Bolalar sporti asoslari


Sport maktablariga qabul qilinuvchi o’spirin-bolalarning yoshi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə14/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Sport maktablariga qabul qilinuvchi o’spirin-bolalarning yoshi

Sport turi

Yoshi

Sport turi

Yoshi

Akrobatika

8-9

Chang’i uchish (biatlon)

10-11

Boks

10-12

Chang’i sporti (tramplindan sakrash)

10-11

Milliy, erkin va sambo kurashlari

10-12

Yengil atletika

11-12

Voleybol, basketbol

10-12

Suzish

7-9

Suv polosi

7-8

Stol tennisi va tennis

9-10

Velosport

12-13

Badminton

10-12

Gimnastika (badiiy)

6-7

Yelkanli sport

10-11

Gimnastika (sport) o’g’il bola qizlar

8-9

7-8


Suvga sakrash

8-10

Eshkak eshik va kanoe

11-13

Qo’l to’pi

10-12

Akademik eshkak eshish

10-11

Otish sporti

11-13

Ot sporti

11-12

Futbol

10-11

Konkida uchish sporti

10-11

Konkida figurali uchish

7-9

Chang’i uchish sporti

9-11

Qilichbozlik

10-12

Chang’i uchish (tog’ turlari):

10-12

Og’ir atletika

13-14

Shaxmat va shashka

6-7

Shayba va o’t ustida xokkey

10-11

Guruhlarda o’quvchilar soni haftasiga mashg’ulotlar soni va ularning davomiyligi ham sport turi va sportchi malakasiga bog’liqdir. Sport maktablaridagi o’quv tarbiya ishlariga O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport turlari bo’yicha dasturlar asosida amalga oshiriladi. Sport maktablaridagi ishning asosiy shakllari guruh mashg’ulotlari, suhbat, individual rejasi asosida mashg’ulot mashqlari, uy ishlari, musobaqalarda ishtirok hamda umumta’lim maktablari va BO’SMlarga sport musobaqa va mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazishda yordam berish.

Mazkur o’quv guruhi bo’yicha dasturda belgilangan talablarni bajarmagan o’quvchilar o’quv yili yakunidan so’ng BO’SMdan chiqarilishi mumkin.

Sport maktablarida amalga oshiriladigan o’quv ishi murabbiylarni umumta’lim maktab o’quvchilari va shug’ullanayotganlarning ota-onalari bilan uzviy aloqa bo’lgandagina imkoniyatlidir. Bu aloqa shaxsiy suhbat, ota-ona majlisi, jismoniy tarbiya o’qituvchi va murabbiylarining qo’shma pedagogik kengashlarini o’tkazish hamda sport maktablarida mashg’ulot uchun bola va o’spirinlarni tanlash bo’yicha qo’shma tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan o’rnatiladi.

Sport maktablaridagi ish umumiy yillik rejani, bo’lim o’quv rejasi, o’quv guruhi mavzu ishchi rejasi har bir mashg’ulot rejasini bajarilishi nazarda tutadi. Ishning umumiy rejasi maktab hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi, ya’ni bo’lim va guruhlarda tarbiyaviy, uslubiy, o’quv faoliyatni, shifokorlar tomonidan nazoratni, xo’jalik faoliyatini hamda umumta’lim maktablarga yordam.

Sport maktablari va sport to’garaklari hamda maktab muassasalarining “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari asosida tuzilishi lozim. Sport maktablari va maktab to’garaklarida o’sib kelayotgan avlodni jismonan tarbiyalashni muhim vazifalaridan biri aynan shundan iborat. “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan aholini qamrab oladi va bunda jismoniy tarbiya va sportning tizimli mashg’ulotlari nazarda tutiladi. Bu orqali respublika xalqining jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirilishining eng ommaviy ta’sirli vositasi hisoblanadi.

“Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari yagona sport tasnifi bilan uzviy bog’liqdir, bu dasturiy me’yoriy hujjatda sport unvonlarni berilishining tamoyil, qoida va tartiblari ifoda etilgan. Bundan tashqari, bu erda turli yosh guruhga oid bo’lgan sportchilar rahbarlanishi lozim bo’lgan me’yor va talablar aks etilgan.

Musobaqalarni turli yoshdagi sportchilarni tayyorlash jarayonida muhim rolini ham ta’kidlash joiz. Sport musobaqalarini tayyorlash va o’tkazish uchun mazkur uslubiy materiallar O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi va sport federasiyalari, sport tashkilotlari sport maktablari uchun tavsiya etiladi.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə