Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


[Kaft kuchi (kg)/tana vazni (kg)]×100



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə13/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

[Kaft kuchi (kg)/tana vazni (kg)]×100
Yegiluvchanlik va harakatchanlikni o’lchash
Umurtqa pog’onasining egiluvchanligi (harakatchanligini) o’lchash. Egiluvchanlik – bu keng amplituda qiymatida harakatlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Egiluvchanlikning o’lchovi sifatida harakatlarni bajarishning maksimal amplitudasi belgilanadi. Bunda faol va nofaol holatdagi egiluvchanlik o’zaro farqlanadi. Faol holatdagi egiluvchanlik sinovdan o’tkaziluvchi odamning o’zi tomonidan amalga oshiriladi, nofaol holatdagi egiluvchanlik esa – tashqi kuch ta’siri ostida (bemorlarda – davolovchi shifokor – uslubchi tomonidan, sportchilarda trener tomonidan beriluvchi tashqi kuch yordamida) bajariladi. Egiluvchanlik tana bo’g’imlarining holatiga, pay bog’lamlarining elastiklik xususiyatiga (cho’ziluvchanligiga), muskullarning holatiga, yoshga, atrof – muhitning haroratiga, bioritmlarga, sutkaning vaqtida va shu kabi omillarga bog’liq hisoblanadi.

12–rasm. Umurtqa egiluvchanligini o’lchash usuli
Amaliy nuqtai-nazardan, umurtqa pog’onasining egiluvchanligi nisbatan katta ahamiyatga ega hisoblanadi, bunda umurtqa pog’onasining egiluvchanligi qiymati maksimal darajada egilishda, yozilishda, yon tomonlarga bukilishda va gavdaning tana bo’ylama o’qi bo’ylab qayrilishida harakatlar amplitudasi asosida o’lchanadi. Odatda, egiluvchanlik odam organizmining oldinga egilishi qobiliyati asosida, oddiy qurilmalarda turish holatida o’lchanadi. Bunda tegishli taxtacha (planka) nol qiymatdan boshlab bo’limlarga ajratilgan bo’lib (skameyka darajasida) egiluvchanlik darajasini aniqlashda yordam beradi.
Tana bo’g’imlaridagi harakatchanlik bo’g’imlarda joylashgan suyaklar qismlarining bir – biriga nisbatan siljishini ifodalab beradi. Harakatchanlik darajasi bo’g’imlar yuzasining shakli va pay bog’lamlar apparatining elastiklik xususiyati qiymatiga bog’liq hisoblanadi. Bo’g’imlardagi harakatchanlik faol va nofaol harakatlarda namoyon bo’ladi. Nofaol holatdagi harakatlar boshqa odam ta’siri ostida amalga oshirilsa, faol holatdagi harakat odamning o’zi tomonidan bajariladi. Bo’g’imlardagi harakatchanlik qiymatiga odam organizmining yoshi, odamning shug’ullanuvchi sport turi, shuningdek muskullarning holati, bo’g’imlarda kuzatiluvchi turli xil kasalliklar va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə