Boj to`lovlari va ayrim mahalliy yig`imlar



Yüklə 22,49 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü22,49 Kb.
#183015
1 mavzu

GAP USTIDA ISHLASHGA OID MUSTAQIL ISHLAR

REJALAR:

  • Gap ustida ishlash mashqlarining turlari .
  • Gap ustida ishlash .
  • Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi va nutq ustida ishlash .

Gap ustida ishlash mashqlarining turlari 

  • Bоshlang‘ich ta’lim jarayоni bоlaning mantiqiy tafakkur qila оlish salоhiyati, aqliy rivоjlanishi, dunyоqarashi, kоmmunikativ savоdхоnligi va о‘z-о‘zini anglash salоhiyatini shakllantirishga, jismоnan sоg‘lоm bо‘lishga, mоddiy bоrliq gо‘zalliklarini his eta оlishga, gо‘zallik va nafоsatdan zavqlana оlish, milliy urfоdatlarni о‘zida singdirish va ardоqlash, ularga riоya qilishga о‘rgatadi.
  • О‘zbеkistоn Rеsрublikasidagi bоshlang‘ich ta’lim tayanch о‘quv rеjasi dоirasiga оna tili, matеmatika, tabiat hamda insоn va jamiyat ta’limi sоhalari kiritilgan. Оna tili ta’limi bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kеngaytirishga, erkin fikrlay оlishi, о‘zgalar fikrini anglashi, о‘z fikrlarini оg‘zaki va yоzma ravishda ravоn bayоn qila оlishi, jamiyat a’zоlari bilan erkin mulоqоtda bо‘la оlish kо‘nikma va malakalarini rivоjlantirishga хizmat qiladi.

Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi: - analitik mashqlar, ya ’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; - sintetik mashqlar, ya ’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar. Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi. O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2)konstruktiv mashqlar; 3)ijodiy mashqlar. Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi: 1. Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli — namunani o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi. Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‘lanishini tushunishga, namunaga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‘langan qo‘shma gap intonatsiyasiga e’tibor berish kerak. 2.Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va ,,namuna“ vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmunigina emas, balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar). Savollar astasekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‘roq so‘z o‘rniga bir so‘z qo‘shib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar: Bolalar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki „Bolalar qayerda bo‘ldilar? Ular nima qildilar?“ (Bolalar bog‘da bo‘ldilar. Ular olma terdilar va savatlarga soldilar,). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? kabi.
Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar: 1.Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish. Bunda so‘zlar grammatik materialning o‘rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‘zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‘da, bog‘banlar, terdilar (Bog‘bonlar bog ‘da meva terdilar), b) o‘rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‘zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, „Otlarda birlik va ko‘plik“ mavzusi o‘tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‘zlar bosh shakldaberiladi: koptok, hovli, bola, o‘ynamoq. 2.Nuqtalar qo‘yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‘z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‘g‘ri o‘qish va yozishga o‘rgatadi. 3.Berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qayerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qayerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan о‘z uyalariga uchib keldi. 4.Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish. Chaqqon bolalar olma terdilar. Ishchan bolalar chiroyli gullami zavqlanib terdilar. 5.Berilgan gapga o‘xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‘quvchilarga Quyosh yoritadi va isitadi kabi gap beriladi, o‘quvchi esa „Ravshan o‘qidi va ishladi“ kabi gap tuzadi. 6.Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo ‘lakli sodda gap tuzish. Masalan, „Bahorda qaldirg‘ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi“, „Bahorda laylaklar ham uchib ketadi“ gaplaridan uyushiq bo‘lakli „Bahorda qaldirg‘ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi “ gapi tuziladi. Ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1.Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: „Quyoshli kunda”, „ Bizning uy” yoki „ Quyon va tipratikan“ kabi. 2.Narsa rasmi yoki sujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar. Ikki-uchta ,,tayanch“ so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlami qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi 

Gap ustida ishlash

  • -Gap ustida ishlash Gap ustida ishlash o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarai sintaktik jihatdan to‘g‘ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‘rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lan gan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‘lgan) nutq birligi bo‘lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‘yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap-grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap nutq va til birligi bo‘lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‘liqligi ustida ishlash ham zarur; to‘rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‘liqligini tushuntirish kerak. Boshlang‘ich sinflar dasturining „Grammatika, imlo va nutq o‘stirish“ bo‘limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‘rsatilgan. Bola boshlang‘ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‘ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‘rgatib boriladi.

3-Gap ustida ishlash mashqlarining turlari Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‘lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‘quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‘ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi: - analitik mashqlar, ya ’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; - sintetik mashqlar, ya ’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar. Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi. O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2)konstruktiv mashqlar; 3)ijodiy mashqlar. Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi: Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli — namunani o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi. Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‘lanishini tushunishga, namunaga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga,
intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‘langan qo‘shma gap intonatsiyasiga e’tibor berish kerak. 2.Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va ,,namuna“ vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmunigina emas, balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar). Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‘roq so‘z o‘rniga bir so‘z qo‘shib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar: Bolalar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki „Bolalar qayerda bo‘ldilar? Ular nima qildilar?“ (Bolalar bog‘da bo‘ldilar. Ular olma terdilar va savatlarga soldilar,). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? kabi. Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar: 1.Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish. Bunda so‘zlar grammatik materialning o‘rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‘zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‘da, bog‘banlar, terdilar (Bog‘bonlar bog ‘da meva terdilar), b) o‘rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‘zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, „Otlarda birlik va ko‘plik“ mavzusi o‘tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‘zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o‘ynamoq. 2.Nuqtalar qo‘yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‘z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‘g‘ri o‘qish va yozishga o‘rgatadi. 3.Berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qayerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qayerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan о‘z uyalariga uchib keldi. 4.Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish. Ega_______kesim Ega________________kesim / \ / \ / \ / \ II d. b. II d. b II d. b. II d.b. II d.b. Chaqqon bolalar olma terdilar. Ishchan bolalar chiroyli gullami zavqlanib terdilar. 5.Berilgan gapga o‘xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‘quvchilarga Quyosh yoritadi va isitadi kabi gap beriladi, o‘quvchi esa „Ravshan o‘qidi va ishladi“ kabi gap tuzadi. 6.Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo ‘lakli sodda gap tuzish. Masalan, „Bahorda qaldirg‘ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi“, „Bahorda laylaklar ham uchib ketadi“ gaplaridan uyushiq bo‘lakli „Bahorda qaldirg‘ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi “ gapi tuziladi. Ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1.Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: „Quyoshli kunda”, „ Bizning uy” yoki „ Quyon va tipratikan“ kabi. 2.Narsa rasmi yoki sujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar. Ikki-uchta ,,tayanch“ so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlami qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi

Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi va nutq ustida ishlash .

  • Boshlang‘ich sinflar ona tili kursini o’rganishning yetakchi insoniy tamoyili tilning barcha tomonlarini (leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi) o‘zaro bog’liq holda o’rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni yaxlit hodisa sifatida o‘rganinshni ta’minlaydi va til kishilarning aloqa vositasi ekanini o‘quvchilar tushunishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bu tamoyil bo‘limlar orasidagi mumkin bo‘lgan bog‘lanishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang’ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Bosh bo‘laklar”, “Ikkinchi darajali bo‘laklar”, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.*2.B.318+ Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin). Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
  • Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish).
  • 2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).

  • 3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
    4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.
    5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.
    Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi.

Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. “Gap” mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishini o‘rganishga o‘tadilar. Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish o‘tkazgan ma’qul.
Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.
Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 1-sinfda “Ona tili va o‘qish savodxonligi”da o’quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning Grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda og‘zaki va yozma nutqini, tafakkurini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilarda gapni to‘g‘ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
E`tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə