Blue and White Professional Science Project Presentation



Yüklə 6,29 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü6,29 Kb.
#157127
Bakteriya va Mikroblar


BAKTERIYA VA MIKROBLAR
Bajardi: Haitova Nigora
Mikroblar olamiga bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, viruslar, va prionlar kiradi. Ushbu mikroolam vakillarining ayrimlariga mustakil yashash qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun «mikroorganizmlar» atamasi mos keladi (bakteriyalar, zamburug‘lar, jonivorlar). Bakteriyalarning o‘zagi, o‘zak qobiliyatiga ega bo‘lmagan bakteriyalar - prokariotlar, boshqalarni (zamburug‘lar, sodda jonivorlar) chegaralangan o‘zak saqlaydi, ularni eukariotlar deb ataladi.
Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Ular havoda, tuproqda, suvda, ovqat maxsulotlarida, atrof buyumlarida, tanamizning ichida va yuzasida, o‘simlik va hayvonlar organizmlarida uchraydi. Mikroblarning bunday keng tarqalishi ularni tabiatda va odam hayot faoliyatida ahamiyati juda katta ekanligidan darak beradi.
Mikroorganizmlar barchasi uch toifaga bo‘linadi patogen yoki zararliodam,hayvon,o‘simlik organizmlarida turli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan shartli- patogen va nopatogenlarga bo‘linadi. Bakteriyalar (lotincha bacteria katakcha, tayoqcha) tabiatda keng tarqalgan biologik xususiyatlari jihatidan har xil bo‘lgan, bir hujayrali, o‘simliklar dunyosidan kelib chiqqan, xlorofilsiz guruhlardir.
Bakteriyalar prokariotlar podshoxligiga, skotobakteriyalar bo‘limiga mansub, Berji aniqlamasida 2-dan 17-guruhlarga kiradi. Bakteriyalarning o‘lchamlari har-xil bo‘lib, mikrometrlarda (mkm) o‘lchanadi. Ularning ichida yirik, mayda va o‘rtacha kattalikdagi bakteriyalar uchraydi, 0,1-0,15 mkmdan 16-28 mkm gacha keladi. Aksari kasallik qo‘zg‘aydigan bakteriyalarning kattaligi 0,2 mkmdan 10 mkmgacha keladi. Eng yirik bakteriyalarga kuydirgi va gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilari eng maydalariga-brutsellez va tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
Bakteriyalar ularga bir xil shakl beradigan elastik hujayra devoriga ega. Bakteriyalarning shakllari bilan farqlanadigan 4 ta asosiy guruhlari mavjud: dumaloq, biroz uzunchoq, ovalsimon, lansetsimon yoki loviya shakldagi bakteriyalar:
-kokklar; -tayoqchasimon; -ipsimon; -burama shakldagi bakteriyalar. Hamma bakteriyalar o‘zlarining shakllaridan qat’iy nazar, oddiy ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, ammo bo‘linish usullari har xildir: uzunasiga, ko‘ndalang, ikkita o‘zaro kesishgan (perpendikulyar) tekislikda va boshqalar bo‘linish usullariga qarab, bakteriyalar ichida morfologik farq kuzatiladi.
Kokklar (lotincha cocus –donacha) bo‘linish usullariga bog‘liq bo‘lgan hujayralarning o‘zaro joylashganligiga qarab farqlanadi: mikro yoki makrokokklar yakka-yakka sferik shakldagi bakteriyalar bir-biridan alohida-alohida joylashgan bo‘ladi, chunki bir tekislikda bo‘lingandan so‘ng hujayralar bir-biridan ajralishadi. Diplokoklar (grekcha-Diplos –ikkitali juft) ikkitadan joylashgan sferik yoki loviyasimon lansent shakldagi guruxlar.
Tetrakoklar - to‘rttadan yotgan sferik shakldagi guruxlar. Streptokoklar - (grekcha –eshilgan,tug‘ilgan) marjon kabi joylashadi. Sarsinalar - (grekcha –Sarcio birlashtiraman) sferik shakldagi 8,16, va undan ortiq paket kabi joylashgan. Kokklar guruxi stafilokoklar (grekcha Stafilion shingil) - uzum shingiliga o‘xshash bo‘lib joylashgan kokklar.
Mikrokoklar, tetrakoklar odam uchun patogen emas, qolganlari har-xil yuqumli kasalliklar, aksariyat yiringli yallig‘lanish chaqiradi. Tayoqchasimon bakteriyalar (grekcha – Bacterium- tayoqcha) eng ko‘p tarqalgan va har-xil guruhdagi bakteriyalar. Spora hosil qilishiga qarab, tayoqchasimon bakteriyalar ikkiga bo‘linadi:
1. Bakteriyalar yoki spora hosil qilmaydigan tayoqchalar B deb belgilanadi.
2. Batsillalar va klostridiylar- spora hosil qiladigan bakteriyalar Bac deb belgilanadi (lotincha Bacillus- tayoqcha), klostridiylarni esa Clostir (-yig‘, duk, urchuq)
Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi va qalinligi har xil bo‘ladi. Masalan: semiz va ingichka, kalta va uzun. Har xil shaklga ega bo‘lishi mumkin: tuxumsimon, sharsimon, silindsimon, dumaloqlashgan. Tayoqchasimon bakteriyalar ichida juda ko‘p yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari mavjud: ichak infeksiyalari, jarohat, zoonoz va boshqalar.
Spirillalar - bittadan bir necha buramaga ega bo‘lgan bakteriyalardir. Spirillalar kalamush tishlaganda kelib chiqadigan kasallik - sodaku qo‘zg‘atuvchisi - Spirallum minor tashqari odam uchun patogen emasdir. Yuqorida ko‘rsatilgan bakteriyalarning asosiy shakllaridan tashqari ipsimon, uchburchak, yulduzchasimon bakteriyalar ham aniqlangan.Odam uchun ularning patogenligi aniqlanmagan.
Alexander Aronowitz
RAXMAT
Contact us
    • +123-456-7890
    • www.reallygreatsite.com
    • hello@reallygreatsite.com

Yüklə 6,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə