Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə1/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar


  1. Amaliy mashg’ulot.

Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya)
Ishdan maqsad: Organizmni tashqi ko’rsatkichlarini aniqlash.
Ishning borishi:
1. Odam organizmining tashqi teri qoplamini ko’rsatkichlarini aniqlash.

  1. Tayanch – harakat apparatining holatini aniqlash.

  2. Qad – qomatning holatini aniqlash.

  3. Oyoqlarning shaklini aniqlash.

  4. Xulosa

Kerakli materiallar: Billi Kirxgoferning skoliozometri, P.I.Belousovning lordozometri, sm.li tasma, vazelin, oq qog’oz.
Maxsus o’lchov asboblari yordamida o’lchash usullari asosida olingan ma’lumotlar bilan birgalikda, odamning jismoniy jihatdan rivojlanishi darajasini o’rganishda tavsiflovchi ko’rsatkichlar ma’lumotlari ham hisobga olinadi.
Bunda ko’rikdan o’tkazish davomida tekshirish ishlari odam organizmining tashqi teri qoplamini ko’zdan kechirishdan boshlanadi, keyin esa – ko’krak qafasining shakli, qorin sohasi, oyoqlarning holati, tanada muskullarning rivojlanish darajasi, yog’ qatlamining joylashishi, tayanch – harakatlanish apparatining holati va boshqa ko’rsatkichlar tekshirib chiqiladi.
Teri silliqligi, tozaligi, namligi, quruqligi, tarangligi, qotmaligi, husnbuzar toshmalariga egaligi, oqish tusdaligi, giperemiya tavsiflari va hakozo ko’rsatkichlari bo’yicha ko’rikdan o’tkaziladi. Teri holatini tekshirish tashqi kuzatuv orqali amalga oshiriladi.
Tayanch – harakatlanish apparatining holati (THA) umumiy holatda tashqi ko’rinishi asosida, ya’ni salmoqdorligi, yelkalarning kengligi, qad – qomatning tashqi ko’rinishi va boshqa jihatlari bo’yicha tekshiriladi.
Umurtqa pog’onasi – organizmda asosiy tayanch funksiyasini bajaradi. Umurtqa pog’onasi ko’rikdan o’tkazish jarayoni davomida yondan (sagittal) va to’g’ri (frontal) tekisliklar bo’ylab tekshiriladi va uning yo’nalishi o’qining shakli, umurtqa pag’onasida o’tkir o’siqlar sohalari xosil bo’lganligi kabilar aniqlanadi, shuningdek bunda yelka va kuraklarning o’zaro bir biriga simmetrik holatda joylashganligi va yelkalarning bir – biriga nisbatan baland – pastligiga alohida e’tibor qaratiladi, bundan tashqari pastga osiltirilgan qo’llar va bel chizig’i bo’ylab xosil bog’luvchi bel qismining uchburchak sohasi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi. Ushbu tekshirishlar asosida umurtqa pog’onasining meyoriy holatda to’g’riligi yoki qiyshiqligiga baho beriladi.




Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə