Bolalar sporti asoslari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə135/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Hakamlar hay’ati

1. Har bir musobaqani o`tkazishdan oldin shu musobaqani o`z xududida tashkil qilayotgan davlat shu musobaqada xizmat qiladigan hakamlar ro`yxatini musobaqaning miqyosiga qarab sport kafedrasiga, federatsiyasiga taqdim qiladilar va bu federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan hakamlar ana shu musobaqada xizmat qilishga haqlidirlar. Har bir xalqaro turnirlar, qit’alar birinchiligi, Jahon birinchiligi va olimpiya o`yinlari dasturidagi sport musobaqalarida faqatgina xalqaro Sport Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar faoliyat ko`rsatadi.

2. Hakamlar hay’atining tarkibi:

a) bosh hakam;

b) bosh hakam yordamchilari, ularning soni musobaqalar o`tkaziladigan gilamlar sonidan bir kishiga ko`p bo`lishi lozim;

v) bosh kotib va gilamlar kotiblari;

g) gilamdagi hakamlar va gilam chetidagi hakamlar;

d) vaqtni nazorat qiluvchi hakam;

e) tablodagi hakam;

yo) e’lon qiluvchi hakam;

j) musobaqa komendanti;

z) musobaqaning tibbiy xodimi (shifokor).

3. Musobaqa vaqtida hakamlar sport gilamiga chiqqan vaqtlarida, o`rtadagi hakam qo`lini ko`ksiga qo`yishi bilan chetdagi ikkala hakam ham qo`lini ko`ksiga qo`yib, barobariga tomoshabinlarga va boshqa hakamga qarab bo`yin egib ta’zim qiladilar.

4. Hakamlar harakati bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilib boriladi. Agarda ular musobaqa qoidalariga zid hatti-harakat qilsalar, hakamlik hujjatidan maxrum qilinib, ushbu musobaqadan chetlashtiriladi va tegishli tashkilotga yuboriladi.

1. Yosh sportchilar ko`k yoki yashil yaktak va oq rangli ishton kiyishlari shart. Bu holda birinchi chiqarilgan qatnashchi ko`k yaktakni kiyadi, ikkinchisi esa yashilni kiyadi. Ranglarning raqamlari: ko`k - 5-zm; yashil - 4-kx.

2. Sport shaklsi paxtadan tayyorlangan, yaxshi holatda bo`lishi va mato o`ta qattiq bo`lmasligi shart.

3. Quyidagicha belgilash ruxsat beriladi:

-davlat gerbi (chap ko`krakda, maksimal o`lchami 10x10 sm);

-ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (3x3 sm, yaktakning old pastki qismida);

-elkadagi belgi (25 sm dan ko`p bo`lmagan, 5 sm eniga);

-tikishlar (25x25 sm, orqa tarafda ruxsat beriladi, sportchining familiyasini joylashtirish mumkin).

4. Yaktakning uzunligi tizzadan 15-20 sm balandda bo`lishi kerak. Yaktak ustidan bel atrofida ikki marta o`ralib bog’langan belbog’ning tugundan uchigacha bo`lgan qismi 20 sm dan kam bo`lmasligi kerak. Yaktak englari uzunligi ko`pi bilan qo`l tirsagidan 20-25 sm pasda bo`lishi kerak. Qo`l va eng orasi 8 sm bo`lishi kerak. Ishton uzunligi oyoq to`pig’igacha bo`lishi kerak. Oyoq va ishton orasidagi bo`shliq butun uzunligi bo`yicha 15 sm. Belbog’ 4-5 sm eniga, rangi qizil bo`lishi kerak.

5. Sportchi ayollar yaktak ichidan oq rangli mahkam futbolka yoki kalta engli yoqasiz ko`ylak kiyib triko ichida bo`lishi kerak.

6. Agar sportchining kiyimi (yaktak va ishton) talablarga javob bermasa, hakam sportchidan uni almashtirishni talab qilishi shart. Sportchi qo`llarini oldinga uzatib, hakamni yaktak englari belgilangan qoidalarga mos ekanligiga ishontirishi shart.

7. Har ikkala jinsdagi yosh sportchilar ham yalang oyoq sportadilar.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə