markazlashuv avval iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar mavjud bo’lgan shimolda boshlanadi. Dehqonlar qarshiligini bostirish maqsadida markaziy hokimiyat kuchayishi feodallar manfaatiga mos kelgan. Ayniqsa yetarlicha kuchga ega bo’lmagan mayda va o’rta feodallar markaziy hokimiyatning kuchayishini tarafdori bo’lganlar. Yirik feodallardan o’zlarini himoya qilish uchun ham ular kuchli qirol hokimiyatidan manfaatdor edilar. Shaharlarning feodallar bilan kurashi borayotgan bu davrda qirollarning feodal anarxiyasiga qarshi kurashini shaharliklar qo’llaganlar, feodallarga qarshi kurashda qirol bilan lttifoqqa birlashganlar. Siyosiy mustaqillikni, aholisi va uning daromadi ustidan nazoratni saqlashga uringan yirik feodallar qirollarning markazlashtiruv siyosatiga qarshi turganlar. Oliy ruhoniylarning bir qismi yirik feodallarni qo’llagan. Yirik feodallarning o’zaro urushlari qirol hokimiyatining mustahkamlanishiga yordam beradi. Qirollar bu ushlarni rag’batlantirishgan va undan foydalanishgan.

Qirol hokimiyatining kuchayishida XII asr boshlari muhim davr hisoblanadi. Lyudovik VI (1108-1137) davrida qirollik domenida feodallarning qarshiligiga chek qo’yiladi. Ularning qasrlari buzilib, qirol garnizonlari joylashtiriladi. Shaharlar yordamida Kapetinglar domenlari atrofidagi hududlarni qo’shib ola boshlaydilar. Lyudovik VII (1137-1180) davrida Burj va Sans shaharlari qo’shib olinadi.

Frantsuz feodali graf Anjuy Genrix Plantagenet 1154 yili Angliya qiroli bo’ladi. Uning Frantsiyadagi mulklari – Anju, Men, Tugen, Normandiya, Puatu, Akvitaniya frantsuz qiroli domenidan bir necha marta katta edi. Filipp II Avgust davrida Kapetinglar va Plantagenetlar o’rtasida kurash avjiga chiqadi. Filipp II Ioann Yyersizning Frantsiyadagi mulklarini musodara qiladi va 1202-1204 yillarda Normandiyani Frantsiya qo’shib oladi.

Qo’ldan ketgan yerlarni qaytarib olish uchun Ioann german imperatori Otton IV ni, Flandriya grafini va ba’zi yirik frantsuz feodallarni o’z tomoniga og’diradi . Frantsuz lar 1214 yilda inglizlar va ularning ittifoqchilarini Larosh-o-Muan jangida engadilar. Filipp davrida frantsuz qirolligi domeni 4 marta ko’payadi. Qirol yirik feodallar ishiga aralashib, ulardan harbiy xizmat, vassallik majburiyatlarni o’tashni talab qiladi. Har bir vassallikda qirolning ittifoqchilari bo’lgan: shaharlar, mayda ruhoniylar va ritsarlar. Filipp II ning shaharlarga bergan kommunal xartiyalari uning shaharlar bilan ittifoqqa e’tiborini tasdiqlaydi.

Filipp II va undan keyingi qirollar o’tkazgan islohotlar markaziy apparat – Qirollik Kengashini va mahalliy boshqaruvni tashkil qilishga qaratilgan edi. Chunki domenning kengayishidan keyin uni boshqaruvini tashkil qilish qirollik hokimiyati oldidagi muhim vazifaga aylangan edi. Bu vazifani bajarishda frantsuz qirollariga o’z yerlarida o’zlarini to’la xo’jayin deb hisoblagan yirik feodallarga qarshi kurash olib borishga to’g’ri keladi.

Yangi tuzilgan Qirollik Kengashi doimiy ishlaydigan idoraga aylanadi. Unga qirolga yaqin feodallar bilan bir qatorda maxsus qonunchilar, moliyachilar kirgan. Qirollik domeni okruglarga bo’linib, ularga prevolar rahbarlik qilganlar. Okruglar balyajlarga birlashgan va uni bal’i boshqargan. Filipp II davrida qo’shib olingan hududlarga seneshallar rahbarlik qilganlar. Ular yirik mahalliy feodallar orasidan tayinlangan. Qirol amaldorlari mustaqil feodallar ishiga aralashganlar, hamma Vassallar qirolga harbiy xizmat o’tashlarini nazorat qilganlar, shaharlarning huquqini himoya qilganlar. Ular o’z huquqlaridan qirol hokimiyatini mustahkamlash uchun foydalanganlar. Lyudovik IX davrida qirol hokimiyatining mustahkamlanishi qator islohotlar bilan mustahkamlanadi. Qirollik yerlarida xususiy urushlarga chek qo’yiladi. Har qanday feodal sudlari qarori ustidan qirollik sudiga shikoyat qilish tartibi yo’lga qo’yiladi. Ko’plab muhim jinoiy shlar feodal sudlari ixtiyoridan olinib, qirollik sudi muhokamasiga beriladi. Markaziy boshqaruv ham takomillashib boradi. Qirollik kengashidan alohida sud palatasi “parlament” (fr. parle – gapirmoq) ajralib chiqadi. Markaziy idoralarning mahalliy hokimiyat bilan aloqasini mustahkamlash maqsadida qirollik revizorlari tayinlanib, mahalliy ma’muriyat faoliyatini nazorat qiladi. Lyudovik IX qirollik domenida o’zaro feodal urushlarini ma’n qiladi, domenga kirmagan joylarda “qirolning 40 kuni” tartibini joriy qiladi, ya’ni urush e’lon qilingandan keyin 40 kun boshlanmasdan turgan. Shu 40 kun ichida chaqiriq olgan tomon qirolga shikoyat qilishi mumkin bo’lgan. Qirollik domenida yagona pul joriy qilinadi va bu pul hamma joyda qabul qilinishi majburiy bo’lgan. Bu choralar Frantsiyaning iqtisodiy jipslashuviga yordam beradi. Sekinlik bilan qirollik puli mahalliy pullarni siqib chiqara boshlaydi. Lyudovik IX tashqi siyosatga Frantsiyaning O’rta Yer dengizida mustahkamlanishiga harakat qiladi. Ukasi Karl Anjuyskiyga Janubiy Italiya va Sitsiliyani egallashga, Misr va Tunisda Frantsiyaning ta’sirini kuchaytirishga (ettinchi va sakkizinchi salib yurishlari ) intilgan.

Frantsiyada feodal davlatning rivojlanishi XI-XIII asrlarda bir necha bosqichni o’taydi.Shaharlarning rivojlanishi va viloyatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi asosidaavval mamlakat shimolida tarqoqolikka chek qo’yiladi. Yirik savdo-hunarmandchilik va siyosiy markazga aylangan Parij mamlakat poytaxtiga aylanadi.


Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə