Bolalar sporti asoslari


Qisqa masofaga yosh yuguruvchilarni mashg’ulot



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə46/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Qisqa masofaga yosh yuguruvchilarni mashg’ulot

yuklamasining belgilanishi


Mashg’ulot yili

Yoshi

Oylik siklda mashg’ulot yuklamasining taxminiy hajmi (km)

Yillik siklda mashg’ulot yuklamasining taxminiy hajmi (km)

Birinchi

11-12

45

320

Ikkinchi

13-14

60

430

Uchunchi

15-16

90

660

13-14 yoshidan boshlab, Yengil atletika bilan shug’ullanishni boshlagan sportchilar uchun yugurish xarakteridagi chidamlilikka qaratilgan imkoniyatli mashg’ulot yuklamalari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin (24-jadval).



24-jadval

Yosh yuguruvchilarni mashg’ulot yuklamasining belgilanishi


Mashg’ulot yili

Yoshi

Oylik siklda mashg’ulot yuklamasining taxminiy hajmi (km)

Yillik siklda mashg’ulot yuklamasining taxminiy hajmi (km)

Birinchi

13-14

60

420

Ikkinchi

15-16

90

655

Uchunchi

17-18

120

840

Chidamlilikni rivojlantirish jarayonida mashg’ulot yuklamasi quyidagi 5 unsur bilan tavsiflanadi:

1) mashqni bajarish intensivligi (harakatlanish tezligi);

2) mashqning davomiyligi;

3) dam olishning davomiyligi;

4) dam olishning xarakteri (tanaffuslarda faoliyatning boshqa turlarini bajarish);

5) takrolanishlar soni.

Mazkur komponentlarning uyg’unligiga bog’liq ravishda organizmning javob reaksiyalarining nafaqat miqdori, balki xarakteri ham turli bo’ladi. Misol tariqasida yugurish bo’yicha yosh yengil atletikachilar bilan mashg’ulotdagi mashqlar yuklamasi komponentlarini tavsifini keltiramiz (25 jadval).



25-jadval

O’rta masofaga yuguruvchi 11-12 yoshli sportchilarni mashg’ulot yuklama qismlarining tuzulishi


Mashg’ulot yuklamasining qismlari

Mashg’ulot uslublari

O’zgaruvchan

Mosligi

Ishning jadalligi (yugurish tezligi)

46% dan yuqori (3,9 m/s). Yugurish oxirida YuQS taxminiy 175-180 teng (1daq)

39% dan yuqori (3,3 m/s). Yugurish oxirida YuQS taxminiy 175-180 teng (1 daq)

Yugurish masofasini qismlari

1400 m (bundan tashqari 50 m 3 martta).

1400 m. Masofani bosib o’tish vaqti – 7 daqiqa

Dam olish oralig’i

Masofa qismlarini qaytarilish soni



90 dan 120 s

Dam olish

-


Asta-sekinlik, izchillik tamoyiligi rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Eksperimental tadqiqotlar yugurish yuklamalarining quyidagi imkoniyatli hajmlari tavsiya etilishi mumkinligini ko’rsatdi: 11-12 yoshidan sport mashg’ulotlarini boshlagan bolalar uchun bitta mashg’ulotda 8 km gacha, haftasiga 25 km masofaga, oyiga 90 kmgacha, yiliga 660 kmgacha. Mashg’ulotlarni 13-14 yoshda boshlagan o’spirinlar uchun bitta mashqda 10 kmgacha, haftasiga 30 km, yiliga 840 kmgacha yugurish muvofiqdir. 26-jadvalda yugurish yuklamasining oyma-oy taqsimlangan namunali hajmi keltiriladi.

Yosh yugiruvchilarda umumiy chidamlilik darajasi maxsus test yordamida aniqlanadi, ya’ni yugurishning maksimal tezligiga 60% teng bo’lgan berilgan doimiy tezlikda sportchi yugurib o’tadigan masofa. Yugurishning maksimal tezligi soniyada 30 metrga yugurish natijasida aniqlanadi.

Yosh sportchilar guruhi 400 m masofani yugurib o’tganda o’qituvchi tomonidan vaqt bo’yicha nazorat amalga oshiriladi. Bu guruhga tayyorgarlikning ma’lum darajasiga ega qiz va o’g’il bolalar kiritiladi. Agarda o’g’il bolalar 30 m masofaga yugurishda 4 soniyadan yaxshiroq natijani ko’rsatsa, 400 m masofani yugurib o’tish ularda 1 daqiqa 25 soniyani tashkil qiladi. Agarda 30 m masofaga yugurishda natija 4-4,5 soniya ichida bo’lsa, 400 m masofani yugurib o’tish 1 daqiqa 30 soniyaga teng bo’ladi. 30 m masofaga 4,5 soniyadan ko’proq vaqtda yugursa, 400 m masofa 1 daqiqa 40 soniyadan ko’proq paytda yugurib o’tiladi. Qizlar guruhi tomonidan 400 m masofani yugurib o’tish vaqtini keltiramiz: 30 m yugurishga 4,6 soniyadan yaxshi bo’lganda - 1 daqiqa 40 soniya, 30 m masofaga yugurishda natija 4,5 -5 soniya bo’lganda – 1 daqiqa 40 soniya, 30 m masofaga yugurishda natija 5 soniya va undan ko’p bo’lsa, unda 3 soniyaga yahshilanadi hamda teng bo’ladi.



Sinovdan o’tayotganlarning umumiy chidamlilik darajasini maksimal tezlikdan 60%ni tashkil qilgan. Berilgan doimiy tezlikda yugurganida, bosib o’tadigan masofaga bog’liq ravishda baholash mumkin. Quyida yosh sportchining umumiy chidamliligi darajasini baholash sxemasini keltiramiz (27-jadval).

26-jadval


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə