Божхона назорати ва уни амалга ошириш тартиби



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.02.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#100683
  1   2
9-ma\'ruza


9-mavzu. Bojxona nazorati va uni amalga oshirish tartibi.
Reja:

  1. Bojxona nazorati va shakllari.

  2. Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tartibi.

  3. Bojxona omborlari va erkin omborlar.

  4. Tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash va realizatsiya qilish

  5. Tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish.

  6. Bojxona organining litsenziyasi.

Tayanch iboralar.
Bojxona nazorati va shakllari, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash va realizatsiya qilish, tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish, bojxona brokeri, bojxona litsenziyasi.

  1. Bojxona nazorati va shakllari.

Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi:

  • bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarnitekshirish;

  • jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surishtirish;

  • bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;

  • tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash;

  • tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;

  • hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.

Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, xayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga zien yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin. Bojxona nazoratini o‘tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim, Bojxona kodeksning 49, 50, 117-126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda to‘xtatish, dengiz, dare va havo kemalarini majburiy ravishda orkaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.
2. Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tartibi

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə