Bolalar jismoniy tarbiyasi


Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə9/103
tarix31.07.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#120171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati
Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayoennomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o’sha harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o’lchoviga qarab uni foto, kinospyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim bo’lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar ob’ektiv bo’ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko’rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat aktini baholashda baxslar, munozaralar qilishga to’gri keladi. Xulosalar sub’ektiv bo’lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy ta’sir qilish hollari ham uchraydi.
Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi harakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo’l qo’yilishi mumkin. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishi bayoni faqat ko’z bilan baholanadi. Qator hakamlarning har qaysisi o’z fikrini o’zicha bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchida o’ta kuchli salohiyatni talab qiladi.
Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə