Bo`G`in va uning turlari reja: kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek tilida tutgan o`rni



Yüklə 90,27 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü90,27 Kb.
#137736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bo`G`in va uning turlari reja kirish I. Bob. Bo`G`inning o`zbek-fayllar.org

Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi?
Yoki:
Biz yozda Samarqand shahriga sayohatga boramiz.
Yozda Samarqand shahriga sayohatga biz boramiz.
Biz Samarqand shahriga sayohatga yozda boramiz.
Biz yozda sayohatga Samarqand shahriga boramiz.
Tong, ohangning bir xil chiqishi bilan ifodalangan urg`u musiqiy urg`u deyiladi. Xitoy, yapon, serb, litva tillarida urg`u musiqiy xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in baland ohang bilan aytiladi.
Bo`g`in va uning turlari. Bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasiga bo`g`in deyiladi. Bo`g`in so`zdagi unlilar miqdoriga ko`ra belgilanadi. So`zda qancha unli bo`lsa shuncha bo`g`in bor bo`ladi. Bo`g`in quyidagi jihatlariga ko`ra tasnif qilinadi:
  1. Qanday tovush bilan tugashiga ko`ra:


    1. ochiq bo`g`in – unli tovush bilan tugaydigan bo`g`in – bo-la, o-na B) yopiq bo`g`in- undosh tovush bilan tugaydigan bo`g`in qat-tiq, mak-tab


  2. Qanday tovush bilan boshlanishiga ko`ra:


    1. berkitilgan bo`g`in – undosh bilan boshlangan bo`g`in – bo-la


    2. berkitilmagan bo`g`in – unli bilan boshlangan bo`g`in – o-i-la


  3. Urg`u olish-olmasligiga ko`ra:


    1. urg`uli bo`g`in – urg`u tushgan bo`g`in


    2. urg`usiz bo`g`in – urg`u tushmagan bo`g`in.


Bo`g`in tiplari. O`zbek tilida bo`g`inlarning quyidagi tiplari mavjud:


  1. Bir unlidan iborat bo`g`in: Chizmasi V (V lotincha «vokalis» unli, S «consonant» undosh degan ma`noni bildiradi) o-na,


  2. Bir unli bir undoshdan iborat bo`g`in: SV yoki VS ol-ma…


  3. Bir unli ikki undoshdan iborat bo`g`in: SVS, VSS, SSV suv-lar, ayt, erk, ilm, ost, sta-kan, pre-zi-dent…


  4. Bir unli uch undoshdan iborat bo`g`in: SVSS, SSVS stol, stul, fikr, hukm, qasr….


  5. Bir unli to`rt undoshdan iborat bo`g`in: SSVSS, SVSSS, VSSSS – punkt, transport, tekst, front, ernst…


Aytib o`tish kerakki, sanalgan bo`g`in tiplaridan V, SV, VS, SVS largina o`zbekcha so`zlar tarkibida uchraydi. Qolganlari tilimizda qo`llanadigan o`zlashma so`zlar tarkibida kuzatiladi.


Bo`g`inning ahamiyati. O`zbek tilida bo`g`in muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ahamiyati savod chiqarishda, she`riyat o`lchovlarini tartibga solishda, satrga sig`may qolgan so`z qismlarini so`nggi satrga ko`chirishda ko`rinadi. [2]



Yüklə 90,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə