Bolalar sporti asoslari


Jismoniy sifatlar to`g’risida tushuncha



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə56/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Jismoniy sifatlar to`g’risida tushuncha

Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni o`zlashtiribgina qolmay, o`z jismoniy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar.

Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun “jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atamalaridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma’lum ma’noda o`xshash bo`lsalarda, lekin bir xil emaslar.

Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta’rifi va o`zaro aloqasi haqida birmuncha qarama – qarshi fikrlarni uchratish mumkin.

Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta’sirini belgilaydigan funksional tizimlar layoqatining namoyon bo`lish shakllari sifatida tushuniladi (G.G.Natalov,1977), boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imkoniyatlar nazarda tutiladi (A.P.Matveev, 1991); uchinchisida qobiliyatlar deganda, organizmning ruhiy–fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug’ma qobiliyat nishonalari tushuniladi (E.P.Filin, B.V.Evstafev, 1987).

Jismoniy qobiliyatlar–insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy – fiziologik hamda morfologik xususiyatlari majmuasidir.

Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt “jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar” degan atama qo`llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni “jismoniy sifatlar” tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufayli ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o`rniga faqat “jismoniy qobiliyatlar” atamasini qo`llashni taklif qilmoq-dalar. Shunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy – usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. Shuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o`xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o`rinlidir.

Eng avvalo, qayd etib o`tish kerakki, “sifat” tushunchasi har doim biron – bir narsaga nisbatan qo`llanilib, uning boshqa narsalardan farqlab turadigan, mohiyatiga xos belgisini ifodalaydi, xususan, buyum, xom ashyo, oziq – ovqat mahsuloti, hayot sifatlari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapiriladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma’noda foydalanish lozim.

Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat imkoniyatlariga xos ba’zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyatlar namoyon bo`ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan qo`llab tekshirish, ya’ni ular to`g’risida amalga oshirib bo`lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin.

Inson sifat jihatidan bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo`lishi mumkin. Aynan shu turli jismoniy qobiliyatlarning sifati o`ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to`g’risida guvohlik beradi. Turmushda, jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan”degan iboralarda o`z aksini topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko`rsatish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniy sifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniqligi, o`ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, insonning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo`riqish darajasi yuqori, qisqarish tezligi esa nisbatan uncha katta bo`lmagan kuch mashqlarida namoyon bo`ladi. Asli kuch qobiliyatlari “sust kuch”, “siquvchi kuch”, “statik kuch” kabi kuch sifatlarini tavsiflaydi. Tezlik–kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo`riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik – kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo “portlovchi” kuch deb ataladigan sifatda aks etadi.

Yuqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobiliyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafovutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar va sifatlar orasida ko`p ma’noli bog’liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jismoniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin.

Shunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog’liq bo`lib, turli harakatlar chog’ida ularning namoyon bo`lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo`lish darajasiga bir tomondan atrof – muhit omillari (turmushning ijtimoiy –maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg’ulot o`tkaziladigan joylarning moddiy ta’daqlanganligi, ularni rivojlantirish usuliyati va h.k.), ikkinchi tomondan esa organizmning turli tas’irlarga o`ziga xos reaksiyasi bilan bog’liq bo`lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta’sir o`tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizming anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida “motor nishonalar” organizmning moslashish o`zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jismoniy qobiliyatlarga aylanadi.

Ta’kidlash zarurki, “motor nishonalar” ko`p funksiyali bo`lib, mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo`nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivojini ta’minlashi mumkin. Professor YU.V. Verxoshanskiyning fikricha, bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo`lsa, shuncha ko`p bo`lishi mumkin, chunki ularning har biriga o`ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo`naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta’daqlanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlantirishga javobgar bo`lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizm morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta’sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi. Morfofunksional qayta qurishlar organizmni to`laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko`p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko`taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta’minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma’lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo`lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog’liq.

Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo`ladi.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə