Bolalar sporti asoslari


Jismoniy mashq bilan shug‘ullanganlik darajasini oshirishning



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə141/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)
1-bayonnoma, Aholining turmush darajasi va uning daromadlari 2- kurs ishi, topshiriqlar uchun javoblar, Mahsulot va xizmatlar bozori va uni YaIMdagi salmog’i dinamikasi mustaqil ish
2. Jismoniy mashq bilan shug‘ullanganlik darajasini oshirishning

fiziologik asoslari.

Sport formasiga erishish va uni saqlash sport mashqlarining vosita va uslublarining kompleksi, mehnat va dam olishning zaruriy rejimiga rioya qilish, tiklanish vositalarini qo‘llash ta’minlanadi. Mashq qilishning uslub va vositalari qat’iy individuallashgan xarakterga ega, ular sportning dastlabki tayyorgarligi, uning sport staji, sport malakasi bilan shartlangan. Charchashning rivojlanishiga olib keluvchi jismoniy yuklanmaning ta’siri uning tezkor mashg‘ulot samarasini tavsiflaydi. energetik manbalarni sarflanishining to‘xtalishi energiya oqimini plastik jarayonlarga o‘tib ketishi bilan kuzatiladi. Kislorodni haddan ziyod iste’mol qilinishi va kislotali fermentlarning yuqoriligi tiklanish davrida saqlanib qolganida intensiv anabolik jarayonlarga ko‘maklashadi. Mashg‘ulotning keyingi samarasi tiklanish jarayonlari mashg‘ulotlar darhol yoki biroz o‘tgandan so‘ng samaradorligini oshishida namoyon bo‘ladi. Dam olish davrida tiklanish jarayonlari kuchayadi, buning natijasida organizmning energetik zaxiralari to‘ldiriladi, to‘qima va organlar hujayralarida plastik jarayonlar rag‘batlantiradi. Energiyaning sarf-xarajatlari intensivligiga bog‘liq ravishda tiklanish samarasi ham turlicha bo‘ladi. Mashg‘ulot jarayonidagi intensiv almashinuv jarayonlari super kompensatsiya hodisa orqali tiklanish jarayonlarining kuchayishiga olib keladi, bu dastlabki daraja ustidan “oshgan holda kompensatsiya” organizm funktsional imkoniyatlarini keyingi o‘sishi uchun asos yaratadi. Tezkor tiklanish asosida mushak ishi bilan toliqqan organizm va to‘qimalardagi egiluvchanlik jarayonlari yotadi, ular ferment tizimlarining kuchaygan faoliyati va oshgan garmonal faollik bilan rag‘batlantiriladi. Kam darajada tiklanish alohida organizm va tizimlarning haddan ziyod zo‘riqishi orqali surunkali toliqishi uchun xosdir. Aksariyat hollarda bu ichki sekretsiya bezlarining moslashish zaxiralarini pasayishida o‘z ifodasini topadi. Aynan shu bezlar jismoniy zo‘riqishga moslashuvni ta’minlab beradi. Avvalgi qayta tiklanish, yuklamani xarakteriga bog‘liq ravishda tiklanish davri davomiyligi va superkompensatsiya bosqichning boshlanishi ham o‘zgaradi. Demak, toliqish va qayta tiklanish jarayonlari 2 ta qarama-qarshi holat sifatida tushuniladi. Qayta tiklanish jarayoni sport ishchanligining ham yaxshilanishiga hamda yomonlashuviga olib keladi. Mashqqa o‘rganilganlikning oshishi va ishchanlikning ko‘payishi qayta tiklanish jarayonlari energiya resurslarni qayta tiklanish va to‘planishini ta’minlanganda ham kuzatiladi. Agarda qayta tiklanish jarayonlari etarli bo‘lmasa, toliqish rivojlanadi va ishchanlik keskin pasayadi. Shu bilan birga jismoniy yuklama olish mashg‘ulotning mikrosikl va mezosiklida ham toliqishga olib kelsada, chidamlilikning maxsus turlarini tarbiyalash vazifalarini hal etish uchun samarali bo‘lishi mumkin. Keyingi to‘liq dam olish bilan rejalashtirilgan mikrosikldagi 2 karra va 3 karra ko‘paytirilgan mashg‘ulot mashqlarini qo‘llash aynan shunga asoslangan. Charchashni rivojlantiruvchi mexanizmlarni chuqur tushunmagan holda mashg‘ulot jarayonini ratsional tuzish imkoniyati yo‘q. Agarda charchash jarayonini mahalliy faqatgina toliqqan organizmni qamrab oluvchi jarayon deb o‘rgansak, muvofiq tarzda qayta tiklanish vositalari ham tanlanadi. Ishning turi, uning yuklanishi, davomiyligiga bog‘liq ravishda charchashni rivojlanishda rol turli omillarga tegishli bo‘ladi. Regulyatsiyaning gumoral tizimidagi o‘zgarishlar qonga gipofiz va buyrak usti bez gormonlarini zo‘riqqan emotsional faoliyatda qonga yuqori darajada kirib kelishida etakchi omilga aylanishi mumkin. Fiziologik funksiyalarning asab regulyatsiyasining buzilishi tezkor xarakterdagi qisqa muddatli mushak ishida etakchi rolni o‘ynashi mumkin. Bu asab impulslarining qudratli oqimining ta’siri va chegaradan ortgan sekinlashishni oshishi natijasida kuzatiladi. Markaziy asab nerv tizimining seziluvchanlik va barqarorligi zo‘riqish ishida pasayishi, quvvati bo‘yicha kuchsiz, ammo davomiy hamda takroriy mashqlarning ta’siri natijasidir. Regulyatsiyaning markaziy asab tizimiga ichki muhit kimyosining o‘zgarishi, organizm gomeostazini ta’minlab beruvchi asosiy konstantalarining o‘zgarishi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ichki muhit kimyosining buzilishi fermentlar faolligining pasayishi, lipid va uglevod almashinuvining pasayishi natijasida kuzatiladi. Charchash rivojlanishidagi alohida omillarning o‘zgaruvchan ma’nosiga bunday yondashuv hamda ularning ahamiyatini qat’iy tarzda son jihatidan o‘lchash mashg‘ulot jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Mushak ishining muayyan turlarida charchashni rivojlanishidagi etakchi omilni ajratish, aniqlab olish tadqiqotning muvofiq test sinovlari va uslublarini to‘g‘ri tanlangandagiga bog‘liqdir.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə