Bolalar psixologiyasi fanining metodlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/24
tarix21.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84636
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari

PROYEKTIV 

METOD

Aniq tizim oki 

ko’rinishga ega 

bo’lmagan noaniq 

narsalar tavsiya 

etiladi. Sharxlash 

so’raladi.

Tugatilmagan 

hikoyalar

Rorshax-siyoh 

dog’lari.

Rozensveyg-

rasmli assosatsiya

Hissiy dunyosi, 

dunyoqarashi, 

qiziqishlari 

baholanadi

Aniq ko’rinishga 

ega bo’lmagan 

buyumlar



maqsadga  qaratilgan  boiib,  uning  yordamida  kishilarning  turli  psixik  jarayonlari 

hamda  shaxsiy  psixologik  xususiyatlari  o'rganiladi.  Bunda  tarbiyachi  va 

tekshiruvchi  psixolog  bolalarning  xulq-atvorlari    va  xatti-  harakatlarini    ularning 

turli-tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob'ektiv kuzatish 

metodi  quyidagi  qoidalarga  asoslanib  tashkil  qilinishi  kerak:  1)  Har  qanday 

kuzatishning  aniq  maqsadi,  rejasi  bo'lishi  kerak.  Masalan:  bolalar  diqqatining 

barqarorligini  yoki  tafakkur  bilan  bog'liq  bo'lgan  analiz  qila  olish  qobiliyatini 

kuzatish.  2)  Bola  shaxsining  yaxlitligi  tamoyiliga  asoslanib,  ya'ni  analitik-sintetik 

nuqtai  nazardan kuzatish. 3)  Bolani jamoada va jamoa a'zosi sifatida o'rganish; 4) 

Kuzatish  tabiiy  sharoitda    olib    borilar  ekan,    bolalar  o'zlarining  

kuzatilayotilganlarini    mutlaqo  bilmasliklari      kerak.      5)Kuzatishdan      yaxshi   

natijalar  olish   uchun,   ularni   turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda 

namoyon bo'lishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o'rganish kerak. 

Kuzatish  metodidan  foydalanilganda  bolalar  turli  o'yin  faoliyatlari,  didaktik 

mashg'ulotlar,  mehnat  faoliyatlarida  xilma-xil  psixik  jarayonlarning  va  individual 

xususiyatning namoyon bo'lishini o'rganish mumkin. 

Kuzatish  metodi  uzluksiz  yoki  faoliyatni  tanlab  vaqti-  vaqti  bilan  o'tkazilishi 

mumkin. Bolalami uzluksiz kuzatish metodi bilan o'rganilganda ularning barcha fe'l 

-  atvorlari  va  xatti  -  harakatlari  kundalik  faoliyatlari  davomida  kompleks  holda 

o'rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so'ng 

to'plangan  ma'lumotlar  analiz  qilinib,  bolaga  psixologik  xarakteristika  tuziladi, 

vaqti-vaqti  bilan  tanlab  kuzatilganda  bolaning  barcha  xulq-atvori  va  xatti- 

harakatlari emas, balki faqat ma'lum xatti - harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan 

bog'liq bo'lgan tomonlari o'rganiladi. 

Bolalar  psixologiyasida  kuzatish  metodining  alohida  turli  bolalar  taraqqiyotini 

sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib 

o'rganishdan  iboratdir.  Bola  taraqqiyoti  haqidagi  birinchi  kundalik  XIX  asrning 

ikkinchi    yarmida    Ch.Darvin    tomonidan    nashr    etilgan.     Undan    so'ng 

N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarbolalarpsixiktaraqqiyoti yuzasidan tizimli tarzda 

olib borgan o'z kundaliklarini nashr etganlar. 

Bolalar  psixologiyasida  keng  qo'llaniladigan  yana  bir  asosiy  metod  –  eksperiment 

metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod hisoblanadi 

Eksperiment  metodida  u  yoki  bu  psixik  jarayonni  qachon  yuzaga  kelishini  kutib 

otirmay,  bu jarayonni   eksperimentatorning  o'zi  yuzaga keltiradi.   Shuningdek o 

rgamlayotgan  psixik  jarayonni  bolalarda  bir  necha  marta  takrorlab  o'rganish 

mumkm, yana qulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singari ko'p vaqt 

talab  q,lmaydi.  Eksperiment  metodi  3  ga  bo'linadi:  1)  laboratoriya  eksperimenti 

2)tabiy eksperiment.  3) pedagogik- psixologik eksperiment  metodi.  Laboratoriya 

eksperiment. maxsus tashkil qilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan 

o'tiladi. Tabiy eksperimentda biror psixik jarayon o'rganilayotganda maxsus sharoit 

yuzaga keltinladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng 

foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o'ziga 

xos    tomoni    shundaki,    bog'cha    yoshidagi    bolalar    laboratoriya    sharoitida 

otkaziladigan       eksperimentlar      bilan      tabiiy       sharoitda       o'tkaziladigan 

ekspenmentlarning farqiga bormaydilar. 



Har  ikkila  holda  ham,  tajribalar  vazifa  tarzida  emas,  balki  o'yin  tarzida  o'tkazilsa 

yaxshi 


natya  beradi.  Eksperiment 

metodidan 

guruhlarda  o'tkaziladigan 

mashg'ulotlar  paytida  keng  foydalanish  mumkin.  Masalan:  turli  yoshdagi  bog'cha 

bolalar  bilan  otkaziladigan  didaktik  mashg'ulotlarda  tabiiy  eksperiment  metodini 

qo'llash  mumkin.  Bunda  bolalarga  har  xil  hayvonlar,  parrandalar,  mevalar, 

sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga 

ajratish  topshinladi.  Bolalar  bu  narsalarni  qanday  belgilariga  qarab  guruhlarga 

ajratishlarida  ularnmg  umumlasht.rish  xususiyatlarini  o'rganish  mumkin.  Odatda, 

guruh  sharoitida  o  tkaziladigan  bunday  eksperimentni  tabiiy  eksperiment  deb 

yuritiladi  Bolalar  psrxologiyasida  tarkib  toptiruvchi  eksperiment  metodidan  ham 

foydalaniladi 

Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va 

mustahkamlanadi.  Masalan:  bog'cha  yoshidagi  bolalar  ayni  bir  vaqtning  o'zida 

butunni va umng tarkibiy qismlarini to'la idrok qila olmaydilar. Ular o'z diqqatlarini 

yoki bir butun narsanmg o'ziga yoki uning bo'laklariga qarata olmaydilar 

Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalami bir butun narsani uning qismlari 

bilan  bir  paytda  idrok  qilishga  o'rgatiladi.  Buning  uchun  bolalarga  bir  butun 

narsanmg  obrazini  yarata  olish  mashq  qildiriladi  (turli  geometrik  figuralar  -  doira 

kvadrat, kub, foydalaniladi). 

Pedagogik  eksperiment  orqali  biron  ta'lim-  tarbiya  metodining  mahsuldorligi 

aniqlanadi.  Masalan:  Biron  tadqiqotchi  bolalarni  son-  sanoqqa  o'rgatishning 

qandaydir  yangicha  metodini  ishlab  chiqqan  bo'lsa,  uni  pedagogik  eksperiment 

metodi orqali sinab ko'radi. Buning uchun oldindan bog'cha ma'muriyati bilan 

kelishib  1  ta  eksperimental  va  1  ta  nazorat  guruhini  belgilab  oladi.  Shundan 

so'ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum 

tasavvurlarni  o'stirish  mashg'ulotini  o'tkazadi.  Nazorat  guruhida  esa  bu 

mashg'ulotlar odatdagi eskicha  metod bilan davom ettirilaveradi. 1  -2 oydan so'ng 

har  ikkala  guruhdagi  bolalarning  o'zlashtirishlari  taqqoslab  ko'riladi.  Agarda 

eksperimental  guruh  bolalari  yangicha  metod  bilan  o'zlashtirishlari  nazorat 

guruhdagi  bolalarning  o'zlashtirishlaridan  anchagina  samarali  boiib  chiqsa,  bu 

metod  boshqa  hamma  bog'chalarga  ham  tarqatiladi.  Bordi-yu,  agar  natija  nazorat 

guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan yomon, ya'ni past bo'lib chiqsa, yangicha 

metod bilan mashg'ulot o'tish darhol to'xtatiladi. 

Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham 

keng  foydalaniladi.  Bolalar  psixiologiyaning  yordamchi  metodlaridan  -  faoliyat 

mahsullarini  o'rganish  metodidir.  Bolalar  ham  xuddi  katta  odamlar  singari  doim 

ma'lum  faoliyat  bilan  mashg'ul  bo'ladilar.  Faoliyatlari  jarayonida  turli  narsalarni, 

mahsg'ulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning 

psixik  jarayonlari  va  psixologik  xususiyatlari  o'z  aksini  topadi.  Bog'cha  yoshidagi 

bolalarning  faoliyatlari  -  o'yin,  rasm  chizish,  plastilin  yoki  loydan  biron  narsa 

yasash,  applikatsiya,  qurish-yasash  kabilardan  iboratdir.  Ana  shu  faoliyatlarining 

natijasiga  qarab  bolalarning  mayl  va  istaklari,  ehtiyoj  va  qiziqishlari,  qobiliyat  va 

layoqatlarini  o'rganish  mumkin.  Masalan:  bolalarning  chizgan  rasmlarida  ular 

idrokining  xususiyatlari  va  atrofdagi  narsa  va  hodisalar  haqidagi  tasavvurlarini 



ko'rish  mumkin.  Shu  sababli  bu  metoddan  bolalar  psixologiyasida  keng 

foydalaniladi. 

Bolalar psixologiyasida suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6 

yoshli  bolalarga  nisbatan  qo'llash  mumkin.  Bunda  bolalarga  turli  mavzularga  doir 

savollar beriladi va ulardan og'zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga 

beriladigan savollar oldindan yaxshilab o'ylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarai 

yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o'tkazishda 

quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 

l)Suhbatning  mavzusi  va  mazmuni  bolalarning  taraqqiyot  darajalariga  va  yosh 

xususiyatlariga mos bo'lishi kerak. 

2)Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak. 

3)Suhbat paytida «ha» yoki «yo'q» demay, to'liq javob olish kerak. 

4)Suhbatni haddan tashqari cho'zib yubormaslik kerak. 

Suhbat  orqali  bolalarning  bilishlari,  narsa  va  hodisalar  haqida  tasavvurlari, 

qiziqishlari va odamlar bilan bo'lgan munosabatlarni o'rganish mumkin. 

Bolalar psixologiyasida so'nggi  yillarda test  metodi qo'llanila boshlandi. Test 

so'zi  inglizcha  bo'lib,  o'lchash  degan  ma'noni  bildiradi.  Test  metodi  orqali 

bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarining 



 

Document Outline


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə