Bolalar lug'atini boyitishda ta'limiy o'yinlar mundarija



Yüklə 38,87 Kb.
səhifə1/7
tarix03.01.2023
ölçüsü38,87 Kb.
#98125
  1   2   3   4   5   6   7
BOLALAR LUG\'ATINI BOYITISHDA TA\'LIMIY O\'YINLAR


BOLALAR LUG'ATINI BOYITISHDA TA'LIMIY O'YINLAR
Mundarija:

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari……………………………………………………………………………

    2. O‘yin–lug‘at ishining eng natijali vositasi ekanligi……………………………..

II. Bob. Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi…………………………………..
2.1. Bolalarni talaffuzga o‘rgatish...............................................................................
2.2. Lug‘at boyligini oshirish………………………………………………………..
Xulosa………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………...

1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib
borishning nazariy asoslari
Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug‘atni o‘zlashtirish xususiyatlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim
vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi . Uning sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so‘zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok qiladigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rangbarang va to‘g‘ri bo‘lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo‘lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og‘zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.
Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida kata ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni o‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov-kuchuk, miyov-miyovmushuk, chiq-chiq- soat va hokazolar. Endi bola «Bu nima?, Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z)
o‘rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo‘lganligidan dalolatdir. Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan
yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi. Demak, bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi) yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bog‘liqdir. Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda
tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keying faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega
bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa ushbu katta yoshdagi bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu jumladan o‘zbek folklorining barqaror oborotlari, maqollar va matallarni qabul qilish, tushunish, eslab qolish va kezi kelganda foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni amalga oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi mazmuniga, uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z birikmasining umumiy mazmunini o‘zlashtirishlari qiyin kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga muayyan vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli tushuntirish natijasida tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: «o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni yoki unga yashiringan ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini amalga oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur. Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari yoki uning ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin (masalan, langar – bir qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu buzilishlarni sabr-toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri jaranglashini nazorat qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim so‘zlarning grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga qaratishi mumkin. Masalan: Paltoning yoqasi qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan atrofdagilar nutqida buzib talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim (masalan, sur‘at – surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini ta‘kidlashi, otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi zarur: palto-kichik, ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus mavzusi bo‘lmog‘i lozim. Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, adabiyotni, televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin.



Yüklə 38,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə