Bolalar sporti asoslari


Sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə44/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Sport texnikasi va taktikasiga o’rgatish

Jismoniy mashqlarni bajarishning ratsional texnikasiga bolalarni o’qitishdan so’ng darhol xilma-xil ko’nikma va malakalar zaxirasini yaratishga intilish lozim. Bu kelajakda sport texnikasini muvaffaqiyatli takomillashtirishga yordam beradi. Harakat ko’nikmalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonlarining to’g’ri o’zaro ta’siri uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash lozim. Xususan, mashqlarni ko’rsatish, tushuntirish va bajarish o’rtasidagi vaqtning mutanosibligi mazkur yosh guruh uchun eng qulay bo’lishiga e’tibor qaratish lozim.

Sport tayyorgarligining muvaffaqiyati katta darajada jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasi va harakat ko’nikmalarini shakllantirish darajasining optimal mutanosibligiga bog’liq. Uzoq muddatli ko’nikma va mahoratlar tanlangan sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun zaruriy bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan parallel tarzda shakllanadi.

O’smirlarda harakat, ko’nikma va malakalarini shakllanishi ratsional harakatlarning keyingi takomillashuvi uchun asos yaratadi. O’smirlar mashg’ulotlarning boshidanoq, mashqning alohida qismlari emas, balki yaxlit mashq texnikasiga ega bo’lishlariga intilishlari lozim. O’smirlar bilan mashg’ulotlarda sport texnikasi odatda, osonlashtirilgan, yengillashtirilgan sharoitlarda o’rganiladi. Maxsus tayyorlov va yo’naltiruvchi jismoniy mashqlar komplekslari keng qo’llaniladi.

Sport texnik tayyorgarlikda sportning turlari, guruhlari bo’yicha quyidagi farqlar mavjud: sportning texnik jihatdan murakkab turlarida sport texnikasini shakllantirish birlamchi vazifadir. Shunga muvofiq tarzda mashg’ulotlarda unga katta vaqt va e’tibor qaratiladi, masalan, gimnastikachi va figurachilar ixtiyoriy va majburiy dastur mazmunini tashkil qiluvchi texnikaning mashq va muvofiq unsurlarini o’zlashtiradilar.

Sportning tezkor-kuch talab qiluvchi turlarida sport texnik tayyorgarligiga katta ahamiyat beriladi. Uzoq masofaga yugurish, sakrash va irg’itishlarda sport texnikasidan ko’ra, jismoniy sifatlarni rivojlantirish afzal hisoblanadi. Yakka kurash va sport o’yinlarida sport texnik tayyorgarlikka ko’proq e’tiborni qaratish lozim, chunki spoortchilar ko’plab texnik ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Natijasi kuch va chidamlilikka katta darajada bog’liq bo’lgan sportlarda sport texnik tayyorgarlik kichikroq vaqtni egallaydi, bu erda ko’proq vaqt jismoniy sifatlarning rivojiga e’tibor qaratiladi.

O’smir yoshida shug’ullanayotganlarning individual tipologik xususiyatlari ko’proq namoyon bo’ladi. O’smirning bu xususiyatlari uyida va maktabdagi xulqi bilan sportda mashg’ulotlari bilan namoyon bo’ladi, ular harakat ko’nikmalarining shakllanishini tezligi va mustahkamligi, umumiy ishchanlikning darajasi va barqarorligi. O’sib borayotgan toliqish sur’ati, irodali sifatlari hamda xarakterining boshqa tomonlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Bu bosqichda yosh sportchi elementar standart taktik uslublarni bajarishni o’rganishi lozim. Bu yerda u jismoniy qobiliyatlari va sport ko’nikmalarini qo’llay oladi.

Sport mashg’ulotlarga sportchilarda taktik harakatlarni to’g’ri bajarish uchun ahamiyatga ega bo’lgan mahorat va qobiliyatlarni (kuzatuvchanlik, chaqqonlik, uddaburonlik, tashabbuskorlik, tezlik, murakkab reaktsiya, e’tiborni mujassam etish) sportchilarda rivojlanishiga ko’maklashuvchi maxsus taktik unsur va uslublarni kiritish maqsadga muvofiq. Ishtirokchilarning tarkibi va o’tkazilish shart-sharoiti turli bo’lgan musobaqalarda ishtirok etish sport taktikasini o’zlashtirishning samarali vositasidir.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə