Bolalar sporti asoslari


Maktab yoshidagi bolalarda xar xil shiddatdagi siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik ko’rsatkichlarining o’zgarishi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə40/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Maktab yoshidagi bolalarda xar xil shiddatdagi siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik ko’rsatkichlarining o’zgarishi

Yoshi

Ishtirokchilar soni

Belgilangan har doyimgi masofa o’lchami 5m/s

Ishtirokchilar soni

Turli xil jadallikda yugurish

(ishtirokchini eng yuqori tezlikgi %)

90

70

60

M±ϭ (M)

M±ϭ (M)

M±ϭ (M)

M±ϭ (M)

10

72

183,5 ± 4,06

15

142,6 ± 4,20

311,6 ± 9,08

400,7 ± 15,1

11

97

206,0 ± 6,90

12

158,0 ± 5,50

310,0 ± 26,50

423,0 ± 27,7

12

92

257,0 ± 9,07

21

177,4 ± 6,50

347,2 ± 13,20

438,0 ± 16,2

13

43

298,5 ± 9,80

16

177,5 ± 5,40

351,8 ± 9,30

425,4 ± 12,2

14

55

330,0 ± 8,90

10

179,5 ± 8,13

353,2 ± 9,13

434,0 ± 17,0

15

56

365,0 ± 11,3

13

200,0 ± 3,90

372,0 ± 8,60

473,0 ± 13,0

16

90

427,0 ± 11,4

20

231,1 ± 5,20

388,0 ± 9,27

501,0 ± 13,7

17

70

520,0 ± 9,80

18

238,5 ± 6,00

416, 0 ± 6,70

574,0 ± 20,0

18

32

641,0 ± 17,90

8

250,0 ± 9,40

452,0 ± 9,40

698,1 ± 15,8

Maktab yoshidagi bolalarning chidamliligi ishning har bir turida o’z xususiyatlariga ega, u mutloq ko’rsatkichlar kattaligida va chidamlilikning o’sish sur’atlarida namoyon bo’ladi. masalan, doimiy tezlik 5 metr/soniya teng bo’lgan yugurishda chidamlilikning har yillik o’sishi bir xil emasdir, u 11-12 yoshli, 12-13 yoshli bolalar va 17-18 yoshli yosh yigit va qizlarda ko’proq ifodalangan (muvofiq tarzda 24,8 va 23,3%). 12-13 yoshda chidamlilikning har yillik oshishi 16,1%ni tashkil qiladi. Maktab yoshidagi bolalarda chidamlilikning intensiv o’sishi bilan tavsiflanadi 2 bosqichni ajratish mumkin: 10-13 yoshda – 45,9%, 15-18 yoshda -42,5%ni tashkil qiladi.

Pubertat davrida mazkur ko’rsatkichlar sur’atini ma’lum darajada pasayishi kuzatiladi. Agarda 5 metr/soniyali doimiy tezlikda yugurishdagi chidamlilik ko’rsatkichlarini intensivlikning turli darajasidagi yugurish natijalari bilan taqqoslasa, unda yoshga bog’liq ravishda ularni o’zgarishining bir tomonlama yo’naltirilgan xarakterini qayd etish mumkin. Ularning ahamiyatli darajada o’sishi 15-16 yoshdan keyin kuzatiladi va 17-18 yoshga kelib, eng katta mazmunga yetadi.



Yosh sportchilarni umumiy chidamliligi darajasini tavsiflovchi universal test sifatida sinovdan o’tayotgan maksimal (30 metrli yugurishda ko’rsatilgan) tezkorlikni 60%ni tashkil qilgan tezlikni yugura oladigan masofani aniqlash imkoniyatini beruvchi test qo’llaniladi. Sportning turli- xil turlarida ixtisoslashgan maktab yoshidagi bolalarda umumiy chidamlilikning rivojlanish dinamikasi aniqlash mumkin. 21 jadvalda o’rta masofaga yuguruvchi yosh sportchilarning chidamlilik dinamikasi ko’rsatilgan. Jadvalda ko’rinib turganidek, 11 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan yosh diapazonida sportchilarning chidamliligi 6,8% ga oshadi.

21-jadval

Qisqa masofaga yuguruvchilarni yosh bo’yicha chidamlilik dinamikasi

Yoshi

Ishtirokchilar soni

Yuqurib o’tilgan masofa o’lchami

Oldingi olingan guruxdagi natijani bosqichma bosqich solishtirish

11-12 yoshga tegishli natijalarni o’sishi %

M±ϭ (M)

ϭ

ʋ

Mutloq farq

Ta’aluqli farq (%)

t

p

11-12

18

1601

958

59,83

-

-

-

-

100

13-14

48

1650

394

23,87

49

3

0,201

>0,05

103

15-16

68

1739

289

16,61

89

5,6

1,088

>0,05

108,6

Bir qator tadqiqotlar bilan bolalar va o’spirinlarda dastlabki tayyorgarlik bosqichida umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyati va zarurati asoslab berilgan (R.E.Motilyanskiy, V.P.Filin va boshqalar). Masalan, R.E.Motilyanskiy shunday fikr bildiradi: “Sportchilarni ayniqsa, chidamlilik sifatini rivojlantiruvchi sport turlari ixtisosligi bo’lgan sportchilarning mashg’ulotini zamonaviy uslublari ishning katta hajmini bajarilishiga bog’liqdir. Bu bola yoshidan boshlab chidamlilikni tarbiyalash zaruratini vujudga keltiradi, ya’ni bunda sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichi boshlangunga qadar, mashg’ulot yuklamalarining asta-sekin oshishini taminlaydi”.

Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlar umumiy chidamlilikni tarbiyalashning quyidagi vositalarini qo’llash maqsadga muvofiqdir (harakatchan va sport o’yinlari, uzoq muddatli yurish va mo`’tadil intensivlikda yugurish, chang’ida uchish, konkida uchish, velosipedlarda uchish va suzish).

Umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy uslublari mashg’ulotning teng bir xil bo’lgan uslubi, mashg’ulotning o’zgaruvchan bo’lgan xilma-xil variantlari hamda mashg’ulotning o’yin uslubidir. Boshqa jismoniy sifatlarini tarbiyalashning vosita va uslublari bilan bir qatorda chidamlilikni tarbiyalashning vosita va uslublarini ratsional uyg’unligi nafaqat chidamlilik rivoji darjasining oshishiga, balki tezlik, tezlik-kuch, mushak kuchi, egiluvchanlik, chaqqonlikni darajasi oshishiga olib keladi.

Umumiy chidamlilikni tarbiyalash maqsadida hamma tomonlama jismoniy tayyorgarlik asosida kichik maktab yoshidagi bolalarni boshlang’ich sport tayyorgarligi bu jismoniy sifatning yuqori darajasini talab qilgan sport turlarida keyingi ixtisoslangan tayyorgarlik uchun umumiy chidamlilikning mustahkam fundamenti yaratilishiga ko’maklashadi. Chidamlilikka beriladigan yuklamalar bolalarning yosh xususiyatlariga qat’iy muvofiq bo’lib, bola organizmiga hamma tomonlama ta’sirni o’tkazishi lozim.

Mashg’ulot vosita va uslublarini noto’g’ri qo’llaganida, yuklamalar haddan ziyod tez ko’payganida, bola va o’spirinlar organizmi uchun salbiy oqibatlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli yosh jihatidan umumiy chidamlilikni tarbiyalash muammosini muvaffaqiyatli echilishi mashg’ulotning vosita va uslublarini ratsional tanlovi, mashg’ulot va musobaqalarning yuklamalarini qo’llash hamda bularning barchasi yosh sportchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga muvofiqligiga va ratsional tanloviga bog’liqdir.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə