Free Powerpoint Templates
Page 14
• Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va
siyosiy munosabatlardagi o’rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o’zaro
munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi - uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va
tajribaga, shuningdek, yuqori
kasbiy malakaga asoslanishi,
ijtimoiy
munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida
muvofiqlashtirshning rasmiy tizimini shakllanishi, ijtimoiy
boshqaruvning takomillashgan tizimini yaratilishi, dinni davlat va
boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va
rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib,
siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya
etish, jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX
asrga
kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik
jamiyati, deb atala boshlandi.
Fuqarolik jamiyati g’oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri
yashab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati shunday jamiyatki, unda
aholining biron-bir guruhi boshqa bir guruhni o’ziga bo’ysundira
olmaydi, shuningdek, erkaklar bilan ayollarni bir-biri bilan bog’lab
turuvchi ko’plab ijtimoiy, fuqaroviy, diniy, iqtisodiy, madaniy aloqa va
munosabatlar yanada rivojlanadi. Bu g’oya 80-yillarda avj olgan
demokratiyalashtirish jarayoni natijasida alohida mazmun kasb eta
boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiy
andoza sifatida talqin qilina boshlandi.
Free Powerpoint Templates
Dostları ilə paylaş: