Bolalar psixologiyasi fanining metodlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix21.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84636
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari

Sotsiometriya  metodi. 

Sotsiometriya  metodi  birinchi  bo’lib  amerikalik 

psixolog 

Dj.  Moreno

  tomonidan  taklif  etilgan.  Bu  metodning  mohiyati  shundan 

iboratki,  inson  u  yoki  bu  ko’rsatkich  bo’yicha  guruh  a’zolarini  tanlaydi.  Qilingan 

tanlashlar  asosida  kishining  guruhdagi  shaxslararo  munosabatlar  tizimida  tutgan 

o’rni haqida xulosa qilinadi. 

 



Demak, sotsiometriya  metodi  yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya 

yoki  antipatiyani  aniqlash  mumkin.  Sotsiometriya  metodini  operativ  tarzda 

o’tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash 

mumkin. 


Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi 

kamchiliklarini  ham  ko’rsatib  o’tish  zarur.  Asosiy  kamchilik  shundan  iboratki, 

sotsiometriya  metodi  mavjud  munosabatlar  strukturasining  sabablarini  aniqlash 

imkonini  bermaydi.  SHuning  uchun  ham  sotsiometriyadan  olingan  ma’lumotlar 

kuzatish,  suhbat,  psixologik-  pedagogik  eksperiment  natijalari  bilan  to’ldirilishi 

lozim. 


Sotsiometriya  metodidan  guruh,  jamoa  a’zolari  o’zaro  bir-birlarini  yaxshi 

bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat 

yuzasidan  bo’ladigan  va  shaxsiy  munosabatlardagi  haqiqiy  o’rnini  aniqlash, 

birlamchi  guruhlar  mavjud  yoki  mavjud emasligini topish, birlamchi  guruhlarning 

paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin. 

Sotsiometriya  metodining  mohiyati  shundan  iboratki,  tekshiriluvchiga  birga 

qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari 

to’g’risida  savollar  beriladi.  Beriladigan  savollar  tanlash  ko’rsatkichlari  deyiladi. 

Kuchli  va  kuchsiz  ko’rsatkichlar  farqlanadi.  Kuchlilar  chuqur  va  barqaror 

munosabatlarni,  kuchsizlari  yuzaki  va  beqaror  munosabatlarni  aniqlash    imkonini 

yaratadi. Masalan, “xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni 

xohlardingiz?”  degan  savol  bo’yicha  aniqlangan  ko’rsatkich  kuchli  ko’rsatkich 

hisoblanadi,  chunki  u  uzoq  vaqt  davom  etadigan,  muhim  munosabatlarga  tegishli. 

“Kimni  birga  ekskursiyaga  borishga  taklif  qilardingiz?”  –  kuchsiz  ko’rsatkich, 

chunki  u  chuqur  bo’lmagan  va  vaqtinchalik  munosabatlarni  belgilaydi.  Kuchli  va 

kuchsiz ko’rsatkichlar  mazmuni jihatidan turlicha bo’lishi  mumkin, lekin ulardagi 

umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash. 

Tanlashlar  soni  cheksiz  bo’lishi  mumkin,  biroq  amaliyotning  ko’rsatishicha, 

kishining  guruhdagi  holati  va  o’zaro  munosabatlarini  aniqlash  uchun  3  ta  kishi 

tanlash yetarli. Bunda sinaluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs  

bilan    imkon    bo’lmasa  2  –  navbatda  kimni  tanlashi  hamda  ikkinchisini  tanlash 

imkoni bo’lmasa, 3 – navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi. 

SHerikni tanlash o’zaro va bir tomonlama bo’lishi mumkin. 1 – holda A – B ni, 

B – A ni tanlaydi. Bu o’zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama 

bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi. 

 

 



 

 

Tanlash  bir tomonlama bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.  



 

 

 



 

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə