Bolalar sporti asoslari


Hakamlar kollegiyasi tarkibi va hakamlarning majburiyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə130/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Hakamlar kollegiyasi tarkibi va hakamlarning majburiyatlari

Musobaqalarda xizmat ko`rsatish uchun hakamlar kollegiyasi kurash federatsiyasining hakamlar komissiyasi tomonidan tayinlanadi va musobaqa o`tkazayotgan sport tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Hakamlar kollegiyasi bosh hakam, bosh kotib, gilam rahbari, arbitr, yon hakam, sekundomerchi-hakam, axborotchi-hakam, musobaqalar vrachidan tashkil topadi.



Bosh hakam hakamlar kollegiyasiga rahbarlik qiladi, musobaqa o`tkazayotgan tashkilot va tegishli kurash federatsiyasi olidida musobaqa-larning o`tkazilishiga javobgar bo`ladi.

Bosh hakam musobaqalar boshlanishidan oldin xonalar, jihozlar, asbob-anjomlar, zarur hujjatlarning yaroqliligini, ularning amaldagi qoidalarga muvofiqligini tekshirishi shart. Bosh hakam musobaqalar arafasida hakamlar kengashini o`tkazadi va unda hakamlar o`rtasidagi majburiyatlarni taqsimlaydi, ishtirokchilar vaznlarini aniqlash uchun komissiya tayinlaydi, shuningdek, gilamlar soniga qarab hakamlar brigadasini tuzadi.

Bosh hakam musobaqalar davomida musobaqalarning qoidalari va musobaqa nizomiga muvofiq ularning o`tkazilishini boshqarib boradi.

Ayrim hollarda, ya’ni agar musobaqalar boshlanishidan oldin musobaqa o`tkazish joyi, jihozlar yoki asbob-anjomlar yaroqsiz holatda bo`lsa, bosh hakam musobaqalarni bekor qilishi yoki noqulay meteorologik sharoitlarda yoki musobaqalarni o`tkazishga halaqit beradigan boshqa qandaydir sabablarga ko`ra vaqtinchalik tanaffus berishi mumkin.

Bosh hakam musobaqalarning oxirgi kunida hakamlar, jamoa vakillari, trenerlarning yakuniy majlisini o`tkazadi, natijalarni tasdiqlaydi va hamma bajarilgan ishlarga baho beradi.

Musobaqalarning bosh kotibi hakamlar kollegiyasi majlisi bayonnomasini yozib boradi, qur’a tashlash marosimini o`tkazadi va aylana bo`ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, musobaqalar jadvalini tuzib chiqadi, hamma hakamlik hujjatlarini to`ldirib boradi, arizalar va norozilik bildirishnomalarini qabul qiladi, ular to`g’risida bosh hakamga xabar beradi, musobaqalarning o`tkazilishi to`g’risidagi texnik hisobotni tayyorlaydi.

Gilam rahbarining vazifalari ustun bo`lib, u arbitr va yon hakam ishini muvofiqlashtirib turadi. U bellashuvning borishini diqqat bilan kuzatib turishi va musobaqalar qoidalariga muvofiq holda hakamlar hamda sportchilarni baholab borishi shart. Arbitr va yon hakam o`rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, u o`z qarorini chiqarishga haqlidir, lekin hech qachon u birinchi bo`lib o`z fikrini bildirmaydi, balki yon hakam va arbitr fikrini eshitadi. Agar arbitr va yon hakam sportchilarning harakat vaziyatlarini baholashda bir fikrda bo`lsalar, gilam rahbari hakamlar qaroriga aralashmaydi.

Arbitr bellashuvga bevosita hakamlik qilish paytida eng mas’uliyatli vazifani bajaradi. U bellashuvning borishini boshqaradi, kurashchilar harakatini baholaydi va bellashuvning musobaqalar qoidasiga muvofiq o`tishini kuzatib turadi. U bellashuv boshlanishi to`g’risida signal beradi, bellashuvni to`xtatadi va yakunlaydi, yon hakam yoki gilam rahbarining ma’qullashiga qarab, bellashuvni tik turishda yoki parterda davom ettirishni belgilaydi. Bellashuv paytida arbitr shunday joyda turishi kerakki, u turgan joydan kurashchilar harakatlari yoki amalga oshirayotgan usullarini aniq baholay olishi mumkin bo`lsin. U kurashchilarning butun gavda qismini ko`rib turishi, ularning harakatlari va tashlashlari yo`nalishini oldindan ko`zlay bilishi, ularni to`g’ri baholashi hamda har qanday vaqtda noto`g’ri va havfli harakatlarni oldini olishga tayyor turishi zarur.

Yon hakam kurashchilarning texnik harakatlarini baholaydi va ularni maxsus bayonnomaga yozib boradi. U arbitrdan qat’i nazar hamma vaziyatlarda o`z fikrini bildirishi lozim, kurashchilar harakatlarini baholashda uning fikrlari arbitr fikrlari bilan mos kelishi, balki mos kelmasligi mumkin.

Bellashuv paytida, agar yon hakam kurashchilarning u yoki bu texnik harakatlarini sezsa, arbitr esa bu harakatlarni ko`rmagan yoki unga e’tibor bermagan bo`lsa, u bu haqda arbitrga xabar berishi lozim.

U qizil yoki ko`k rangdagi maxsus ko`rsatkichni yuqoriga ko`tarib, arbitr o`z fikrini bildirmasa ham, shunday qilishi shart.

Sekundomer-hakam kurashchilar, hakamlar va tomoshabinlarni vaqt to`g’risida ogohlantirib boradi. U sof g’alaba vaqtini qayd etadi, kurash-chilarning kechikishlarini belgilaydi, yakkakurash jarayoniga taalluqli bo`lmagan vaqtning yo`qotilishini hisobga oladi. O`zining hamma harakatlarini gilam rahbari va arbitr bilan kelishib amalga oshiradi: arbitr xushtagi bilan sekundomerni yoqadi va o`chiradi.

Agar bellashuv kurashchining jarohat olganligi yoki uning kiyimida kamchilik borligi sababli to`xtatilsa, sekundomerchi-hakam har bir minut tugashi bilan vaqtni e’lon qilib turadi. Bellashuv tugashi bilan sekundomerchi-hakam sekundomerni to`xtatadi va tovushli signal beradi. Buni u bir vaqtning o`zida bajarishi lozim.



Axborotchi-hakam musobaqalarni o`tkazish dasturi va tartibini e’lon qiladi, tomoshabinlarga kurashning borishi to`g’risida axborot beradi, har bir bellashuv natijalarini, navbatdagi juftlik tarkibini e’lon qiladi, musobaqa qoidalarini ayrim holatlarini tushuntirib beradi, musobaqa ishtirokchilarining sport faoliyatiga tavsif beradi. Musobaqalar borishi to`g’risidagi hamma ma’lumotlar musobaqa bosh hakami ruxsati bilan beriladi.

Musobaqalar vrachi hakamlar kollegiyasi tarkibiga kiradi, u ishtirokchilarning tibbiy ko`rikdan o`tishi va musobaqalarni o`tkazishning sanitariya-gigiyenik sharoitlari uchun mas’ul hisoblanadi.

Vrach vazn o`lchanayotganda sportchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazadi va zarur hollarda ishtirokchilarga musobaqada qatanshish uchun ruxsat berish to`g’risida hulosa chiqaradi. U ishtirokchi jarohatlanganda yoki kasal bo`lib qolganda tibbiy yordam ko`rsatishi lozim. Bellashuv paytida tibbiy yordam gilam maydonchasi tashqarisida ko`rsatiladi.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə