Bolalar sporti asoslari


Tayanch harakat apparati va harakat funksiyalari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə140/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Tayanch harakat apparati va harakat funksiyalari.

Umurtqa ustuni – bola tanasining tayanch apparatining asosiy qismidir –kichik maktab yoshida yuqori egiluvchanlik asosiy bukilishlar, ya’ni ko‘krak qafasi va belning barqarorsizligi bilan ajralib turadi. ko‘krak qafasi 7 - yoshining yakuniga kelib to‘liq shakllanadi, belniki esa 12 yoshgacha. 7 yoshga kelib umurtqa pog‘onalarini chetlari yopiladi (dumg‘azalarning chap va o‘ng yarmi yadrolarning uyg‘unlashuvi va qotishi yakunlanadi), 8-11 yoshgacha bo‘lgan davrda umurtqa bo‘g‘inlari tanasining epifizar tog‘ay disklari suyakka aylanadi. Ammo umurtqa tanasi bilan suyak epifizar disklarining to‘liq birlashuvi 15-24 yoshgacha davom etadi. egiluvchan bog‘lovchi apparat qalin bo‘g‘inlararo tog‘ay disklari va bel mushaklarining kam rivojlangan mushaklari kichik maktab yoshidagi bolalarda bo‘g‘imlarning deformatsiyasini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Partada noto‘g‘ri o‘tirish, bitta qo‘lda og‘ir yuklarni ko‘tarib yurish, hamda bir tomonlama yuklamali jismoniy mashqlar bo‘g‘im bo‘laklarining o‘zgarishiga belning bukri bo‘lishi yoki qiyshayishiga olib keladi. Qo‘l va oyoqlarning skeleti bolalarda turli sur’atlarda shakllanadi. Maktab yoshiga kelib bolalarda oyoq uzunligi yangi tug‘ilgan chaqaloq oyoq uzunligiga nisbatan 3 barobarga oshadi. Qo‘l uzunligi esa 7 yoshga kelib 2 barobarga oshadi. Qo‘llarning suyaklashuvi oyoqlardan ko‘ra ertaroq yakun topadi, masalan, 13 yoshga kelib qo‘lning kaft qismi suyaklari qotadi. Birlamchi (qorinda paydo bo‘ladigan) va ikkilamchi yadrolarning birlashuvi qo‘llarda 16 yoshdan 25 yoshgacha davom etadi. 3 toz suyaklarining birlashuvi 14-20 yoshda kuzatiladi. 13-17 yoshga kelib qizlarda va 15-21 yoshga kelib yosh yigitlarda oyoq barmoqlari falangalari 1-2 yildan so‘ng qo‘l barmoqlari falangalari, so‘ngra esa qolgan suyaklar qotadi.Shunday qilib, homilaning 1 oylarida skeletning aksariyat suyaklarining qotish hududlari borligiga qaramasdan, uning shakllanish jarayoni, ya’ni suyaklar qotishining birlamchi va ikkilamchi hududlarning uyg‘unligi faqatgina 25 yoshga kelib yakun topadi. Shu sababli bolani rivojlanishining butun maktab davri pedagog va shifokor fiziologik doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim. Umumta’lim darslarida doimiy tarzda to‘g‘ri tik o‘tirishni saqlashga rioya qilish lozim, buning uchun umurtqa pog‘onasi uchun yengillashtirish mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, faol dam olish uchun qo‘llaniladigan mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq.



Jismoniy tarbiya darslarida umurtqa pog‘onasini me’yorda ushlab turuvchi “mushak karseti”ni shakllantirish uchun mashqlarning majmuasini qo‘llash lozim. Bir tomonlama turtki og‘ir yuklarni assimetrik tarzda ko‘tarish, zo‘riqish. Oyoqlarning tayanch yuzasiga haddan ziyod va uzoq muddatli yuklanishli mashqlarni bajarmaslik lozim.Yosh o‘tgani sari mushak vaznining mutloq kattaligi, uning nisbiy vazni hamda mushaklarning morfologik tuzilmasi o‘zgaradi. 7-8 yoshlarga kelib mushak massasining umumiy vazni 28% gacha ko‘payadi (yangi tug‘ilgan chaqaloqda u tana vaznining 23-24% ni tashkil qiladi). Mushaklar mikrotuzilmasi ham ahamiyatli tarzda o‘zgaradi: mushak hujayralarining qisqartiruvchi mushak unsurlari bo‘lgan miofibrillalar soni oshadi, ularning energetik zaxiralari ko‘payadi, suv miqdori kamayadi. Masalan, agar yangi tug‘ilgan chaqaloqda Maktab yoshidagi bolalarda harakat funksiyasini shakllantirish nafaqat tayanch harakat apparatining rivoji va yetukligi, balki harakatlarni regulyatsiya, tartibga solish oliy nerv markazlarining yetuklik darajasi bilan belgilanadi. Maktab davrining boshiga kelib, harakatni po‘st osti tartib solishning asab markazlari asosan, tonik asoslarni ta’minlab beradi va mutloq hajmiga ko‘ra, katta yoshdagi insonning asab yadrolarining 94-98%ni tashkil qiladi. Harakat tahlilining po‘st qismi esa katta yoshdagi insonning atigi 75-85%ni tashkil qiladi. Harakat analizatorining post markazining yetukligi keyinroq (12-13 yoshga kelib) yakun topadi, ammo bunda mushak hissiyotining periferik apparati oldinroq yetuklikka etadi. Mushak veretenlar va Goldj retseptorlari mushak harakatlarining idrok etilishi va birinchi tahlilini ta’minlab beradi va bola hayotining birinchi yillarida morfologik yetukligiga yetadi. Mushak sezuvchanligi va tartibga solish markaziy apparatining funksional takomillashuvi yoshga oid rivojlanishning kechki bosqichlarida ham davom etadi. Jinsiy yetuklik davri yakun topishiga kelib harakat funksiyasining asosiy ko‘rsatkichlari eng katta ko‘rsatkichga yetadi va maxsus yo‘naltirilgan mashqlarsiz deyarli o‘zgarmaydi. Bolalar va o‘smirlar yoshida tana o‘sishi yuqori sur’atlari qayd etiladi. Bundan tashqari, tana vazni va mushak vazni ko‘payadi. 13-14 yoshgacha tananing intensiv o‘sishi kuzatiladi, uning uzunligi 9-10 sm, 14-15 yoshgacha esa 7-8 sm.gacha. Tana uzunligining o‘sish sur’atlari 16-17 yoshga kelib keskin pasayadi. 15-16 yoshgacha tana uzunligi yiliga 5-6 sm.ga ko‘payadi, 16 dan 17 gacha esa faqatgina 2-3 sm.ga.

Katta maktab yoshida tana proportsiyalari katta yoshli odamlarning ko‘rsatkichlariga yaqinlashadi. 16 yoshga kelib qiz bolalarda o‘sish to‘xtaydi. Yigitlarda tananing uzunlikka o‘sishi asosan, 18 yoshga kelib to‘xtaydi. O‘smirlik va yosh yigitlik yoshida mushak vaznini oshishining yuqori sur’atlari kuzatiladi. Mushak vaznini tana vazniga nisbati 12 yoshda 30% ni tashkil qiladi, 18 yoshga kelib mushaklarning vazni 40% va undan ziyodgacha oshadi. Mushak vazni o‘sganligi sari mushak kuchi ham o‘sadi. 12 yoshlilarda kuchning o‘rta ko‘rsatkichi 50-60, 15 yoshliklarda esa 90-100, 18 yoshliklarda esa 120-130 kgni tashkil qiladi. O‘z vaznining 1 kgmiga kuchning maksimal o‘sishi 14 yoshgacha kuzatiladi, bundan so‘ng nisbiy o‘sish kuchining sur’atlari pasayadi. Nisbiy kuchning ko‘rsatkichlari qiz bolalarda o‘g‘il bolalardagi muvofiq ko‘rsatkichlardan ancha ortadi. Shu sababli 13-14 yoshdan katta bo‘lgan qizlar bilan mashg‘ulotlarda katta yuklanish bilan bajariladigan mashqlarni, kanatdan chiqish, yukni ko‘tarish kabi mashqlarni qat’iy chegaralash lozim. Asab mushak apparatining funktsional yetukligining ko‘rsatkichlari qo‘zg‘atuvchanlik va labillik 8-10 yoshga kelib katta odamlar darajasiga yaqinlashadi. 8-10 yoshli bolalarda alohida mushak guruhlarining qo‘zg‘alish vaqti kattalardan ko‘ra, hattoki kichik bo‘lishi mumkin. 7-12 yoshgacha bo‘lgan davrda harakatlar sur’atining intensiv o‘sishi kuzatiladi. 7-9 yoshgacha davrda o‘g‘il bolalarda harakatlar sur’ati qizlardan farqli ravishda keskin oshadi. 10-12 yoshlarga kelib qiz va o‘g‘il bolalardagi harakat sur’atlari tenglashadi. Harakatning tezligi va chastotasi hamda ularni maksimal sur’atini uzoq muddat ushlab turish qobiliyati 14-15 yoshga yaqin eng katta chegarasiga etadi. Qizlarda joyidan turib uzunlikka sakrashdagi natijalarning eng katta o‘sishi 9 dan 10 yoshgacha kuzatiladi (20%). 10 dan 11 yoshgacha bu o‘sish 5% ni tashkil qiladi. 11 yoshdan so‘ng mashqlarning bu turida ko‘rsatkichlarning ahamiyatli o‘zgarishi kuzatilmaydi. O‘g‘il bolalarda joyidan turib uzunlikka sakrash natijalarining o‘sishi 15 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda uzoqqa otish mashqlarida ham eng katta o‘zgarishlar kuzatiladi.Maxsus mashg‘ulotsiz joyidan tepaga sakrash balandligi 11 yoshgacha oshadi, so‘ngra o‘sish sur’atlari kechkin pasayadi. Bu yoshga kelib makondagi harakatlarning alohida ko‘rsatkichlari mukammallikning yuqori darajasiga erishadi: ya’ni harakat amplitudasi belgilangan balandga sakrashlarning aniqligi to‘g‘ri yurish. Maxsus mashg‘ulotsiz qizlarda 13-15 yoshlardan keyin va o‘g‘il bolalarda 15-17 yoshlardan so‘ng mazkur sifatlarni rivojlantirishda ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmaydi. 8-11 yoshli bolalarda harakatlar aniqligi kuchsiz rivojlangan. Belgilangan harakat parametrlaridagi qaytarish xatolari 45-50%ni tashkil qiladi. Harakatning makon vaqt parametrlarini qaytarib ko‘rsatishni osonlashtiruvchi uslublarni qo‘llagan holda jismoniy mashqlar bilan tizimli mashg‘ulotlar (ya’ni, joriy axborot, korrektsiya, kommentirovanie) makon tavsiflarining qaytarishning aniqligini yaxshilanishiga olib keladi. 6-7 yoshlarga kelib bolalarda to‘g‘ri turishning me’yoriy shakli ishlab chiqiladi, ammo uni o‘spirin yoshida ham takomillashtirishda davom etish lozim. Makon o‘naltirilishning rivojlanishi birinchi navbatda, mushak sezuvchanligi oshishi bilan bog‘liqdir. U kichik maktab yoshida texnik jihatdan murakkab harakatlarini o‘rganish bo‘lgan darajaga etadi. Bolalar mushak hissiyotlarini yaxshi farqlaydilar, alohida mashqlar esa ular uchun kattalardan ko‘ra, imkoniyatliroq bo‘lardi. 14-15 yoshida harakatlarning murakkab koordinatsiyasiga egalik qilish 12-13 yoshli o‘spirinda yomonroq bo‘ladi. Maktab yoshidagi bolalarning harakat qobiliyatining muhim ko‘rsatkichi motor moslashuvi, adaptatsiyasi, ya’ni o‘zlashtirilgan harakatlarni turli shartsharoitlarga moslashtirish mahorati. “Motor” moslashuvining sakrash va yugurish testlari yosh oshgani sari yaxshilanadi. 30 metrlik uzunlikdagi tezlik bilan yugurish vaqtini mazkur masofaga “moksimon” yugurish yig‘indi vaqtiga bo‘lgan mutanosibligi yosh o‘tgan sari kamayadi, bu tezlik kuch sifatlarini darajasini oshishi bilan shartlangan. Sakrash testining ko‘rsatkichlari yosh o‘tgani sari yaxshilanadi. Harakat parametrlarini o‘zini-o‘zi baholash aniqligining tadqiqoti yosh o‘tgani sari ularni qayta baholash holatlari pasayishini ko‘rsatadi. Agarda maktabda o‘quvchi-yoshlar belgilangan harakatlarni amplitudasini aniqlashda 80-85% da adashsalar, katta o‘quvchilar faqatgina 60% dagina xato qiladilar. Jismoniy mashqlar bilan maxsus mashg‘ulotlar harakatning makon parametrlarini sub’ektiv baholashi va ularning haqiqiy bahosi o‘rtasidagi farqlarning kamayishiga olib keladi. Ammo ularni sub’ektiv jihatdan yuqori baholashga bo‘lgan tendentsiya ko‘p mashg‘ulot qilgan o‘quvchilarda ham saqlanib qoladi.

3. Sportchilar organizmining yurak qon-tomir va nafas olish tizimini jismoniy yuklamaga moslashuvi va rivojlanish xususiyatlari.



Sport rivojlanishining zamonaviy darajasi bilan organizmning funksional imkoniyatlariga qo‘yiladigan yuqori talablar hozirda ishchanlikning nafaqat joriy darajasini aniqlashni, balki uni eng yaqin kelajakka bashorat qilish vazifasini ilgari suradi. Buning uchun qo‘llanadigan tadqiqot uslubiyati organizmning funksional holatining eng ahamiyatli ko‘rsatkichlarni belgilashdan iborat. Bu ko‘rsatkichlar sport ishchanligiga ahamiyatli ta’sirni o‘tkazadi yoxud ularni cheklab qo‘yadi. Bunday ko‘rsatkichlar bu yurak tomir va nafas olishning energetik tizimlari funksiyalarini barqaror intensifikatsiyaga layoqati, organizmni ichki muhit o‘zgarishiga og‘ir yuklangan mushak faoliyati sharoitida barqarorligi hamda kam intensiv ish bo‘lganida funktsiyalarni tejash darajasidir. Bolalar organizmini tashqi muhitning o‘zgarib borayotgan shart-sharoiti hamda jismoniy yuklanmalariga to‘liq shakllangan fiziologik mexanizmlarga ega. Respublika va xorijiy olimlarning tadqiqotlarida maktab yoshidagi bolalarni uzoq muddatli kam intensiv ishga nisbatan moslashish imkoniyatlarini o‘zgarishidagi eng muhim qonunlar belgilangan. Ular birinchi navbatda, nafas olish va qon aylanish apparatlarining takomillashuvi ham hujayra almashinuvidagi maxsus biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.Mushak qisqarishi potensial energiyasining tiklanishi biokimyoviy reaksiyalar bilan bog‘liqdir, ularda hal qiluvchi rol kislotali jarayonlarga tegishlidir. Kislorodga bo‘lgan ehtiyojning oshishi qon aylanishuvi va nafasdagi o‘zgarishlarga muvofiq kuzatiladi. Bularning barchasi kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga kattaroq tezlikda yetkazib berish imkoniyatini beradi. Yuklangan mushak faoliyati nafas olish va qon aylanish tizimlari zaxiralariga yuqori talab qo‘yadi, chunki yurak skelet mushaklaridan oldin ishchanlik chegarasiga etib borganligi sabab aynan uning funktsional imkoniyatlari chegaralari insonni katta quvvat talab qilgan ishga bo‘lgan qobiliyatini belgilab beradi. Yurak ishlab chiqarish darajasi mushak ishi bilan bog‘liq bo‘lgan organizmning energetik ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.Qon aylanish apparatining funktsional holati yuqori darajada sport ishchanligini belgilab beradi. Yurak-qisqarish tizimi funksiyalari ko‘rsatkichlari hamda ishchanlikning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatkchilariga ko‘ra, mashg‘ulot qilganlikni baholash o‘rtasidagi farq bu farqatgina ko‘zga ko‘ringan farqdir. Chunki yurakning ishlab chiqarish darajasi bo‘yicha bu ishchanlik nima hisobiga erishilganini ko‘rsatadi. Yurak faoliyati ko‘rsatkichlaridan biri yurak qisqarishlarining chastotasidir (YuQS). Insonning rivojlanish jarayonida YuQS pasayadi. O‘spirinlik yoshida katta yoshlilarning ko‘rsatkichiga yaqin ko‘rsatkichiga yaqin keladi. 7 yoshdan boshlab 1 daqiqada YuQS 85-90 zarbani tashkil qilsa, 14-15 yoshda 70-76 ga keladi. 16-17 yoshga kelib yurak urishi 1 daqiqaga pasayib 65-75 zarbani tashkil qiladi, ya’ni katta yoshdagi YuQSnidan deyarli farqlanmaydi. YuQSning yoshga nisbatan pasayishi aylanib turuvchi asabning tizimining tonusini ko‘payishi bilan bog‘liq. 7-11 yoshda simpatik asablarning yurakka ta’siri parasimpatiklardan ko‘ra ko‘proq ifodalangan. Keyingi yillarda nisbiy muvozanat o‘rnatiladi. Maktab yoshidagi bolalarda nafas sikllari bilan bog`liq bo`lgan aritmiya kuzatiladi: aylanib yuruvchi asab markazlari tonusining ko‘payishi nafas chiqarganda yurak siklini nafas olish boshigacha uzayishiga olib ketadi. Nafas olish aritmiyasi 3 yildan boshlab aniqlanadi va 6-8 yoshda aniq ifodalanadi. Bu fenomen aksariyat hollarda tinchlik-sokinlikda namoyon bo‘ladi. Biroq, nafas olish 1 daqiqaga 30 siklgacha ko‘payganida yo‘q bo‘ladi. Aksariyat bolalarda aritmiyaning mo`’tadil ifodalanganligi kuzatiladi. Keskin ifodalangan aritmiya 3 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 12-13% holatlarda uchraydi. Ilk bolalik yoshligida namoyon bo‘lgan sinus aritmiyasi yetuk yoshgacha saqlanib qoladi. Eng barqaror bo‘lmagan ritm 10-11 yoshdagi bolalarda kuzatiladi (yurak siklining minimal davomiyligi maksimal davomiyligiga nisbatan 80,8% ni tashkil qiladi). 13-14 yoshda bu mutanosiblik 83,2%ga, 17 yoshga kelib esa, 85,6%ga teng bo‘ladi.Sportchilarda sport bilan shug‘ullanmaydigan odamlarga ko‘ra ko‘proq aritmiya uchraydi. Bunda aritmiya doim ham fiziologik xarakterga ega emas. Bir qator holatlarda sportchilarda patalogiya oldi shakllari ham uchraydi, ular keskin ifodalangan bradikardiya, seziluvchanlikning buzilishi, yurak mushagining yurgizish va avtomatizmi bilan bog‘liqdir. YuQSni 1 daqiqada 40 zarbagacha va undan pastroq darajachaga pasayganida (sport bradikardiyasi varianti) ritm manbasini o‘zgarish joyi kuzatilishi mumkin. Yosh sportchilarda ekstrasistologik aritmiya jismoniy zo‘rlanish va distrofiyada yurak avtomatizmining buzilishi bilan vujudga kelishi mumkin. Aritmiyaning ifodalanganlik darajasi yosh o‘tgani sari o‘zgaradi. Maktabdan oldingi yoshdan boshlab, 14-15 yoshgacha yuqori darajada yurak aritmiyasi kuzatiladi. 15 yoshdan boshlab, qat’iy ifodalangan nafas aritmiyasi istisno sifatida uchraydi, uni o‘rnini sinus aritmiyasi almashtiradi.YuQSni o‘zgarishining yoshga oid xususiyatlari ham gemodinamik o‘zgarishlarning tezligida ham mushak faoliyati paytida uning o‘sish darajasida ifodalanadi. I.A.Arshavskiy (1986) fikriga ko‘ra, katta yosh guruhdagi bolalar kichik guruhdagilarga nisbatan qon aylanishini tartibga soluvchi asab mexanizmlarining kattaroq potentsial labilligiga ega. Demak, mushak faoliyatida YuQSning eng yuqori chegarasiga erishish hamda uni dastlabki darajagacha tiklanishi ularda kichik yosh guruhlardan ko‘ra tezroq kuzatiladi. Bu faoliyat yuritishning yangi darajasiga tez o‘tish oqibatida bo‘ladi. Mushak faoliyatining taqqoslanishi mumkin bo‘lgan faoliyati bajarilishi sharoitida yosh o‘tgani sari YuQSning pasayishi kuzatiladi. Agarda 13 yoshliklarda YuQS kislorodni maksimal iste’mol qilish natijasida 1 daqiqaga 205 zarbani tashkil qilsa, 14-15 yoshlilarda 200ni, 16-18 yoshlilarda esa 1 daqiqada 189 zarbaga etadi, Yetuk yoshdagi shaxslarda YuQSni eng yuqori o‘zgarish imkoniyati pasayadi, katta yoshlardagidek kabi yosh sportchilarda ham YuQSni bajarilayotgan ishning quvvatligiga bog‘liqligi kuzatiladi. Yosh sportchilardagi YuQSning eng yuqori ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar 1 daqiqaga ular 200 zarbadan yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. V.S.Farfel 11-16 yoshli sportchilarda joyida burib yugurgandan so‘ng YuQSni o‘lchaganida, 1 daqiqaga 240-252 zarba urganini qayd etdi.

Mavzu: Yoshlar sportining fiziologik asoslari.

1.O‘spirin yoshdagi bolalarda mashg‘ulotni tashkil qilish xususiyatlari.

2. Jismoniy mashq bilan shug‘ullanganlik darajasini oshirishning fiziologik asoslari.



3. Sport mashg‘ulotida zamonaviy raqobatlarni fiziologik asoslab berish.

Sport mashg‘ulotining fiziologik mazmuni sport natijaga erishish uchun funktsional asoslarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Sport formasi bu sport natijaga erishishning optimal tayyorgarligi, u sportchining mahoratning ma’lum darajasidagi mashq ko‘p bajarilganligi, ya’ni mashg‘ulot darajasining oliy bosqichini aks etadi. Organizmni optimal darajada tayyorgarligi alohida organ va tizimlarning eng yuqori funktsional ko‘rsatkichi, ishchi jarayon va qobiliyatlarni funktsiyalarni intifikatsiya qilishga bo‘lgan mukammal koordinatsiyasi va tashqi omillarga hamda ichki va tashqi muhitning ta’siriga barqarorlik bilan tavsiflanadi. Sport formasi uchun alohida psixologik fon xosdir, u kinestezik analizatorning funksiyalaridagi fiziologik o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqdir (suzuvchilarda “suvni his etish”, “chang‘i uchuvchilarda qor hissiyoti”). Sport shakli holatida emotsional holatni ongli nazorat qilish va tartibga solish imkoniyati oshadi. Faoliyatning harakat, vegetativ, ruhiy sohalarini o‘zgarishining bunday keng va murakkab kompleksi asta-sekin shakllanadi. Sport shakliga erishish davri 5-6 oylik muddatni talab qiladi. Bu muddatlar bilan 1 yillik mashg‘ulot yilidagi tayyorlanish davrining davomiyligi ham belgilanadi. Sport forma shakliga erishishning asosiy fiziologik asoslari bu organizmning funktsional imkoniyatlarining umumiy darajasini oshishidir, ular esa progressiv morfologik qayta o‘zgarishlar bilan uzviy aloqadordir. Organizmning alohida tizimlarining optimal funktsional tayyorgarlikka erishishi doimiy ham bir paytning o‘zida kuzatilmaydi, masalan, ba’zi holatlarda yosh sportchilarning jismoniy ishchanligi texnik va taktik tayyorgarligidan oldinroq bo‘lishi mumkin. Sport shaklini nisbiy barqarorlashuvi fazasi uchun keyingi biologik o‘zgarishlar sur’atlarning pasayishi xosdir. Mazkur fazaning tashqi ifodasi yosh sportchilarning yuqori barqaror bo‘lgan sport natijalarida namoyon bo‘ladi va bunda ularni o‘sish tendentsiyasi ham saqlanib qoladi. Sport formasini saqlash davomiyligi 2-4,5 oygacha bo‘lgan muddatda kuzatiladi. Yosh sportchilarning sport shaklining fiziologik mezonlari jismoniy yuklanishga moslashuv darajasi hamda organizmning funktsional rezervlarni mobilizatsiya qilishga bo‘lgan salohiyatli qobiliyatidir. Jismoniy yuklamaga moslashuv darajasi haqida mulohaza yuritish uchun jismoniy yuklama bilan maxsus sinovlar qo‘llaniladi. Sport yuklamalarni bajarishga bo‘lgan salohiyatli qobiliyati haqida nisbiy mushak tinchligi holatida yoki ishni bajarish holatidagi fiziologik funktsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha fikr yuritish mumkin va ularning barchasi oldindan shartlangan rejimda ishchanlikni taxmin qilish imkoniyatini beradi (masalan, PWC 170 probasi, standart veloergometrik probalar).Sport formasida bo‘lgan yosh sportchi tomonidan bajariladigan standart mushak ishi bajarilgan ishning birligida energiyani sarflashning yuqori tejamkorligi bilan tavsiflanadi. Fiziologik funktsiyalardagi o‘zgarishlar bunda etarli darajada shug‘ullanmagan sportchilardan ko‘ra, fiziologik funktsiyalardagi o‘zgarishlar ahamiyatsizroqdir. Sport formasini saqlanishiga sport musobaqalari ham ko‘maklashadi. Yuqori sport yutuqlari va musobaqalar soni o‘rtasida yuqori ijobiy korrelyatsion aloqa kuzatilishi qayd etilgan. Musobaqalar o‘rtasida dam olishning davomiyligi individual xususiyatlarga ko‘ra belgilanadi. Bunda bular o‘rtasidagi farq ahamiyatlidir – 4 kundan 20 kungacha. Yosh sportchilar barqaror va yuqori natijalar ko‘rsatadigan nisbatan qisqa davr organizm funktsiyalarini imkoniyatning eng yuqori darajasida dinamik muvozanat holatini qo‘llab-quvvatlash murakkabligidan darak beradi. Inson organizmining salohiyati zaxiralari haddan ziyod funktsional faoliyatni talab qilgan ishni bajarishda kamayadi. Sport natijalarining pasayishi sport faoliyatining murakkab shakllarida organizmning ichki muhitini doimiyligini saqlashdagi jarayonlarning tashqi ko‘rinishidir. Og‘ir yuklangan keskin mashg‘ulot, musobaqalardagi chiqishlar funksiyalarning dinamik muvozanatini qo‘llab-quvatlashni murakkablashtiradi. Shu sababli sport formasini vaqtinchalik yo‘qotish, kanchilik sifatida tushunmaslik lozim, bu organizmni haddan ziyod yuklanishga qarshi bo‘lgan biologik jihatdan maqsadga muvofiq himoyalovchi reaksiyadir, organizm ishining yangi yuqoriroq darajasiga o‘tishidir va bu jarayon yuklamani pasayishi mashg‘ulot vosita va uslublari mazmunini o‘zgarishi bilan ta’minlanadi. Sport shaklini yo‘qotishning ob’ektiv jarayoni o‘tish davrining mazmunida ham o‘z aksini topadi, u musobaqa davridagi yuklangan faoliyatdan, og‘ir yukli faoliyatdan faol dam olish davri bo‘ladi. O‘tish davrida ixtisoslashuvning asosiy turi uchun xos bo‘lmagan mashqlar qo‘llaniladi, ular kichikroq hajmda va intensivlikda bo‘ladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə