Bolalar sporti asoslari


Yillik siklda umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun mashqlar hajmi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə54/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Yillik siklda umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun mashqlar hajmi

Umumiy chidamlilikni tarbiyalash vositalari

Yuguruvchilar yoshi

11

12

13

14

15

16

17

Yugurish (kg)

100

200

400

1000

1200

1775

2000

Turli sport turlarida

120

120

120

80

40

40

40

Umumiy chidamlilik darajasini maksimal tezlikning 60%ga teng bo`lgan, oldindan belgilab olingan doimiy tezlik bilan yugurganda yosh sportchi bosib o`tishi mumkin bo`lgan masofa yordamida belgilanadi, bu maksimal tezlik 30 m masofasiga yugurishda belgilanadi. Quyida yosh sportchining umumiy chidamlilik darajasiga aniqlikning ma’lum darajasida baho berish imkoniyatini beruvchi shkalani keltiramiz (32-jadval).



32-jadval

Os’mir sportchini umumiy chidamlilik darajasini baholash

Masofani bosib o’tish (m)

Umumiy chidamlilik darajasi

2000 va yuqori

Yuqori

800-1900

O’rta

700 va kam

Past

Umumiy chidamlilik darajasini yosh sportchilarni mashg’ulot yuklamasiga bo`lgan reaktsiyasi ustidan pedagogik kuzatuvlar yordamida ham aniqlash mumkin. Bular bitta mashqda chidamlilikni namoyon bo`lishi hamda nazorat haftalik tsiklning boshlanishi va tugaganidan keyin bo`lgan davrda aniqlanadi. Shug’ullanayotganlar bunday reaktsiyasini sport o`yinlarini o`zgartirish jarayonida ham tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Sportning har bir turida yosh sportchining umumiy chidamlilik darajasi aniqlanadigan maxsus testlar ishlab chiqilgan. Masalan, o`rta masofaga yuguruvchining umumiy chidamlilik darajasini 5 metr/sek teng belgilangan doimiy tezlikda bosib o`ta oladigan masofaning kattaligi asosida aniqlash mumkin. 15 yoshli yuguruvchilar uchun umumiy chidamlilik darajasining eng yaxshi ko`rsatkichi bu 2000 m va undan kattaroq masofa. 16 yoshli yuguruvchilar uchun 2200 metr va undan yuqori, 17 yoshli yuguruvchilar uchun - 3400 m va undan ziyod.

Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilagn mashg’ulot bosqichida yosh sportchining maxsus chidamliligini tarbiyalashga, ya’ni ixtisosligi bilan cheklangan payt ichida maxsus jismoniy yuklamani samarali bajarish qobiliyatiga alohida o`rin qaratiladi. Yosh sportchini toliqishga bo`lgan individual barqarorligiga muvofiq, organizmning ichki muhitidagi o`zgarishlarni bartaraf etish tufayli imkoniyatli bo`ladi. Maxsus chidamlilikni tarbiyalash uslublarini sport turining o`ziga xosligi va mashg’ulotni o`tkazish sharoitlariga bog’liq tarzda tanlaydiar. Maxsus chidamlilikni tarbiyalashning asosiy uslublariga o`zgaruvchan, interval, takroriy, musobaq aturlari kiradi.

Sportning siklik turlarida maxsus chidamlilikni tarbiyalash jarayonida eng muhim vazifa sportchi organizmining anaerob imkoniyatlarini oshirishdir, bunga esa musobaqa masofasini (davomiyligi 1 daqiqadan ko`p bo`lmasligi lozim) yaxlit bosib o`tish yo`li hamda dam olish payti 2-3 daqiqaga teng bo`lgan holda, mazkur bo`lim uchun chegara eng yuqori bo`lgan intensivlik bilan qisqartirilgan masofalarni takroriy bosib o`tish yo`li bilan erishiladi. Maxsus chidamlilikni tarbiyalash maqsadida alohida masofani bosib o`tish tezligi o`rta musobaqa tezligidan biroz katta bo`lishi, masofalar yig’indisi esa, musobaqa masofasining uzunligiga teng bo`lishi mumkin. Sportning atsiklik turida (gimnastika, boks, kurash va h.k.) hamda sportning aralash tuzilmali turlari (basketbol, xokkey, konьkida ixtiyoriy figurali uchish va h.k.) maxsus chidamlilik sportning tanlangan turi mashg’ulotlarida sportning tsiklik turidagi uslublari bilan tarbiyalanadi – dastlab mashg’ulot yuklamasi hajmini asta-sekin oshirish yo`li bilan, so`ngra esa, intensivligini oshirish yo`li bilan.

Gimnastika va sport yakka kurashlarida maxsus chidamlilik bajarilayotgan mashqlarning sonini oshirish, kombinatsiyalarni takroriy tanaffussiz bajarish hamda mashg’ulotlarni zichligini oshirish yo`li bilan tarbiyalanadi. Sport o`yinlarida o`yin chidamliligini tarbiyalash intensivligi va uzunligi bo`yicha turli bo`lgan yugurish masofalar, tezlanish, sakrash va nisbatan qisqa dam olish bilan aralashtirgan holda qo`llash nihoyatda muhimdir.

Sportning tanlangan turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichida katta o`rin egiluvchanlikni tarbiyalashga qaratilgan, bu xilma-xil harakat tajribasida asoslangan. Bundan tashqari, sportchining ma’lum harakat faoliyati uchun xos bo`lgan harakat, ko`nikma va mahoratlarning ulkan kompleksiga ham asoslanadi. Bunda o`zlashtirilgan harakatlarni yaxlitligicha ham qisman ongli o`zlashtirish darajasi ham ayniqsa, muhimdir.

Egiluvchanlikni tarbiyalash yosh sportchi o`z harakatlariga egalik qilish darajasini oshirish maqsadida mushaklarni nazorat qilish mahorati ham kattaga ahamiyatga ega. Kerak bo`lganda, mushaklarni taranglashtirish, so`ngra ularni bo`shashtirish, mushaklarni va faqatgina ishda ishtirok etuvchi mushaklardan foydalanish mahorati ham katta ahamiyatga ega. Mushaklarni taranglashtirish va bajarilayotgan ishi yakunlangandan so`ng taranglashtirish mahoratiga ham katta e’tibor qaratiladi, ya’ni mushaklarning taranglashuvi ularni bo`shashi bilan ixtiyoriy tarzda amalga oshirish.

Jismoniy tayyorgarlik vositalarini egiluvchanlikni rivojlantirish maqsadida qo`llaganda quyidagilarni hisobga olish lozim. Harakatlarni o`zlashtirish uchun har qanday jismoniy hislatni takomillashtirish uchun qo`llaniladigan mashq bir paytning o`zida egiluvchanlikni tarbiyalanishiga ham ko`maklashishini hisobga olish juda ham muhimdir.

Egiluvchanlik koordinatsion tarzda murakkab mashqlarni o`zlashtirish jarayonida yangi holatda harakatlarni bajarishda hamda kutilmaganda paydo bo`lgan harakat vaziyatlarida tarbiyalaydi. Shu sababli egiluvchanlikni rivojlanishning eng yaxshi vositalaridan biri harakatchang va sport o`yinlari hisoblanadi. egiluvchanlikni tarbiyalash uchun snaryadlardagi gimnastik mashqlar va akrobatik mashqlarni bajarish ham katta imkoniyatlarga ega.

Egiluvchanlikni tarbiyalashga qaratilgan yuklamalarning o`zgarishi koordinatsion qiyinchiliklarni asta-sekin o`zgartirish yo`lidan borishi lozim. Bunda koordinatsion jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni rag’batlantiruvchi quyidagi metodik uslublardan foydalanish lozim: oddiy mashqlarni murakkablashtirish; odatiy mashqlarni noodatiy dastlabki holatlardan bajarish, mashqlarni “oyna” tarzida bajarish; epchillikka maxsus mashqlar.

Yosh sportchilarni egiluvchanlik darajasini baholashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar: harakat vazifasini bajarishning koordinatsion murakkabligi (masalan, to`siqlar bilan masofani bosib o`tish); harakatni bajarilishining aniqligi (gimnastik brusьyalarda ko`tarilish mashqini bajarish sifati); harakatni o`zlashtirishga sarflangan vaqt (ma’lum gisnamtik kombinatsiyani o`zlashtirish uchun sarflangan o`quv vaqti.

Egiluvchanlik - harakatlar texnikasini yaxshilash uchun katta ahamiyatga ega. egiluvchanlikni tarbiyalovchi mashqlarda asosiy mashqlarni bajarish­dagi tana qismlarining harakatlari saqlanib qolishi lozim, faqatgina harakatlar amplitudasini biroz oshirish lozim. Yosh sportchi bunday mashg’ulot jarayonida o`zlashtirgan va ega bo`lgan egiluvchanlik zaxirasi ahamiyatli darajada sportning tanlangan turida harakatlarni bajarishni ahamiyatli darajada osonlashtiradi. egiluvchanlikni tarbiyalash uchun xilma-xil harakatlar va sport o`yinlaridan foydalanish, katta amplitudali harakatlar bilan mashqlarni bajarish (predmet bilan va predmetsiz), egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarni bo`g’im, bog’lama va mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bilan birgalikda bajarish. egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarni bajarish sur’ati ularning xarakteri va maqsadiga ko`ra, hamda o`quvchining tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.

Egiluvchanlikni tarbiyalashning asosiy uslubi – mashqlarni takroriy bajarishdir, faqatgina ko`p marotabali takrorlanishlardan so`ng yosh sportchilarda harakatlar amplituadasining oshishiga erishish mumkin. Mashg’ulotlar har kuni yoki kuniga 2 marotaba o`tkazilganida eng katta samaraga erishiladi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika paytida mustaqil shug’ullanish lozim. egiluvchanlikni tarbiyalash maqsadida bajariladigan mashqlarning eng xarakterli guruhlarini keltiramiz:

1) oyoq va qo`llarni harakatlarning asta-sekin oshib boradigan amplituda bilan ko`tarish;

2) amplitudasi asta-sekin ko`payadigan tarzda purjinasimon oyoq-qo`llarni buklash va to`g’rilash;

3) tana yoki oyoq-qo`llarni harakatsizligini saqlagan holda, harakatning maksimal amplitudasidagi statik zo`rlanish (masalan, gimnastik “qaldirg’och”ni bajarish);

4) raqib bilan harakatlar amplitudasini oshishiga yordam beruvchi passiv mashqlar.



Egiluvchanlik mashqlari odatda, bir nechta seriyada bajariladi (33-jadval).

33-jadval

Egiluvchanlik sifatini tarbiyalash uchun mashqlarning tahminiy me’yorlanishi (B.V. Sermeev bo’yicha)



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə