Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə1/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ


Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi turlarga juda boy bo‘lib, 1-1,5 mln. ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Aslida ularning turi 2-3 mln dan kam emas. Bo‘g‘imoyoqlilar dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida va ayniqsa, Yer yuzining quruqlik qismida keng tarqalgan.





Bo‘g'imoyoqlilar issiq va nam tropik iqlimli o‘lkalarda ayniqsa ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Bu hayvonlarni suvsiz jazirama issiq sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qahraton sovug'ida ham uchratish mumkin. Turlarining xilma-xilligi va yer yuzida tarqalishi jihatidan bo‘g'imoyoqlilar boshqa hamma hayvonlarni birga qo‘shib hisoblaganda ham bir necha marta ustun turadi.
Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki tomonlama simmеtriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Tana bo‘g'imlarining tuzilishi va o‘lchami har xil (geteronom) bo‘ladi. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-skеlеt vazifasini bajaradi.
Bo‘g'imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat uchta bo‘limga bo‘linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo‘limlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, daryo qisqichbaqasining bosh va ko‘krak bo‘limlari qo‘shilib, bitta bosh-ko‘krakka birlashganligi sababli ular tanasini ikki bo‘lim, ya’ni bosh-ko‘krak va qoringa ajratish mumkin. Kanalarda esa hamma tana bo‘g'imlari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan. Bosh bo‘limi akrondan va 4 ta tana bo‘g'imidan kelib chiqqan. Bo‘g'imoyoqlilar boshida sezgi va og'iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g'imi akron halqali chuvalchanglar prostomiumiga mos keladi. Ko‘krak bo‘limi 3-8 bo‘g'imlardan tashkil topgan, unda yurish oyoqlari yoki qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.
Bo‘g'imoyoqlilarning muskullari teri-muskul xalta hosil qilmaydi, ular tanada to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ'il muskullardan iborat. Muskullarning bir uchi tana organlariga, ikkinchi uchi tana qoplag'ichining qalinlashgan qismlariga kelib birikadi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining birga qo‘shilib kеtishidan hosil bo‘lgan aralash (miksotsel) tana bo‘shlig‘i dеyiladi. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa traxеya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning qon aylanish sistеmasi ochiq bo‘lib, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.
Suvda hayot kechiruvchi bo‘g'imoyoqlilar ayirish sistemasi halqali chuvalchanglar metanefridiylarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon bezlardan iborat. Bu bezlarning tashqi chiqarish yo‘li ko‘krak oyoqlari yoki antennalar asosiga ochilganligi sababli, ular koksal bezlar deyiladi. Quruqlikda yashovchi bo‘g'imoyoqlilar-o‘rgimchaksimonlar, ko‘poyoqlilar, hasharotlarda o‘ziga xos ayirish sistemasi malpigi naychalari rivojlangan. Naychalar orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tuguni, ya'ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tadigan nerv tomirlari-konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya protoserebrum, deytoserebrum va tritoserebrum deb ataladigan uch bo‘limdan iborat. Bo‘g'imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi hamda murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzadan iborat oddiy yoki ko‘p linzali murakkab, ya'ni fasetkali bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik bo‘g'imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug'lanish orqali, ba'zan partenogenez usulda ko‘payadi. Azaldan suvda hayot kechiradigan bo‘g'imoyoqlilarda urug'lanish tashqi, quruqlikda hayot kechiradigan guruhlarida esa ichki bo‘ladi. Ayrim vakillari tuxum qo‘ymasdan tirik tug'adi. Ko‘pchilik bo‘g'imoyoqlilar ancha murakkab o‘zgarishlar orqali rivojlanadi. Tuxumi sariq moddasiga boy bo‘lgan turlarining yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Bo‘g'imoyoqlilar faqat tullagandan so‘ng o‘sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor kelib qolgan eski qalqonning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi 4 ta kеnja tip (Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata), Xеlitsеralilar (Chelicerata), Traxеyalilar (Tracheata) va Trilobitsimonalar (Trilobitomorpha)ga bo‘linadi. Birinchi kеnja tipga Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi, ikkkinchi kenja tipga 3 ta sinf, ya’ni 1. Gigant qalqondorlar yoki Qisqichbaqa chayonlar (Euripterida) sinfi. 2. Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi va 3. O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi, uchinchi kenja tipga Ko‘poyo‘qlilar (Myriapoda) va Hasharotlar (Insecta) katta sinflari va to‘rtinchi kenja tipga Trilobitlar (Trilobita) sinfi kiradi.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə