Bolalar sporti asoslari


Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə57/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari

Barcha jismoniy qobiliyatlarning yo`naltirib rivojlantirilishiga xos qator qonuniyatlar mavjud. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:



Harakat – jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining yetakchi omili.

Qobiliyatlarning shakllanishida ham tug’ma, ham atrof muhit omillari katta ahamiyatga ega. Biroq teng sharoitlarda jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishida insonning ruhiy-fiziologik tabiatini takomillashtirishga qaratilgan harakat faolligi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar bilan shug’ullangan kishilarda turli a’zolar va tizimlarning morfologik hamda funksional ko`rsatkichlari, harakat tayyorgarligi umuman yuqori bo`ladi. Organizmning funksional va morfologik takomillashuvi uchun zarur omil sifatida faoliyat, mashqning ahamiyatini birinchi bor Jan Lamark ko`rsatib bergan edi. O`zining “Birinchi qonuni” bo`lmish “mashq qonunini” tuzar ekan, u yozgan edi: “Biron-bir a’zodan tez – tez va susaytirmay foydalanish asta-sekin shu a’zoni mustahkamlaydi, rivojlantiradi, yiriklashtiradi va unga qancha muddat foydalanilsa, shuncha uzoqqa etadigan kuch ato etadi, a’zodan muntazam foydalanmaslik esa uni sezdirmay zaiflashtirib qo`yadi, tanazzulga olib keladi, izchil ravishda qobiliyatlarni toraytirib, oxir-oqibat uning yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi”. SHu tariqa Jan Lamark tirik tabiatning umumiy qonunlaridan birini ifodalab berdi. Bu qonunning yana ham chuqurroq o`rganilishiga keyinchalik P.A. Lesgaft, A.A. Uxtomskiy, I.P.Pavlov, G.F.Folьbort, N.N. Yakovlev va boshqalar katta hissa qo`shdilar.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə