Bola huquqlari bo’yicha komissiyalar reja



Yüklə 22,37 Kb.
səhifə1/2
tarix05.01.2023
ölçüsü22,37 Kb.
#98240
  1   2
BOLA HUQUQLARI BO’YICHA KOMISSIYALAR


BOLA HUQUQLARI BO’YICHA KOMISSIYALAR
REJA:

  1. Bola huquqlari bo‘yicha vakil

  2. Bola huquqlari bo’yicha komissiyalar tashkil etilishi

  3. O’zbekistonda bola huquqlari bo’yicha komissiya


Joriy yilning 17 mart kuni Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Bolalar shaharchasida “Men emas, biz uddalaymiz” shiori ostida forum tashkil qilindi. Forumda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakili – Aliya Yunusova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Indira Holdorova, viloyat Kengashi raisi Islombek Yuldashev, Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi hamda Urganch tumanidagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Forum doirasida boyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini oldini olish bo‘yicha bolalar press-klubi sessiyasi tashkil etildi. Mazkur sessiyada Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova mamlakatimizda bolalar huquqlarining huquqiy kafolatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Taʼkidlanishicha, bola huquqlarini taʼminlashga oid O‘zbekiston Respublikasining siyosatini amalga oshirish BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarning qoidalariga asoslanadi, ular 100 dan ortiq qonunlarda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda amalga oshiriladi, ular orasida Respublika Konstitutsiyasi ustuvor o‘rin tutadi. O‘zbekiston, "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi va "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqalar bolalar huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlashning mustahkam huquqiy bazasini va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratgan.
O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollik, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomala, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan himoya qilish, milliy meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, aholi o‘rtasida huquqiy savodxonligini oshirish orqali muhim islohotlar boshlandi. Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish tugadi. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni, shuningdek, nogiron bolalarni internatlarga joylashtirishni kamaytirish va oldini olish maqsadida bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z nutqida Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida “Bolalar ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligini taʼkidlagani va bu bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda juda ham muhim siyosiy qaror ekanini qayd etdi.
Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman institutining taʼsis etilgani bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning muhim mexanizmi hisoblanadi, chunki bola huquqlari bo‘yicha ombudsman bolalar nomidan so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan va ayni vaqtda o‘z faoliyatini faqat ularning manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltiradigan mustaqil organdir.
Samimiy muloqot va savol-javob tarzida tashkil qilingan sessiya davomida tarbiyalanuvchilar ko‘plab foydali maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Forumning madaniy qismida Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari tomonidan teatr tomoshalari, go‘zal raqslar va boshqa sahna ko‘rinishlariga boy konsert dasturi ijro etildi. Forumga o‘z ijrolari bilan bayramona va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgan isteʼdodli bolalar maxsus sertifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Forum doirasida Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalar shaharchasida yaratilgan sharoitlar, jumladan zamonaviy moddiy-texnik baza, kutubxona, sport maydonchalari bilan yaqindan tanishdi.
Kunning ikkinchi yarmida forum mexmonlari Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabiga ham tashrif buyurib, u yerdagi yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so‘ng ijod maktabida tashkil qilingan Sardorlar xonasida viloyat Sardorlar Kengashi sardorlari, ijod maktabi sardorlari hamda mexmonlar ishtirokida suhbat tashkil qilindi.
Aliya Yunusova sardorlar bilan suhbatda ular bola huquqlarini taʼminlashda Bolalar ombudsmanining yaqin ko‘makchilari hisoblanishi va bir salbiy holatga guvoh bo‘lsalar bu haqda darhol Ombudsmanga xabar berishlari kerakligini tayinladi.
YUNISEFning tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, bugun dunyoda ta'lim olish imkoniga ega bo'lmagan bolalar soni 258 million nafarni tashkil etadi. Poytaxtimizda “Bola huquqlari boʻyicha milliy institutlarning faoliyati: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi” mavzuida onlayn formatda davra suhbati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil va YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, tegishli davlat, nodavlat, xalqaro tashkilotlar, Bolgariya, Shotlandiya, Rossiya va Qozogʻiston Respublikasining bola huquqlari boʻyicha vakillari ishtirok etdi.
YUNISEFning tahliliy maʼlumotlariga koʻra, bugun dunyoda taʼlim olish imkoniga ega boʻlmagan bolalar soni 258 million nafarni tashkil etadi. Qolaversa, ming-minglab bolalar zoʻravonlik qurboni boʻlmoqda. Ushbu global muammolar bolalarning huquq va manfaatlarini muhofazalash, ularning sifatli taʼlim olishi, sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun koʻplab dolzarb vazifalar jahon hamjamiyati oldida koʻndalang boʻlib turganidan dalolat beradi. Ushbu muammolarni bartaraf etishning muhim yoʻllaridan biri oʻzaro hamkorlik va hamjihatlikni kuchaytirish, bola huquqlari muhofazasiga oid ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishdir.
Tadbirda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekistonda ilk bor bolalarning majburiy mehnatiga toʻliq barham berishga erishildi. Ushbu natija xalqaro tashkilotlar, xorijiy ekspertlar tomonidan yuksak eʼtirof etilib, mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oldidagi mavqei yuksalishiga sabab boʻldi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda bolalarni sifatli taʼlim bilan qamrab olish, maktabgacha taʼlim tizimi qamrovini oshirish borasida ham muhim oʻzgarishlarga erishildi. Bolalar va onalar oʻlimi koʻrsatkichlari qisqarishi ham tibbiyot, onalik va bolalik muhofazasini taʼminlash masalalariga eʼtiborning amaliy natijasidir.
Mamlakatimiz BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi orqali zimmaga olingan majburiyatlarni ham oʻz vaqtida bajarib, xalqaro hamjamiyatga muntazam hisobot berib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida bu yoʻnalishdagi ishlarni yana-da rivojlantirish va yangi bosqichga koʻtarish bilan bogʻliq muhim vazifalar belgilangan. Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2019-yil 22-aprelda “Bola huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etildi va faoliyatini boshladi.
-Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda bu mustaqil institutning faoliyati yoʻlga qoʻyilgani yurtimizda inson huquqlarini muhofazalash borasida muhim qadam boʻldi, -deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari boʻyicha vakil kotibiyatining bola huquqlarini taʼminlash sektori mudiri Sattor Rahmatov.- Oʻtgan qisqa muddatda mazkur institut oʻz faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish, GOVID-19 pandemiyasi davrida bolalarning huquq va manfaatlarini muhofazalash borasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, “Bola huquqlari boʻyicha vakil toʻgʻrisida” gi qonun loyihasi tayyorlandi. Bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat” uylarida tarbiyalanuvchi bolalarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Vakil oʻz faoliyatini samarali tashkil etish uchun NNTlar, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda bir qator NNTlar bilan memorandum imzolandi. Ushbu tadbir bu borada mamlakatimizda orttirilgan ilgʻor tajribalarni xalqaro miqyosda targʻib etish, jahon tajribasini chuqur oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda bolalarning huquqlari va manfaatlarini muhofazalashda Bolalar ombudsmanlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar yuzasidan maʼruzalar tinglandi. GOVID-19 pandemiyasi sharoitida bolalarning huquqlari buzilishining oldini olish, qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasidagi ustuvor vazifalar xususida fikr almashildi.
O’zbekiston Hukumati Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qonun bilan ziddiyatdagi voyaga yetmaganlarni adliya tizimidan chiqarish va ularga nisbatan tiklovchi adliya choralarini qo’llash bo’yicha innovasiyon loyihani amalga oshirishni boshladi. Loyiha voyaga yetmaganlar adliyasi borasida BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasida belgilangan ikki asosiy xalqaro standartlarni joriy etishga yo’naltirilgan:

  • 18 yoshga to’lmagan bolalarni ozodlikdan mahrum etish faqat eng so’nggi chora sifatida qo’llanilishi lozim:

  • 18 yoshga to’lmagan bolalarning ishi maqbul yoki imkon bo’lgan sharoitda rasmiy adliya tizimidan tashqarida ko’rib chiqilishi lozim.

“Ushbu loyiha bolalarni maxsus ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan. Zero sudlov jarayoni bolalarning stigmatizasiyasiga olib kelishi mumkin. Endilikda qonun bilan ziddiyatdagi bolalarning ishlari sudlarga oshirilmasdan, tuman prokuraturasi darajasida ko’rib chiqiladi hamda voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarligi tufayli etkazilgan zararni qoplashga ko’maklashadigan alternativ choralar ko’riladi. Ushbu choralar voyaga etmaganlarning reabilitatsiyasiga va reintegratsiyasiga qaratilgan,” - dedi Bosh Prokuratura Akademiyasi boshlig’i Evgeniy Kolenko.
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan 14-18 yoshdagi bolalar hamda ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16-18 yoshdagi bolalar Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiya qoshida tashkil etilgan Adliya tizimidan chiqarish bo’limiga yuboriladilar. Maxsus tayyorlangan xodimlar bola va uning oilasi ehtiyojlarini aniqlab, huquqbuzarlikni sodir etgan bolaning xulqini o’zgartirish uchun uning shaxsiga mos ravishda tanlangan faoliyat turlarini ishlab chiqadilar. Shu yo’sinda bola huquqbuzarlikka qayta qo’l urishining oldini olish mumkin bo’ladi.
“Adliya tizimidan chiqarish choralari va tiklovchi adliya yondashuvlarini qo’llashni modellashtirish – voyaga yetmaganlar qayta huquqbuzarlikka yo’l qo’yishlarining oldini olish bo’yicha innovasiyon uslubni sinovdan o’tkazish uchun yaxshi imkoniyat. Mazkur yondashuv dunyoning ko’plab mamlakatlarida ijobiy natijalarni bergan,”-dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Agar loyiha muvaffaqqiyat qozonsa, u Toshkentning boshqa tumanlarida va butun mamlakat bo’ylab tadbiq etiladi,” - deb qo’shimcha qildi u.
Loyiha Toshkent shahri Chilonzor tumanining mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda Bosh prokuratura tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bu yo’nalish bo’yicha O’zbekistondagi amalga oshirilayotgan ilk qadam bo’lib, UNICEF tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. U qonun bilan ziddiyatdagi bolalar uchun adliya tizimida olib borilyatogan islohotlarga hissasini qo’shadi.
Joriy yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolari bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari R.Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida 
Yüklə 22,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə