Bolalar sporti asoslari


IV. Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə60/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

IV. Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi

(turli vaqtga mansubligi).

Rivojlanishning notekisligi bir bosqichdagi jismoniy qobiliyat ko`rsatkichlarining o`sish darajasi boshqalardagiga qaraganda ancha jiddiy bo`lishi mumkinligini bildiradi. Bu uncha katta bo`lmagan vaqt kesmalari (masalan, bir necha hafta, oylik darslar) uchun ham, umuman rivojlantirish jara-yoni uchun ham (aytaylik, bir necha yillik mashg’ulotlar uchun) to`g’ri bo`la oladi. Odatda, jismoniy qobiliyatlarning eng ko`p o`sishi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning boshlang’ich davrida kuzatiladi. Biron – bir qobiliyatning rivojlanish darajasi ko`ta-rila borar ekan, uning o`sish sur’ati pasayadi. Jismoniy qobi-liyatlar rivoji ularning o`sish sur’ati pasayishi bilan bog’liq ekan, zarur siljishlarga erishish uchun rivojlanishning har bir keyingi bosqichida tobora ko`p vaqt kerak bo`laveradi.

Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish ko`rsatkichlari o`zgarishlarida (o`sishida) geteroxronlik (turli vaqtga mansublik) hodisasi kuzatiladi. U alohida jismoniy qobiliyatlarning shid-datli o`sa boshlashiga mos keladigan lahzalarning vaqt nuqtai naza-ridan o`zaro muvofiq kelmasligida namoyon bo`ladi. Maxsus tadqi-qotlar va amaliy tajriba shuni ko`rsatadiki, inson hayotining muayyan yosh davrida qobiliyatlar rivojiga ta’sir ko`rsatadigan qulay imkoniyatlar mavjud bo`ladi, chunki ulardan ayrimlarining o`sish sur’atlari boshqa yosh davrlaridagiga nisbatan ancha yuqori bo`ladi. Bu davrlarni odatda sensitiv (hissiy) yoki kritik deb ataydilar, chunki ular organizmning rivojlanishida alohida aha-miyatga ega.

Ayrim qobiliyatlarning rivojlanishida jismoniy tarbiya-ning eng kuchli ta’siri ularning jadal sur’atda tabiiy rivojla-nishi davriga mos kelishi aniqlangan. Boshqa yosh davrlarida maz-kur qobiliyatga pedagogik ta’sir ko`rsatishning samaradorligi neytral yoki hatto salbiy bo`lishi ham mumkin. SHuning uchun muayyan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishda eng qulay yosh davrlarini o`tkazib yubormaslik juda muhim, chunki keyinroq buni amalga oshirish ancha qiyin kechadi.

Bolalarda alohida jismoniy qobiliyatlarning jadal rivoj-lanish davrlari rasmda ko`rsatilgan. Ko`rinib turibdiki, ularning har biri o`z sensitiv davriga ega. Bu davrlarning vaqt chegaralari o`g’il va qiz bolalarda bir xil emas. Odatda, ko`pgina qobiliyatlar-ning jadal rivojlana boshlashi vaqti nuqtai nazaridan qizlar o`smir bolalardan 1-2 yilga oldinda boradilar.

Ta’kidlash zarurki, turli mualliflarning ilmiy-usuliy adabiyotlarida u yoki bu qobiliyat rivojlanishining har xil senti-tiv davrlari ko`rsatilganligiga duch kelish mumkin. Bunday tafo-vutlarning bir necha sababi bo`ladi:

1.Biron-bir qobiliyatni o`lchash uchun bir xil bo`lmagan test-lardan foydalanish.

2. Jismoniy qobiliyatlar ko`rsatkichlarining o`sish sur’at-larini aniqlash uchun turli yondashuv va formulalarni qo`llash.

3. Tekshirish uchun tanlab olingan sinaluvchilarning bir tur-li emasligi (tekshirilayotgan kishilar sonining turlichaligi, ularning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarlik darajasi, umumiy faoliyat rejimi va boshqalarning bir xil emasligi).


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə