Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi ahamiyati



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə7/17
tarix12.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#86892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi aham

D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi.

Eng sodda psixik jarayondan yeng murakkab psixik jarayongacha hammasining yeng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rol o‘ynaydi. Maktabgacha yosh davrida harakatning o’sishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o’stirish va takomillashtirish uchun yeng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko’nikmalarinisub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg’ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun yeng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti- harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.

Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni yeslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi


  1. o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol’ tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni yeslab qolishni talab qiladi;

  2. shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.

O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq- atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog’liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil maktabgacha yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini o’zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham yerishishlari mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb yetadi.

Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg’usini

qo‘zg’atuvchilar bilan o’zviy bog’liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug’ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug’iladi.

Ma’lumki bolaning yoshi ulg’ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va hodisalar dunyosi ham kengayib boradi. Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida, uning faoliyat doirasiga atrofidagi kuchi yetadigan, qo‘lidan keladigan narsalardan tashqari, kattalarning faoliyatlariga doir, yani ularning hali mutlaqo aqllari yetmaydigan, jismoniy jihatdan kuchlari yetmaydigan narsalar ham kiradi. CHunki ular turmush tajribalarining ozligi va binobarin, haddan tashqari qiziquvchanliklari tufayli atrofdagi hamma narsa va hodisalarni bilishga intilaveradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mavxum nazariy faoliyatning, ya’ni nazariy yo’l bilan bilish faoliyatining bo‘linishi mumkin emas. Bu yoshdagi bolalarning atrofdagi narsalarni bilish faoliyatlari faqat bevosita harakat shaklida bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning haddan tashqari faol (betinim, harakatchan) ekanliklarining sababi ham shundadir.

O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab ye tadi. SHuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan.

O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma’qul.

Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak- atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.

Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan

o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.

Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.

O’yinning syujeti— o’z harakati, munosabatlari bilan bog’langan voqea, hodisalar va ularning qatnashuvchilaridir. Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy negizi hisoblanadi.

Rol tanlash, o’yinchoqlar bilan o’ynashda o’zaro bog’langan bir necha harakatlarni (ovqat tayyorlash, stolni bezatish, ovqatlantirish) bajarish ko’nikmalarini rivojlantirish. Ikkita shaxs (haydovchi va yo’lovchi, ona va qizi, shifokor va bemor) ishtirok etadigan voqeaband epizodlarda o’zaro kelishgan holda harakatlanishga, o’yinchoqo’rinbosarlar bilan o’ynaladigan yakka o’yinlarda o’ziga va o’yinchoqqa tegishli rolni o’ynashga o’rgatish.

Rolli o’yinlarning mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning to’zilishi va o’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o’sib boradi. Avvaliga bolalar o’z-o’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin- asta rolli o’yinlarning paydo bo’lishi, o’yinda kishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o’yinni keltirib chiqaradi.

O’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.

O’rtoqlik munosabatining dastlabki xususiyati bolalarda maslahatlashib, kelishib olishda namoyon bo’ladi. Kelishib olish avvalo o’yin mavzusini belgilab olishdan boshlanadi. Keyin rollarni taqsimlashda o’yinchoqlar tayyorlashda va boshqa sohalarda kelishib olinadi.

O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchoqning roli va bolalarniig unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va h. k.

Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o’ynay olishi, diqqatini shunga to’play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar

bilan yonma-yon tinch o’ynay olish malakasini shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o’ynashga o’tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o’rnatishlari lozim bo’ladi. Xuddi mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o’ynashga o’rgatish orqali yerishadi.

3 yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan suhbatlar, ko’zatishlar o’tkazish, hikoya va ertaklar o’qib berish, maslahat berish va o’yinlarga qiziqtirish kerak. O’yinda bolalarni katta ish-harakatining faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni odamlarga, mehnatga bo’lgan munosabatlariga ham taqlid qildirish, bolalarda ahillik bilan uynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko’zlangan maksadga erisha olish, tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o’yinga qo’shilishiga yordam berish kerak. Bolalarda hayol tasavvurlarini o’stirish ularda mustaqil biron yangi o’yinni ijod etish, bu o’yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba’zi o’yinchoqlarni o’z qo’li bilan yasash, badiiy mashg’ulotlarda orttirgan malakalarini o’yinda qo’llash, qo’shiqlar aytish, she’r o’qish, chizgan rasmlardan va yasagan narsalardan foydalanish istagini o’yg’otadi.

Jamoa o’yinining paydo bo’lishi uning mavzui va mazmunini ham, to’zilishini ham tez rivojlantirish va o’zlashtirish imkonini yaratadi. Bolalar o’yinlari mavzuining o’zgarishida maishiy o’yinlardan mehnat, ishlab chiqarish ijodiyiga ega bo’lgan o’yinlarga, so’ng turli ijtimoiy hayot voqea va hodisalari aks ettiriladigan o’yinlarga o’tiladi. O’yinning mazmuni ham rivojlanadi.

3 yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. "Men oyisiman", "Men - shifokorman" lekin bolalar birdaniga e nag a , tarbiyachi, s h i f o k or bo’lib qolishi mumkin.

Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi 3- yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchoqni va o’zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi:

Masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan: sen kimsan?—deb so’rasa, «SHoferman» deb javob beradi. YOki qizcha

qo’g’irchog’iga ovqat pishiryapti. «Sen kimsan?»—degan savolga, «Men oshpazman», deb javob beradi. Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi. YOki qo’g’irchoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’on-dakam dori beriladi. O’zoq davom etadigan o’yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’yinlarining yuqori bosqichi

o’yinda har xii rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlari ni shakllantirishga yordam beradi. O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchog’ning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.

Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi.

3 yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchog’ni va o’zini k ishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so’rasa, "Haydovchiman" deb javob beradi, yoki qizcha qo’g’richog’iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?"- degan savolga "Men oshpazman" deb javob beradi.

Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks yetadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotg’izishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi, yoki qo’g’richoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.

O’yining qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok e t i s h lari o’yinning mazmuniga bog’liq. O’yinda bola ij’ro yetadigan rol o’yining asosiy o’zagi va tarkibiy qismidir. SHuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli- rolli o’yinlar nomini olgan hisoblanadi.

Bola 4 yoshga o’tganda syujetli-rolli o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z o’yinlarida

oila, maktabgacha ta’lim muassasasida, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.

Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O’yin bolalarning qiziqarli yermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil yetilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.

Har bir bolaning yaxshi ko’rgan o’yini va yaxshi ko’rgan roli bo’ladi. Masalan, shifokor bo’lishni xohlagan qiz mana shu rolni har xil o’yinda: maktabgacha ta’lim muassasasi, kasalxona, paroxod va shu kabi o’yinlarda o’ynashga intiladi. Maktabgacha yoshining oxirida so’z yangi ahamiyat kasb etadi: bolalar so’z orqali butun bir o’yin epizodlarini yarata boshlaydilar. Bolalardagi bu xususiyat ularning taffakkur va hayollari rivojlanganligidan darak beradi.

Bolalarning o’ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak.

Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar ulardan asosiylari quyidagilar:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə