Bolalar sporti asoslari


Ishdan keyingi tiklanishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə122/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Ishdan keyingi tiklanishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya

Mehnatkashlarning jismoniy madaniyatida, albatta, jismoniy mashqlarga o‘rin ajratilishi kerak. Bunday mashqlarning asosiy vazifasi ish kuni tugagandan keyin kuchni tiklashdan, mehnatning noqulay va bir tomonlama omillariga qarshi yo‘naltirilgan profilaktikani amalga oshirishdan va buning asosida yuqori kasbiy tayyorgarlikni saqlab turishdan iborat.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari ishdan keyin jismoniy mashqlarni va boshqa tiklanish muolajalarini tatbiq etish organlarning tezlikda tiklanishiga va kasb kasalliklarining oldini olishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.

Tiklovchi jismoniy tarbiya tadbirlari bevosita ish joylarida, korxonada maxsus jihozlangan tiklanish markazlarida, korxona hududida yoki unga yaqin joylashgan sport inshootlarida, profilaktoriylarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda mashg‘ulotlarni tanlash va ularni o‘tkazish uslubiyati ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologik xususiyatlariga va mehnatning shart-sharoitlariga, shuningdek, kasbiy faoliyat xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mashqlar ishning sabab-oqibatlarini: konveyerda ishlashdagi bir maromlilikni, yuqori asab kuchlanishini (masalan, operatorlarda, dispetcherlarda) va boshqalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Unda quyidagi mashg‘ulot shakllaridan foydalaniladi:

a) tashkiliy: ular tiklanish-profilaktika markazlarida, kasbga moslashtirilgan sog‘lomlashtirish guruhlarida, sport turlari bo‘yicha sport seksiyalarida o‘tkaziladi;

b) mustaqil: sog‘lomlashtirish zonalarida shug‘ullanish, profilaktik gimnastika, profilaktik yo‘nalishdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining turli shakllari.

Amaliyotda optimal harakatlanish rejimiga ega bo‘lgan xizmatchilarda mehnatning eng yuqori ko‘rsatkichlari kuzatiladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə