Bolalar sporti asoslari


Yuklamalar orasidagi dam olishning ahamiyati



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə80/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Yuklamalar orasidagi dam olishning ahamiyati

Ma’lumki, mashq jarayoni dam olishni o`z ichiga oladi. Dam olish o`z qonuniyatlariga ko`ra amalga oshirilsagina mashqning tashkiliy tarkibiy qismi bo`lib qoladi. O`ta qisqa yoki uzoq muddatli dam olish mashq tarkibiga putur yetkazadi, uning asosiy tarkibidan ortiqcha mashq qilganlik yoki yetarli mashq qilmaslik sababiga aylanib qoladi. Mana shundan sport mashqidagi dam olishini tartiblash (yuk va dam olishni nihoyatda muvofiqlashtirish) muammosi yuzaga keladi.

Mashq jarayonidagi dam olish quyidagi ikki asosiy vazifani bajaradi:

1-mashq yuklaridan keyin ish qobiliyatini ta’minlashga yordam beradi.

2-yuklama samarasini yaxshilash (eng ma’qul varianti) vositalaridan biri bo`lib xizmat qiladi.

Mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirib yoki ko`paytirib yuk umumiy (kumulyativ) samarasini ko`paytirish yoki kamaytirish mumkin.

Dam olishning tiklanish fazasi oralig’i mashg’ulotlar orasi-dagi dam olish har doim ertaroq tugashi lozim, ya’ni superkompensatsiya fazasidan keyin boshlanadigan qayta (reduktsiya) fazasi boshlanmay turib.

Tiklanish jarayonlarining davomiyligi ko`pincha mashg’u-lotlar yo`nalishiga bog’liq bo`ladi.

Sportchi tezlik yo`nalishidagi, shuningdek muqobillash-tiruvchi qobiliyat, tezlik-kuch sifati, texnik, mahoratni oshiruvchi mashg’ulotlardan keyin tezroq tiklanadi.

Odatda bunday yo`nalishdagi katta yuklamali mashg’ulotlardan keyin tiklanish 2-3 kunda yakunlanadi.

Mashg’ulotlar chidamlilikka yo`naltirilgan bo`lsa, sportchi tanasida muhim siljishlarni yuzaga keltiradi va shuning uchun tiklanish jarayoni sekinroq 5-7 kunda ro`y beradi.

Tiklanish jaryonlari tezligi mashg’ulotning ko`pligi va sportchi mahorati darajasiga ham bog’liq. Yuqori ixtisosligi sportchida tiklanish II va III razryaddagiga qaraganda 1,5-3 marta tezroq yakunlanadi.

Tiklanish jarayonlarining davomiyligiga sportchi tanasi-ning shaxsiy xususiyatlari va yuklamaning umumiy kattaligi ham ta’sir qiladi.

Sportda jahon miqyosida erishilayotgan yutuqlar mashq jarayoni uslubi va mazmunini o`zgartirish zaruratini vazifa qilib qo`ymoqda va birinchi navbatda mashq yukining ham hajmini, ham jadalligini oshirish ko`zda tutiladi.

Mashq yuklamaning o`sishi, tiklanishining zamonaviy vositalarini tadbiq etilishi sportchilarning moslashish imkoniyatlarini oshishiga, ular yanada yuqori sport yutuqlariga erishishga yordam beradi. 20-25 yil ilgari yosh sportchilar imkoniyatiga to`g’ri kelmaydigan holat hozirgi paytda me’yor bo`lib qoldi. Turli asosiy yo`nalishdagi yuklarni to`g’ri muvofiq-lashtirib va ketma-ket qo`llab, tiklanishning kattaligi va vaqtini o`zaro kelishtirib kuniga ikki va uch marta mashq qilish imkoniyati tug’iladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə