Blue Work Silhouette


narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix03.08.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#120307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Shaxs ijtmoiylashuvi va bosqichlari 1

narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga 
erishadi»
 
 


Free Powerpoint Templates
Page 13 

Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning 
vakillaridan biridir. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida 
namoyon bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega 
bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning 
ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga 
kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va 
me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratadi. Bu 
jihatdan u ijtimoiy ta’sir obyektidir. Shuningdek, individ 
ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda 
faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar subyekti 
sifatida harakatlanuvchi shaxsga aylanadi.
An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy 
qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy 
jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, 
shaxslararo munosabatlarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro 
harakatlar va munosabatlarni norasmiy 
muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarini bir-biriga tobelik, 
urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan 
bog’liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz 
jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo’ygan bo’lib, bu 
holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirishga yo’l bermas, o’zaro 
munosabatlarning esa biqiq bo’lishini taqozo etar edi.


Free Powerpoint Templates
Page 14 
• Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va 
siyosiy munosabatlardagi o’rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o’zaro 
munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi - uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va 
tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy 
munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida 
muvofiqlashtirshning rasmiy tizimini shakllanishi, ijtimoiy 
boshqaruvning takomillashgan tizimini yaratilishi, dinni davlat va 
boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va 
rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, 
siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya 
etish, jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga 
kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik 
jamiyati, deb atala boshlandi.
Fuqarolik jamiyati g’oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri 
yashab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati shunday jamiyatki, unda 
aholining biron-bir guruhi boshqa bir guruhni o’ziga bo’ysundira 
olmaydi, shuningdek, erkaklar bilan ayollarni bir-biri bilan bog’lab 
turuvchi ko’plab ijtimoiy, fuqaroviy, diniy, iqtisodiy, madaniy aloqa va 
munosabatlar yanada rivojlanadi. Bu g’oya 80-yillarda avj olgan 
demokratiyalashtirish jarayoni natijasida alohida mazmun kasb eta 
boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiy 
andoza sifatida talqin qilina boshlandi.


Free Powerpoint Templates

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə