Bolalar sporti asoslari


Sport mashg‘ulotida zamonaviy raqobatlarni fiziologik asoslab berish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə142/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

3. Sport mashg‘ulotida zamonaviy raqobatlarni fiziologik asoslab berish.

Shartli ravishda sport mashg‘ulotlarining zamonaviy uslubiyatida 2 ta tendentsiyani ajratib ko‘rsatish mumkin, ular ishonchli fiziologik asosni olgan: Ularning birinchisi – barqaror yoki oshib boradigan yuklamalarni saqlagan holda, mashg‘ulot jarayonining intensifikatsiyasi. Ikkinchi – bajarilayotgan ishning nisbatan kichik intensivligiga mashg‘ulot yuklamasining umumiy hajmini yanada oshirish. Albatta, o‘rganilayotgan tendensiyalar doirasida mashg‘ulot vosita va uslublarini biriktirishning ko‘plab variantlari mavjud, ularning biri xususan, intensiv yuklamalarning umumiy hajmi o‘sganida to‘xtovsiz o‘sishidir (masalan, suzishda). Oliy yutuqlar bilan bog‘liq bo‘lgan sport ham jismoniy harakat imkoniyatlari, ham insonning intellektual ruhiy sifatlarini namoyon qilishda interfaoliyatining juda ham murakkab shakliga aylandi. Agarda organizmning maxsus xususiyatlarini hisobga olmasak, odatda, yuqori sport natijalariga erishib bo‘lmaydi. Murabbiy, pedagog va sportchining ijodiy hamkorligining bosh vazifalaridan biri sport muvaffaqiyatini ta’minlab beruvchi mashg‘ulot yuklamasining turli darajasiga individual tarzda erishishdir. Oxirgi yillarda mashg‘ulot yuklamalarining oshishiga bo‘lgan tendentsiya birinchi navbatda, oliy sport yutuqlarining keskin o‘sgan darajasi bilan shartlangan. Yuqori sport natijalarini ko‘rsatish uchun organizmning ko‘zga ko‘rinmas potentsial zahiralarining mobilizatsiyasi zarurdir. Yosh sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini hattoki ahamiyatsiz oshirilishi uchun kuch bo‘yicha ahamiyatli biologik turtkilar kerak bo‘ladi. Bunday turtkilar sifatida yuqori darajadagi yuklamalar qo‘llaniladi. Pedagogik tamoyil va qonunlarga qat’iy rioya qilish bilan bir qatorda, kesishgan fanlar vakillari bilan ilmiy hamkorlikni nazarda tutgan mashg‘ulotlarning zamonaviy uslubiyati sportchini sport formasining eng yuqori cho‘qqisida asosiy musobaqaga tayyor ekanligini ta’minlab beradi. Sportning bir qator turlarida intensiv jismoniy yuklama hajmining oshishi anaerob almashinuv mahsulotlarini to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan organizmning ichki muhitidagi murakkab o‘zgarishlarga bardosh berishdagi organizmning funksional zaxiralarini oshirishning samaradi uslubidir. Shu bilan bir paytda musobaqa tezligidan mashg‘ulotda 10-15% ga yuqori tezlikni qo‘llash, organizmning muhim fiziologik funksiyalarini haddan ziyod yuklanish xavfi, neyroendokrin regulyatsiyaning buzilishiga nisbatan potentsial xavfni tug‘diradi. Maxsus mashqlarni bajarishda musobaqa tezliklarini oshirish qat’iy individual chegaralar bilan chegaralanishi lozim. Odatda, ular har bir yoshga oid guruh uchun 6-7% dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Organizmga fiziologik ta’sir bo‘yicha eng qattiq ta’sir etuvchi bu takrorlanishdan takrorlanishga bo‘lgan oraliqdagi dam olish payti qisqaradigan interval mashg‘ulotlardir. Dam olishni qisqarayotgan vaqti bilan takroriy yuklamalarni bajarish yoki intensivligi oshayotgan yuklamalarni bajarish qonda sutli kislotaning tobora ko‘payishiga olib keladi, bunda aerob almashinuv kuchaygan anaerob glikoliz bilan bostiriladi. Qisqa masofalarni takroriy yugurishdan so‘ng dam olishga berilgan vaqt ko‘paygani sari sutli kislota darajasining pasayishi kuzatiladi va glikolitik almashinuv aerob almashinuv bilan bostiriladi. Jismoniy mashqlarning bitta turi anaerob va aerob ishlab chiqarishni oshirish vositasi bo‘lishi ham mumkin. Bunda hal qiluvchi rol masofalarni yugurish o‘rtasidagi dam olish davrlariga tegishlidir. 1 daqiqaga YuQS 160-180 zarbaga teng bo‘lgan keskin ishdan so‘ng (maksimaldan 80% chegarasida) dam olishning qisqa muddatli (1-1,5 daqiqa) standart davrli mashg‘ulotlar yurak ishlab chiqarishi va kislorodni iste’mol qilinishining oshishiga ko‘maklashadi. Bu holatda mashq qiluvchi samarani nafaqat intensiv yuklanish, balki dam olish ham ko‘rsatadi. Pulsning yuqori tezligi saqlangan holdagi dam olish paytida yurakning katta zarbali hajmi kuzatiladi, bu esa kislorod iste’molining keskin o‘sishi bilan kuzatiladi. Jismoniy mashqlarning intensivligi sportchi uchun kerakli yo‘nalishda funktsiyalarning mobilizatsiyasini ta’minlagandagina fiziologik asoslangan hisoblanadi. 1 daqiqaga 150 dan 180 zarba bo‘lgandagi YuQSda bajariladigan mashqlar aerob ishlab chiqaruvchanlikni oshirish uchun eng samaralidir. 1 daqiqada 180 ta YuQSda kislorodning iste’moli maksimal ko‘rsatgichlarga yetadi. Shu paytda mushak ishining intensivligi organizmning anaerob ishlab chiqaruvchanligini ham oshiradi. 1 daqiqaga 180 dan 190 zarbagacha bo‘lgan diapozondagi YuQSda glikolitik anaerob almashinuvning maksimal mobilizatsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bunday puls rejimlari dam olishning qisqaradigan davrli interval mashg‘ulot uchun xosdir. Mashg‘ulot yuklamasi – anaerob va aerob modda almashinuvining qudratli stimulyatoridir, uning yordamida organizm ishining haddan ziyod yuklangan shartlari yuklanadi, bu esa yosh sportchilarni sport yuklamalarini bajarish uchun tayyorlashning muhim vositasidir. Bittagina “yumshoq” mashg‘ulot mazkur vazifalarni hal qilmaydi. Bolalar va o‘smirlar yoshidagi intensiv maxsus yuklamalarni afzal ko‘rish, sport natijalarni sport mashg‘ulotlarining 2-3 yilida tezkor ko‘payishiga olib keladi. Umumiy funktsional va morfologik asosni yaratmagan holda, natijalarning keyingi o‘sishi esa imkoniyatsiz bo‘ladi. O‘ziga xos bufer bo‘ladigan katta intensivlik yuklamalarining keskin ta’sirini yumshatuvchi dastlabki funktsional zaxirani yaratish lozim. BO‘SMlarda organizmga fiziologik ta’sir etishi bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlarning yuklamasini haddan tashqari qo‘llanilishi yosh sportchilarda sport o‘sishini muddatdan ilgari to‘xtashiga olib keladi. Katta sportchilarning sport mashg‘uloti rejimlariga o‘tish esa, buni o‘zgartirmaydi. Yosh yigit yoki qiz psixologik jihatdan sportda keyingi yutuqlarga erishish uchun zaruriy bo‘lgan jisminiy yuklamaning katta hajmda bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lmaydilar. Sport mashg‘uloti yuklamasining fiziologik asoslangan hajmi organizmda progressiv funksional va morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Agarda zo‘riqish, yuklanish toliqishga olib kelmasa, unda keyingi superkompensansiyalashgan tiklanish jarayonlarini samarali oqimi uchun asoslar yaratilmaydi. Sport mashg‘ulotlarining zamonaviy tizimini tuzishda sport mashg‘ulotlarining 1 yillik siklida kam intensiv yuklamalarning ratsional birikuvini tanlash lozim. Bunday yuklamalar nafaqat funktsional imkoniyatlarning oshishiga, balki sport yutuqlarining o‘sishi bilan kuzatiladi. Bu esa, yuqori sport natijani o‘rnatishga umidvor bo‘lish uchun asos bo‘ladi. Turli yo‘nalish va intensivlikdagi sport mashg‘ulotlar yuklamalarini galmagal qo‘llanish xarakteri, sport mashg‘ulotlarining ma’lum davrining vazifalari bilan belgilanadi. Yuqori emotsional yuklanishni tushirish hamda musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga bo‘lgan psixologik maqsad uchun shart-sharoitlarni yaratish “mayatnik” sport mashg‘ulotlari tizimi bilan ta’minlanadi. “Mayatnik” tamoyili musobaqadan oldingi tayyorgarlik mikrosikllarning 2 turini ritmik tarzda galma-gal qo‘llash asosida tuziladi, ya’ni bunda ixtisoslashganlik va kontrast mikrosikllar qo‘llaniladi. Musobaqalarga yaqinlashgan sari kontrast mashqlarni asosiy bilan o‘xshashlik darajasi pasayadi. Maxsuslarniki esa ko‘payadi. Musobaqa oldidagi oxirgi haftalik mikrosiklda kontrast mashqlar qo‘llaniladi. Mashg‘ulot xarakterining o‘zgarishi uzoq muddatli bir xil sport mashg‘ulotlari tufayli vujudga kelgan psixologik keskinlikni pasaytiradi. Amaliyotda sport ixtisosligi bilan bog‘liq bo‘lmagan odatiy ishni nisbatan qisqa muddat paytida bajarish maxsus yuklamani bajarish uchun barcha shartsharoitlarni yaratadi. Natijada mazkur mikrosikldan keyingi musobaqalarda yosh sportchi muvaffaqiyatga erishadi. “Mayatnik” mashg‘ulotini baholashning bunday yondashuvning printsipial to‘g‘riligi sport ixtisosligining alohida turlari, uni qo‘llashning xususiy masalalariga echim bo‘la olmaydi. Aftidan, bunday rejalashtirishga qat’iy individuallashtirilgan yondashuv zarur, haqiqatda musobaqadan oldingi yuklama sportchida salbiy reaktsiyaga sabab bo‘lmasa, kontrast mashg‘ulot unga kerak emas. Kontrast mikrosiklda mashqlarni musobaqa turlarini texnika va taktikasining unsurlari qo‘llanilishi mumkin. Yuklamalarning zarbali, ya’ni eng kuchli uslubi alohida mushak guruhlari yoki jismoniy sifatlarni rivojlantirishga tanlangan ta’sirni o‘tkazish uchun shartsharoitlarni yaratish uchun maxsus tayyorgarlik paytida qo‘llaniladi. Mazkur uslubni qo‘llashning fiziologik asoslari lokal/tanlangan ta’sirga ega bo‘lgan yuklamalardan so‘ng keyingi super kompensatsiyalik tiklanish jarayonlarni jadallashtirishdir. Masalan, mushak kuchini rivojlantirish maqsadida alohida mushak guruhlariga tanlab ta’sir qilganda, oqsil almashinuvining kuchayishiga erishiladi. Intensiv oqsil almashinuvi shart-sharoitidagi tiklanish jarayonlari intensivroq kechadi va dam olishning muvofiq davrlarida yanada ko‘proq tiklanishga olib keladi. Yuklamalarning zarbali uslubi qo‘llanilganda ham yaxshi mashq samarasiga erishiladi. Yosh futbolchilarda maxsus mushak kuchi yosh sportchi oyog‘ida qabul qilib olgandan so‘ng zarba beradigan to‘pning vaznining oshirilishi yordamida rivojlanadi. Yuqori ishchanlikni qo‘llab-quvvatlash va sport formasini saqlashning uslublaridan biri bu yig‘indi mashq yuklamalarini bajarishga qaratilgan katta bo‘lmagan energetik sarflardagi mashg‘ulotning “simulyatsion” uslubidir, uning mohiyati yuklamani bajarilishning alohida tartibi hisobiga hajmli mashg‘ulot samarasini yaratishdan iborat. Masalan, suzish bo‘yicha AQSHning mashhur murabbiyi professor Kaunsilmen suzish masofasini asta-sekin qisqartirgan holda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif qiladi. Masalan, dastlab sportchi 100m, keyin 10,50 va 25m ga suzadi. Kaulsilmen fikricha, uzun masofalarda organizmning funktsional zaxiralarini maksimal mobilizatsiyasiz sportga mazkur mashq samarasini qisqa masofalarni intensiv suzib o‘tishda ham saqlab qolish imkoniyatini beradi. Bunday uslub muvaffaqiyat bilan shtangachilarning mashg‘ulotlarida ham qo‘llaniladi (mashg‘ulotning takroriy regressiv uslubi). Birinchi harakatlarda katta va eng yuqori chegaraga yaqin og‘irlikni ko‘tarish asab mushak birliklarining eng maksimal sonini jalb etilishiga ko‘maklashadi. Vazni pastroq bo‘lgan og‘irlikni keyingi bosqichda ko‘tarish asab mushak faollikning optimal fonida kechadi va yuklamalarning kichik yig‘indi hajmlarida mashg‘ulot ta’sirini o‘tkazadi. Musobaqa sharoitida maksimal natijalarga erishish vaziyatli mashg‘ulot bilan osonlantiriladi. Bunday mashg‘ulotda musobaqa shart-sharoitlariga o‘xshash sharoitlar yaratiladi, ular musobaqadan 10-15 kun oldin o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotning boshlanishi va yakuni musobaqalarni o‘tkazishning taxminiy vaqtiga mos kelishi lozim. Bunday mashg‘ulot sportga maksimal tarzda o‘z jismoniy sifatlarini namoyon qilib, bo‘lg‘usi musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorlanish imkoniyatini beradi. Sportchining psixologik tayyorgarligi sport formasini saqlash va musobaqa sharoitida maksimal darajalarga erishish uchun alohida ahamiyatga ega. Autogen (ruhni tartibga soluvchi) mashg‘ulotning zamonaviy uslublari nafaqat ruhiy holatni tartibga solishni, balki sport yo‘nalishida ham progressiv o‘sish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Bo‘lg‘usi sport faoliyatiga dominant belgi bergan holda irodali yoki ruhlantirilgan tarzda yaratib, ishchanlikni oshishiga erishish mumkin. Psixologik tomondan murabbiyni to‘g‘ri tuzilgan tizimi sportchilarda ruhiy uzilish holatlarini oldini oladi. Bunday holat sport formasi uchun xos bo‘lgan sportchining yuqori funktsional tayyorgarligida ham paydo bo‘lishi mumkin. Miya dominantining psixofiziologik asoslari etarli darajada chuqur o‘rganilgan. Natijaga qaratilgan dominant maqsad fiziologik faollikning namoyon bo‘lishining barcha qolgan shakllarini o‘ziga bo‘ysundiradi va u orqali sport yuklamalarini bajarishni imkoniyatini ta’minlaydi. Insonning fiziologik faolligining regulyatori sifatida so‘zning roli va ahamiyati bu holatda ayniqsa, ko‘rgazmali namoyon bo‘ladi. Sport formasining shakllanishi va saqlanishini osonlashtiruvchi turli vosita va uslublarning qo‘llanilishi kunning qat’iy reglament qilingan gigienik rejimiga rioya qilgan holdagina istalgan natijaga erishish imkoniyatini beradi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə