“Bola shaxsi, vazifalari” mavzusida


Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovidir



Yüklə 46,51 Kb.
səhifə2/9
tarix05.04.2023
ölçüsü46,51 Kb.
#104377
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Bola shaxsi, vazifalari” mavzusida

1. Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovidir


Ma‟lumki, o’zbek oilasining va oila a‟zolari o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud bo’lib, ota-bobolar va momolardan meros qolan ma‟naviy qadriyatlar, urf-odatlar zamirida tarkib topgan oiladagi ma‟naviy tarbiyaning asosiga suyaniladi.
Yurtboshimiz ta‟biri bilan izoh beradigan bo’lsak: “Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a‟zolari o’z burchlarini ado etmasa, birbirlariga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko’rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... o’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarning, qo’shnilarning omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma‟naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
Oilada bolalarning ruhan va jismonan sog’lom bo’lib o’sishiga oila muhitining ta‟siri kattadir, chunki oilaviy muhit qanday bo’lsa, bolalar xuddi shu muhit ta‟sirida ulg’ayadilar. Oila muhiti bolalarga ta‟sir ko’rsatish bilan birgalikda uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa bolalarni ruhan va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazish ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki, ijtimoiy burchi hamdir. Shunday ekan har bir ota-onaning burch va vazifasiga mas‟uliyat bilan yondoshib, oilada har tomonlama sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, uning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish bila bir qatorda, bilimli, aql-zakovatli, udduburon, zukko, ruhan va ma‟naviy barkamol insonni voyaga yetkazish, shuningdek, oila an‟analari, kasb-kori, shajarasining davomiyoligini ta‟minlash, farzandni bo’sh vaqtini unumli o’tkazishga erishish, giyohvandlik, maishiy nopoklik, axloqsizlik, nosog’lom e‟tiqod, aqidaparastlik, xoinlik kabi ba‟zi bir illatlarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va boshqalar kiradi. Bizning mentalitetimizda farzandlar ota-onalariga o’xshashga harakat qiladilar, ota-onalar esa o’zlari bilib bilmasdan zo’z xarakter va xususiyatlarini, orzu-havaslarini farzandlariga singdirib boradilar. Aynan ana shunday xarakter xususiyatlaridan biri bo’lgan mehr-muruvvatlilik ota-onadan farzandlariga o’tadi. Ayniqsa, o’smirlik davridagi bolalarga ota-onaning mehribonligi, doimiy nazorati va do’stona maslahati katta ahamiyatga ega. Ammo afsuski, ko’pgina ota-onalar farzandini “bebosh” qilib qo’ymaslik uchun bu ajoyib insoniy tuyg’udan cho’chiydilar. Ular bolaning tantiq, shaxsiyatparast bo’lib qolishidan tashvishlanadilar. Lekin juda ko’p salbiy xususiyatlar bola ota-onaning to’g’ri muruvvatidan, erkalashidan, e‟tiboridan mahrum bo’lgan sharoitlarda vujudga keladi. Shuning uchun ham bola o’zining sevishlariga, o’ziga g’amxo’rlik ko’rsatishiga ishonch hosil qilishi ota-onaning muhim vazifasidir.
Har qanday farzand uchun, avvalo, ota-onaning mehribonchiligi, e‟tibori zarur. Aksariyat jinoyatchi bo’lib qolgan bolalar ota-onalarining va yaqin qarindoshlarining mehribon emasligidan aziyat chekadilar. Bunday nosog’lom oila muhitida ruhan ezilib, har xil kasalliklarga chalinishi mumkin. Bundan tashqari, u bekorchilik oqibatida, ichkilikbozlik, o’g’rilik, giyohvandlik, jinoyatchilik ko’chalariga kirib ketishi yoki turli jinoiy va diniy ekstremistik guruhlarning ta‟siriga tushib qolishi mumkin. Oilada o’smir bola nima bilan doimiy band va qanday ishlar bilan shug’ullanishini dastlab aka-singillar yoxud opa-ukalar, keyinchalik ona sezib qoladi. Lekin oila tarbiyasi kabi katta mas‟uliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o’rinda bir narsani alohida uqtirish kerakka, bolalar tarbiyasida asosiy ta‟sirchan kuch-qudrat, bu – Onadir. Prezidentimiz aytganlaridek: “Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo’tabar onalardir”. Shunday ekan, oila muhiti, qolaversa, bolalarning kelajagi, ularning ruhiy dunyosi ijtimoiy tasavvurlarining ijobiy va boy bo’lishi ko’p jihatdan onalarga bog’liq.
Yuqoridagi fikrlarimizning isboti sifatida ayrim oilaviy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi ota-ona bilan o’smir bolalar munosabatlaridagi milliy xususiyatlarini sanab o’tish mumkin. Ma‟lumki, o’zbek oilasi bolajon oila bo’lib, biz shuning uchun faqat o’smir yoshdagi bolalarning ota va onalariga munosabatini konkret vaziyatlar bilan bog’lash o’rinli deb quyidagi misollarni havola qilamiz. Biror ishni boshlash yoki biror yerga borishda ham ota-onaning fikri bilan kelishish, ulardan ruxsat so’rash barcha bolalarga xos, qizlarning deyarli aksariyati ham otadan, ham onadan so’rashadi. Shahardagi o’g’il bolalarga onaning fikri, roziligi muhimroq. Shunisi xarakterlii, barcha toifada ham otadan ko’ra onadan ko’proq izn (rozilik) so’rash o’ziga xosligi ma‟lum bo’ldi. Demak, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarida onaning yetakchi roli bolalar fikrida yaqqolroq namoyon bo’ladiki, bu onaning oilaviy yumushlarni boshqarishi, uyda ko’proq bo’lishi bilan bog’liqdir.
Oilaviy kelishmovchiliklar ko’pgina biror bir muammo asosida kelib chiqishini inobatga olsak, ayrim oilaviy kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ota-ona bilan o’smir bolalr munosabatidagi milliy xususiyatlardan yana biri namoyon bo’ladi. Nisbatan olib qaralganda oilaviy muamolar yuzasidan ota-onalar o’z bolalari bilan deyarli fikrlashmaydilar, ba‟zan fikr so’raydiganlar qishloq oilalariga xosdir. Jinsga oid oladigan bo’lsak, ota-onalarning bolalaridan fikr so’rashi o’g’il bolalarga nisbatan qiz bolalarda ko’proqni tashkil etadi. Ularga nisbatan qizlarning mavqelari yuqoriroq. Bu albatta, bir tomondan o’smirlarga xos maksimalizm bo’lib, qizlarning onalari bilan emotsional jihatdan yaqinligini ko’rsatadi. Shuning uchun aynan qizlar oilada biror nizo chiqib qolsa, unga aralashib, uni to’xtata olishlariga ishonadilar.
O’smirlar bilan muomalada har bir ota-ona, kattalar, avvalo bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, iloji boricha ular bilan yumshoq va jiddiy munosabatda bo’lishlari, ayrim masalalarda ularning ham fikrlarini so’rashlari, gaplariga e‟tibor bilan quloq solishlari kerak.
Xullas, oila ma‟naviyati tizimida o’zaro munosabatlarning tartib-intizom, otaonalik burchining anglanish darajasining ahamiyati nechog’li kattaligini isbotlaydi. Oilaviy o’zaro munosabatlarda ba‟zan kattalarning aybi bilan sodir bo’ladigan nizolar, tabiiyki, bola tomonidan idrok qilinadi, anglanadi, ma‟lum bir bahoga (ijobiy va salbiy) ega bo’ladi. Ushbu baholar real vaziyatlarda salbiy xulq shaklida namoyon bo’ladi. Natijada bolaning oilaga, uning qadriyatlariga, istiqbolda oila qurishga bo’ladigan intilishlaridaaks etadi. Ana shu barcha ko’rinishlarni hisobga olgan holda oilada ota-onaning farzandlar ma‟naviy tarbiyasidagi o’rnini baholashda xolislik bilan yondoshishlikni taqazo etadi.
Oilaviy kelishmovchiliklar to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlar esa oiladagi munosabatlar ustivor bo’lgan oilalarda ijobiy, nosog’lom yoki notinch, qattiqqo’llik va asossiz tazyiq, ustun oilalarda esa salbiy holatlarga olib keluvchi tasavvurlar shakllanadi.
Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etar ekanmiz, barkamol insonni tarbiyalash, mehr-muruvvat tuyg’usiga boy shaxsni voyaga yetkazish eng ustivor vazifalardan biri bo’lib qoladi, bu esa jamiyatimizda mehr-muruvvat madaniyatini rivojlantirishni taqazo etadi. Chununchi, mehr-muruvvat madaniyatini o’zida shakllantira olgan har bir inson ruhan va jismonan sog’lom bo’ladi.
Shu jihatdan olganda barcha farzandlarimiz qalbida mehr-muruvvat va rahmdillik tuyg’ularini shakllantirish vakamol toptirish tuyg’ularini shakllantirish va kamol toptirish prinsipial mohiyatga ega bo’lib, bu vazifaning izchil amalga oshirilishi ota-ona zimmasidir. Zero ota-onaning burchlaridan eng oliysi ana shu ma‟naviy tarbiya rqali, qadriyatlar orqali, vatanga sodiq farzandlarning tarbiyalash va ularda vataniga, o’z xalqiga nisbatan faxrlanish tuyg’usini uyg’otishdir.
Oila – an‟anaviy tarbiyaning asosiy instituti bo’lib hisoblanadi. Bola yoshlik davrida oilada olgan ta‟lim – tarbiyasini butun umri davomida saqlab qoladi.
Bola hayotini asosiy qismini oilada o’tkazadi, o’zining ta‟sir kuchiga ko’ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari tarkib topdiriladi maktabga borganda esa bola shaxs sifatida shakllangan bo’ladi.
Oila bolalarga insoniyva salbiy ta‟sir etish omili bo’lishi mumkin. Bola shaxsiga ijobiy ta‟sir etish shundan iboratki, oilada bolaga eng yaqin insonlardan - ota, ona, buvi, buva, aka, opalardan tashqari hech kim ulardek bolani yaxshi ko’rib, u haqida qayg’urmaydi.
Shu bilan birga bola shaxsini shakllantirishga, ularga tarbiya berishda oila salbiy ta‟sir ham ko’rsatishi mumkin. Oila – bu o’ziga xos jamoadir u tarbiyada asosiy o’ringa egadir.
Oilani o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda, oilani bolaga
ijobiy ta‟sirini oshirib, salbiy ta‟sirini kamaytirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillarni aniq belgilash lozim.
Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka va ahloqiy bog’likka erishishdir. Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini o’z holiga tashlab qo’ymasligi kerak, ayniqsa katta bo’la boshlagan bolani o’z holiga tashlab qo’ymasligimiz kerak.
Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi, kuzatadi va o’zini turli hil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi.
Biz bolani nimaga o’rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash kerak, bola kattalarni aytgan gaplari amalda ham bir ixl bo’lishini ko’rishi kerak. (masalan: agar bola har kuni ota-onasi tomonidan yolg’on gapirish mumkin emasligini eshitsa-yu, leki nota-ona o’zi sezmagan holda shunga qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz ketadi). Har bir ota-ona farzandlarida o’zlarni davomchilarini ko’radi. Farzandlarini o’zlari hohlagan inson bo’lishlarini hohlaydilar.
Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar. Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar – bu ota-onalar tomonidan bola tarbiyasiga turlicha yondashuvdir. Mojaroli vaziyatlarni al etish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak.
Ota-onalarni birinchi vazifasi - umumiy qarorga kelish, bir-birini ishontirishdir, aga rota yoki ona biror-bir qarorni qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham hisobga olishi lozim. Ota-onalarni ikkinchi vazifasi – bola otaonalarini qarashlarida ma-qarshilikni ko’rmasligi kerak, muammolarni alohida muhokama qilish zarur.
Bola juda tez aytgan fikrlarni o’zlashtiradi va o’ziga xos holda ulardan foydalanadi. Ota-onalar qaror qabul qilishda birinchi o’ringa o’zlarini qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni o’ylashlari kerak.
Kattalar va bolalar o’rtasidagi muloqotda quyidagilarga amal qilish lozim.

  1. Bolani qanday bo’lsa, shunday holda qabul qilish kerak.

  2. Kattalar bolalar ko’zi bilan muammolarga qarashlari va ularni holatlarini qilishlari kerak.

Ota-onalar farzandlarini, ularni hech narsaga (hunukligi, sho’xligi, epchill emasligiga) masdan yaxshi ko’radilar. Bola qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilinadi.
Agar bola ota-onalarni xoxish va istaklariga mos bo’lsa ya‟ni yaxshi o’qisa, a‟lo xulqli bo’lsa, agarda bola ota-onalarni talabalariga javob bermasa, bunda bolalarni ota-onalar o’zlaridan uzoqlashtiradilar va ularni munosabatlari yomon tomonga o’zaro boradi.
Bu esa sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bola ota-onalariga ularni mehribonliklariga ishonmaydi. Ayrim oilalarda bola ota-ona tomonidan umuman qabul qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo’ladilar vauni o’zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin yaxshi tinch oilalarda ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari uchraydi (masalan: kutilmagan farzandni tug’ilishi, ona chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g’ashiga tegadi).
Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning xaddan tashqari obro’talabliklari, xukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa, uning xulqidagi mustaqillik yo’qqa chiqariladi. Bolada o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo’qoladi. Ichki istak va intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab turadi.
Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan Yana biri, bolalarning erka bo’lishi, ularga nisbatan biror talabning yo’qligi bilan bog’liq. Bu holda ota-onalar ba‟zan bolalarning imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ularning ko’pgina ishlarini o’zlari bajarishadi. Natijada bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga ma‟suliyat hissi rivojlanmaydi. Bola o’z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha yetkaza olmaydi, erksiz bo’lib qoladi.

Yüklə 46,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə