Blackcurse


FRANSIYA XIV – XV ASRLARDA



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə6/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

FRANSIYA XIV – XV ASRLARDA

Reja:


  1. XIV – asr boshlarida Frantsuz davlati.

  2. Toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi.

  3. Yuz yillik urush.

  4. XV asrda shahar va qishloqlar. Frantsiyaning siyosiy birlashishi.

XIV asr boshlarida ham Frantsiya iqtisodi intensiv rivojlanib boradi. Shaharlarda savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi va u bilan bogliq holda qishloqlarda pul rentasining tarqalishi frantsuz jamiyati hayotida yangi uzgarishlar olib keladi. Ayniqsa, shaharlarda muhim uzgariahlar sodir buladi; boy tsexlar (muynachi, movutchi, zargar, qassoblar) aralash kasbdagi tsexlarni bo’ysundiradi. Ustalar xalfa va shogirdlarni ko’paytirib, ish vaqtini uzaytiradilar. Maosh esa kam tulangani uchun xalfalar usto bo’lish va o’z ustaxonasini ochish imkoniyatidan maxrum bo’ladilar. Xalfalar tobora yollanma ishchilarga yaqinlashib boradilar va ustalarga qarshi kurashish uchun o’z ittifoqlarini tuza boshlaydilar (Kompanonaj). Shahar aholisini ko’pchiligini tashkil qilgan kambag’allar ahvoli og’irlashib boradi. Ular shahar boshqaruvi ishlaridan chetlashtirilgan edi. Buning ustiga XIV asrda soliqlar oshishi, boy shaharliklar va kambag’allar o’rtasida keskinlikni kuchayishi shahar qo’zg’olonlari boshlanibketishiga olib keladi.

Pul rentasining keng tarqalishi va dehqonlarning ozod bo’lishi ularning tsenzivga merosiy egalik huquqini mustaxkamlaydi va XIV asrda erga egalikning hukmron shakliga aylanishini ta’minlaydi. Tsenzda ko’rsatilgan to’lovni vaqtida to’lab borgan dehqon erini meros qoldirishdan tashqari, uni sotish, garovga berishi mumkin edi. Bunday vaqtda feodalga alohida to’lov to’lagan. Natijada qishloqda ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’lib, boy va kambag’al dehqonlarga ajralishiga olib keladi. Kambag’al dehqonlar o’zlarining kichik yerlarida kun ko’ra olmay, qo’shnilariga yoki feodallarga mavsumiy ishlarga yollanadilar. Bu qishloqlarda feodal xarakterga ega bo’lgan yollanma mehnat shaklining paydo bo’lishi edi.

Pul renfasi kirib kelishi frantsuz feodalini xo’jalik ishlaridan umuman chetlashtiradi. Chunki tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida pulga har qanday narsani sotib olish imkoni yaratilgandi. XIII asr oxirida mamlakat hududining ¾ qismi qirol hokimiyatini tan oladi. Langedok qo’shib olingandan keyin Angliyaga qarshi kurashda Frantsiyaning mavqei mustahkamlanadi. 1308-1309 y Angumua va Marsh grafliklari, 1284 y Shampan grafligi, 1307 y Lion shahri qo’shib olinadi. Filipp IV Chiroyli Frantsiya bilan iqtisodiy bog’langan Flandriyadagi Gent, Ipr, Brugge kabi rivojlangan movutsozlik va savdo shaharlari asosiy o’rin tutgan. Filipp IV u erda hokimiyatini o’rnatadi, lekin og’ir soliqlar joriy qilinishi 1301 va 1302 yillarda Bruggeda qo’zg’olonga sabab bo’ladi. 1301 yil hunarmandlar qo’zg’oloni вostiriladi. 1302 yilda aholining keng qatlamlari qatnashgan quzg’oloni frantsuzlarga va patritseylarga qarshi qaratilgan edi. Frantsuzlar flandrigani tashlab chiqishga majbur bo’lishadi.



Ko’plab urushlar mablag’ talab qilgani uchun soliqlar oshiriladi. Ayniqsa shaharlardan qirol ko’p mablag’ talab qilgan. Yirik feodallarni qarshiliklarini bostirib, endi qirol shaharlar bilan hisoblashmagan. Filipp Ivdan boshlab qirollar shaharlarning o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum qilib, siyosiy jixatdan o’zlariga buysundira boradilar. Shunga sababga ko’ra Filipp IV cherkov erlariga ham soliq sola boshlagan. Bu tadbir papa Bonifatsiy VIII bilan kelishmovchilik keltirib chiqaradi. Qirol va Papa o’rtasida 1296 yili ochiq janjal boshlanadi. Maxsus bulla bilan papa dunyoviy feodallar cherkovga soliq solishini va ruxoniylarga soliq to’lashni man qiladi. Soliq solgan feodallarni cherkovdan begona qilishni e’lon qiladi. Bunga javoban Filipp Frantsiyadan oltin va kumush olib chiqishni taqiqlaydi. Bomfatsiy VIII ilohiy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan yuqoriligini da’vo qilib chiqadi. Grigoeiy VII kabi u ham papalarining qirol va imperatorlar ustidan nazorat qilish davosini ilgari suradi. Biroq Frantsiyada qirollik hokimiyati bu vaqtga kelib papaga qarshi turish imkoni darajasida mustahkamlangan edi. Odamlarning fikriga ta’sir etish uchun qirol qonunshunoslari papaga qarshi ommaviy targ’ibot yurita boshladilar.

Aholining keng qatlamlarini o’z tomoniga og’dirish uchun Filipp IV 1302 yil Bosh Shtatlarni chaqiradi. Bosh Shtatlarda uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar qatnashadi. Dvoryanlar va shaharliklar hamma masalalarda qirolni qo’llashadi, ruhoniylar papaning da’volari borasida aniq qarorga kelmaydi. Bonifatsiya VIII Frantsiyaga vakilini jo’natib, qirol agar papaning talablariga rozi bo’lmasa uni murtad deb e’lon qilishni topshiradi. Biroq vakil qamoqqa olinadi. Filipp papaga qarshi chiqishlar tashkil qilish va papani Rimdan haydash uchun Italiyaga agentlarini yuboradi. Agentlar pulni ayamasdan papani dushmnlarini qo’lga oldilar va papa reziden tsiga yorib kirishadi va papani qattiq haqorat qila boshlashadi (Anani shaharchasida). Bu voqeadan so’ng papa og’ir haqoratlarni ko’tara olmay o’lib qoladi. 1305 yil Filipp IV tazyiqi bilan frantsuz prelati Kliment V nomi bilan papa etib saylanadi. 1309 yili u o’z saroyini Avinon shahriga ko’chirib keladi va 1378 yilgacha papalar shu erda qolib ketishadi. (Papalarning Avinon asirligi) Papalar frantsuz qirollariga tobe bo’lib qolishadi. Filipp papalar homiyligidagi tamplierlar ruxoniy-monaxlar ordenini yuqotadi, uning xazinasini musodara qiladi. Qirollik hokimiyati papa hokimiyti ustidan to’la g’alaba qiladi. Evropada uning xalqaro va siyosiy ahamiyatiga putur etadi. Filipp IV vaqtidan boshlab Frantsiyada toifaviy vakillik boshqaruvi shakllanadi.Viloyatlarda o’z toifaviy majlislari – shtatlar mavjud bo’lib, mahalliy soliq va boshqa ishlani hal qilgan. Shtatlarda har uch toifa alohida majlis qilgan. Birinchi toifa ruhoniylar-arxiepiskop, episkop va katta monastirlar аbbatlaridan tashkil topgan edi. Dvoryanlar o’rta va mayda feodallardan qirolning azaliy tayanchlaridan iborat edi. Majlislarda graf va gersog lar qirol atrofida bo’lib, deputatlar bilan aralashmaganlar. Har bir palata bir ovozga ega bo’lgan. Frantsuz toifaviy vakillik boshqaruvining bunday belgilari mamlakatning ijtimoiy strukturasining o’ziga xosligidan kelib chiqqan edi. Bosh shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatadigan organga aylanmadi, balki qirol tashabbusi bilan chaqirilib, u taklif qilgan masalalarni muhokama qiladi. Shtatlar subsidiyalar yoki qirolni biror siyosiy masalada qo’llash, ruhoniylar va dvoryanlar erlarida yashovchi dehqonlardan qirollik talyasini undirish kabi ishlarni ko’rgan. Feodallarning o’zi davlatga soliq to’lamagan. Qirolning markazlashtiruvchi siyosatini qo’llab, daromadning asosi qismini beruvchi shaharlarda muhim o’rin tutgan. Shuning uchun XIV asrning I yarmida qirol hokimiyati va shtatlar o’rtasida ixnilof bo’lmagan. Shaharlar kuchayishi bilan ritsarlarni ham soliqqa tortilishini talab qila boshlaganlar. Toifalar o’rtasidagi nifoqdan qirollar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadilar. Ana shu sabablarga ko’ra bosh shtatlar ingliz parlamenti kabi keng huquqlarga ega bo’lolmaydi. Frantsiyada toifaviy vakillik majlisining to’la shakllanishi bilan feodal davlatining yangi shakli-toifaviy monarxiya qapop topish jarayoni tugallanadi. Bu XII-XIII asrdagi frantsuz davlatidan ancha markazlashgan davlat edi.

Yirik va separatistik kayfiyatdagi feodallar markazlashuvga qarshilik ko’rsatganlar. Ular qurol kuchi bilan Ludovik X dan ba’zi imtiyozlarni oladilar. Lekin bu rasmiy xarakterda bo’lib, kuchaygan frantsuz davlatiga salbiy ta’sir eta olmas edi. XIV asrning 30-yillarida boshlangan Angliya bilan Yuz Yillik urush tufayli Frantsiyaning rivojlanishi to’xtab qoladi. Urush aholining qirilib ketishiga, sanoat va savdoning izdan chiqishiga, soliqlarning keskin oshib ketishiga, hududlarning bo’shab qolishiga olib keldi.

Angliya qo’l ostida bo’lgan Frantsiyaning janubiy-g’arbiy hududlari uchun kurash urushning asosiy sababi edi. Bu hududlar Angliya qo’l ostida ekan, Frantsuz davlatining milliyhududiy jipslashuvi tugallanishi mumkin emas edi, shuning uchun bu urush Frantsiyaga zarur bo’lgan. Angliya esa Frantsiyadagi qo’ldan ketgan erlarini qaytarib olishni va kengaytirishni ko’zlaydi. Angliya janubi-g’arbiy viloyatlarda Angliya bilan savdosi bog’langan va bundan manfaatdor shaharlar, hamda kuchayib borayotgan frantsuz qiroliga bo’ysunishni istamayotgan feodallar yordamidan foydalanadi. Angliya harbiy muvaffaqiyatsizliklar paytida ham janubiy shaharlarni o’z qo’lida saqlab qolishini shu bilan tushintirish mumkin. Flandriya uchun kurash urushning ikkinchi sababi edi. Bu mamlakat siyosiy va etnik jihatdan Frantsiyaga yaqin bo’lgani uchun qirollar uning boy shaharlariga egalik qilishga uringanlar. Flandriya shaharlari esa Angliyadan xom-ashyo olib, mahsulotlarini Angliyaga sotgani uchun iqtisodiy aloqalarni saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Shunga ko’ra inglizlar bu erda ham shaharlar yordamidan foydalanadilar. Angliya qiroli Eduard III ning frantsuz taxtiga davogarligi urushga bahona bo’ladi. 1328yili Кarl IV vafotidan keyin, unga ona tomondan qarindosh bo’lgan Eduard III frantsuz qirollik taxtiga davo qiladi, lekin zodagonlar Kapetinglarga qarindosh bo’lgan Filipp IV Valuani qirol etib saylaydi. Shunda ingliz qiroli bu masalani qurol kuchi bilan echishga va shu bilan hududiy muammoni ham hal etmoqchi bo’ladi.

Harbiy va moliyaviy jihatdan yaxshi tayyorlangan Angliya uchun urushning dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham inglizlar ko’p ittifoqchilarga ega edi. Angliya armiyasi yagona qumandonlikka bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz ritsarlari faqat o’z senyorlari qo’l ostida mustaqil harakat qiladi. Inglizlar artilleriyasi ham yaxshi tashkil qilingan edi. 1340 yilda inglizlar Sleys yonida (Flandriya) frantsuz flotini tor-mor keltirgani, 1346 yilda esa Kresi yonida frantsuz ritsarlari yirik mag’lbiyatga uchraydi. 1346 yili muhim harbiy va strategik markaz hisoblangan Kale inglizlar `o’liga o’tadi. Shundan keyin inglizlar harbiy harakatlarni janubi-g’arbga ko’chiradi. Bosib olingan erlarda ingliz qirolining o’g’li Eduard noib bo’lib qoladi. 1356 yil ingliz va frantsuzlar to’qnashuvida ko’plab frantsuz ritsarlari halok bo’ladi va qirol Ioann Dobriy asir tushadi. 1360 yilda ikki o’rtada sulh tuziladi. Shartnomaga ko’ra Luaradan Pirineygacha bo’lgan erlar, yani mamlakatning ⅓ qismi Angliyaga o’tadi. Frantsiya yangi urushlarga tayyorlana boshlaydi. Karl V davrida harbiy sohada islohotlar o’tkaziladi: artilleriya kuchaytiriladi, yollanma qo’shin safi kengatiriladi, Konnetabl vakolati kuchaytiriladi (qirol armiyasi bosh qumandoni) Natijada 70-yillarda talay hududlar inglizlardan tortib olinadi. Urush mablag’lari dehqon va shaharliklar zimmasiga tushadi va XIV asr oxirlarida mamlakatning turli qismlarida qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. 1415 yilda Angliya Frantsiyaga yana urush boshladi. Azenkur jangida inglizlar frantsuz ritsarlarini mag’lubiyatga uchratadi. 1420 yil Truada inglizlar va frantsuzlar sulh tuzishadi. Sulhga ko’ra ingliz qiroli Genrix V Karl VI ning qiziga uylanib, Frantsiyaning regentiga aylanadi, Karl VI vafotidan keyin esa frantsuz taxtini egallashi kerak edi. 1422 yil Genrix V va Karl VI vafot etgach Genrix V ning 10 oylik o’g’li Genrix VI Frantsiyaga qirol etib e’lon qilinadi. Amalda hamma ishlarni gersog Bedford olib boradi.

Inglizlar butun shimoliy Frantsiyani qamal qilishadi. Mamlakat markazi va janubi o’zini Karl VII nomi bilan e’lon qilgan dofin Karl qo’lida quladi. Bosib olingan erlarni Genrix V ingliz baron va risarlarga tarqatib bera boshladi. Ayniqsa dehqonlarning ahvoli og’irlashadi. Uursh qishloq xo’jaligini izdan chiqaradi. Bo’ysunmagan dehqonlarni og’ir jazolashadi. Bular hammasi aholida inglizlarga qarshi aholining barcha qatlamlarini kurashga otlanishiga sabab bo’ladi. Inglizlarga qarshi istilo etilgan hududlarda partizanlik harakati avj oladi. Angliya qo’shinlari janubga siljishni davom ettirish uchun Orleanni qamal qiladi. Orlean shahrining ahamiyatini frantsuzlar yaxshi tushunishardi. Orleanni inglizlar qo’lga olsa, hech qanday qarshiliksiz mamlakat janubiga kirib borishi mumkin edi, shuning uchun inglizlarga qarshi barcha aholi oyoqqa turadi. Mana shunday og’ir va qaltis vaziyatda dushmanga qarshi kurashni Janna d’Ark boshqaradi va shaharni inglizlardan tozalaydi. Urush oqibatida Frantsiya iqtisodi og’ir zarar ko’radi. Ayniqsa shimoli-sharqiy hududlar katta talofat ko’rib, 20-30 yildan keyingina urushdan oldingi holatini tiklab oladi. Shimoldagi muhim hududlar bo’shab qolgani uchun, 1451 yil qirol avvalgi erlariga qaytgan dehqonlani 8 yil soliqdan ozod qilishga majbur bo’ladi. Senorlar dehqonlrni qaytarish uchun chinshni 1/6-1/12 hosil miqdorida qisqartirganlar va merosiy egalik huquqini beradilar. Krepastnoy huquq saqlanib qolgan bazi hududlardan servlar kela boshlagan Xo’jalik tiklanishi bilan feodallar eski tartiblarni, urush vaqtida berilgan imtiyozlarni bekor qilganlar.

XV asr II yarmida Frantsiya xo’jaligida rivojlanish kuzatiladi. Mamlakatdan g’alla va boshqa mahsulotlar eksport qilina boshlanadi. Ba’zi shaharlarda movut va yung matolar ishlab chiqarish, metallga ishlov berish yo’lga qo’yiladi. Ko’plab port shaharlar Evropa va Sharq davlatlari bilan qizg’in savdo olib boradi. Ichki savdo munosabatlarining rivojlanishi mamlakatning siyosiy jipslashuviga yordam beradi. Yuz yillik urushda Frantsiyaning g’alabasi uning siyosiy birlashuviga va davlat markazlashuviga sharoit yaratadi. Urush tugamasdan avval talya solig’i va doimiy armiya tuzilgan bo’lib, fedallarning mustaqilligiga barham berilgan edi. Urushdan keyin Frantsiyaning davlat markazlashuvini mustahkamlashda Ludovik XI (1461-1484) faoliyati muhim o’rin tutadi. Ludovik XI ning asosiy raqibi Burgund gersogi Karl Dovyurakning qo’lida Burgundiya gersogligi, Pikardiya, Niderlandiya tobe edi. Ludovik XI ga qarshi shahzodalar, gersoglar, graflar ittifoqqa birlashadilar. Bu ittifoqqa Karl Dovyurak boshchilik qilgan.

Ittifoqqa kirgan yirik feodallar davlat boshqaruvi va moliyasi ustidan nazorat o’rnatadilar. Parij yaqinida qirol va ittifoq o’rtasidagi to’qnashuv qirol mag’lubiyati bilan tugaydi . Ludovik yon berishlar va va’dalar bilan ittifoq a’zolari o’rtasiga nizo solishga erishadi. Karl Dovyurak zo’rlab tashkil qilgan “Burgund davlati”da o’zaro urushlarni Ludovik XI rag’batlantiradi va moddiy jihatdan ta’minlab turadi. 1474 yilda Ludovik XI ning moddiy yordamida Karl Dovyurakka qarshi Lotaringiyaliklar va Shvedtsariyaliklar qo’zg’olon boshlashadi.

1477 yilda Nansida Karl Dovyurak halok bo’ladi va Burgundiya, Pikardiya, Niverne Frantsiyaga qo’shib olinadi. 1481 yil Provans, 1491 yil Bretan sulolaviy nikoh orqali Frantsiyaga qo’shib olinadi. Shundan keyin frantsuz davlati tashqarisida frantsuzlar yashaydigan hududlar – Lotaringiya, Fransh – Konte, Savoya, Russilon qolgan edi. Ularning to’la qo’shilishi XIX asrga to’g’ri keladi. Ludovik davrida frantsuz milliy davlatining asosi yaratiladi. Siyosiy raqiblarini ayovsiz jazolab hamma feodallarni u o’ziga bo’y sundiradi. O’z siyosatida shaharliklarni davlat xizmatiga jalb qiladi. Shu bilan bir vaqtda shaharning mustaqilligini cheklab, soliqlarni kuchaytiriladi. Davlat byurokratik apparati kuchayadi. Ludovik XI davrida Bosh Shtatlar faqat bir marta chaqirilgan va ahamiyatini yuqotadi. Davlat savdo va sanoat rivojlanishini rag’batlantiradi. Ipakchilik rivojiga e’tibor beriladi, shu maqsadda Itakiyadan mohir ustalar taklif qilinadi.

Yo’llar ta’mirlanadi. Rivojlangan feodalizm davrida Frantsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va siyosiy rivojlanishi natifasida frantsuz millati shakllanadi. XV asr oxiriga kelib shimoliy va janubiy frantsuz xaiqlari o’rtasidagi farq yo’qolib, yagona etnik ko’rinish oladi. Frantsiya Evropaning kuchli markazlashgan hokimiyatga ega davlatlaridan biri sifatida XVI asrga qadam qo’yadi.
FRANSIYA XVI ASR – XVII ASRNING BIRINCHI YARMIDA

Reja :


  1. XVI asrda Frantsiya qishloq xo’jaligi . Sanoat va savdo.

  2. Frantsiyada toifalar. Burjuaziyaning shakllanishidagi o’ziga xoslik.

  3. Frantsuz absolyutizmi.

  4. Frantsiyada Reformatsiya.

XVI asrda Frantsiya G’arbiy Yevropaning kuchli va eng yirik markazlashgan davlati edi. Hamma provinsiya va viloyatlarning birlashtirilishi XVI asr 30-yillarida tugatilgan edi. Langedok, Provans, Burgundiya, Bretan, Normandiyada provinsial shtatlar saqlab qolinishi provinsial tarqoqlik qoldiqlari saqlanganligi belgisi edi. Ular asosan soliq masalalari bilan shug’ullanganlar. Frantsiya territoriyasi va aholisiga ko’ra Yevropaning eng katta davlati edi. (15mln. kishi) XVI asrda Frantsiya iqtisodi Angliya va Gollandiyadan ko’ra sekinroq rivojlanadi va shunga muvofiq uning ijtimoiy strukturasida keskin o’zgarishlar kuzatilmaydi.

Mamlakat iqtisodining asosi qishloq xo’jaligi bo’lib, aholining katta qismi qishloqlarda yashagan. Parij (XVI asr – 300 ming kishi), Lion, Marsel, Kurndan boshqa shaharlar kichik bo’lib, sanoati hunarmandchilik bo’lgan. Qishloq xo’jaligiga kapitalistik munosabatlarning sekin kirib borish sharoitida tovar-pul munosabatlarining hukmronligi, g’allani keng eksport qilishga imkoniyat kamligi (vino ko’p eksport qilingan) mayda dehqon xojaligini mustahkamlaydi. Yirik xo’jaliklar tuzishdan dvoryanlar ham, burjuaziya ham manfaatdor emas edi. Frantsuz sen’orlari o’z yerlarini pul rentasi evaziga dehqonlarga ijaraga tarqatganlar. Dehqonlar o’z ahvoliga ko’ra ingliz kopigolderlariga yaqin bo’lgan.

Yirik kapital Frantiyada savdoga, kredit-otkup operatsiyalariga va manufakturalarga sarflangan. Amerikani va Hindistonga suv yo’lini ochilishi Frantsiya uchun Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya va Angliyadagidek katta ahamiyatga ega bo’lmadi. Lekin savdoning jonlanishi uning G’arbiy va Shimoliy portlariga ta’sir etadi. (Bordo, La Roshel, Nant, Sen-Malo, D’eppa) Eng yirik port hisoblangan Marsel orqali O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo rivojlanadi.

Quruqlik orqali savdo katta ahamiyatga ega bo’ladi. “Ipak shahri” Lionn yarmarka va Yevropa savdosining markazlaridan biriga aylanadi. XVI asrda tarqoq va markazlashgan manufaktura shaklida kapitalistik ishlab chiqarish paydo bo’ladi. Tashqi bozorga qaratilgan tarmoqlarda tez rivojlanish kuzatiladi. Savdogarlar xom-ashyo bilan ta’minlab, hunarmandlarni ishlatgan. To’p quyish, shihsaparlik, porox tayyorlash va tipagrafiya sohasida markazlashgan mamlakatlar paydo bo’ladi. Et’en tizmasi tayyorlagan kitoblar Yevropa bo’ylab tarqalgan. Patij parfyumeriyasi va zargarlari hamma joyda shuhrat qozongan.

Frantsuz dvoryanlari XVI asrda feodal pog’onasining qaysi darajasida turishiga qarab emas, qirolga yaqinligiga qarab ikki qismga ajralgan. Qirolning qarindoshlaridan va taniqli feodal urug’larning vakillaridan iborat saroy aristokratiyasi hukmron sinfning yuqori qatlamini tashkil qilgan. Shahzoda va gertsoglar gubernatorlik lavozimlarini egallashgan, qirollik kengashida ishtirok etganlar, armiya va flotga qumondonlik qilganlar. “Baholar inqilobi”dan keyin mayda va o’rta dvoryanlarning ahvoli yomonlashadi. Ularning ba’zilari mulklarini garovga qo’yadilar yoki sotadilar.

Viloyat dvoryanlari sina borayotgan vaqtda dvoryanlarning yangi qatlami qaror topadi. Ular burjuaziyadan chiqib, davlat idoralarida daromadli lavozimlarni sotib olgan “man tiya kishilari” edi. Ular yerlar sotib olganlar, parlament va sudlarda qatnashganlar, moliya vazifalarini o’z qo’llarida tutganlar. XVI asr o’rtalaridan Qirollik Kengashida ularning ta’siri kuchayadi. “Mantiya kishilari” davlatning markazlashuvini qo’llab, feodallarning separatistik harakatlariga qarshi kurashganlar. Shunday qilib dvoryanlarning katta qismi absolyutizmga tayanch bo’lgan. XVI asr o’rtasida “Mantiya kishilari” ruhoniylar safiga ham kira boradi.

Manufaktura ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan umummilliy Frantsiya bozori kengayib, mustahkamlanadi. Shaharlar toifasidan iqtisodiy manfaatdorlik asosida birlashgan burjuaziya shakllanadi. Biroq Frantsiyaning hududlarida kapitalistik munosabatlar rivojining turli darajasi burjuaziyaning milliy miqyosda birlashuviga to’siq bo’lgan. Burjuaziya boyib, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli orasidagi nomutanosiblik kuchayadi. Burjuaziya qirolni qo’llaydi, chunki uning rivojlanishi uchun mamlakatning siyosiy yaxshiligi, mamlakat ichida tartib, savdo va sanoatga homiylik talab qilingan. Separatistik harakatlar unga yot bo’lgan. Janub savdogarlari asosan tashqi savdo bilan bog’lanib, Frantsiyaning ichki bozori bilan aloqa qilmagani uchun janubona separatistik harakatlarga sabab bo’lgan. Frantsiyada absolyut monarxiya XVI asr I yarmida qaror topa borib, fuqarolar urushidan keyin to’la shakllanadi. Absolyut monarxiya Frantsiyada o’zining tugal ko’rinishiga erishadi. Lyudovik XI ning uch vorisi Karl VIII, Lyudovik XII va Frantsisk I davrida absolyut monarxiya asoslari qo’yiladi. Bosh Shtatlar chaqirilmay qo’yiladi. Butun Boshqaruv Qirollik Kengashi qo’lida to’planadi. Frantsiyada Reformatsiya rivojlanishi uchun Germaniya yoki Gollandiya kabi qulay sharoit bo’lmagan.

Kuchaygan qirol hokimiyati papa da’volariga qarshi turgan va XV asrda papa qarorlarini bekor qiladi. Episkoplar ruhoniylar tomonidan saylanib, qirol tasdiqlagan. Frantsuz ruhoniylari papalikka faqat diniy ta’limot masalalari bo’yicha murojaatqilganlar. 1516 yilgi Bolon’ya konkordatiga muvofiq episkoplarni qirol tayinlaydi, papa tasdiqlagan. Frantsuz cherkovi daromadi qirolga va qiman yirik dvoryanlarga taqsimlangan. Shuning uchun Frantsiyada papa va qirol o’rtasida keskin nizo bo’lmaydi. Biroq Frantsiyada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar reformatsion g’oyalarni tarqalishiga olib keladi. Frantsuz gumanistlaridan biri Letevr d’Etapl 1512 yilda yozgan “Avliyo Pavel maktublari” risolasida Reformatsiyaning asoslarini ishlab chiqadi. Frantsiyada Lyuteranlik tarqaladi. Moshahri episkopi Brissone birinchi protestant jamoasini tuzadi. Shimol burjuasi katolik ta’limotini qo’llaydi. Katolik ta’limoti milliy birlik ramzi sifatida qaraladi. Reformatsion g’oyalar janubi-g’arbiy hududlarda tarqaladi.

XVI asr 30 yillarida protestant faollasha boshlagach qirol hukumati ularni ta’qib qila boshlaydi. 1535 yil 35 Lyuteran kuydiriladi, 300 kishi qamoqqa olinadi. Genrix II davrida kalvinistlarga qarshi kurash uchun favqulodda tribunal tuziladi. (“Olovli palata”) XVI asr o’rtalaridan kalvinizm keng tarqaladi. Cherkov mulklarini musodara qilishini xohlagan dvoryanlarning bir qismi ham unga ergashadi.


FRANTSIYA XVI ASR – XVII ASR BOSHLARIDA .

Reja:


  1. Fuqarolar urushining boshlanishi.

  2. Genrix XIV ning iqtisodiy va tashqi siyosati.

  3. Pishel’e va absolyutizmning mustahkamlanishi.

Adabiyotlar :




  1. I.A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998

  2. I.A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. T., 1998

  3. Istoriya Frantsii. T.I . M., 1972

  4. Lyublinskaya A.D. Frantsuzkiy absolyutizm v pervoy treti XVII v. M., 1965

  5. Vseobshaya istoriya. T. 4. M., 1957

Italiya urushlaridagi mag’lubiyatlar qirol hukumatiga qarshi muxolifatni kuchayishiga sabab bo’ladi. katoliklarning kalvinizmga o’tishi hokimiyatdan norozilikning bir ko’rinishi edi. Shimolda kalvinizm faqat Normandiyaning yirik shaharlaridagina tarqaladi. Shimoliy Frantsiyaning feodal va dvoryanlari Gizlar raxbarlik qilayotgan katolik lagerini yonini olganlar. Gertsog Gizlar Shampanda, Burgundiyada va Lotarintsiyada katta mulkdorlarga egalik qilganlar. Frantsiya Giz qirol armiyasining bosh qumondoni edi.

Frantsiyada gugenotlar deb ataladigan kalvinistlar partiyasiga Burbonlar rahbarlik qilganlar. (Navarra qiroli Antuan Burbon o’g’li Genrix , shahzoda Konde admiral Gaspar de Kolini) Bular o’z erkinliklarini yoqlab chiqqan janubiy dvoryanlar guruhi edi. Muhim lavozimlar saroyda markaziy va shimoliy dvoryanlarga tekkach, janub aristokratlari va dvoryanlari cherkov yerlarini musodara qilish hisobiga aholini yaxshilashga harakat qiladilar.

Diniy masalalarda bir-biridan farq qilsada ikki lager ham siyosiy masalalarni hal etishda hammaslak bo’lganlar; ikkalasi ham Bosh va provinsial Shtatlarni tiklashni yoqlab chiqadilar.

Shimoliy Frantsiyaning “mantiya kishilari” absolyutizmni yoqlab chiqadilar. Shimol burjuaziyasining katta qismi ham ularga ergashadi. Ular mamlakatning siyosiy yaxlitligini, hokimiyatni markazlashtirishni va cherkovni davlatga bo’sundirishni qo’llab chiqadilar, ya’ni mamlakat manfaati diniy masalalardan yuqori tarmog’i kerak edi. Shunday qilib, Frantsiyada fuqarolar urushi arafasida murakkab siyosiy va ijtimoiy ziddiyatlarning qo’shilib ketganligi xarakterli bo’lib ular diniy tus oladi.

1562 yil boshlanib ketgan fuqarolar urushi 36 yil davom etadi. 1562 yil Gertsog Giz o’zining qurolli qo’shini bilan Vassida Gugenotlarning yig’iniga hujumidan so’ng boshlanadi. Uch marta to’qnashuvdan keyin 1570 yil Sen-Jermenda sulh tuzadilar: butun qirollikda protestantlarning ibodatiga ruxsat beriladi. Oliy davlat lavozimlarini egallashga ruxsat beriladi. Antuan Burbon halok bo’lgandan keyin uning o’rnini o’g’li Genrix egallaydi. 1572 yilda ikki dushman tomonni yarashtirishni Genrix Burbon va Karl IX ning singlisi Margarita Valuani nikohlamoqchi bo’ladilar. Gugenotlarni kuchayib ketishini xohlamagan Giz va qirolning onasi Yekaterina Medichi bu rejani buzadilar. To’yga kelgan gugenotlar kechasi 24 avgustda (Varfolomey kechasi) qirib tashlanadi. Boshqa shaharlarda ham gugenotlarni qirg’in qiladilar. 2000 ming gugenot halok bo’ladi. Tunda admiral Kolini ham halok bo’ladi.

Butun Frantsiya miqyosida g’alaba qilishga ko’zi yetmagan gugenotlar mamlakat janubida alohida provinsiyalar federatsiyasi shaklidagi davlatlarini tuzadilar. Har bir provinsiya mahalliy gubernator tomonidan boshqariladi. 1574 yilda Karl IX vafot etgach, ukasi Genrix III taxtni egallaydi. Genrix III vafot etsa taxt uning yaqin qarindoshi, (vorisi bo’lmagan) gugenotlar rahbari Genrix Navarralikka o’tib ketishidan xavfsiragan katoliklar janubdagi kabi o’zlarining konfederatsiyasini tuzadilar. Katolik ligasi (1576 yil) shunday paydo bo’ladi. Uning rahbari Genrix Giz Frantsiya taxtiga nomzod deb qaraydilar. 1576 yil Bluada General Shtatlar to’planadi. Gizning tarafdorlari: Genrix III ning gugenotlar bilan yarashishiga va ularga din erkinligini berilishiga qarshi bo’ladilar. Biroq qirol edikti bilan gugenotlarga Parijdan boshqa joyda o’z dinlariga e’tiqod qilish armiyasini saqlab qolishga ruxsat beriladi. Liga ichida aristokratlar, dvoryanlar va burjuaziya orasidagi nizolardan foydalanib Genrix III o’zini Liga rahbari deb e’lon qiladi. Shundan keyin Gizlar oddiy aholi orasida qirolga qarshi targ’ibot olib boradilar. Parij burjuasi va quyi toifalar to’lovlardan norozi edilar. Parijda qirolga qarshi guruh paydo bo’ladi. 1584-1985 yillarda Parij Ligasi tuziladi. Unda o’rta burjuaziya, advokatlar, notarinslar, prokurorlar yetakchilik qiladi.

Tezda Parij Ligasida hokimiyat “16lar qo’mitasi”ga o’tadi. (Parijning 16 kartali vakillaridan tuzilgan) Parijga taqlid qilib, boshqa shaharlar ham mustaqil respublikalarga aylanadi.

Qirol Parij Ligasini tarqatish uchun Luvrga qo’shin tortadi. Qirolga qarrshi ko’chalarda barrikadalar qurila boshlanadi. Qirol qo’shini bilan urushga tayyorgarlik ko’rila boradi. Qirol Parijdan Shartrga chekinadi. 1588 yil Bludda to’plangan General Shtatlar Gizlari qo’llaydi. Gersog va Kardinal Gizlar qirollik kengashiga taklif qilinib, qirol soqchilari tomonidan o’ldiriladi. Parijda bunga javoban noroziliklar boshlanadi, shahar qirolga bo’ysunishdan bosh tortadi. Liga o’ldirilgan Genrix Gizning ukasi Gersog Mayyenskiyni taxtga suradi. Siyosiy anarxiyadan foydalanishga uringan ispan qiroli Filipp II Liga roziligi bilan Parijga qo’shin kiritadi. (1591 yil) Fuqarolar urushiga ajnabiylar bilan urush qo’shiladi.

Ahvolni tuzatish uchun Genrix III o’z raqibi Genrix Navarralik bilan ittifoq tuzadi va o’zining vorisi deb e’lon qiladi. 1559 yil bahorida ikki qirol Parijga yuradilar. 1589 yil avgustda Liga a’zosi – monax tomonidan o’ldiriladi. Valualar sulolasi tugaydi. Genrix Navvaralik qirol bo’lishi kerak edi. Lekin hali unga Liga va katoliklar bilan kurash olib borish kerak edi.

1590-yil boshlarida ko’plab joylarda dehqonlar qo’zg’oloni boshlanadi. “16lar qumitasi” aholi o’rtasida e’tiborini yo’qotadi. Genrix Navvaralik katolik dinini qabul qilsagina Parij uni qirolligi tan olinishi e’lon qilinadi. 1593 yil 22 iyulda Genrix Burbon katoliklikka o’tadi. 1598 yil ispanlar yengilgach, fuqarolar urushi tugaydi. Genrix IV 1598 yilda katoliklarni va gugenotlarni yarashtirish maqsadida Nant ediktini e’lon qiladi. Frantsiyaning hamma joyida katolik ta’limoti tiklanib, davlat dini maqomini oladi. Ruhoniylarga yerlari qaytariladi. Gugenotlar kalvinizmga e’tiqod qilish huquqini oldilar. Mamlakat janubi-g’arbidagi 200 ga yaqin qal’a gugenotlarga qoldiriladi. Qirol huzurida o’z vakillariga ega bo’ldilar. Fuqarolar urushidan keyin gugenotlar anchayin mustaqillikka erishdilar. Urushdan keyin savdo, moliya ishlari izdan chiqadi, davla xazinasi tugaydi. Bunday sharoitda kuchli qirol hokimiyati tiklanishi muhim edi. Trtib o’rnatilishidan frantsuz jamiyatining barcha qatlamlari manfaatdor edilar.

Genrix IV dehqonlardan soliqni kamaytiradi, urush vaqtida to’plangan qarzlar bekor qilinadi, dehqonlarning molini va ish qurolini qarz evaziga sotilishini ta’qiqlaydi. Soliqlar tartibga solinadi. Ipakchilik yo’lga qo’yiladi. Genrix IV sanoat va savdoga e’tibor beradi. Yirik davlat manufakturalari tuziladi, xususiy korxonalarga homiylik qilinadi. Ularga imtiyozlar va mablag’lar beriladi. Manufakturalarda ipak, baxmal, zargarlik va shisha buyumlar, mebel, ziynat buyumlari tayyorlangan. Ajnabiymahsulotlar keltirish qisqatiriladi. Ipak va yung chiqaris taqiqlanadi. Shu vaqtdayoq Frantsiyaning zargarlik buyumlari tayyorlashdagi etakchiligiga asos solindi. Yo’llar ta’minlanadi, pochta aloqasi yo’lga qo’yiladi. Huku,at homiyligida frantsuz savdogarlari yana Ispaniya va Levantda qulay sharoitlarga erishadilar. Frantsiya mustamlakachilik siyosatini boshlaydi. 1604 yilda Ost-Indiya kompaniyasi tuziladi.

Genrix IV Ispan va Avstriya Gabsburglariga qarshi tashqi siyosat olib boradi. Avstriya Gabsburglari biilan urushda nemis protestant knyazlari bilan ittifoqqa boradi. Genrix IV Yevropada Gabsburglarga qarshi Frantsiya, Angliya, Gollandiya, nemis protestant knyazlari va Skandinaviya davlatlarining ittifoqini tuzish loyihasiga bosh bo’ladi. Urushga tayyorgarlik chog’ida, 1610 yilda Genrix IV katolik Ravalyak tomonidan o’ldiriladi va uning to’qqiz yoshli o’g’li Lyudovik XIII taxtga otiradi.

Bosh Shtatlar tarqatilib yuboriladi. 1789 yilgacha chaqirilmaydi. Yangi fuqarolar urushi boshlanadi. Episkop Arman Jan dya Plessi shu urushda siyosiy maydonga chiqadi. 1622 yil u qirolichatavsiyasiga ko’ra papadan kardinal unvonini oladi.


XI – XIII asrlarda Angliya .
Reja :


  1. Angliyaning normandlar tomonidan istilo qilinishi.

  2. XI-XII asrlarda Angliya qishloq xo’jaligi va shaharlari.

  3. Mamlakat len tizimi va siyosiy taraqqiyotining xususiyatlari. Normandlar istilosining oqibatlari.

  4. XIII asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti.

XI asr o’rtalarida Angliyada asosan feodal tartiblar hukm surgan bo’lishiga qaramay, feodallashish jarayoni tugallanmagan edi. Mamlakatda, ayniqsa uning shimoli-sharqida (Denlo – Daniya huquqidagi qismi) dehqonlarning katta qismi erkinligini saqlab qolgan, feodallarga qaram dehqonlar esa yagona krepostnoylarga aylanmagan edi.

Angliyada feodallashishning tugallanishi frank-normandlar istilosi bilan bog’liq edi. Normand gersogi Vilgelm Fotih rahbarligida 1066 yil 15 ming ritsarlar (asosan normand va frantsuzlar) qo’shini yerlar va krepostnoy dehqonlar qo’lga kiritish uchun Angliyaga bostirib kiradi. 1066 yil anglosakson qiroli Eduard vafot etgach, unga qarindosh bo’lgan Normandiya gertsogi Vilgelm Angliya taxtiga da’vo qilishi istiloga bahona bo’ladi. Angliya cherkovini papalarga itoat ettirishni ko’zlagan papa bu istiloga oq fotiha beradi. 1066 yil sentyabrda Vilgelm La – Manshdan o’tib, Angliyaning janubidagi Gastings portiga tushadi. Yangi qirol Garoldning o’z drujinasi va dehqonlardan tuzilgan qo’shini Normandlarning og’ir qurollangan ritsarlariga bardosh bera olmaydi. Anglosakslar qattiq qarshilik ko’rsatishiga qaramasdan 1066 yil oktyabrda engiladilar, qirol Garold halok bo’ladi. Vilgelm Londonni egallagach Uitenagemot – “donishmandlar kengashi” tomonidan qirol deb e’lon qilinadi. (1066–1087).

Normand baronlariga butun mamlakatni bo’ysundirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Anglosakslardan erlar tortib olinishi va erkin dehqonlarni krepostnoylarga aylantirilishiga qarshi mamlakat shimoli va shimoli-sharqida (Daniya huquqi viloyati) 1069 va 1071yillarda dehqonlar va feodallar ishtirokida kuchli qo’zg’olon bo’lib o’tadi. Qo’zg’olon bostirilib, York vodiysi va Darem grafligi vayron qilinadi, qishloqlar yoqib yuboriladi, aholisi qirib tashlanadi. Bu yerda uzoq yillar hech zot yashamagan. Butun mamlakat bo’ysundirilgandan keyin anglosakson zodagonlarining yerlari istilochilarga tarqatib beriladi. Mayda feodallar o’z yerlarini saqlab qoladi, lekin baronlarga (Angliyada yirik feodallarni shunday atashgan) bo’ysunish kerak edi. O’rta va mayda feodallar Angliyada ritsarlar deyilgan. Anglosakson episkoplari o’rnini Normandiyadan kelgan frantsuzlar egallaydi.

Istilo natijasida hukmron sinfning oliy toifasi almashadi. Yerlar tortib olishga muvofiq’, uni baronlarga q’ayta-q’ayta ulashib berganlar. Shuning uchun baronlarning qo’liga turli grafliklardagi erlar tushib qoladi. Baronlarning erlari katta bo’lsa ham, mamlakat bo’ylab tarqalib yotgan edi, bu esa Angliyada qirol hokimiyatidan mustaqil bo’lgan territorial knyazliklarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymagan. Haydaladigan erlarning 1/7 qismini “qirollik domeni” sifatida Vilgelm o’zida qoldiradi. O’rmonlarning ham katta qismini o’zida qoldirib, ov maydoniga aylantirgan. Bunday o’rmonlarda ov qilgan dehqonlarning ko’zlarini o’yib olganlar. Shaharlarning ham ko’pchiligi qirol domenida joylashgan edi. Boy resurslarga egalik ham Angliyada kuchli qirol hokimiyati bo’lishimimg sharti bo’lgan.

Feodal tartiblarni mustahkamlashda 1086 yil Vilgelm o’tkazgan yer ruyxati muhim o’rin tutadi. Ruyxat natijalari xalqda “Dahshatli sud kitobi” deb nom oladi, chunki ma’lumot beruvchilar narigi dunyodagi kabi hech narsani yashirmasdan to’g’ri gapirish kerak edi. yer solig’ini belgilash uchun qirol feodallarga va dehqonlarga tegishli er hajmini aniq bilish kerak edi. Pomestening daromadliligi ham ko’rsatiladi. Ruyxat ikki maqsadni ko’zlab o’tkazilgan edi: 1)qirol yer egaliklarini hajmini bilishi va malum xizmat majburiyati talab qilish uchun vassallarning daromadini bilish; 2)soliq solish uchun qirolga aholi haqida aniq malumotlar to’plash. Ruyxat dehqonlarni krepostnoylarga aylanishini tezlashtiradi, chunki “Dahshatli sud kitobi” dehqonlarni villanlar qatoriga kiritadi. (Angliyada villan deb krepostnoylarni atashgan) “Dahshatli sud kitobi” ma’lumotlariga ko’ra XI-XII asr boshida Angliya aholisi 1,5 mln. kishi bo’lib, ulardan 95% qishloqlarda yashashgan. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Mamlakat shimoli-sharqida chorvachilikka katta e’tibor berilgan. Bu yerdan chorva maysulotlari va yung asosan Flandriyaga sotilgan, flamand hunarmandlari undan movut tayyorlab, Evropaning turli davlatlariga sotganlar Istilodan keyin Angliya feodal votchinasi (manor) erkin qishloq jamoasini bo’ysundirib, krepostnoy jamoaga aylantiradi. Manor xo’jaligi qaram dehqonlarning barshchina mehnatiga asoslanadi. XI asrda Angliya dehqonlarining asosiy qismini “Dahshatli sud kitobi”ga ko’ra 30 akr yerga ega villanlar tashkil qilgan. Ular jamoa mulkidan ham foydalangan (yaylov, o’rmon, hovuz , daryo va h.) Villanlar barshchina o’tashgan, lordga natural soliq to’lashgan. “Dahshatli Sud kitobi”da bordarilar, y’ani 6-15 akr erga ega qaram dehqonlar, va 2-3 akr erga ega Kotterlar ko’rsatiladi. Kotterlar ko’pincha temirchilik, ustochilik ishlarini qo’shimcha ish sifatida bajarganlar, keyinchalik ular batraklarga aylangan. Qaram dehqonlarning oxirgi kategoriyasini servlar tashkil qilgan. Servlar erga, mulkka ega bo’lmay, eng og’ir ishlarni bajarganlar.

Erkin dehqonlar qatlami Angliyada istilodan keyin ham saqlanib qoladi, lekin ularning salmog’i qisqarib, huquqiy holati yomonlashadi. Qishloqlarda erkin dehqonlarning (frigolder) saqlanib qolganligi o’rta asrlarda Angliya agrar taraqqiyotning xususiyati hisoblanadi. Erkin dehqonlar ayniqsa mamlakat shimoli-sharqida (Denlo) ko’p saqlanib qolgan. Erkin dehqon lordga ozroq pul rentasi to’lab, ba’zi majburiyatlarni o’tagan, lord yurisdiktsiyasiga bo’ysungan, lekin erga biriktirilmagan va huquqiy jihatdan erkin hisoblangan.

XII asr mobaynida turli qaramlikdagi dehqonlarning hammasi villanlarga aylana boradi. Villan haftada uch yoki undan ortiq kun barshchina o’tab, mahsulot obrogi to’lagan. Meros olganda (geriot), qizini turmushga uzatganda (merket) badal va boshqa banalitetlarni to’lagan. Cherkovga hosilning o’ndan bir qismini ushr sifatida to’laganlar. Angliyada hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shaharlar X-XI asrda paydo bo’ladi. XI-XII asrlarda Angliya va Normandiyaning xo’jalik va siyosiy aloqalari rivojlanishi shaharlar yuksalishiga yordam beradi. Angliya savdogarlari Normandiya, Flandriya bilan savdo imkoniyatiga keng yo’l ochiladi. Flandriyaga angliyaliklar yung, qalay, qo’rg’oshin sotganlar. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markaziga aylangan Londonning ahamiyati ortadi. Vinchester, Boston, Stamford, York yarmarkalarida Flandriya, Germaniya, Italiya savdogarlari qatnashadi. Asosan yung bilan savdo qilingan. Yirik shaharlar qirol yerida joylashganligi ularning o’z-o’zini boshqarish uchun kurashini qiyinlashtiradi. Shuning uchun birorta ham shahar kommuna huquqini ololmaydi. Yirik shaharlarda XI asr oxiri – XII asrda hunarmandlarning gildiyalari paydo bo’ladi. Baronlar bevosita qirolning vassali hisoblangan. Ular qirolga pul to’lab, harbiy xizmat o’taganlar. Vilgelm baronlardan tashqari, ularning vassali – ritsarlardan ham harbiy xizmat talab qilgan. Hamma feodallar qirolga sodiqlik haqida qasam ichishi va qirol talab qilganda harbiy xizmatga kelishi kerak edi. To’g’ridan-to’g’ri vassallik tartibi o’rnatilishi bilan Angliyada vassallik nisbatan markazlashgan ko’rinish oladi. Len tizimining bunday o’ziga xosligi, qirollik domenida boy shaharlarning joylashishi, yirik hududiy knyazliklarning yo’qligi XI-XII asrlarda Angliyada qirol hokimiyatining kuchli bo’lishini ta’minlagan. Istilodan keyin mahalliy aholining normandlarga dushman kayfiyatda bo’lishi ham qirol atrofida birlashishga barcha feodallarni majbur qilgan. Normandlar istilosi Angliya tarixida muhim o’zgarishlarga sabab bo’ladi. U anglosakslar davrida boshlangan feodallashishning tugatilishiga olib keladi. Angliyaning materik bilan aloqasi kuchayadi, ichki va tashqi savdo rivojlanadi, shsharlar tez o’sadi.

Istilo natijasida qirol hokimiyati kuchayadi, mamlakatning siyosiy yaxlitligi mustahkamlanadi va Angliyada nisbatan markazlashgan feodal davlati qaror topadi. Marka ziy hokimiyat XIIasrda yana ham kuchayib boradi. Yirik feodallardan himoya izlab ritsarlar qirolni doimo qo’llaganlar. Imtiyozlar olgan cherkov ham qirolni qo’llagan. Biroq siyosiy markazlashuvdan va iqtisodiy aloqalar rivojidan manfaatdor shaharlar Eng ishonchli tayanch bo’lgan. Feodallar tomonidan erkin dehqonlarni krepostnoylikka aylantirishga urinish bo’lgan. Shuning uchun erkin dehqonlar ham mamlakat markazlashuvini himoya vositasi deb bilganlar. Bu qatlamlarga tayanib, Vilgelm vorislari davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlaydilar. Genrix II davrida qirol Sudi va qirollik Kengashining ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar o’tkaziladi.

Genrix II vafotidan keyin taxt uchun (uning o’g’li yo’q edi) uning qizi Matilda va jiyani Stefan o’rtasida kurash boshlanib ketadi. Baronlar ikki tomonga bo’linib, aholini, mamlakatni talaydilar. 1153 yil tomonlar kelishuviga ko’ra, Stefan vafotidan keyin taxt Matildaning o’g’liga tegish kerak edi. Graf Anjuy Genrix II Plantagenet davrida (1154-1189) qirol qo’lida Angliyadan tashqari Frantsiyadagi Anjuy xonadonining mulklari – Men, Anju, Turen, Puatu, Akvitaniya, Normandiya to’plangan. Genrix II Irlandiyani istilo qilishga kirishadi.

Irlandiyada XII asr II yarmida urug’-qabila munosabatlari hukm surib, qabila Oqsoqollari tasiri kuchli bo’lgan. 1171 yil qabila oqsoqollarini tor-mor keltirib, Genrix II o’zini Irlandiyani “Oliy hukmdori” deb e’lon qildi. Baronlar janubi-sharqiy hududlarni bosib olib, keyingi istilolar uchun tayanch joyiga aylantirdilar. Bu mustahkamlangan joy “Peyl” deb atalgan. (“To’sib olingn joy”) O’zaro urushlar davrida zaiflashgan qirollik hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilib Genrix II 300 ga yaqin feodal qasrlarni buzib tashlaydi, drujinalarini tarqatib yuboradi, ko’plab sheriflarni almashtiradi. Qirol hokimiyatini mustahkamlashda Genrix II ning sud islohotlari muhim o’rin tutgan. Qirol sudi hamma feodal sudlari ustidan shikoyat sudiga aylanadi. Ritsarlar, shaharliklar va erkin dehqonlar o’z ishini feodal sudidan qirollik sudiga ko’chirishi mumkin bo’ladi. Faqat malum pul to’lash kerak edi. Genrix II ning sud islohoti qirollik daromadini ko’paytiradi. Og’ir jinoiy ishlar feodal sudlari ixtiyoridan olinadi. Genrix II harbiy islohot o’tkazadi. Feodallarning harbiy majburiyati “qalqon puli” deb ataladigan pul to’lovi bilan almashtiriladi. Bu pulga qirol ritsarlarni yollagan.

Natijada qirolning harbiy jihatdan feodallarga bog’liqligiga barham beriladi. Genrix II Eski xalq qo’shinini tiklaydi. (fird). Har bir erkin fuqaro mulkiga yarasha qurollanib harbiy yurishga chiqqan. XIII asrda Angliyada qishloq xo’jaligi intensiv rivojlanadi, uch dalali almashlab ekish keng tarqaladi. O’rmonlarni tozalash va botqoqliklarni quritib, haydaladigan erlarni ko’paytiradilar. Flandriya va Italiyada Angliya yungiga ehtiyoj kuchayishi tufayli chorvachilik rivojlanadi (ayniqsa qo’ychilik).

XIII asrda shahar aholisining ko’payishi tufayli qishloq xo’galik mahsulotlariga, ayniqsa g’allaga talabni oshiradi. Natijada feodal va dehqon xo’jaliklari bozor munosabatlariga keng kirib boradi. XII asr oxiri – XIII asrda muntazam ichki iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. XIII asrda ichki milliy bozor yaratilib, London uning markaziga aylanadi. Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi hududlarning erta ma’lum bir mahsulotga ixtisoslashuvi mamlakat ichida savdo munosabatlarining erta rivojlanishiga yordam beradi. Janubiy, Markaziy, Sharqiy Angliya – g’alla Shimol va G’arb – chorva mahsulotlari va yung etishtirgan. Tovar-rul munosabatlarining rivojlanishi xo’jalikning barshchina-krepostnoylik tizimini emiradi. Ko’plab xo’jaliklarda pul rentasiga o’tiladi. Bazi pomestelarda yerga ishlash uchun kotterlar va batraklarning yollanma mehnatidan foydalanilgan. Yirik pomestelarda, ayniqsa cherkov votchinalarida bozor munosabatlari tasirida domenlar kengaytirilgan, barshchina-krepostnoylik tartiblari mustahkamlangan. Ko’proq qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish uchun jamoa erlari, o’rmonlarni tozalash evaziga domenni kengaytirganlar.

XIII asrda pul rentasi tarqalishiga qaramasdan xo’jalikning barshchina-krepostnoylik tartiblari muhim o’rin tutgan. Tovar-pul munosabatlari tasiri ostida yirik va mayda feodallar o’rtasidagi farq XIII asrda yana ham keskinlashadi. Endi farq daromadi yoki yer miqdori bilan emas, balki xo’jalik faoliyati va siyosiy pozitsiyasi bilan belgilanadi. XIII asrda tovar-pul munosabatlariga ritsarlar qizg’in kirib boradilar. Ularning xo’jaligida pul rentasiga o’tilib, yollanma mehnatdan foydalanilgan. Ritsarlar harbiy ishlardan xo’jalik ishlariga o’tadilar. Ichki bozorni rivojlanishidan, qirol to’lovlarini qisqartirishdan va yirik feodallarning huquqini cheklashdan, davlatning markazlashuvidan manfaatdorlik ularni shaharliklar va erkin dehqonlarning yuqori tabaqasi bilan yaqinlashtiradi. Shunga ko’ra Angliyada feodallar sinfi Frantsiyadagi va Germaniyadagi kabi yopiq toifaga aylanmaydi. Har bir erkin yer egasi 20-40 funt yillik daromadi bo’lsa ritsar unvonini qabul qilib, dvoryanlar qatoriga qo’shilgan.

Baronlar barshchina usulini va toifaviy imtiyozlarni saqlab qolishga harakat qilganlar. XIII asrda shaharlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi ahamiyati oshadi. Shaharlarda boylik to’planib boradi, davlat solig’ining asosiy qismini ular to’laydi. Shuning uchun qirol ular bilan hisoblashishga majbur bo’ladi. XIII asrda 200ga yaqin shahar iqtisodiy va siyosiy huquqlari ko’rsatilgan xartiyalarga ega edi. XIII asr mobaynida shahar oligarxiyasi (savdogarlar, sudxo’rlar) va shahar kambag’allari o’rtasida shahar boshqaruvida qatnashish uchun kurash davom etadi.

XIII – XV asrlarda Angliya .


  1. XIII asrda Angliya siyosiy taraqqiyotining asosiy yunalishlari .

  2. XIII–XIV asrlarda Angliya parlamenti. Toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi.

  3. XIV asrda Angliya qishloqlarida iqtisodiy va ijtimoiy siljishlar .

  4. XV asrda Angliyaning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti .


Adabiyotlar:


  1. I.A. Karimov Tarixy xotirasiz kelajak yo’q. T. 1998.

  2. I.A. Karimov Barkamol avlod orzusi. T. 1998.

  3. Гyтнова E.B. Возниковение английского парламента. М. 1960.

  4. Semyonov F.S. O’rta asrlar tarixi T. 1973.

  5. Qurbongalieva M.G. O’rta asrlar tarixi T. 1991.

XIII asrlarda ichki iqtisodiy aloqalar rivojlanib, Angliyaning davlat markazlashuvi davom etadi. Markazlashuv feodallar, shaharlar, erkin dehqonlar tomonidan qo’llab quvvatlangan. Qirollar mamlakatdagi siyosiy kuchlar muvozanatini saqlab turishga harakat qiladilar, biroq Ioann Yersiz davriga bu muvozanat buziladi. Qirol Frantsiyaga qarshi muvaffaqiyatsiz urush olib boradi. Urushga g’oyat ko’p mablag’ sarflanib, mamlakatda ijtimoiy va siyosiy keskinlikni kuchaytiradi. Angliya urushda Normandiya, Puatu, Anjuni yo’qotadi. Bu safar qirolga qarshi ritsarlar va shaharliklar ham qarshi chiqadilar. Ioann, Kenterberiy arxiepiskopini papa roziliigsiz tayinlagani uchun Innokentiy III bilan janjallashib qolgani vaziyatni yanada og’irlashtiradi. (1207 y) Papa 1212 yil maxsus bulla chiqarib Ioanni taxtdan mahrum va cherkovdan begona deb e’lon qiladi. Angliyada cherkov ibodati bekor qilinadi. Qirol o’zini papaning vassali deb tan olishga va har yili 1000 kumush marka papaga to’lashga rozi bo’ladi. 1215 yil bahorda baronlar ritsarlar va shaharliklar yordamida qirolga qarshi urush boshlaydilar. Ioann qo’zg’olonchilarning talabnomasini imzolashga majbur bo’ladi. Bu hujjat 63 moddadan iborat bo’lib “Erkinliklarning Buyuk xartiyasi” deb ataladi. O’ziga xos feodal monarxiyasi konstitutsiyasi bo’lgan bu hujjat moddalari baronlar manfaatiga mos kelgan. Ritsar va shaharliklarga bir qadar imtiyozlar berilishi ham aks etadi. Qirollik Kengashiga baron va prelatlar kirishi va uning roziligi bilan to’lovlar joriy qilishni qayd qilinadi. Cherkovning qiroldan mustaqilligi tan olinadi.

Feodal sudlarning yurisdiktsiyalari tiklanadi. Bu baronlarning mavqeini mustahkamlab, qirol sudi tasirini tushirib yuboradi. Baronlarni faqat nerlar sud qilishi mumkin edi. Agar xartiyaning shartlarini qirol bajarmasa unga qarshi urush qilishga baronlarning huquqi borligi xartiyada ko’rsatiladi.

Yagona o’lchov va og’irlik birliklari, quruqlikda va suvda erkin harakat qilish huquqi qaror topadi. Mamlakatga kirib kelish va chiqib ketish erkinligi ko’rsatiladi. Bular shahar hayoti va savdo uchun ilg’or ahamiyatga ega bo’lgan. Frigolderlar to’lovi tartibga solinadi, ularning mulki daxlsizligi qayd qilinadi. Villanlardan ish qurollarini tortib olish taqiqlanadi. Xartiya o’z davri uchun ilg’or hisoblangan, chunki mamlakat rivojlanishini taminlovchi shaharliklar va ritsarlarni qirol amaldorlari va yirik feodallar tazyiqidan himoya qilgan. Xartiya amalda bajarilmaydi. Qirol va baronlar o’rtasida urush boshlanib ketadi, lekin urush payti 1216 yilda Ioann vafot etadi. Uning yosh o’g’li Genrix III qirol deb e’lon qilinadi. (1216–1272 y.) Genrix III davrida 1258 yili yana qirol va baronlar o’rtasida siyosiy mojaro boshlanadi. Angliya baronlariga nisbatan mustaqilligini saqlab qolish uchun qirol frantsuz feodallariga lavozim va yerlar ulashib beradi. Shaharlar soliqlarning o’sishidan, ritsarlar va frigolderlar qirol amaldorlarining zo’ravonligidan norozi edi. Qirolning Italiya yurishlari uchun mamlakat daromadining 1/3 qismini baronlardan talab qilishi urushga bahona bo’ladi.

Baronlar va ritsarlalar saroyga kirib islohotlar o’tkazishni talab qiladilar. 1258 yil baronlar Oksfordda se’zd chaqirib konstitutsiyalarini (“Oksford oziq-ovqatlari”) ishlab chiqdilar. Unga ko’ra hokimiyat “15 baron kengashi”ga topshirilib, uning roziligisiz qirol hech bir masalani hal qilmagan. Baronlarning faqat o’z manfaatlari yo’lidagi faoliyatidan norozi ritsarlar va shaharliklar muxolifatdan ajralib chiqadi.

1259 yili ularning talablari “Vest – ministrlik oziq ovqatlari” degan hujjatda e’lon qilinadi. Hujjat ritsarlar va erkin dehqonlarning o’z senorlari bilan munosabatlarini tartibga solgan. Baronlarning bir qismi Simon de Monfor rahbarligida ritsar va frigolderlarning talablarini qo’llab chiqishadi. Qirolga qarshi muxolifat ikkiga bo’linadi: bir qismi qirol bilan murosaaga borish, ikkinchi qismi Simon de Monforni qo’llaydi. Ikki o’rtada to’qnashuv boshlanadi. Shaharliklar Simon de Monforni qo’llab, harbiy yordam ko’rsatishadi. Lyus jangida Genrix III qo’shini engilib, qirol va o’g’li asir tushadilar. 15 oy mobaynida Monfor Angliya hukmdori bo’lib qoladi.



1265 yil yanvarida Monfor qirollik majlisi chaqiradi, baron va episkoplardan tashqari har graflikdan 2ta ritsar va har yirik shahardan 2 ta vakil taklif qilinadi. Bu birinchi Angliya parlamenti edi. Fuqarolar urushi davom etib, dehqonlar va shahar hunarmandlarining ishtirokida qirol tarafdorlarining pomestelari vayron qilingan, erlar tortib olingan. Urushning keng quloch yoyishi baronlarni qirol bilan bitim tuzishga majbur qiladi. Shahzoda Eduard asirlikdan qochganda, baronlarning katta qismi uning atrofida to’planadi. 1265 yil Ivshem to’qnashuvida Monfor qo’shinlari tor-mor keltiriladi, lekin fuqarolar urushi davrida paydo bo’lgan parlament bekor qilinmaydi. Eduard I (1272-1307) parlament chaqirib, soliqlar solish uchun ruxsat so’ragan. Qirol va baronlar, ritsarlar va shaharliklar bilan kelishmasdan endi qo’zg’olonlarni bostirib bo’lmasligini tushungan edilar. XIII asr oxirida Angliyada parlament tuzumi to’la qaror topadi. 1295 yil qirol Eduard I chaqirgan parlamentga qirol vassallari bilan birga har graflikdan ikki ritsar, yirik shahar va portlardan ikkitadan vakil taklif qilinadi. Doimiy faoliyat yuritadigan parlamentning tasis etilishi bilan Angliya feodal davlati toifaviy monarxiya shaklini oladi. Yirik feodallarga qarshi qirol Eduard parlamentdan foydalangan. Muhim davlat masalalarini hal etishda, soliq masalalarida qirollar ritsarlar va shaharliklar bilan maslahatlashganlar. XIV asrda parlament qonunlar chiqarish huquqini oladi. 1343 yilda parlament lodlar palatasi va umum palataga bo’linadi. Lordlar palatasiga baronlar, arxiepiskoplar, episkoplar, abbatlar kirgan. Ularning hammasi merosiy perlar hisoblanib, qirolning shaxsiy xati orqali parlamentga taklif qilingan. Umum palataga ritsarlar va shaharliklar kirgan. Ularning soni lordlardan ortiq bo’lgan. Ritsarlar va shaharliklarning mustahkam ittifoqda bo’lishi parlamentda ularning tasiri kuchli bo’lishini ta’minlagan. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bu ikki qatlamning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarining yaqinlashuviga olib kelgan edi. Parlament va toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi Angliyaning siyosiy markazlashuvi va baronlar, ritsarlar va shaharliklar misolida umumdavlat toifalari qaror topganini anglatar edi. Parlament feodal davlatini mustahkamlanishiga yordam berdi. XIII-XIV asrlarda Angliya rivoji uchun parlament ijobiy ahamiyatga ega edi. U baronlarning siyosiy mavqeilarini cheklab, usha davrdagi ilg’or tabaqaritsarlar va shaharliklar manfaatini ifoda etadi. Parlamentga shaharliklarning qatnashishi ularning huquqini tan olinishini va shahar tabaqasining ahamiyati ortganini bildirar edi. XIV asrda Angliya qishloqlarida tovar-pul munosabatlari rivoji asosida barshchina-krepostnoylik tartiblari emirilib boradi. Dehqon xo’jaliklari krepostnoylar mehnatiga asoslangan domen xo’jaliklari bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha boradi. Ko’plab feodallar XIV asr o’rtasida barshchinadan voz kecha boshlaydi. Natijada feodal va boy dehqonlar xo’jaliklarida yollanma ishchi kuchiga talab paydo bo’ladi.

1348 yil Angliyada o’lat kasalligi tarqalib, qishloqlarda ziddiyatlar keskinlashadi. “Qora ajal” mamlakat aholisining ⅓, ba’zi joylarda ½ qismini olib ketadi. Ishchi kuchiga ehtiyoj yana oshadi, ish haqi ham oshadi. Ayniqsa, yollanma mehnatdan foydalangan dvoryanlar og’ir ahvolda qolishadi. Eduard III hukumati 1349 yil chiqargan qonuniga ko’ra, har bir 12 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkak va ayol o’z eri va yashahs uchun boshqa vositasi bo’lmasa, epidemiya tarqalishidan avvalgi maosh bilan ish taklif qilgan kishiga yollanishga majbur edi. Bo’ysunmaslik yoki muddatidan avval ketib qolish uchun qamoq jazosi qo’llanilgan. Ishga yollovchilar ham yuqori maosh tayinlasa jarima to’laganlar. Yirik feodallar barshchinani tiklash evaziga ishchi kuchini saqlab qolishga harakat qilganlar. “Ishchi qonunlar” va feudal reaktsiyasi aholining noroziligiga, sinfiy kurashning keskinlashuviga sabab bo’ladi. 1377 yil parlament 14 yoshdan oshgan har bir kishi jon solig’i to’lashi haqida qaror qabul qiladi. Bu aholining qattiq noroziligiga olib keladi va 1381 yilgi qo’zg’olonga bahona bo’ladi.



Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə